Mutaxassis kadrlar tayyorlash muammolari.Respublikaning oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari xalq
talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlashda muayyan natijalarni qo’lga kiritdilar. Yildan-yilga tala-balar soni ortib bordi. 1971—1975-yillarda oliy o’quv yurtlarini tugallagan diplomli 182 ming nafar mutaxassis kadrlar respublika xalq xo’jaligiga yetkazib berildi. Oliy o’quv yurtlarining soni 1985-yilda 42 taga yetdi.80-yillarning o’rtalarida respublika o’rta maxsus o’quv yurtlarida 282 ming nafar o’quvchi ta'lim oldi. Bu har yili necha o’n minglab malakali mutaxassislar bilan respublika xalq xo’jaligini ta'minlashga imkon berdi.
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi siyosati ishlab chiqa-ruvchi kuchlarni joylashtirishda, mutaxassis kadrlarni tayyorlashda respublikaning o’ziga xos ijtimoiy, milliy va demografik xususiyatlarini hisobga olmadi. Yangi sha-harlar bunyod etish, sanoatlashtirish bahonasida ko’plab rus aholisi o’lkamizga ko’chirib keltirildi. Toshkent, Farg’ona, Olmaliq, Navoiy, Chirchiq va boshqa shahar soni mahalliy uchun uy-joy,aholi sonidan ish muammolarda ko’chib kelganlar ancha yuqori edi. Ular emasdi.
Mas'uliyatli vazifalarga, ma'muriy tashkilotlarning rahbarligiga mahalliy aholi vakillari emas, ko’pincha Moskvadan ko’chib kelgan vakillarni tayinlash tartibi o’rnatildi. Ularga katta imtiyoz va huquqlar berildi. Kadrlar taqdiri ham ular qo’lida bo’ldi. Respublika, viloyat, shahar va davlat organlari rahbarlarining birinchi yordamchilari — «ikkinchi kotib» va «birinchi o’rin-bosar»lar ruslardan bo’lib, kadrlar masalasi bilan ular shug’ullanar edilar.Bunday kadrlar siyosati mahalliy aholiga nisbatan adolatsizlik bo’lib, uning manfaatlariga ziyon yetkazdi.
Sanoatning yetakchi tarmoqlarida mehnat qilishga O’zbek xalqi go’yo qodir emasligi va shu munosabat bilan ko’p yoshlar ishsiz yurganligi haqidagi asossiz muloha-zalar keng tarqaldi. Ishsizlar soni ko’pligining boisi ularning ishlash ishtiyoqi yo’qligida emas, balki Markazning yo’naltirilgan siyosati tufayli, qolaversa, ba'zi mahalliy mutasaddi rahbarlar tomonidan ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning zamonaviy usullari yaxshi yo’lga qo’yilmaganligida edi.
Mustabid tuzum siyosati tufayli oliy o’quv yurtlarida sanoatning yetakchi tarmoqlariga milliy kadrlar tayyor-lanmadi. Natijada milliy kadrlar salmog’i ba'zi korxo-nalarda juda kam bo’ldi. Mashinasozlik, metall ishlash va og’ir sanoatning boshqa tarmoqlarida 80-yillar o’rta-larida umumiy ishchi va xizmatchilarning 25—30 foizi-gina milliy kadrlar edi, xolos.
Ziyolilar — ilmiy xodimlar, agronomlar, muhandis-lar, o’qituvchilar, shifokorlar soni muttasil oshib bordi. Respublika xalq xo’jaligida ularning soni 1970-yildagi 531 mingdan 1985-yilda 1385 mingtaga yetdi.
1985-yilda respublikaning xalq xo’jaligi ishlab chiqa-rishi sohasida 26 foiz aqliy mehnat xodimlari band bo’lib, ulardan sog’liqni saqlash, xalq ta'limi, madaniyat va san'at, fan va ilmiy xizmatdagilar 20 foizni tashkil etdi. Oliy ma'lumotlilar soni ziyolilar orasida ortib bordi. Ularning soni 1970-yildagi 252 ming kishidan 1985-yilda 669 ming kishiga ko’paydi. Ilmiy va muhandis kadrlar mahoratining jamoatchilik tomonidan e'tirof etilishini oshirish, ularda ijobiy tashabbusni kuchaytirish va shu asosda ularga haq to’lash darajasini oshirish zarurligini anglab yetgan korxonalarning rahbarlari yaxshi natijalarni qo’lga kiritdilar. Biroq hamma joyda ham bunday qilin-madi. Jumladan, 80-yillarning boshida respublika yengil sanoat korxonalarining 66 ta filiali qurilgani bilan yetarli darajada samaradorlikka erishilmadi. Ishga tushirilgan Beruniy, To'rtko'1, Xo’jayli yigiruv-tikuv fabrikalari o’z quvvatining 30—40 foiz darajasida ishladi. Kombinatda iqtisodchilar uchun belgilangan o’rinlarning yarmi bo’sh edi, ayni paytda 12 mingga yaqin iqtisodchi boshqa sohalarda ishlardi. Sanoat korxonalarida muhandis-texnik xodimlar yetishmagani holda, 37 ming muhandis va texniklar ishchilar qatorida mehnat qildilar.
Fan va texnikani rivojlantirish, yangi texnikani yaratish, uni ishlab chiqarishga joriy etish, mavjud ish-lovlarni yanada takomillashtirish ko’p jihatdan muhan-dis-texnik xodimlarning ijodiy faoliyatlari hamda o’zaro aloqalari bilan uzviy bog’liq edi. Biroq bu davrda muhandis-texnik xodimlarni tayyorlash saviyasi pasayib ketdi. O’zbekiston sanoatidagi muhandislarning asosiy qismi 7—10 yillik mehnat stajiga ega bo’lib, ularning ko’pchiligi zamonaviy texnika va texnologiya jarayonla-rini puxta egallamagan edilar. Ular hisoblash mashi-nalari, sanoat robotlari bilan muomala qilishni bilmasdi-lar. o’z mutaxassisliklarini puxta egallamaganliklari va ishlab chiqarishda moddiy manfaatdorlikning yo’qligi tufayli, oliy o’quv yurtlarini tugatgan muhandislarning 40 foizi, texnikumlarni tugatganlarning to’rtdan uch qismi o’z sohasida ishlashni xohlamasdilar.
Shunday qilib, bu davrda respublikada mavjud mehnat resurslarini ishlab chiqarishga jalb etish va avva-lo. tub millat vakillaridan yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash masalalari keskin tus oldi. Jamiyatimiz taraqqiyotining uzoq davri mobaynida mahalliy aholi, xususan, O’zbeklarning respublika xalq xo’jaligi yetakchi tarmoqlaridagi salmog’i juda past bo’lib keldi. Bu sovet totalitar tartibotining milliy respublikalar mahalliy xususiyatlarini, O’zbek xalqining milliy manfaatlarini inkor etuvchi siyosati natijasi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |