I.BOB.O`RTA ASR KOREYS KLASSIK YOZMA MANBALARI
1.1.Kim Si Sip hayoti va ijodi
Kim Si Sip (taxallusi Me Vol’dan) Seulda aristocrat oilasida tur’ilgan, lekin yoshligidayoq o‘z sinfidan voz kechgan va umrini mamlakat bo‘ylab sarsonlik-sargardonlikda o‘tkazgan. U ko‘p sonli she’rlar muallifi bo‘lgan. Chunonchi, “Dehqonning shikoyatlari”, “Tog‘da yashovchi dehqanlarning azob-uqubatlari” deb nomlangan she’rlarda u xalqning og‘ir hayoti haqida hikoya qilgan. Ammo Kim Si Sip prozaik sifatida ko‘proq mashhur, zero u koreys adabiyatida novella janrining asoschisi hisoblanadi. Ungacha aksariyat mualliflarining nasriy asarlari asosan xalq orasida keng tarqalgan og‘zaki hikoyalarning qayta ishlangan ko‘rinishlaridan iborat bo‘lgan. Kim Si Sip asarlari uning ijodiy fantaziyasiga asoslanadi. Yozuvchi bir necha jilddan iborat novellalar to‘plamining muallifi bo‘lib, ulardan hozirgi vaqtda faqat bir jild –“Kimo tog‘idagi yangi hikoyalar” saqlanib qolgan.Qadimgi rivoyatda ayrilishichami, to‘plam qo‘lyozmasini yozuvchi devordagi teshikka joylab, ustidan suvab tashlagan. Bu qo‘lyozma yozuvchining o‘limidan so‘ng oradan ko‘p yillar o‘tgach topilgan. U Yaponiyaga keltirilgan va bu yerda ilk bor 1653 yilda nashr etilgan. XVII–XVIII asrlarda yapon adabiyotshunoslari Misima Nasaku va Ono Koyama tomonidan to‘plamga sharhlar yozilgan, so‘ngra u Koreyada keng tarqalgan ba so‘nggi yillarda KXDRda hozirgi koreys tiliga tarjimada sharhlar bilan ko‘p karra nashr etilgan.1378 yilda Kim Si Sip Kimo tog‘ida yashay boshlaganidan qariyb to‘qson yil oldin, Xitoyda yozuvchi Syuy Yu “Miltillayotgan chiroq ildidagi yangi hikoyalar” to‘plamini tuzgan. To‘plam tan novellasi an’anasining davomi bo‘lsa-da, o‘sha davr kitobxonlari va adabiyotshunoslarida katta qiziqish uyg‘otgan. Syuy Yu novellalarning birinchi qo‘lyozma nashri Koreyaga keltiriladi va tez orada bu yerda qayta nashr etiladi.Kim Si Sio Syuy Yu novallalari bilan ular Xitoyda axloqqa zid deb taqiqlangan paytda tanishgan bo‘lda kerak. Shoir o‘z o‘tmishdoshining to‘plamiga she’riy so‘nggi so‘z yozadi. “Yangi hikoyalar” unga “bahor gullari kabi go‘zal va bulutlar shakli kabi o‘zgaruvchan” bo‘lib tuyuladi. Kim Si Sip Syuy Yu nasrini xitoy mumtoz adabiyoti durdonalari bilan tenglashtiradi. “Yangi hikoyalar” unga shu darajada manzur bo‘ladiki, uning o‘zi ham ayni shu syujetlarga novellalar yozadi (o‘rta asrlarda barcha adabiyotlarga xos bo‘lgan hodisa) va o‘z to‘plamini ham “Yangi hikoyalar” deb nomlaydi.Kim Si Sip asarlari dunyo quvonchlarining o‘tkinchiligi va insonga baxtga intilish behudaligi haqidagi buddaviylik g‘oyalari bilan sug‘orilgan. Bular fantastic novellalar. Ularning qahramonlari ertaknamo dunyo^ suv osti podsholigi (“Sjdarlar saroyida bazm”), do‘zax podshodi Yamarachji saltanati (“Namyombu yeri haqida”)ga tushib qoladi yoki pirovardida pari yoki o‘lgan ayolning ruhi bo‘lib chiqadigan go‘zal ayol bilan ko‘ngilxushlik qiladi (“Manbok ibodatxonasida yut o‘yini”, “Pubyok shiyponidagi ko‘ngilxushlik”). Ajdar saltanati va do‘zax podshosining saltanati g‘aroyibotlarga to‘la, bu yerda hatto oqil va odil podsho hukmronlik qiladi. Adolatsizlik dunyodan sehrli saltanatga qisqa vaqtga tushib qolgan odam o‘zining avvalgi hayotiga toqat qila olmaydi-u yo tarki dunyo qiladi yoki vafot etadi.
Kim Si Sip qahramonlari estetik lazzatlanishga harakat qiladi, lekin ularning orzulari tushdagina ro‘yobga chiqadi. “Pubyok shiyponidagi ko‘ngilxushlik” novellasida qahramon har tomonlama komil ayolni uchratadi, lekin u pari, qahramonning baxtli onlari esa –tush bo‘lib chiqadi. “Manbok ibodatxonasida yut o‘yini” novellasida Lyan bir go‘zalga uylanadi. Uning quvonchi cheksiz, lekin go‘zal xotin o‘lgan ayolning ruhi, uning uyi-tikanzor bo‘lib chiqadi.“Talaba Li devor osha mo‘raladi” novellasi oddiy dunyodagi muhabbat haqida hikoya qiladi. Soy ismli qiz o‘z oqsochi bilan ovloq bog‘da, ota-onasi va oila a’zolaridan uzoqda yashaydi. Bu yerda ham Soy yigitning hayotini bir lahzaga nurafshon etadigan pari. Lining baxti qisqa bo‘lib chiqadi. Qiz halok bo‘ladi, Li tarki dunyo qiladi va vafot etadi.Albatta, koreys yozuvchisi faqat mavjud va o‘ziga maqbul bo‘lgan adabiy an’anagagiga tayanadi. Ayrim hikoyalarda unga ko‘proq, ayrim hikoyalarda esa –kamroq tayanadi.“Manbok ibodatxonasida yut o‘yini” hikoyasi Syuy Yu kitobidagi “Yashil ko‘ylakli ayol” novellasidan ruhlnib yozilgan bo‘lsa kerak. Bu syujetning umumiy sxemasidan ko‘rinadi-ota-onadan yetim qolgan yigit ruh-qiz bilan uchrashadi; hikoyalarning oxiri ham mos keladi: qahramon boshqa uylanmaydi, birinchi holda rohiblikni bo‘yniga oladi, ikkinchi-holda-olis tog‘larga bosh olib ketadi. Ammo bu novellarda farqlar ko‘proq. Avvalambor, personajlar fe’l-atvori har xil. Chunonchi, Kim Si Sip qahramoni qo‘rqmasdan Buddaga o‘zi bilan oshiq o‘ynashni taklif qiladi va o‘qinda ilohni yutadi. Syuy Yu qahramoni-oqsoch qiz, Kim Si Sip qahramaoni-Koreyaga yapon qaroqchilari hujum qilgan vaqtda halok bo‘lgan fazilatli, irodali qizning ruhi. Boshiga kulfat tushganda u qo‘rqmasdan Buddadan yordam so‘raydi. Koreys adibi novellasining farqi yana shunda ko‘rinadiki, unga muallif har qanday baxtning omonatligi, dunyoviy hayotning o‘tkinchiligi haqidagi buddaviylik g‘oyasini joylaydi.“Talaba Li devor osha mo‘raladi” novellasi voqealari Koreya yarimorolida “qizil bog‘ichlilar” qo‘zg‘oloni davridagi fojiali voqealar fonida yuz beradi. 1351 yilda Xitoy provinsiyalarining aksariyatini dehqonlar urushi olovi chulg‘aydi. 1358-1359 yillarda dehqonlar qo‘shni Koryo davlatiga bostirib kiradi. Koryo poytaxti – Kogyon (hozirgi Keson), Pxen-yan va boshqa shaharlar talon-taroj qilinadi. Mamlakat boshiga tushgan musibat novella qahramonlari-Li va Soy uchun ham sinov bo‘ladi. Novella nomida eski ana’anadan foydalanilgan: tan shoiti Yuan Chjen (779-831)ning “In-in” haqida hikoya novellasida seviklisining oldiga bog‘ devoridan oshib o‘tgan talaba Chjan haqida hikoya qilinadi. Bu syujetdan ko‘pgina adiblar, shu jumladan Syuy Yu ham foydalangan. O‘xshash ismlar, devor (syujet rivojidagi muhim detal) va boshqa chizgilar Kim Si Sip birinchi manba bilan tanish ekanligidan dalolat beradi, lekin tan muallifining hikoyasida ham, Syuy Yuning hikoyasida ham voqealar odamlar dunyosida rivojlanadi, Kim Si Sip esa kitobxonni odamlar ham, ruhlar ham yashaydigan olamga olib kiradi. Koreys novellachisi o‘zninng baxt omonat ekanligi, u haqiqiy hayotdan ko‘ra ko‘proq sarobga o‘xshashi haqidagi fikriga yana bir karra urg‘u beradi.“Pubyok shiyponidagi ko‘ngilxushlik” novellasining prototipi Syuy Yu to‘plamidan o‘rin olgan “Szzyuy-Szin bog‘lari bo‘ylab mast holda daydigan Ten Mu haqida hikoya” dir. Faqat Syuy Yu novellasida o‘lgan qiz ruhining muhabbati haqida hikoya qilinsa, Kim Si Sip Syuy Yu syujetiga tayanib falsafiy va fuqarolik ruhi bilan sug‘orilganasar-o‘z yurtining taqdiri haqida o‘y-novella yaratgan. Novella qahramoni Koreyaning ilk podsholari qadimgi poytaxtining xarobalarini ko‘radi va uning qadimgi ulug‘vorligi, afsuski, oqil podsholar endi qaytmasligi haqida she’r to‘qiydi.“Namombu yeri haqida” novellasi flsafiy asar bo‘lib, u talaba-konfutsiychi Pakning so‘zax podshosi Yamarachji bilan suhbati shaklida yozilgan. Unda dunyoviy qahramon-konfutsiychi olam va davlatlarni tashkil etishning oqilona asosigagina ishonadi. Eng ajablanarlisi shundaki, do‘ax podshosi uning fikriga qo‘shiladi, Kongutsiyni dahriylarni aql bilan yenggan donishmand sifatida maqtaydi. Kim Si Sipning o‘z davri uchun ilg‘or va hur fikrlari mistikaga, buddizmning diniy marosimlariga va hali xalq orasida yashayotgan shamncha e’tiqodlarga qarshi qaratilgan.O‘zga dunyoni rad etgan holda, Kim Si Sip so‘nggi novellada ajdarlar podshosining suv ostidagi saroyidagi yorqin va quvnoq manzarani chizadi. Podsho o‘zining yangi ko‘shkida chiroyli bitikni yozish uchun odamlar dunyosidan yosh olim va shoirni chaqiradi. Uzoq Sharqda hattotlik san’ati qadimdan mashhur bo‘lgan va she’r to‘qiydigan, ierogliflarni chiroyli qilib yoza oladigan kishilar hurmat qilingan. Dengiz bilan o‘ralgan Koreyada ajdarlar podshosining suv ostidagi saroyiga tushgan odamlar haqida ertaklar ko‘p to‘qilgan. Ammo bu soda hikoyalarning qahramonlari o‘qimishli kishilar emas, balki, odatda, baliqchilar bo‘lgan. Kim Si Sip novellasida ikki an’ana: ven’yandagi novellarga borib taqaladigan adabiy an’ana va baliqchilarning ertaklariga borib taqaladigan fol’klor ana’anasi uyg‘unlashgan. Birinchi an’ana shoirga syujet bergan (olim yigitning ajdar huzuriga safari). Xalq ertagidan Kim Si Sip yorqin bo‘yoqlarnim xalq hazillari va raqslari stixiyasini o‘zlashtirgan.Kim Si Sip novellalarida yozuvchining nasriy tili she’riy jihatdan mukammal. U dunyoga buddaviycha tafakkur nuqtai nazaridan yondashadi: dunyoviy quvonchlarni o‘tkinchi va noreal deb biladi va shu bois ularga intilish behuda ish deb hisoblaydi. Shuni qayd etish lozimki, qahramonning oqil va odil podsholar hukm suruvchi o‘zga dunyolarga sayyohatlari haqidagi qiziqarli hikoyalar zamirida siyosiy sha’ma-“zolim” Sechjoning boshqaruv usullaridan muallifning noroziligi ham yashirinib yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |