«anor bank» aj «Stimul Layt» aksiyasini o‘tkazish qoidalari «anor bank»



Download 325,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana16.12.2022
Hajmi325,84 Kb.
#888684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
StimulLightUZB25072022

Bankning ish kuni
- bankning ish vaqti yoki bank hisob-kitob operatsiyalarini amalga 
oshiradigan va mijozlarga xizmat ko'rsatadigan davr. Bank bank ish kunining davomiyligini 
mustaqil ravishda belgilashga haqli, uning davomida amalga oshirilgan bank operatsiyalari ushbu 
sanaga to'g'ri keladi. Bir bank kunida amalga oshiriladigan butun operatsion va buxgalteriya sikli 
tegishli buxgalteriya hujjatlarida rasmiylashtiriladi va balans va balansdan tashqari hisobvaraqlar 
uchun kunlik balansda aks ettiriladi.
2. Umumiy qoidalar
2.1. Aksiya ommaviy oferta shartlarida o‘tkaziladigan rag‘batlantiruvchi chora-tadbir 
hisoblanadi, u (mazkur Qoida bilan belgilangan shartlarga rioya qilinganda) aksiyada ishtirok etish 
davrida Mijoz tomonidan tanlangan Xizmatlar paketiga qarab mikroqarz shartnomasining asosiy 
shartlaridan farq qiladigan shartlarda kreditlash shartlarini qo‘llashni nazarda tutadi. 
2.2. Aksiya qoidalari Aksiya o‘tkazishning butun davri mobaynida Saytda hamda boshqa 
ochiq manbalarda (Bankning tanlovi bo‘yicha) joylashtiriladi. 
2.3. Aksiya o‘tkazilishini yakunlash sanasi: nazarda tutilmagan, muddatsiz. Shu o‘rinda, Bank 
Saytda ma’lumotni joylashtirib, uni istagan paytida bekor qilishi yoki to‘xtatib turishi mumkin. 
2.4. Aksiya Bankning "Daqiqalarda" kredit mahsulotiga qo‘llaniladi. 
2.5. Mazkur Qoidalarning qo‘llanilishi Mikroqarz taqdim etilishining majburiy sharti 
hisoblanmaydi. 
 
 
 


3. Aksiyani o‘tkazish qoidalari
3.1. Aksiyada Aksiya shartlariga rozilik bergan (ixtiyoriy ravishda) va Aksiya doirasida 
Xizmatlar paketidan bittasini tanlagan Mijozlar ishtirok etadi.
3.2. Xizmatlar paketi mazkur Qoidalarning 6-bo‘limiga muvofiq taqdim etiladi. Xizmatlar 
paketiga ulanish uchun Bank Tariflariga muvofiq to‘lov undiriladi. 
3.3. Xizmatlar paketi ulanish sanasidan boshlab butun hisob-kitob davrida amal qiladi. 
Tanlangan Xizmatlar paketi uchun to‘lovni hisoblash va to‘lash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
3.3.1. Komissiya Hisob-kitob davrining boshida hisoblanadi. Agar Mijoz birinchi hisob-kitob 
davri boshida xizmatlar to‘plamidan bir ish kunidan ortiq foydalanmasa, paket uchun 
komissiya/to‘lov hisoblanmaydi va undirilmaydi.; 
3.3.2.Hisoblangan komissiyani so‘ndirish sanasi Mikroqarz bo‘yicha to‘lov sanasidan 
kechikmagan kunda belgilanadi; 
3.3.3. Agar komissiyani so‘ndirish sanasi bank ish kuni bo‘lmasa, unda so‘ndirish keyingi bank 
ish kuniga o‘tkaziladi. 
3.4. Aksiyada Mijozning ishtirok etishi u ushbu Qoidalarga to‘liq rozi bo‘lganligini anglatadi. 
3.5. Mijoz Xizmatlar paketini tanlash yo‘li bilan Aksiyada ishtirok etadi, u Aksiya Qoidalari 
bilan tanishib chiqqanligini va rozi ekanligini tasdiqlaydi. 
3.6.Agar Mijoz taqdim etilgan to‘plam doirasida xizmatlardan foydalanishni davom etsa, 
to‘plam bo‘yicha xizmat ko‘rsatish avtomatik tarzda uzaytiriladi.
3.7.Agar Xizmatlar paketini xarid qilish bo‘yicha navbatdagi sana kelgan kunda Mijoz 
Xizmatlar paketi bo‘yicha xizmatlardan foydalanmasa, unda amaldagi Xizmatlar paketi faqat 
Mijozning arizasi bo‘yicha uzaytiriladi. 
3.8. Mijoz birdaniga bittadan ortiq Xizmatlar paketini tanlashga va foydalanishga haqli.
3.9. Mijoz Bankka tegishli murojaatni yo‘llab, Aksiyada ishtirok etishdan voz kechishi 
mumkin. 
3.10. Bank Mijozning murojaatini ko‘rib chiqadi, shu jumladan, Mijozning Aksiyada ishtirok 
etishi bilan bog‘liq nizolar vujudga kelganda ham, hamda Mijozga murojaat ko‘rib chiqilishining 
natijalari borasidagi axborotni, shu jumladan, Mijozning talabi bo‘yicha yozma ravishda, bunday 
murojaatlar olingan kundan boshlab 5 (besh) kalendar kunidan oshmagan muddatda taqdim etadi.
3.11. Mijoz aksiyada ishtirok etishdan voz kechganda taqdim etilgan Mikroqarz bo‘yicha 
mahsulotning shartnomada nazarda tutilgan asosiy shartlari qo‘llaniladi. 
3.12. Quyidagi hollarda Bank Aksiya va tanlangan Xizmatlar paketi bo‘yicha xizmatlarni 
taqdim etishni rad etib, kreditlashning asosiy shartlarini qo‘llashi mumkin: 
3.12.1. qarzdor tomonidan bank komissiyasi va/yoki Mikroqarz to‘lovlari bo‘yicha 60 (oltmish) 
kalendar kunidan ortig‘iga muddati o‘tib ketgan qarzdorlikka yo‘l qo‘yilganida;
3.12.2. agar Mikroqarzning yakuniy muddatidagi kun oxirida Mikroqarz bo‘yicha 
so‘ndirilmagan qarzdorlik bo‘lsa; 
3.12.3. ulangan Xizmatlar paketi doirasida berilgan Mikroqarz bo‘yicha qarzdor tomonidan 
majburiyatlar buzilganda; 
3.12.4. Aksiya o‘tkazish sanasida yoki davrida Bankning istalgan kredit mahsuloti bo‘yicha 
Bankda qarzdorning muddati o‘tib ketgan qarzdorligini mavjudligida/yo‘l qo‘yilganida. 
3.13. Aksiyaga Qo‘shilish/Voz kechish mijoz tomonidan shaxsan imzolangan arizalar shaklida 
(1-Ilova), SMS-xabarni tasdiqlash yo‘li bilan yoki Bank tomonidan taklif etilgan boshqa usulda 
rasmiylashtiriladi.

Download 325,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish