kamaytiradi, shuning uchun bachadon kiskarishn kamayib, homila rivojlanib boradi,
keyinchalik yo`ldosh — platsentaning rivojlanishiga ham yaxshi ta`sir ko`rsatadi.
Gestagen gormonal moddalar homilani saklash
uchun tuxumdon faoliyati
susayganda ekstrogenlar bilan birga bachadon bosqichiga qarab qo`llanadi. Gestagenlar
shuningdek klimakterik qon ketishlarda ham ishlatiladi. Progesteronning oz bo`lsada
androgen xususiyati bor, shuning uchun u homila jinsiy a`zolarining rivojlanishiga ham
ta`sir ko`rsatishi"mumkin.
Erkaklar jinsiy gormonal moddalari qatoriga androgenlar, bularga testosteron
propionat, testosteron enantat,metiltestosteron moddalar kiritiladi.
Fiziolopj holatda erkaklar jinsiy bezlarining, ya`ni prostata gormoni testosteron
jinsiy a`zolarni, ikkilamchi jinsiy belgilarni rivojlantiradi hamda
spermatogenezni nazorat
qilib turadi. Shuningdek testosteronning anabolik xususiyati bor, ya`ni oqsillarni hosil
kilishda qatnashadi. Ular organizmda oksil moddalari yangilanib turishida katta o`rin
tutadi, shuning uchun qariganda, jinsiy gormonlar kamayib yoki faoliyati to`xtashi
.natijasida odam qarib boraveradi.
Androgen moddalar o`rinbosar davo uchun erkak jinsiy bezlari faoliyati
yetishmagan holatlarda — jinsiy ojizlikda, erkaklar klimaksida qo`llanadi. Ayollarning
klimakterik holatlarini hamda sut bezlari va tuxumdon o`smalarini davolashda qo`llanadi.
Androgenlar qo`llanganda organizmda natriy va suyuqlik to`olanib qolishi,
gipofizning gokadotrop faoliyati susayishi mumkin. Ayollarda qo`llanganda ikkilamchi
erkak belgilari paydo bo`lishi — ovoz dagallashishi, ayollarga xos bo`lmagan joyda jun
o`sishi kuzatiladi.
Nerobolil (fenobolin), nerobol (metandrostenolon), retabolnl
.
Anabolik
steroidlar
androgen gormonlar asosida sintsz qilingan. Androgen moddalarning anabolik — oqsillar
hosil bo`lishiga ta`sir kilishi uzok yillardan beri ma`lum bo`lgan, gormonal ta`siri
bo`lgani uchun amaliyotda anabolizant sifatida deyarli qo`llanmagan. Kimyogarlar
mrddalarning anabolik va androgen xususiyatlarini ajratib olishning uddasidan chiqdilar.
Asosan anabolik ta`sir etuvchi moddalar olina boshladi. Bunday moddalar sinchiklab
o`rganildi va hozirgi vaqtda tibbiyotda keng qo`llanmoqda.
Anabolik moddalar oksil hosil bo`lishini orttirnb, parchalanishini kamaytiradi,
aminokislotalarning o`zlashtirilishini yaxshilaydi. Skelet mushaklarining vazni va kuchi
ortadi, ichki a`zolar — jigar, yurak, buyrak vazni ham ortib boradi. Suyaklarda kalsiyni
tutib qoladi, bu ayniksa osteoporoz kasallignda qo`l keladi. Anabolik moddalar umuman
regeneratsiya jarayonlariki oshiradi, chunki bular nafakat oqsillar,
fermentlar,
somatotropin hosil bo`lishini, balki to`qimalarda oksidlannsh, fosforlanish jarayog`lzrini
orttiradi. Oqsillardan plazma ayniqsa albuminlar miqdori ortadi.
Anabolizantlar miokardni qisqartiruvchi oksillar sinteznii ko`paytirib yurak
faoliyatiga
ijobiy
ta`sir
ko`rsatadi.
Anabolizantlar
bolalar
amaliyotida
—
gipotrofiyalarda, gipoplastik anemiyalarda, yuqumli kasalliklardan keyin kaxeksiya,
asteniya, osteoporoz, nur kasalligida, glyukokortikoidlar bilan uzoq vaqt davolanganda
ko`llanadi. Bu moddalar oshkozon yarasi, surunkali gastrit,
pankreatit, gepatit, miokard
distrofiyasini davolashda ham qo`llanadi. Anabolik moddalar yaxshi ta`sir etishi uchun
bemor yaxshi ovqatlanishi, organizmga yetarli miqdorda azot, kaliy, fosfatlar tushishi
lozim. Moddalarning ta`siri birinchi 10 kunda yaxshi seziladi, bu ta`sir keyinchalik
kamayib boradi.
Anabolik moddalar uzoq muddat mobaynida qo`llanganda nojo`ya ta`sir paydo
bo`ladi. Bolalar ayniqsa kizlarning rivojlanishi o`zgaradi, suyaklar o`sishdan to`xtaydi,
jigar faoliyati o`zgaradi, organizmda natriy
va suyuqlik tutilib qoladi, shish paydo
bo`lishi mumkin. Qizlarda, ayollarda gonadotropin ajralishi kamayadi, xayz sikli
o`zgaradi, ovoz dag`allashib, yuzda xusnbuzarlar paydo bo`lishi mumkin. Nojo`ya
ta`sirlarning oldini olish uchun moddelarni 10—15 kun ko`llab, keyin tanaffus qilish
lozim bo`ladi.
Anabolizantlarni homilador, emizikli ayollarga, qonda bilirubin mikdori oshganda,
jigar
kasalliklarida, lrostata bezi o`smalarida qo`llash man etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: