Savol va topshiriqlar
1. Turkistondagi sovet rejimining o’ziga xos xususiyatlari nimadan iborat bo’lgan?
2. «Sovetcha andozadagi avtonomiya» bilan muxtoriyat harakati o’rtasida qanday farq bor?
3. Musulmonlar byurosining faoliyati qanday kechgan?
4. Turkistonda o’rnatilgan bolshevistik diktatura va sovet reji-mining asl mohiyati nimadan iborat bo’lgan?
5-§. TURKISTONDA BOSHQARUV TIZIMINING TUZILISHI VA IQTISOOIYOT SOHALARIDAGI
O’ZGARISHLAR
Reja:
1.Bolshevikcha boshqaruv-ma’muriy tizimining tashkil topishi.
2.Moliya,sanoat tarmoqlari, transport,hunarmandchlikdagi o’garishlar.
3.Qishloq xo’jaligiga nisbatan siyosat va o’tkazilgan chora tadbirlar.
So'1-bolshevistik guruhlar o’lkaning yevropaliklar yashagan joylarida o’z hokimiyatlarini o’rnatganlaridan so’ng inqilobiy aqidalar asosida boshqaruv-ma'muriy idoralar tizimini tashkil qilishga kirishdi. Oldingi amaldorlar hokimiyatdan mahrum qilinib, mahkamalar yopildi. Turkiston komissarlari soveti tuzilib, u inqilobiy dekret-lar — majburiy qoidalar chiqarib bordi. 1918-yil bahor-yozidan Turkiston sovet respublikasi e'lon qilinishi bilan hukumat tuzildi, qator komissarlik-lar, jumladan, ichki ishlar, yer ishlari, maorif, millatlar ishlari komissarliklari barpo qilindi. Sovet hokimiyati dushmanlari bilan kurash olib boruvchi ChK (Favqulodda komissiya) o’z faoliyatini amalga oshira boshladi. Siyosiy vaziyat keskinlashishi munosabati bilan tribunallar, siyosiy bo’limlar, uchliklar ham tuzilib, faoliyat ko’rsatdilar. Xo’jalikni boshqaruvchi idoralar tashkil etildi.
Farg’ona, Sirdaryo, Samarqand viloyat boshqaruv idoralari, komissarliklar, boshqa markaziy ma'muriy idoralarning bo’limlari barpo qilindi, shuningdek, uyezdlar va volostlar ma'muriyatlari tashkil etildi. Aholi ijtimoiy hayoti tartib-intizomini yo’lga qo’yish tadbirlari joriy etib borildi.
Qator muddat davomida sovet boshqaruvi, uning siyosati barcha joylarni qamrab ololmay keldi. Asosan shaharlar va atroflardagi joylar bu jarayonga tortildi. Markazlardan olislardagi joylardan esa vaqti-vaqti bilan sovet hokimiyati amaldorlari qurolli kuch hamrohligida paydo bo’lib, oziq-ovqat, yem-xashak, otlar, boshqa dehqonchilik mahsulotlarini yig’ib olib qaytganlar.
Siyosiy vaziyat murakkablashgan joylarda, jumladan, Farg’ona viloyatida inqilobiy hokimiyatning favqulodda organi — inqilobiy qo’mita (revkom)lar harbiy sharoit qoidalari bo’yicha hokimiyatni boshqarganlar. Turkiston o’lkasi, viloyatlar va mahalliy ishchi, soldat sovetlariga saylovlar o’tkazilib, ularning qurultoylarida turli masalalar muhokama qilingan. Umumturkiston sovetlarining 12 ta qurultoyi o’tgan. o’lka bolsheviklari siyosiy muxoliflarini chetlashtirgandan so’ng Turkiston sovetlarining so’nggi oltita — VII—XII qurultoylari mut-tasil ular rahbarligida o’tdi. Sovetlar qurultoyidan oldin o’lka bolsheviklarining qurultoyi o’tkazilib, muhim siyosiy ko’rsatmalar tasdiqlab olingach, sovetlar qurul-toyiga ko’rsatma sifatida tavsiya etilgan. Turkiston kom-partiyasining sakkiz qurultoyi bo’lib o’tdi.
Sovetlar hukmronligi boshlanishi bilan vaqf mulkla-rining davlat ixtiyoriga olinishi e'lon qilindi. 1918— 1920-yillarda ko’plab joylarda bu narsa amalga oshirildi.1919-yil iyun oyida qoziliklar yopildi. Bular milliy an'analarga hujumning bir qismi edi va xalq ommasining noroziligiga sabab bo’ldi.
1919-yil kuzida Rossiya markazidan kelgan Turk-komissiya favqulodda va cheklanmagan, siyosiy-par-tiyaviy hamda davlat hokimiyati vakolatlarini amalga oshirdi. U Turkiston Kompartiyasi MK, Turkiston MIK va XKS ustidan qattiq nazorat o’rnatdi, lozim topganda ularni tarqatib yubordi, tarkibini o’zgartirdi. Ichki va tashqi siyosat, iqtisodiyot, armiya, kadrlar masalasini o’z qo’liga olib markazlashtirdi. Rossiyadan yuborilgan moddiy resurslar, harbiy qismlar, bolshevik kadrlar Turkkomissiya ixtiyoriga icelar edi.
Turkiston kompartiyasi a'zolarining soni kam bo’lib, tez-tez o’zgarib turardi. Masalan, 1920-yil oxirida 58 mingga yaqin a'zo bo’lsa, partiya faoliyatining oxirgi yili — 1924-yil o’rtalarida uning qatorlarida 6 ming a'zo bor edi. Chunki kommunistlar xalq o’rtasida obro'-e'ti-borga ega emasdilar.
Asossiz va real voqelikdan yiroq bo’lgan boshqaruv jarayoni uzluksiz siyosiy to’qnashuvlar va g’oyaviy muxoliflikni keltirib chiqarar edi. Bularga javoban bol-shevik rahbarlar sovet idoralarida, ijtimoiy tashkilotlarda, kompartiyaning o’zida ham tez-tez tozalash (chistka)lar o’tkazib bordilar.
Inqilobiy hokimiyat tub o’z-garishlar shiorlari va dab-dabali dasturni e'lon qilibgina qolmasdan, Turkistonda ular-ni amalda tadbiq qilishga ham kirishdi. Dastlab barcha bank muassasalari, ularda-gi mablag’ va boyliklar, shuningdek, temir yo'1, aloqa vositalari natsionalizatsiya qilindi. Sanoat va tog’-kon korxonalarida ishchilardan boshqaruvni, ishchi nazorati-ni amalga oshirish e'lon qilindi, lekin bundan natija chiqmadi. Ikkinchi bosqichda sanoat korxonalari, so’ngra boshqa ob'ektlar (mehmonxonalar, restoranlar, tamaddixonalar), hunarmandchilik ustaxonalari va shu kabilar musodara (natsionalizatsiya) qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |