«anor bank» aj «Stimul Layt» aksiyasini o‘tkazish qoidalari «anor bank»


 Mikroqarz bo‘yicha konsalting xizmatlarini taqdim etish tartibi



Download 325,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana16.12.2022
Hajmi325,84 Kb.
#888684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
StimulLightUZB25072022

4. Mikroqarz bo‘yicha konsalting xizmatlarini taqdim etish tartibi
4.1. Bank Mijoz uchun afzal bo‘lgan ishonchli aloqa vositalaridan foydalanib, Mijozga 
konsalting xizmatlarini taqdim etishi mumkin, jumladan: 



qog‘ozli (jumladan, pochta orqali yuborish); 

elektron aloqa vositalari; 

telefon orqali, texnik jihozlanish talablariga rioya qilib (telefondagi suhbat tegishli 
ravishda yozib olinishi kerak, xususan, konsalting xizmatlari taqdim etilishining mazmuni va 
fakti yozib olinishi kerak).
4.2. Mijoz Bankning maslahatlari axborot tusga ega deb qabul qiladi. 
4.3. Bank konsalting xizmatlarini Mijoz tomonidan Bankka taqdim etilgan axborot va hujjatlar 
asosida hamda integratsiyalangan ma’lumotlar bazasidan olingan va Bankka erishimli bo‘lgan 
ma’lumotlar asosida taqdim etadi. 
4.4. Mijoz tomonidan va boshqa ma’lumotlar manbasidan taqdim etilgan noaniq axborotlar 
asosida taqdim etgan maslahatlari natijasida Mijozga yetkazilgan har qanday shakldagi zarar uchun 
Bank javobgar bo‘lmaydi. 
4.5. Mijoz Bank tomonidan berilgan maslahatlarni bajarmaganligi, qisman yoki to‘laqonli 
bajarmaganligi natijasida Mijozga yetkazilgan zarar uchun Bank javobgar bo‘lmaydi. 
5. Bankning va aksiya Ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
5.1. Aksiya Ishtirokchilari Aksiyada ishtiroki bilan bog‘liq barcha harakatlarni Mazkur 
Qoidalarda belgilangan muddatlarda bajarishlari shart. 
5.2. Bank Aksiya Ishtirokchisi to‘g‘risidagi axborotni uchinchi shaxslarga berishga haqli emas, 
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan holatlar hamda ushbu Aksiya doirasi 
Bank o‘z majburiyatlarini bajarishi maqsadidagi holatlar bundan mustasno. 
5.3.Ishtirokchi Aksiyada ishtirok etishdan va Xizmatlar paketi bo‘yicha xizmat ko‘rsatilishidan 
voz kechishi mumkin. 
5.4. Aksiyada ishtirok etib, aksiya Ishtirokchisi mazkur Qoidalar bilan tanishib chiqqanligini va 
ularga roziligini tasdiqlaydi. 
5.5. Ishtirokchi tanlagan Xizmatlar paketiga muvofiq to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirishi 
shart. 
5.4. Bank Aksiya Ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar yoki boshqa aloqalar qilmaslik 
huquqini o‘zida saqlab qoladi, mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan holatlardan tashqari. 
5.5. Bank mazkur Qoidalarga bir taraflama tartibda o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega. 
Qoidalarga Bank tomonidan kiritilgan o‘zgartirishlar Bank tomonidan Qoidalarning yangi tahriri 
Bankning Internet tarmog‘idagi 
www.anorbank.uz
. rasmiy veb-saytida joylashtirilgan sanadan 
boshlab Bank va yangi Ishtirokchilar uchun majburiy bo‘lib qoladi. 
Shu o‘rinda, o‘zgartirishlar kiritilishidan oldin Aksiyaga qo‘shilgan aksiya Ishtirokchilariga 
o‘zgartirishlar qo‘llanilmaydi, bunday Ishtirokchilar uchun avval tasdiqlangan Aksiya shartlari amal 
qiladi.
5.6. Mazkur Qoidalarga kiritiladigan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi axborot avval Bankning 
saytida ochilib joylashtiriladi.
5.7. Quyidagi holatlarda Bank Ishtirokchilar oldida javobgar bo‘lmaydi: 
5.7.1. aksiya Ishtirokchilari mazkur Qoidalarning shartlari bilan tanishib chiqmaganligi yoki 
to‘liq tanishib chiqmaganligi; 
5.7.2. aksiya Ishtirokchilaridan xatlarni, qong‘iroqlarni, faksimile va/yoki elektron xabarlarni 
olmaganligi, shu jumladan, pochta xizmatining, aloqa tashkilotlarining aybi bo‘yicha, Aksiya 
o‘tkazilishida foydalaniladigan Internet va/yoki aloqa kanallaridagi texnik muammolar va/yoki 
firibgarlik natijasida; 
5.7.3. Bank o‘z majburiyatlarini bajarishiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi va Bank tomonidan 
ularning bajarilishini imkonsiz qiluvchi fors-major vaziyatlar, jumladan, suv toshqinlari, 
yong‘in, ish tashlashlar, zilzila yoki boshqa tabiiy omillar, 
ommaviy epidemiyalar, davlat organlarining farmoyishlari va Bankka bog‘liq bo‘lmagan 
boshqa obyektiv sabablar; 


5.7.4. aksiya Ishtirokchilari aksiyada ishtirok etishi uchun zarur bo‘lgan harakatlarni 
bajarmaganligi yoki o‘z vaqtida bajarmaganligi; 
5.7.5. aksiya Ishtirokchilarining harakatlari (harakatsizligi) hamda xatolari; 
5.7.6. www.anorbank.uz saytidagi xatolar, nosozliklar, dasturiy ta’minot ishidagi 
nosozliklar;
5.7.7. aksiya Ishtirokchisida uning Aksiyada ishtiroki tufayli vujudga kelishi mumkin bo‘lgan
zararlar, xarajatlar va har qanday boshqa sarflar 
(Bank ularni to‘lab yoki qoplab bermaydi); 
5.7.8. Bank va aksiya Ishtirokchisining oqilona nazoratidan tashqarida bo‘lgan boshqa 
hodisalar va vaziyatlar. 
5.7.9. Aksiya bo‘yicha tomonlarning barcha nizolari va kelishmovchiliklari O‘zbekiston
Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda hal qilinadi. 

Download 325,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish