Adabiyot va san at.Mustabid tuzumning oxirgi o’n yilligi davrida o’bek adabiyoti har qanday siyosiy-ijtimoiy «qoliplar» ichida turib bo’lsa-da, rivoj topdi, qator sermazmun asarlar vujudga keldi. Ayni paytda iste'dodli ustoz adiblar qatoriga o’nlab yangi, insyonkor ijodkorlarni olib kirdi. Ular adabiyot taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shdilar.O’sha yillarda O’zbekistonda adabiyotning tarixiy mavzusi ancha boyidi. Jumladan, Nazir Safarovning «Navro'z», Hamid G’ulomning «Mangulik», «Mash-rab», Mirmuhsinning «Me'mor», «Temur Malik», «Movarounnahr», Odil Yoqubovning «Ulug’bek xazi-nasi», «Ko’hna dunyo», Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar», «Avlodlar dovoni» kabi romanlari O’zbek adabiyotida tarixiy mavzuni yoritdi. Bular orasida ayniqsa, Pirimqul Qodirov tarixiy romanchilikni ustoz Oybekdan keyin yangi pog’onaga ko’tardi. O’zbek adabiyoti 80-yillarda ham ancha qalamkash iste'dodlarni yetishtirib berdi. o’lmas Umarbekov, Xudoyberdi To’xtaboyev, o’ktam Usmonov, o’tkir Hoshimov, Uchqun Nazarov, Shukur Xolmirzayev, Ne'mat Aminov, Temur Po’latov, Omon Muxtor, Farhod Musajonov singari ijodkorlar o’z asarlarida insondagi ma'naviy-axloqiy fazilatlarni ardoqlashga, ular o’rtasida-gi mehr-oqibat va sadoqatni ehtiyot qilishga, o’zaro bir-biriga muruvvatli bo’lishga, shafqatli bo’Hshga chorlab keldilar.
70—80-yillar she'riyatida ham inson va jamiyat muammosi bosh mavzu bo’lib qoldi. She'riyatda tabiat haqida, paxta va paxtakor haqida falsafiy mushohadalar o’rtaga qo’yildi. Katta avlod shoirlari — Uyg’un, Mirtemir, Sobir Abdulla, Habibiy, G’ayratiy, Charxiy, Zulfiya, o’rta avlod shoirlari — Mamarasul Boboyev, Asqad Muxtor, Hamid G’ulom, Shuhrat, Turob To’la,Shukrullo, Ramz Bobojon, o’tkir Rashid va birmuncha yosh iste'dodli shoirlar — Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Jamol Kamol, Jumaniyoz Jabborov, Omon Matjon, Rauf Parfi, Azim Suyun, Usmon Azimov, Halima Xudoyberdiyeva va boshqalar she'riyatining mazmuni va ma'nosi nihoyatda keng va chuqurdir. Ular yaratgan asarlar O’zbek she'riyati xazinasidan munosib o’rin egalladi.
Mustabid tuzum va u tufayli jamiyatda sodir bo’lgan salbiy holatlar O’zbek adabiyotiga ham ta'sirini o’tkazdi. Adabiyot vakillari kommunistlarning keng xalq ommasi ongiga kommunistik mafkura g’oyalarini singdirish, ularni kommunistik ruhda tarbiyalash kabi ijtimoiy buyurtmalarini bajarishga majbur edilar. Yaratilgan asar-larning aksariyati zamonni maqtash, olqishlarga bag’ish-landi. Ularda hayotiy voqealarni talqin qilishga par-tiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazaridan turib yondashildi. Jamiyat hayotiga ana shunday yondashish turli illatlarni va saviyasi past asarlarni adabiyotga olib kirdi.
Zo’ravonlik, tazyiq va tanqidlar tufayli jamiyatni to’lqinlantirib kelayotgan ko’pgina ijtimoiy muammolar asarlarda o’z ifodasini topmadi. Shunga qaramasdan, oz bo’lsa-da, O’zbek adabiyotida milliy ruh singdirilgan yaxshi asarlar dunyoga keldi.
Adiblar teatr va musiqa arboblari bilan hamkorlikda samarali ish olib bordilar. O’zbek sahnasida ko’p yillar davomida S.Eshonto'rayeva, FNosirova, L.Sarimsoqova, Olim Xo’jayev, Razzoq Hamroyev, Sh. Bur-honov, M. Turg’unboyeva, G.Izmaylova, B.Qoriyeva, N.Rahimov, G’.A'zamov, S.Xo’jayev, Z.Muham-madjonov, FLUmarov va boshqa iste'dodli san'atkorlar samarali xizmat qildilar. Bu davrda opera va balet san'ati rivoj topdi. A.Navoiy nomidagi Katta Akademik opera va balet teatri, Muqimiy nomidagi O’zbek musiqali drama va komediya teatri, M. Gorkiy nomidagi rus dra-matik teatri, Y. Oxunboboyev nomidagi respublika yosh tomoshabinlar teatri, Qo’g’irchoq teatri yangi tomo-shalarni namoyish qildilar.Hamza nomidagi O’zbek davlat Akademik drama teatri jahon xalqlari asarlarini tomoshabinga mohirlik bilan yetkazdi. Sahnada Sofoklning «Shoh Edip», Shekspirning «Qirol Lir», «Yuliy Sezar», Shillerning «Mariya Styuart» kabi sahna asarlari yuksak mahorat bilan ijro etildi. Shu bilan birga, O’zbek adiblarining bir qancha asarlari, jumladan, Uyg’un va Izzat Sultonning «Navoiy», Shayxzodaning «Mirzo Ulug’bek», Uyg’un-ning «Abu Rayhon Beruniy», o’lmas Umarbekovning «Qiyomat qarz», Said Ahmadning «Kelinlar qo'zg’oloni» kabi spektakllari ham sahna san'atini boyitdi. Respub-likada boshqa teatrlar ham bu davrda yangi-yangi sahna asarlarini yaratdilar.
O’zbekistonda musiqa san'ati bu davrda rivoj topdi. Yangi musiqiy jamoalar — «Lazgi», «Shodlik», «Go’zal», «Bahor» xalq raqs, «Yalla» vokal-cholg’u ansambllari M. Ashrafiy, M. Burhonov, M. Leviyev, T. Sodiqov, I. Akbarov, S. Boboyev, D. Zokirov, U. Musayev kabi kompozitorlar bilan hamkorlikda yaratilgan yangi kon-sertlari bilan tanildilar.
70—80-yillar o’rtalarida O’zbek kinochilari ham ko’p-lab yangi kino asarlarini yaratdilar. Iste'dodli kinochilar ijodiy guruhi: K. Yormatov, M. Qayumov, Sh. Abbosov,, Y. A'zamov, A. Hamrayev, E. Eshmuhamedov kabi san'atkorlar barakali ijod qildilar. San'atning boshqa sohalarida ham birmuncha yutuqlarga erishildi.
Shunday qilib, O’zbekiston san'ati umuman rivoj-lanib bordi. Biroq adabiyot singari san'at ham hukmron mustabid tuzum mafkurasi tazyiqiga uchradi. Bu davrda voqelikni haqqoniy aks ettiradigan, milliy xususiyatlarga ega bo’lgan yetuk san'at asarlari soni kam edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |