Anor kasalliklari va ularga qarshi kurash faning maqsad va vazifalari



Download 31,85 Kb.
bet1/4
Sana17.09.2021
Hajmi31,85 Kb.
#176409
  1   2   3   4
Bog'liq
m ish kasalliklar


Anor kasalliklari va ularga qarshi kurash faning maqsad va vazifalari

Bugungi kunda viloyat qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida poliz, meva-sabzavot, boshoqli va dukkakli oziq-ovqat ekinlarining hudud sharoitiga mos navlarini ekib parvarishlab yaxshi natijalarga erishib kelinmoqda.

SHu jumladan mirishkor dehqonlarimiz qator tumanlarda yillar davomida anorchilik bilan shug’ullanib, anorning sho’rlangan tuproq sharoitida ham mo’l va sifatli hosil bera oladigan navlarini tanlab serdaromad anorzor bog’larini yaratishni yo’lga qo’ya oldilar. SHuningdek anorni parvarish qilishning viloyat tuproq-iqlim sharoiti uchun ustivor texnologiyasi yaratilib yanada takomillashtirilib borilmoqda.

Anor subtropik ekinlar turkumiga mansub bo’lib, tabiatda O’rta yer dengizi bo’yi mamlakatlarida, Qora dengiz atrofi yerlarida, Kavkaz ortida, Primorьe o’lkasida, Xindistonda, Xitoy va O’rta Osiyoda tarqalgan.

Er yuzining anor qishda ko’milmay parvarish qilinadigan xududlarida balandligi 5-7 m gacha o’suvchi daraxt-buta qishda ko’miladigan hududlarda buta holda o’sadi. Anor yovvoyi xolda tabiatda bir ildizdan unib chiqqan bir necha shoxlardan iborat bo’lgan buta shaklida uchraydi. Bir asrdan ziyod vaqt davomida O’zbekiston iqlim sharoitiga mahalliylashtirilgan issiq sevar, sug’orish suvi va tuproq unumdorligiga talabchan, sho’rga chidamli ekin.

Anor XIX – asrning oxirlaridan Farg’ona viloyatining Quva tumani hududida ekilib kelinmoqda. Bugungi kunda Respublikamizning Surxondaryo, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida anorchilik jadal rivojlanib bormoqda.

Anorchilik Mirzacho’l sharoitida o’zining istiqbolli dehqonchilik sohasi ekanini amalda isbotladi. CHunki sho’rga chidamli bu ekin turi har bir xonadonning tomorqasida mavjud. Bir tup anordan 40 kilogrammdan 80 kilogrammgacha hosil berishini hisoblaganda bu tabiat in’omi qanchalik serdaromad ekanini anglash qiyin emas. Yana bir e’tiborli jihati shundaki, u boshqa mevalarga qaraganda uzoqroq saqlanish xususiyatiga ega. Bu ham anorning xaridorgirligini ta’minlaydi, albatta.

Anor haqida eng yaxshi satrlarni eshitish biz uchun juda muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Nabiev va boshq. tamonidan «Qiziqarli botanika», T.: O’zbekiston, 1975.-231 b monografiyasida chop etilgan anor o`simligi bo`yicha ma`lumotlarda ko`rsatilishicha anor xalq xo`jaligining har xil sohalarida ishlatiladi. Anor 200 (300) yilgacha umr ko`rishi mumkin. Kitobda anor to`g`risida juda ko`p muhim bo`lgan ma`lumotlarni ko`rish mumkin.

Haydarov, Hojimatovlar (1976) «O’zbekiston o’simliklari» (O’rta maktablarning biologiya o’qituvchilari uchun qo’llanma) T.: «O’qituvchi» nashriyoti, 1976) kitobida: anor (Punica granatum L.) anordoshlar oilasiga kiruvchi, bo’yi 5 m gacha boradigan butadir. U subtropik o’simlik bo’lib, vatani Isroil, Eron va Kichik Osiyoda hamda Kavkazda juda ko’plab o’stiriladi. Respublikamizda anorning 40 dan ortiq navlari bor.

U O’zbekistonning deyarli barcha tumanlarida o’stiriladi. Tabiiy holda o’suvchi anorlar O’zbekistonning janubiy tumanlarida uchraydi. Anorning xalq xo’jaligidagi ahamiyati kattadir. U mevali, bo’yoqli, tanidli, dorivor hamda vitaminli o’simliklardan hisoblanadi. Meva po’stidan tayyorlangan sharbat oshqozon va ichak shamollashida, zotiljamni davolashda ishlatiladi. Mevasi turli kasalliklarni, chunonchi, ishtaha ochish, sariq, qichima, Tish tushishi va yurak ish faoliyatini yaxshilashda hamda davolashda qo’llaniladi. Uning bargi va meva po’sti choy o’rnida ichiladi. Anor tarkibida 4% limon kislota, 21% qand, 20-30 % tanid, oz miqdorda kraxmal, yog`, sariq bo’yoq moddasi, mineral tuzlar 0,2-3,5 % psevdopel`t`erin va pel`t`erin alkaloidlari hamda provitamin A,O, 114 mg% V1, 0,044 mg% V2 , 0,319 mg% PP, 0,88mg% E, 39-105,6 mg% S vitamin iva 1,02 mg % karotin bo’ladi.

O’zbekistonda anorzorlarni yanada ko’paytirish va ulardan unumli foydalanish uchun barcha imkoniyat hamda sharoitlar mavjud bo’lib, ulardan to’g`ri foydalanishimiz lozim deb ko’rsatadi.

Muxtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev tomonidan Respublikamiz xududlarida intensiv bog’larni tashkil etish, maydonlarni kengaytirish va ularni rivojlantirish bo’yicha berayotgan takliflari asosida, hozirgi kunda keng ko’lamda ishlar olib borilmoqda.

O’zbekiston iqlim sharoiti mevali bog’lar va boshqa qishloq xo’jalik ekinlariga zarar keltiruvchi hashoratlarning ko’payishi uchun qulay bo’lganligi sababli meva bog’larimizda turli xil zararkunandalar yopirilishi har yili kuzatiladi. Ularning yetkazayotgan zarari natijasida yetishtirilayotgan mevalarning salmog’i va sifati ma’lum darajada kamayishi Respublikamizning hamma xududlarida kuzatilmoqd.

Hozirgi kunda meva va sabzavotlarni yetishtirish, aholini meva va boshqa noz-nematlarga bo’lgan ehtiyojini to’larok qondirish maqsadida, kishi boshiga yetishtirilayotgan meva va sabzavotlar miqdorini oshirish maqsadida, Respublikamizda mevachilikni rivojlantirish va intensiv bog’larni tashkil etish ko’zda tutilgan.

Qishloq xo’jaligida oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishda, undan sifatli, yuqori hosil olishda, ayniqsa zararkunanda, kasallik va begona o’tlarga qarshi kurashning ahamiyati katta. O’zbekiston respublikasini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo’ljallangan “Harakatlar strategiyasi” meva-sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirishda o’simliklarni turli kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilish bo’yicha asosiy vazifalarni belgilab berdi.

Bunday tadbirlar o’tkazilishi taxminan 30% qo’shimcha hosilni saqlab qolish imkonini beradi. Yiliga dunyo bo’yicha zararli organizmlar ta’sirida dehqonchilikda olinayotgan hosilning 40% yoki 300 mlrd AQSH dollariga teng mahsulot yo’qotilishi aniqlangan. Olimlarning hisoblariga ko’ra zararli organizmlarga qarshi kurashni o’z vaqtida samarali o’tkazish orqali MDH mamlakatlarida har yili 3 mln tonna meva-sabzavot mahsulotlari saqlab qolinadi.

Bog’ ne’matlaridan bo’lmish anor hamda anjirdan yuqori va sifatli hosil olish hamda ularga bo’lgan aholi extiyojini qondirish uchun bu daraxtlar va ularning mevasini turli zararli organizmlardan himoya qilish zarur. Mutaxassislarga yaxshi ma’lumki, anorning daraxtsimon butasiga asosan quyidagi hasharotlar zarar keltiradi: shira (Aphidinea), komstok qurti (Pseudococcus comstoci Kuw) va anor mevaxo’ri (Euzophera punicaella Mooze).

Bularning ichida keyingi yillarda anor mevaxo’ri hasharotining ta’siri ayniqsa kuchayib, masalaning dolzarbligi hatto anorchilikning bo’lish bo’lmasligiga qadar ko’tarildi. Zararkunandaning Farg’ona vodiysi viloyatlari xo’jaliklarida tezda tarqalib, zararlangan daraxtlar hosilining 95 foizigacha shikastlanishi bunga dalil bo’la oladi. Yiliga bir necha avlod berib rivojlanadigan bu hasharot, savdo yo’llari orqali boshqa mintaqalarga ham tezda tarqala boshladi.



Anor mevaxo’rining biologik xususiyatlarini chuqur o’rganish asosida, unga qarshi ilmiy asoslangan kurash usullari tizimi hamda vositalarni yaratish va amaliy tavsiyalar berish talab etiladi. Bunda anor qurti bilan birga bir yo’la boshqa zararkunandalarga ham qarshi kurashish nazarda tutiladi.

Anor (Punica granatum L.) –anordoshlar (anorgullilar ((oilasi)ga mansub, subtropik meva o‘simligi; bo‘yi 2–10 m daraxt yoki buta. Vatani O‘rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Afg‘oniston; yovvoyi turlari O‘rta dengiz atrofi, O‘rta Osiyoning jan.da, Qrim,Kavkaz, Eron, Afg‘oniston, Old Osiyo va Dog‘istonda uchraydi. O‘zbekistonda Quva, Namangan, Denov va Kitob (Varg‘anza) tumanlari a’lo sifatli anorlari bilan mashhur.


Download 31,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish