Annotatsiyasi tayanch so‘zlar: folklor, ertak, boshlang‘ich, sinf, xalq ertagi, muallif ertagi, o‘qituvchi, dars, o’qish. Tadqiqot obyekti



Download 1,41 Mb.
bet9/29
Sana08.07.2022
Hajmi1,41 Mb.
#756728
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
магистр мех

Ertaklarning paydo bo‘lishi. Ertak xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy, ommaviy hajmi yirik, katta-yu kichiklar uchun baravar qiziqarli bo‘lgan janrdir. Ular juda uzoq o‘tmishda ibtidoiy ajdodlarimizning mifologik dunyoqarashi, qadimiy urf-odatlari, marosimlari asosida paydo bo‘lgan.
Ertaklar janr sifatida uzoq muddatli shakllanish jarayonini kechirgan. Ular ibtidoiy odamlarning turmushdagi biror voqeani oddiygina hikoya qilishlari asosida yuzaga kelgan. Davrlar o‘tishi bilan hikoya qilish ham takomillashib borgan. So‘zga sig‘inish, ilohiy kuchlarga sig‘inish, animistik, totemistik, fetishistik e’tiqodlar, gallitsunatsiyasiga va tush ta’sirida fantastik vositalarga to‘lisha borsa, ular ishonchlariga ishonch, hayvon mahsulotlaridangina emas, balki kuchidan ham foydalanish jarayonlarida hayvonlar haqidagi ertaklar paydo bo‘la boshlaydi.
Feodal munosabatlar tarkib topib, unda ijtimoiy jarayon takomillasha borgach, ertaklarda ham shu ijtimoiy munosabatlarni ifodalash tamoyili chuqurlasha bordi, natijada hayotiy uydirmalar asosida maishiy ertaklar paydo bo‘la boshladi. Shu zaylda ertaklar ijtimoiy-estetik hodisa sifatida xalq epik ijodiyotida mustahkam qaror topdi.
Ertaklarni ijro etish tartibi. Ertaklar professional ijrochilikka asoslangan. O‘tmishda ertaklar yilning ma’lum davrida, belgilangan paytda ijrochilik salohiyatiga ega bo‘lgan yoshi ulug‘, dono, hurmatli va e’tiborli kishilar tomonidan aytilgan. Odatda bunday professional ijrochilar ertakchi deb yuritiladi.
Xalq ertak aytmoqqa jiddiy qaragan. Shu haqdagi nuqtai nazaridan “Ertak ermak emas, ertakchi og’ziga kelganini demas” maqolida ifodalangan. Ertak ertakchi tomonidan yo bir kishiga, yo butun bir jamoaga qarata aytiladi. Bunda aytish mohiyatan ijroga teng. Aytaylik, ertakchi tinglovchilar diqqatini qozonmoq uchun ertak mazmuniga mos ruhiy holatlarga kiradi, ertak sirli olamini ta’minlash uchun ovoz jilosiga, yuz va gavda harakatlariga alohida e’tibor beradi, ertakni baqirib-chaqirib aytmaydi, balki goh shivirlab, goh ovozini ko‘tarib, ko‘zlarini har xil holatga solib, yumshoqlik bilan samimiy hikoya qiladi. Hayvonlarga xos ovozlarni taqlid qilsa, mifologik obrazlar ovozi vahmkor ohangda bo‘lishini ta’minlaydi. Shu ijro xususiyatiga ko‘ra ertak ijrochiligi xalq yakka aktyor teatrini eslatsa-da, aslida har qanday dekloratsiyalardan va boshqa sahnaviy atributlardan xoliligi bilan undan farq qiladi.
Ishlab chiqarishning dehqonchilik turi yetakchilik qilgan davrlarda ertak, odatda, dehqonlarning dala yumushlari tugagan paytda kuz va qish mavsumlarida, uzun va zerikarli oqshomlarida shomdan tonggacha davom etgan. Shundandirki, xalqimizning o‘zi bu hodisani “Doston kunda aytiladi, ertak tunda” degan maqolida maxsus ta’kidlab qo‘yishni unutmagan.
Garchi ertak eng qiziqarli nuqtasiga - kul’minasiyasiga kelib qolganiga qaramay, tong otgan zahoti uni aytishdan to‘xtanilgan. Xususan, sehrli-fantastik ertaklar ijrochiligida bunga qat‘iy amal qilingan. Sababi, sehrli-fantastik ertaklarda mavjud dev, pari, ajina singari qorong’ilik olamining mavjudotlari yorug’lik olamiga chiqib, insonlarga, ayni paytda ertak tinglovchilariga ziyon-zaxmat yetkazishlari mumkin degan e’tiqod tufayli shunday yo‘l tutilgan. Qolaversa, ertaklarga xos sirlilikning yo‘qolishidan, uning moddiy hayot qobig’iga singib ketishidan qo‘rqilgan. Shomdan boshlanuvchi qorong’ilik tonggacha hukmron bo‘lganligidan ertaklar olamiga xos sirlilikni kuchaytirgan omilga aylangan. Ertakning kechqurun aytilishi an’anasi aslida ana shu asosda qaror topgan.
Ertaklar og‘izdan-og‘izga o‘tib, sayqal topgan holda avloddan-avlodga yetkazilar ekan, bu jarayonda ular syujetidagi ayrim motivlar, obrazlar tushib qolishi yoki aksincha ko‘payib borishi tabiiy. Hatto goho bir xalq ertagiga xos syujet motivlari boshqa bir xalq ertagiga ko‘chib o‘tishi va buning oqibatida bir necha o‘xshash syujetli ertak paydo bo‘lishi mumkin. Folklorshunoslikda bunday ertaklar sayyor syujetli ertaklar deb yuritiladi. Sayyor syujetli ertaklar ko‘pincha mazmunan o‘zaro o‘xshasalar-da, biroq milliy ruh, milliy urf-odat, milliy dunyoqarash, milliy tilga xos ifodaviy vositalar va geografik muhit tasviriga ko‘ra farqlanuvchi mustaqil adabiy-og‘zaki hodisa sifatida yashash huquqiga ega.
Ertaklarning ayrim qismlari bevosita dramatik harakat yordamida ijro qilinadi.
Ertaklar ijrosi 3 xil usulda tashkil etilishi mumkin.
a) teatrlashtirilgan shaklda
b) deklamatsion shaklda
d) ohangga solingan shaklda
Ertaklar va ular ijrochiligida tayyor qolipga aylangan an’anaviy formulalar bisyor. Ular o‘quvchi va tinglovchini qiziqtirishdan tashqari, voqealarni bir-biriga bog’lashda, uzoqni yaqin qilishda muhimdir.
Ertak ijrochiligining o’ziga xos tabu-taqiq va irimlari bor. Chunonchi, ertakchi ertak aytayotganda eshikni mahkam tabaqalangan, o‘choqqa olov yoqqan, yoniga achchiq va keskir narsalar, shuningdek, non, suv, tosh singari narsalarni qo‘ygan.
O’zbekistonning turli joylarida ertakchilik maktablari bo‘lgan. Ularda ustoz ertakchilar o’zlariga munosib shogirdlar tayyorlaganlar. Shogirdni ertak aytish san’atining nozik qirralari bilan tanishtirgan va unga ertak ijrochiligining sir-sinoatlaridan maxsus saboq bergan.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish