Annotatsiyasi tayanch so‘zlar: folklor, ertak, boshlang‘ich, sinf, xalq ertagi, muallif ertagi, o‘qituvchi, dars, o’qish. Tadqiqot obyekti


I BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA ERTAKLARNI O’RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI



Download 1,41 Mb.
bet5/29
Sana08.07.2022
Hajmi1,41 Mb.
#756728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
магистр мех

I BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA ERTAKLARNI O’RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI............................................................................................
I.1. Ertak janri tabiati...............................................................................
I.2. Xalq ertaklarining janriy xususiyati va ularning o‘qish kitoblaridagi o‘ziga xos o‘rni......................
I.3. Muallif ertagi haqida tushuncha........................................................
I.4. O‘qish darslarida ertaklarni o‘rganish jarayoni…………………….
Birinchi bob bo‘yicha xulosalar...............................................................


II BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘TILADIGAN ERTAKLARNING G‘OYAVIY-BADIIY TAHLILI MUAMMOLARI……………………………………………….................................................
II.1. Ertaklar g‘oyasining o‘quvchi tarbiyasidagi o‘rnini belgilash muammolari..............................
II.2. Xalq ertaklarining obrazlar tizimi va sujetining o‘qish kitoblaridagi ifodasi ………
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar........................................................................................


III BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ERTAKNI O‘TISH USULLARI............
III.1 O’qish darslarida ertak tanlash tamoyillari …………..………..….…
III.2. Ertaklarni o‘rganishda noan’anaviy usullardan foydalanish ……...
III.3. Tajriba-sinov natijalari ……………………………………………….
Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar......................................................................


XULOSA...........................................................................................................


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…................................


ILOVALAR

KIRISH


Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Adabiy o'qish darslari, afsuski­, zamonaviy o'quvchilarning maktab o'quv dasturining sevimli mavzusi bo'lishni to'xtatadi. Asrlar davomida xalqning ma’naviy tajribasi, g‘oya va umidlari, dunyo va inson, ezgulik va yovuzlik, haqiqat va adolat haqidagi g‘oyalarini idrok etgan klassik adib ertaklariga yosh maktab o‘quvchilarining munosabati alohida tashvish uyg‘otadi.
Shakllanish davrida deyarli barcha muallif ertaklari ­xalq eposi ta'sirida bo'lgan, shuning uchun 19-asrning birinchi yarmidagi ertaklarda boshqalarga qaraganda ko'proq folklor asoslari mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq ta’limni isloh qilish, yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an’analari, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlaridan foydalanishga alohida ahamiyat berildi. Bu jihatdan ta’lim-tarbiyaning yangi davrga va zamonga mos va xos shakl va vositalari ishlab chiqildi, amaliyotga joriy etildi. Ayniqsa, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish kabilarning birligi, o‘zaro hamkorligi natijasida yoshlarning ma’naviyatini shakllantirishga alohida e’tibor berildi.
Yoshlarimizga bo‘lgan munosabat kelajagimizga bo‘lgan munosabatdir. “Yoshlar yili”, “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilindi va mamlakatimiz yoshlarining jismonan sog‘lom, ziyoli, madaniyatli va XXI asrga mos kadrlar qilib tarbiyalash davlat siyosatida ustivor vazifa qilib belgilandi.
Komillikka erishish – bu murakkab jarayon. Ilm va ma’rifat orqaligina bunga erishish mumkin. Imom Buxoriy, At-Termiziy, Al-Farg‘oniy kabi buyuk allomalarni komillik darajasiga erishgan shaxslar deb aytish mumkin. Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘ginlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi, yoki zaif bo‘lib horlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog`liq1”.
Bugungi kunda yoshlardagi milliy ruhiyat, insoniy fazilatlar, ma’naviyat, jamiyatni ma’naviy yuksaltirishdagi ishtiroki ularning barkamol insonlar bo‘lib yetishishi uchun asos bo‘ladi, albatta. Barkamol yoshlar tarbiyasi tarixiy ahamiyatga ega. Ulug‘ xalqimizning boy madaniy merosi, mutafakkirlarimizning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya sohasidagi benazir fikrlaridan foydalanish bugungi taraqqiyot uchun, yosh avlodni kamoloti uchun muhim ekanligini inkor qilib bo‘lmaydi.
Respublikamiz mustaqillik yillarida ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish maqsadida bir qator asoslarni ishlab chiqdi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning yaratilishi va amaliyotga tatbiq qilinishi xalq ta’limi sohasida burilishlar yasadi. Millatning jadal sur’atlarda taraqqiy etishi, ta’lim-tarbiya jarayonida Al-Buxoriy, At-Termiziy, Abu Rayxon Beruniy, Az-Zamaxshariy, Alisher Navoiy, Bobur, Ogahiy, Abdulla Avloniy singari ulug‘ olimu adiblar, fozilu fuzalolarning merosidan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Prezidentimiz I.A.Karimov “Barkamol avlod orzusi” va “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarlarida yosh avlodni tarbiyalashda “Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e’tibor qilinmasa, kelajak boy beriladi. Tarbiyadan hech narsani ayamaymiz. Ma’naviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakkam insoniy fazilatlar o‘z-o‘zidan kelmaydi. Hammasining zaminida tarbiya yotadi”2, degan fikrlarni ta’kidlaydi.
Asrlar davomida ertaklar tarbiyaning asosiy vositalaridan biri bo‘lib kelgan. O‘sha an’analarni davom ettirishimiz kerak. Faqat shundagina mutafakkir Abu Homid G‘azzoliy aytganidek, bolaga yaxshi tarbiya berib borgan bo‘lamiz:
“Bolaga yaxshi tarbiya berib borilsa, u aytilganlarni qabul qiladi. Agar kech qolinsa, ya’ni bolada zebu ziynatga, yaxshi kiyim va taomlarga muhabbat paydo bo‘lsa, u yomon qiliqlarga odatlanib bo‘lgan bo‘lsa, bu harakatlar yaxshi natija bermaydi“.3
«Ertaklar – yaxshilikka yetaklar», deydi xalqimiz. Oilada ota-onalar tomonidan farzandlarga hayot haqida bilim berish, o‘git-nasihat qilish, nutq o‘stirish, mehru e’tiborini amalda ifodalash uchun ertaklar aytiladi. Bola ulg‘aya borgan sari ertaklarning hajmi kengayib, mazmuni va mundarijasi murakkablashib boradi. Ertaklar ta’sirida farzandlarda hayotga muhabbat, oilaga, ota-onaga mehr, do‘stu yorga sadoqat, kelajakka umid, yaxshilik va adolat tantanasiga ishonch hislari kamolga yetadi.
Insoniyat madaniylashib borgan sari ilmning ahamiyati, bilimdonlikning zarurligi haqidagi firklarga e’tibor va ehtiyoj tobora ortib boradi. Buning sababi shuki, jamiyat rivojlanib, taraqqiy topib boradi, inson psilogiyasi ham rivojlanadi, inson ongiga yaxshi narsalar bilan birga yomon fikrlar, qiliq va odatlar ham singib boradi. Isoniyat bir tomondan madaniylashsa, ikkinchi tomondan vahshiylashib boradi. Shunday ekan jamiyatdagi bilimli va ma’rifatli odamlar tarbiya, uning tarmoqlari, ularni singdirishdagi usul va yo‘llar haqida ko‘proq o‘ylaydilar va fikrlar bildirishlariga ehtiyoj tug‘iladi. Bizning zamonamiz ham shunday ehtiyojlarga ega.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish