Sog’liqni saqlash.Ittifoq hukumati respublikaning ijtimoiy sohasiga shuningdek, sog’liqni saqlashga yetarli miqdorda mablag’ ajratmaganligi natijasida salbiy holatlar kuchaya bordi. Markazlashgan Ittifoqda iqtisodiy o’sish sur'atlarining pasayishi va sog’liqni saqlash masalalariga e'tiborning susayishi davlat byudjetida sog’liqni saqlash ulushining kamayishiga, uning moddiy-texnik bazasini yangilash, yangi dorilar va davolash metodlarini o’zlashtirish jara-yonlarining susayishiga olib keldi. Ko’pgina kasal-xonalar, tug’ruqxonalar, poliklinikalar, ambulatoriyalar va dorixonalar nobop binolarda joylashgan edi. Bu muassasalarning faqat ozgina qismi moslashgan binolar-da joylashgan bo’lib, asosiy qismida kanalizatsiya ham, issiq suv ham yo’q edi. Bu salbiy holatlar ayniqsa, qishloq joylarda yildan-yilga ko’payib bordi.
Orolbo’yi mintaqasida joylashgan Qoraqalpog’iston va unga qo’shni Xorazm viloyati aholisi keskin ekologik vaziyatning vujudga kelganligidan aziyat chekardi. Bu yerda 10 ming aholiga to’g’ri keladigan vrachiar soni Ittifoqdagi va O’zbekistondagi ko’rsatkichlardan ancha kam edi. Tibbiyot muassasalarining faqat 20 foizigina moslashgan binolarda joylashgan bo’lib, 80 foizi kana-lizatsiyaga ham, issiq suvga ham ega emasdi.
Go’daklarning sut-qatiq mahsulotiga bo’lgan ehtiyoji faqat 60 foizgacha qondirilar edi.
Respublikamizda sog’liqni saqlashga ajratilgan mablag’ning kamligi kasalxona va poliklinikalarni za-monaviy texnika va asbob-uskunalar bilan ta'minlash darajasiga ham salbiy ta'sir ko’rsatdi. 70-yillarda shifo-xonalardagi o’rinlar sonini oshirishga zo’r berilib, bu o’rinlarni texnika bilan ta'minlash oqsadi. Chunonchi, Ittifoq bo’yicha har bir o’rinni uskunalar bilan ta'min-lashga o’rta hisobda 80-yillar o’rtalarida 4 ming so’m sarflangan bo’lsa, bu ko’rsatkich O’zbekistonda 3 ming, Buxoro, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida esa 2 ming so’mni tashkil etdi. Germaniya va Chexoslovakiya kabi mamlakatlarda esa bu sarf-xarajatlar 10—15 ming so’mgacha borar edi.
Bu davrda sog’liqni saqlash vazirligi faoliyatida va umuman tarmoqda kasalxonadagi o’rinlar soni, yotqizil-gan bemorlar miqdori asosiy ko’rsatkich bo’lib keldi. Ya'ni shifoxonalarda o’rinlar soni qancha ko’p bo’lsa, davlatdan ajratiladigan mablag’, mehnat, moliya, mod-diy va boshqa resurslar ta'minoti shunga qarab hal eti-lardi. Ana shunday tarzda miqdor orasidan quvish nati-jasida tibbiyot xizmati ko’rsatish, uni kadrlar bilan ta'minlash muammosi kelib chiqdi. Respublikamizda bitta vrachga uchta o’rta meditsina xodimi to’g’ri kelgan bo’lsa, Ittifoqda bu ko’rsatkich 3,4, AQShda 8, Germaniyada 9, Shvetsiyada 12, Yaponiyada 19 tani tashkil etgan.
O’zbekistonda tabobatning ko’p sohalarida katta ish-lar qilindi. Ko’plab sog’liqni saqlash tashkilotlari — Toshkent davlat tibbiyot institutining bosh o’quv korpusi va bolalar kasalxonasi, Semashko notnidagi shifoxona, ko’p sohali bolalar kasalxonasi, mikroxirurgiya, buyrak, yurak, o’pka xirurgiyasi markazlari qurildi. Yuqori malakali shifokorlar va tabobat hamshiralari tayyorlandi. Ammo O’zbekistonning barcha aholi manzillari tabobat tashkilotlari bilan qoniqarli ta'minlanmagan, aholiga kerakli darajada tibbiy xizmat ko’rsatish yaxshi yo’lga qo’yilmagan edi. Respublikamizda aholi manzillari tib-biyot tashkilotlari bilan faqat 66 foizga ta'minlangan edi, xolos.
Respublikamizda 80-yillar o’rtalarida paxta dalalariga sepilgan kimyoviy moddalardan zaharlanish natijasida turli xil yuqumli kasalliklar ko’payib ketdi, ayrim joylar-da aholining 80 foizigacha kasallandi.
Yildan-yilga sariq kasalga chalinganlar soni ortib bordi. Maktab o’quvchilarining 30 foizdan ko’prog’i surunkali kasalliklar bilan og’ridi, yana shuncha boialarning qaddi-qomatida, asab tuzilishida nuqsonlar
bor edi. Tabiat muvozanatining buzilishi, kimyoviy dori-larning ta'siri natijasida tug’ilgan va voyaga yetgan balog’at yoshidagi armiya safiga chaqiriladigan bolalar-ning o’rtacha vazni 46 kilogrammga tushib ketdi. Armiya safiga chaqirilgan yigitlar orasida sog’lig’i nochor bo'1ganlar ko’pligi tufayli ularning 20 foizdan ziyodi jango-var qismlarda emas, balki qurilish bo’linmalarida xizmat qilishdi.
Kasalmand onalardan zaif, kasalmand bolalar tug’ilardi. Xotin-qizlar salomatligiga yomon ta'sir ko’r-satgan asosiy omil mehnat va turmush sharoitining nihoyatda og’irligi, qishloqning ijtimoiy jihatdan qoloqli-gi, iqtisodiy qashshoqlik, ekologik va demografik falokat vujudga keltirgan vaziyat bo’ldi.
Respublika xalq xo’jaligining juda ko’p tarmoqlari xom ashyo yetishtirish va uni birlamchi qayta ishlash bilan mashg’ul bo’lganligi, dehqonlarning, ishchi va xiz-matchilarning ijtimoiy ishlab chiqarishdan olgan mehnat haqlari Ittifoqning boshqa mintaqalaridagidan ancha kam bo’lganligi, ijtimoiy ehtiyojlarga mablag’ ajratish-ning qoldiq prinsipiga amal qilinganligi bois O’zbekiston aholisining turmush darajasi nihoyatda past edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |