Annotatsiya ushbu malaka ishida 1-4 sinflarning tabiatshunoslik kursi umumta’lim maktablarining tabiatshunoslik va tabiiy geografiya fanining tarkibiy qismi, o‘quvchilarning tabiatga oid tushunchalarini shakillantirish va tafakkurini



Download 98,86 Kb.
bet2/15
Sana29.12.2021
Hajmi98,86 Kb.
#74726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Alimov Shavkat

Mundarija:

I.Kirish

II.Asosiy qism

1.1-4 sinflarning tabiatshunoslik kursi umumta’lim maktablarining tabiatshunoslik va tabiy geografiya fanining tarkibiy qismi.

2.O‘quvchilarning tabiatga oid tushunchalarini shakillantirish va tafakkurini rivojlantirish, ekologik tarbiyaga e’tibor berish.

3.“Atrofimizdagi olam” va “Tabiatshunoslik” darslarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablarning bajarilishi.

Jihoz: tabiat haqidagi rasm va ko‘rgazmali qurollar va videoproyektor.

IV.Xulosa

V.Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

VI.Ilovalar

Kirish

Zamonaviy dunyoda insonning omon qolish va atrof-muhitni saqlab qolishdan muhimroq muammo yo‘qdir. Bu muammo qurolli mojarolar, millatlararo nizolar hamda jamiyat rivojida uchrayotgan qarama-qarshiliklar sababli yuzaga kelayotgan boshqa ixtiloflar kabi dunyoning barcha keskinliklarini orqaga surib qo‘ydi. Hozirgi vaqtda atrof-muhitga ta’sir qilishi natijasida quyidagi ekologik muammolar paydo bo‘ldi: iqlim o‘zgarishi, dashtlashib ketish, bioxilma-hillikni qisqarishi zaharli chiqindilarning to‘planib ketishi, suv tozaligi muammolari, suv iste’moli va hokazolar. Insonning kun kechirishi tabiat qonunlari bilan hamjihatlikda yashashiga bog‘liq, bu haqidagi bilim unda ekologik savodxonlik, ekologik madaniyat va majburyatni- zamonaviy insonning zarur xususiyatlarini beradi. Tabiat nafaqat o‘zini tuta bilishi, balki uning qonun qoidalariga amal qilishi zarurdir, chunki insonning taliqari biosferamizdagi barcha tirik organizmlar shunday yo‘l tutadi. Insonning bu qoidalarga amal qilishdan bosh tortishi, uning sog‘ligi va uzoq umr ko‘rishi o‘z aksini topmoqda va sayyoramizning barcha yashovchilariga bir qator muammolar keltirilmoqda, ayrimlariga esa halokatli bo‘lmoqda. Buning hammasi shuni aytadiki, zamonaviy ekologik muammoning sababi- aholi bilimining sayozligi va atrof-muhit masalasidagi tarbiyaning pastligidadir. Atrof-muhit to‘g‘risidagi bilimni unda sodir bo‘layotgan ekologik jarayonni, inson madaniyati va shaxs axloqini ekologik ta’lim va tarbiyasi jarayonida shakllanadi, bu esa ayniqsa maktab yoshida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Ta’lim va tarbiya predmetlar o‘qitilishida yagona pedagogik jarayon hisoblanadi.

Isloh qilingan maktablarning boshlang‘ich sinflari uchun tuzilgan zamonaviy rejaga muvofiq 1 va 2-sinflarda «Atrof-muhit bilan tanishtirish» kursi o‘rganiladi.

Bu predmetning asosiy vazifasi bolalarning atrofdagi hayot, tabiat hodisalari va narsalar haqida tushunchalarini to‘plash. SHuningdek, oilada, maktabda, jamoat joylarida, ko‘chada va tabiat bag‘rida axloq ko‘nikmalarini shakllantirish, oila a’zolariga o‘zidan kichiklarga va tengdoshlariga, pedagoglarga hamda atrofdagi boshqa kishilarga nisbatan hurmatli kishilar mehnatiga va ular kuchi bilan vujudga keltirilgan buyumlarga, jonajon o‘lka va Ona Vatanga muhabbatni tarbiyalashdan iboratdir.

Shu maqsadda sayr-sayohatlar maktab maydonida ishlash tadbirlari ko‘riladi. Tabiatni, ijtimoiy hayot voqealari, mehnatkash kishilarning mehnatini kuzatish, boshqa predmetlarga doir materiallarni ham o‘zlashtirishni osonlashtiradi. U 3-4 sinflarda o‘tiladigan tabiatshunoslik fanini o‘rganishga zamin hozirlaydi.

Masalan: «Bizning uy va jonajon tabiat», «Bizning maktab va jonajon tabiat», «Jonajon mamlakatimiz» mavzusini o‘rganish ikki yo‘nalishda olib boriladi:

Birinchi yo‘nalish bolalarni jamiyat hayoti, kishilarning mehnati bilan tanishtirishni, ularda xulq madaniyatini tarbiyalashni ko‘zda tutadi. Bolalarni jamiyatimiz hayoti bilan tanishtirishning shakl, usul va vositalari turli-tuman bo‘lib, bunda kuzatishlar, sayyohatlar, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, korxonalar, muzeylar, teatrlar, klublarga borish, suhbat va kitoblar o‘qishni uyushtirish, kino va diafilmlar, teleko‘rsatuvlar tomosha qilish, radio tinglash, bayramlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni nishonlash kabilar ko‘zda tutiladi.

Bolalar olgan tushunchalarini o‘zlarining amaliy faoliyatlarida o‘quv mashg‘ulotlari, didaktik va ijodiy o‘yinlari, ijtimoiy foydali mehnat va shu kabilarda mustahkamlaydilar.

Ikkinchi yo‘nalish bo‘yicha esa bolalarni aynan tabiatning o‘zi bilan tanishtirish, yaqin atrofdagi tabiat va uni kuzatish malakasi va tushunchalarini shakllantirish, ko‘zda tutiladi. Ayrim xollarda esa o‘quvchilarning mustaqil kuzatishlarini tashkil etish ham mumkin. Atrof-muhit tabiati, hayvon va o‘simliklar hayotining yil fasllariga qarab o‘zgarishi kuzatishning mazmunini tashkil qiladi. Bu ikki yo‘nalishni bog‘lovchi qishloq va shahar aholisining mehnatini o‘rganish, bolalarning amaliy faoliyatini tashkil etish hisoblanadi. Guruh mavzulari bir xil izchillikda o‘rganilmaydi: Mamlakatimizdagi ulug‘ sanalar, mavsumiy o‘zgarishlar mazkur mavzuga ish davomida bir necha marta qaytishini taqozo etadi. Mashg‘ulotni hamma mavzulari o‘zaro bog‘langan bo‘lib, biri ikkinchisiga uzviy ravishda qo‘shilib ketadi, shu tufayli xohlagan mavzu bilan bog‘liq masalalar ham o‘z aksini topadi.

Tabiatshunoslik darsida ekologik ta’lim elementlari shakllanib boradi. Bugungi kunda, aftidan insoniyat o‘z tarixini og‘ir bir davriga qadam qo‘yadi. Bu xol ekologik tanglik davri bilan bog‘liq bo‘lib, jamiyat bilan tabiat o‘zaro munosabatlaridagi o‘tkir qarama-qarshilik bilan izohlanadi. Bu esa jiddiy ekologik muammolarni hal etish zaruriyatini o‘rtaga qo‘ymoqda. SHunday bir sharoitda ekologik savodxon shaxslarni tarbiyalash alohida ahamiyat kasb etadi.

Ekologik ta’lim borasida o‘quvchilarning bilim va tushunchalarini oshirish maqsadida bir necha mavzularga murojaat qilamiz.

Masalan:

«Ob-havo va inson faoliyati», «Inson ekologiyasi va tabiatni muhofaza qilish», «o‘simlik va hayvonot dunyosi», «Orol fojiasi» mavzulari bo‘yicha atroflicha ma’lumot beriladi.

Orol faryod chekar, yordamga chorlar,

Qaydasiz tantilar, himmati borlar,

Asrlar insonga fido qilbim jon,

Bugun qismatimga yig‘laydi torlar…,

Ayladim insonga muruvvatimni,

Qo‘liga topshirdim sho‘r qismatimni

Insonchi? Bir umr o‘yladim o‘zni

Tushunish istamas g‘am-kulfatimni.

Orol haqida ushbu she’r o‘qib eshittiriladi. Suvga, tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbatini ortiriladi. Tabiatdagi bor dov-daraxtlarga, qushlar va hayvonlarni parvarish qilishga undaladi.

O‘quvchilarga tabiatshunoslik darslarida nafosat tarbiyasini singdirish usullari

1. Nafosat tarbiyasining xarakterli hususiyati axloq mezonlarining insonparvarlik mohiyatidadir. Bu mezonlar bolalarning xulqini tartibga solib, nafosat jihatdan tarbiyalab turish zarur. Ular insonda xushmuomalalik tuyg‘ularini uyg‘otadi, boshqa odamga hurmat va mehribonlik bilan munosabatda bo‘lishga undaydi, achinish va qo‘llab quvvatlashni talab qiladi. Bularning bari birgalikda axloq-odobning boshlang‘ich alifbosidir.

2. Sinfda o‘tgan «Atrofimizdagi olam» darsidagi «Bog‘» mavzusida nafosat tarbiyasini o‘quvchilar ongiga singdirish usullaridan foydalaniladi.

Mavzu: Bog‘.

Maqsadi: atrof-muhitga mehr-muhabbat xissini uyg‘otish

Darsning jihozi:

Rasmli albom, texnika vositasi, tarqatma materiallaridan foydalanish. Test savollari.

Darsning borishi: Suhbat metodi. Darsni tashkil qilish. Navbatchi o‘quvchidan davomat aniqlanib, bugungi sana, kun va ob-havoni aniqlash.

O‘tilgan mavzu: Bizning bog‘.

O‘quvchilarni guruhlarga ajratib har bir guruh uchun savollar beriladi (klaster usulidan foydalaniladi).


Siz qaysi mevani yaxshi ko‘rasiz?


Download 98,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish