Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan. Ma’ruzalar matnining



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/231
Sana30.04.2022
Hajmi1,3 Mb.
#596281
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   231
Bog'liq
Umumiy farmokologiya Ma\'ruza matni-конвертирован

Amilnitrit 
(Amylii nitras). 
Ishlatilishi. Stenokardiyada va ko‘z to‘r pardasi markaziy arteriyasining 
emboliyasida tomirlarni kengaytiruvchi dori tariqasida ishlatiladi; 2-3 tomchisini bir 
bo‘lak paxta yoki dokaga tomizib turib, bug‘lari nafasga olinadi. 
Ishlatishga yo‘l qo‘ymaydigan moneliklari. Miyaga qon quyilishi, o‘tkir miokard 
infarkti, kalla ichki bosimining ortib ketishi, glaukoma. 
Chiqariladigan shakli. 0,5 ml dan ampulalarda chiqariladi, o‘rovida 10 dona 
bo‘ladi, usti to‘rlangan 0,5 ml li ampulalari ham bor. 
Saqlash shartlari. В ro‘yxali. Yorug‘ tushmaydigan salqin joyda saqlanadi. 
Yaroqlilik muddati 5 yil.
Nitrong 
(Nitrong). 
Farmakologik la’siri. Nitrong-tomirlarni kengaytiradigan vosita - dori shakliga 
kiritilgan nitroglitserin bo‘lib, nitroglitserinning uzoq (6-8 soatgacha) ta’sir ko‘rsatib 
turishini ta’minlaydi, sustakka o‘xshash. 
Ishlatiladigan o‘rni. Stenokardiya xurujlarining oldini olish uchun ishlatiladi. 
Ishlatish usuli va dozalari. Kasallikning og‘ir-yengilligiga qarab 2,6 mg li 1-2 
tabletkalari ovqat oldidan kuniga 2-3 mahal ichiladi. Preparatning 1 martalik eng yuqori 


dozasi 13 mg, kundalik dozasi 39 mg, preparat ichilgandan 1 soat o‘tgandan keyin kor 
qila boshlaydi. Tabletkalarni chaynamasdan yutish kcrak. 
Nojo‘ya ta’sir. Bosh og‘rishi, bosh aylanishi, badan qizib ketayotgandek bo‘lib 
sezilishi. 
Ishlatishga yo‘l qo‘ymaydigan moneliklari. Miyaga qon quyilishi, kalla ichki 
bosimining yuqoriligi, o‘tkir miokard infarktidan keyingi dastlabki kunlar. 
Chiqariladigan shakli. 2,6 mg li tabletkalar, o‘rovida 50 va 100 dona. 
Saqlash shartlari. В ro‘yxati. 
Yaroqlilik muddati 5 yil. 
Trinitrolong 
(Trinitrolong). Tuxumsimon shakldagi polimer pardalar, ‘tarkibida 1 
yoki 2 mg nitroglitserin bo‘ladi. 
Ishlatiladigan o‘rni. Nitroglitserinning ta’siri uzoq davom etadigan preparati 
sifatida Stenokardiya xurujlarini davolash hamda oldini olish uchun ishlatiladi. 
Bioeruvchan polimer tarkibidagi nitroglitserin ta’sirining tez yuzaga chiqib uzoq 
(3-4 soat va bundan ko‘proq) davom etishini taminlaydi. 
Ishlatish usuli va dozalari. Trinitrolong pastinkasi og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasiga 
barmoqlar bilan bosib turiladi (odatda oziq tishlar yoki kichik jag‘ tishlar ustidagi milklar 
sohasiga bosib turiladi). Ta’sirining boshlanishi va qancha muddat kor qilib turishi bar 
xil bemorlarda turlicha bo‘lib, plastinkaning kimda nechog‘lik tez so‘rilishiga va 
dozaning to‘gri tanlanishiga bog‘liq. Preparat ta’sirini to‘xtatish zarur bo‘lsa-plastinka 
olib tashlanadi. Plastinkani milkning shilliq pardasiga ovqatdan keyin qo‘yish tavsiya 
etiladi. 
Chiqariladigan shakli. 0,001 g li (yashil rangli) va 0,002 g li (bir tomoni oq, 
ikkinchi tomoni oeh yashil rangli) polimer plastinkalar, 50 donadan o‘ralgan. 
Saqlash shartlari. В ro‘yxati. Quruq yorug‘ tushmaydigan, olovdan uzoq joyda 
saqlanadi. 
Yaroqlilik muddati 2 yil. 
Erinit (Erynitum). Sin.: Nitropenton (Nitropenton). В ro‘yxatida. Tabletkalarda 
0,01-0,02 g dan chiqariladi. 
Arterial bosimni birmuncha pasaytiradi. 
Stenokardiya xurujlarining oldini olish uchun qo‘llaniladi. 
Ichishga 0,01-0,02 g dan kuniga 3-4 marta ovqatdan bir soat oldin yoki til ostiga 
qo‘yish uchun tayinlanadi. Davolash 2-4 hafta mobaynida olib boriladi. Nitroglitscringa 
qaraganda kuchsizroq, biroq davomliroq ta’sir ko‘rsatadi, ta’siri 20-30 minut o‘tgach 
yuz.aga chiqadi va 5 soatgacha davom qiladi. 
Karbokromen (Carbocromenum). Sin: Intensain, intenkordin. В ro‘yxatida. 
Tabletkalarda 0,075 g dan chiqariladi. Ichishga : tabletkadan kuniga 3 marta 
tayinlanadi. 
Toj tomirlarning kengayishiga imkon beradi, kollateral qon aylanishini va 
miokardda moddalar almashinuvini yaxshilaydi. 
Stenokardiya, kardiosklerozda, infarkt bo‘lib o‘tgandan key in qo‘llaniladi. 
Qo‘shimcha hodisalar: bosh og‘rig‘i, xolsizlik, dispeptik hodisalar. Venaga tez 
yuborilganda to‘sh orqasida og‘riqlar, qizib kctish, boshda og‘irlik sezish kabi sezgilar 
kuzatiladi. 
Stenokardiyaning og‘ir hollarida mushaklar orasiga yoki venaga 0,04 g dan kuniga 
1-2 marta kiritiladi. Prcparat 5% li glyukoza eritmasida yoki 200-250 ml izotonik natriy 
xlorid eritmasida eritiladi va venaga tomchilab yuboriladi. 


Davolash qonning ivish xossasini nazorat qilib turgan holda ayni vaqtda 
antikoagulyantlar tayinlash bilan birga olib boriladi. Preparatni yurak glikozidlari, 
gipotenziv vositalar, trankvilizalorlar bilan birga ishlatish mum kin. 
Anaprilin (Anaprilinum). Sin.: Inderal. p-adrenoblokatorlar gruppasiga kiradi. 
Miokard p-adrenoretseptorlari blokadasi hisobiga yurak ishini pasaytiradi. Natijada 
kislorod tushishi ko‘pay mas ad a, kislorodga ehtiyoj kamayadi. 
Ichishga 0,01-0,04 g dan kuniga 3-4 marta, venaga 1 - 5 ml dan 1% li eritmasi 
(asta-sekin) tayinlanadi. 
Miokard infarktida terapevtik ta’siri turlicha bo‘lgan vositalar qo‘llaniladi. 
Shokning oldini olish va og‘riqni bartaraf etish uchun morfin gidroxlorid (Morphini 
hydrochloridum) - 1 ml 1% li eritmasi ten ostiga tayinlanadi. Morfin odatda atropin 
sulfatning (Atropini sulfas) 0,1% li eritmasi bilan 0,5-1 ml dan morfinning vagotrop 
ta’sirini yo‘qotish va tomirlarning torayish ehtimolini bartaraf etish uchun birga 
qo‘llaniladi. Boshqa og‘riq qoldiruvchi vositalardan: fen tan il (Phentanylum), talamonal 
nomi bilan yuritiladigan fentanil bilan droperidol, omnoponning (Omnoponum) 1 ml 1% 
li eritmasi teri ostiga yoki 1 ml 2% li promedol eritmasidan foydalanish ham mumkin. 
Narkotik analgetiklar ta’siridan bosilmaydigan kuchli og‘riqlarda narkoz uchun vosita - 
azot (I)-oksid tayinlanadi. 
Qon ivishini pasaytiradigan, trombning yanada kattalashib ketishiga to‘sqinlik 
qiladigan va Lining so‘rilishiga imkon beradigan vositalardan antikoagulyantlar - 
geparin, fibrinolitik vositalar- flbrinolizin va boshqalar tayinlanadi (Qon ivishiga 
to‘sqinlik qiladigan vositalar. Fibrinolitik vositalarga q). 
Miokard infarkti arterial bosimning birmuncha pasayishi bilan o‘tishi mumkin. Bu 
holda pressor vositalar - noradrenalin gidrotartratning (Noradrenalini hudrotartras) - 1 ml 
0,2% li eritmasini venaga yuborish tavsiya qilinadi. Yurak ritmi buzilishlarida 
novokainamid (Novocainamidum) 5-10 ml dan 10% li eritmasi venaga yoki mushaklar 
orasiga tayinlanadi. 
O‘tkir yurak sustligida, ya ni chap qorincha keskin sustlashib qolganida (yurak 
astmasi) yurak glikozidlari: strofantin (Strophanthinum) 1 ml dan 0,05% li eritmasi 
venaga yoki korglikon 1 ml dan 0,06% li eritmasi tayinlanadi. Nitrong fortе (Nitrong 
forte). Tablеtkada 6, 5 mg chiqariladi. Bir martadan bеriladi.
Kardikеt (Cardiket)-izosorbiddinitrat. Tablеtka shaklida 20, 40, 60 mg dan 
chiqariladi. Ta'siri tеzroq boshlanib, uzoq (12-14 soat) davom etadi. 1 tablеtkadan kuniga 
2 marta bеriladi. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish