Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan



Download 1,75 Mb.
bet101/207
Sana11.01.2017
Hajmi1,75 Mb.
#161
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   207
Savol va topshiriqlar

1- O’zbekiston fan ahlining g'alabaga qo’shgan hissasi nimadan iborat bo’ldi?

2. Xalq ta'limi va mutaxassislar tayyorlash muammosi qay tarzda hal etildi?

3. O’zbek adabiyotining jangovarligini xarakterlab bering.

4. O’zbek san'atining fashizmga qarshi kurashda ko’rsatgan matonati haqida so’zlab bering.

36-§. O’ZBEKISTON AHOLISINING MODDIY TURMUSHI. FRONT BILAN ALOQANING

MUSTAHKAMLANISHI. QORAQALPOG’ISTON URUSH DAVRIDA

Reja.


  1. Aholining moddiy ahvoli.

  2. Front bllan aloqaning mustahkamlamshi

Urush har bir honadon, har bir oilaga bostinb kirdi odamlarni nihoyatda og’ir sinovlarga, muhtojlik va kui-fatlarga duchor etdi.

Umumiy ahvolning keskin yomonlashgani oziq-ovqat borasida qiyinchiliklar tug’dirdi. Shaharlarda oziq-ovqatga kartochka tizimi joriy etildi. Ishchi va xizmatchilar kuniga 400—500 grammdan, oila a'zolari esa 300 granun-dan non olar edilar. Go’sht, baliq, yog’, yormalar, makaronlarni me'yorlangan tarzda taqsimlash tartibi joriy etildi, biroq bu tartibga ko’pincha amal qilinmas, kar-tochkalarga tegishli masalliqlar berilmay qolardi.

Oziq-ovqat va sanoat mollarini me'yorlangan tarzda taqsimlash tizimi qishloq aholisiga taalluqli emas edi. Oziq-ovqat mollari ularga matlubot kooperatsiyasi ma-gazinlarida davlatga topshirilgan qishloq xo’jalik mahsu-lotlari miqdoriga qarab qafiy me'yorlangan miqdorda berilardi.

Shaharliklarni ta'minlash uchun bog’dorchilik-polizchilikni rivojlantirishga kirishildi. Sanoat korxo-nalari qoshida yordamchi xo’jaliklar tashkil etilib, ularga vaqtincha foydalanish uchun 53 ming gektar yer ajratil-di. Ishchi va xizmatchilarning yakka tartibda polizchilik bilan shug’ullanishi keng rasm bo’ldi. Urushning favqulodda sharoitlarida oziq-ovqat va sanoat mollarini me'yor bilan taqsimlashga o’tilishi odamlarning tirik-chiligini og’ir ahvolga solib qo’ydi. Urush davrida ishchi va xizmatchilarning maoshi ancha oshirildi, biroq oziq-ovqat tanqisligi sharoitida pul batamom qadrsizlanib qoldi. «Chayqov bozori» kengayib, olibsotarlikning ayj olishi ahvolni yanada mushkullashtirdi. Oldi-sotdi natu-ra bilan ayirboshlash shakliga o’tdi. Rahbar xodimlar esa maxsus payok bilan ta'minlanib turildi.

Urush yillarida aholining yangi ijtimoiy guruhlari: harbiy xizmatchilar oilalari, ko’chib kelgan kishilar,

258


rush nogironlari, yetim bolalar paydo bo’ldi. Urushning biiinchi kunlaridan boshlab harakatdagi armiya jangchilrining oilalari hisobga olindi. Muhtojlar turar joyni ta'mirlash, yoqilg’i tayyorlash, ayollarni ishga joy-lashtirish borasida yordam olib turardilar. Frontga ket-eanlarning bolalari yasli va bog’chalarga joylashtirildi. Kolxoz va sovxozlar frontga ketganlarning oilalariga oziq-ovqat berib turar, ekin ekib olish uchun yer ajratib berardi.

Mamlakatning turli rayonlaridan ko’chirib keltiril-eanlar O’zbekistonda hurmat-e'tibor va g’amxo’rlik bilan kutib olindi. Urush yillarida respublikaga bir mil-liondan ortiq kishi, shu jumladan, 200 ming bola keldi. O’zbekistonda ular boshpana va manzil topishdi. Kelganlar turar joy bilan ta'minlandi, ularni ishga joylashtirish yuzasidan doimiy ish olib borildi. O’zbekiston aholisi o’z noni, kiyim-kechagi, turar joyini ko’chib kel-ganlar bilan birga baham ko’rdi.

O’zbekistonliklar ko’chirib keltirilgan bolalarga mehribonlik va g’amxo’rlik ko’rsatdilar. Yuzlab oilalar urush tufayli qadrdon uyi, otasi, onasidan judo bo’lgan bolalarni tarbiyaga olish istagini bildirdilar. 15 nafar yetim bolani farzandlikka olgan Shomahmudovlar oila sining olijanobligi butun jahonga ma'lum; ukrain va rus latish va moldavan, ko’pgina boshqa millat bolalari bu oilada birga tarbiyalanib, quvonch va tashvishni birga baham ko’rdilar. Urush nogironi kattaqo’rg’onlik Hamid Samadov oilasi 13 bolani o’z panohiga oldi, samarqandlik kolxozchi ayol Fotima Qosimova 10 bolani qabul qildi. Urush yillarida 4,5 ming nafardan ziyod bolalar O’zbekistonlik oilalar tomonidan qabul qilib olindi. O'z mohiyatiga ko’ra chuqur insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan bu harakatda O’zbek xalqining milliy xususi-yatlari: mehmondo’stlik, do’stlik hissi, ko’ngli ochiqligi, o’zgalarga hamdardligi to’la-to’kis namoyon bo’ldi! Ko’chixib keltirilgan bolalarning asosiy qismi bolalar uylariga joylashtirildi, urush yillarida bunday uylarning soni ikki baravardan ziyod ko’paytirildi.

Urushning birinchi kunlaridan boshlab harbiy gospi-tallarda tekin ishlab beruvchi ayollar harakati kengayib bordi. Urushda og’ir jarohatlangan va majruh bo’lganlar front yoni mintaqasidan shu gospitallarga olib kelinar edi. Ularni parvarish qilishdek mashaqqatli mehnatni tibbiy xodimlar bilan birgalikda respublika fuqarolari, ayniqsa, yoshlar o’z zimmasiga oldi. O’zbekistonda 30 dan ortiq harbiy gospital joylashtirilgan bo’lib, ularni 750 ta korxona, muassasa, kolxoz-sovxozlar otaliqqa olgan edi. Jarohatlanganlarning talaygina qismi safga qaytaril-di. 1942-yili barcha nogironlar hisobga olinib, ulaiga bir yo’la moddiy yordam ko’rsatildi, kiyim-kechak va poy-afzal berildi. Nogironlarning ko’pchiligi ishga joylashtirildi.




Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish