Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan



Download 1,75 Mb.
bet103/207
Sana11.01.2017
Hajmi1,75 Mb.
#161
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   207
Savol va topshiriqlar

1. O’zbekiston aholisining urush yillaridagi moddiy turmushi qay tarzda edi?

2. O’zbek xalqining insonparvarligi haqida nimalarni bilasiz?

3. O’zbekiston xalqi frontdagi qo’shinlarga qanday moddiy va ma'naviy yordam ko’rsatdi?

4. O’zbek xalqining baynalmilal xususiyatini qanday tushuna-siz?

5. Urush yillari front ortida qahramonlik nsimunalarini ko’rsat-gan O’zbek ayollaridan kimlarni bilasiz?

6. Qoraqalpog'istonda urush davrida qanday voqealar yuz berdi?

37-§. O’ZBEKISTON JANGCHILARINING JASORATI VA QAHRAMONLIKLARI

Urushning dastlabki Fashistlar Germaniyasi sobiq kunlaridagi janglar Sovet Ittifoqi tuprog’iga bostirib kirgan birinchi kunlar xalq uchun juda og’ir va fojiali bo’ldi. Xoinona hujumni to’satdan boshlar ekan, gitlerchi Germaniya o’zining eng qurollangan yuzlab diviziyalari bilan sovetlar mamlakatining g’arbiy chega-lari — Shimoldan tortib Janubgacha bo’lgan ulkan masofada jang maydonlarini vujudga keltirdi.

Fashist bosqinchilarining dastlabki zarbasini chegachilar va chegara yaqinidagi himoyachi qo’shinlar o’zlariga oldilar. Dushman bilan tengsiz janglarda jasorat va matonat ko’rsatdilar. G’arbiy chegaralarni himoya ailishda urushning dastlabki kunlarida O’zbekistonlik o'g’lonlar ham mardlik ko’rsatdilar.

Urushning birinchi soatida boshlangan Brest nal'asining qahramonona mudofaasi butun jahonga ma'lum. Chegaradagi bu qal’ani 50 dan ortiq millat jangchilari tish-tirnog’igacha qurollangan dushmandan bir oy himoya qildilar. Deyarli butun garnizon halok bo’lsada, hech kim taslim bo’lmadi. O’zbekistonlik mard o’g’lonlarning Brest qal'asi mudofaasidagi jasorat-laridan guvohlik beruvchi xat-xabarlar birin-ketin kela boshladi. Brest qal'asi himoyasida jasorat ko’rsatganlar orasida O’zbekistonliklardan A.Aliyev, DAbdullayev, N.Siddiqov, A.Arslonbekov, FXatenkov, U.O'tayev, M.Hojiyev, S.Boytemirov va boshqalar bor edi. MKarimov va LAdhamxo’jayev g’arbiy chegaralarda birinchilar qatorida dushman bilan jang qildilar. M. Karimov keyinchalik uch marta Shuhrat ordeni nishondori bo’ldi.

O’zbekistonlik jangchilar Kiyev, Smolensk, Odessa, Sevastopol, Leningrad va boshqa ko’pgina shaharlar mudofaasida mardlik va matonat ko’rsatdilar. Moskvaning qahramon himoyachilari saflarida O’zbekistonda tuzilgan harbiy qismlar ham bor edi. Moskva ostonalarida dushman hujumini qaytarishda Qozog’istonda tuzil-gan general-mayor LPanfilov qo’mondonligidagi diviziya ayniqsa matonat ko’rsatdi, bu diviziya saflarida Toshkent piyoda askarlari o’quv yurtini bitirib chiqqan 180 komandir jang qildi. O’zbekistonlik jangchilar Moskva mudofaasida beqiyos jasorat ko’rsatdilar. Ular orasida I.Jadilov, M.Madaminov, A.Tog’ayev va Ppshqalar bor edi. Moskva mudofaasida Samarqand, Toshkent va Farg’ona viloyatlarida tashkil topgan otliq Korl ham dushman bilan qahramonlarcha jang qildi. Jangchilarimizning qahramonligi ommaviy oldi. L.Otaboyev, X.Ashurov, A.Toqiyev, S.Jumanazarov, S.Jo’rayev, K.Karimov va yuzlab boshqala mardlik ko’rsatdilar.

Moskva ostonalaridagi janglarda qatnashgan boshqa qismlar va bo’linmalarda ham vatandoshlarimiz qahramonlik ko’rsatdilar. Minglab O’zbekistonliklar orden va jangovar medallar bilan taqdirlandilar. Saidusmon Qosimxo’jayev Qahramon unvoniga sazovor bo’Idi.

Fashist bosqinchilarining «yashin tezligidagi urush» rejasi Moskva ostonalarida barbod bo’lgach, 1942-yii o’rtalarida dushman Don daryosining quyi oqimiga yorib kirdi. Shiddatli janglar avjga chiqqan paytda o’zbe-kistonda, Samarqand va Farg’ona vUoyatlarida tuzilgan 90- va 94-o'qchi brigadalar yetib keldilar. Frontning bar-cha janglarida O’zbek jangchilari mardlik namunalarini ko’rsatdilar. O’zbek o’g’lonlarining qahramonligi haqida misollar son-sanoqsiz: 1941-yil noyabrida komandir M. Jabborov o’z motoo’qchilar rotasi bilan fashist qo’shin-larining ikki polkiga to’satdan hujum qilib, zarba berdi. Dushmanning 400 nafar soldat va ofitserlarini qirib tash-ladi, 230 nafarini esa asirga oldi, talaygina qurol-aslaha va o’ljalarni qo’lga tushirdi. Stalingrad uchun janglarda minomyotchilar rotasi komandiri M. Rustamov 1942-yil avgust oyida ikki hafla ichida fashistlarning 850 ta sol-dat va ofiserini qirib tashladi, 20 ta yuk mashinasini yak-son qildi. J. Turdiyev komandirlik qilgan artilleriya bo’linmasi 200 dan ortiq fashistni yer tishlatdi. Mayor I.Mirzoirovning batalyoni jangchilaridan S.G'ulomov, T.Xudoyberdiyevlar gitlerchilarning o’nlab askar-larini yo’q qildi, 100 dan ortiq fashistni asir oldi.

Og’ir janglarning birida, 50 taga yaqin nemis tanklari mudofaaning kicbikroq bir marrasiga hujum qilayotgan mahalda jangchilar 36 ta nemis tankini ishdan chiqardi-lar. Lekin fashistlar hujumi to’xtamadi. Mudofaa-chilarning saflari siyraklashib bordi. To’satdan bir nemis tanki oldingi marraga yorib o’tdi. Mudofaaning yorilishi tayin bo’lib qoldi. Shunda O’zbek jangchisi Kamol Po’latov beliga granatalarni bog’lab, o’zini tank ostiga tashladi. Fashistlar hujumi to’xtab qoldi va nemis tank guruhi yakson qilindi. Kamol Po’latovga o’limidan song Oahramon unvoni berildi.

1942-1943-yillardagi qishki g olibona hujumlar natijasida 1500 km uzunlikdagi frontda harakatdagi armiya 480 ming kv.km hududni ozod qildi a G’arbga qarab 600—700 km olg’a siljidi. Leningrad

mali yOrib o’tildi. Qishki hujumning uch oyi davomi-da sovet qo’shinlari dushmanning 112 diviziyasini mag’lub qildi. Bu janglarda O’zbekistonlik jangchilar mardonavor jang qildilar. Ayniqsa, Kavkaz uchun bo’lgan janglarda ularning ishtiroki beqiyos bo’ldi. Toshkentda tuzilgan Sobir Rahimov qo’mondonligidagi diviziya frontning muhim qismlaridan birida dushmanning oldinga siljishini to’xtatish to’g’risida bosh qo’-mondonlikdan buyruq oldi. Uch oy davom etgan janglarda S. Rahimov diviziyasi jiddiy muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritib, dushmanning 8 ming nafar askar va ofi-tserlarini qirib tashladi. Keyinchalik general Sobir Rahimov Kavkazdan to Sharqiy Prussiyagacha bo’lgan shonli jangovar yo’lni bosib o’tdi.

1943-yil iyulda Kursk va Oryol rayonida qattiq janglar olib borildi. Ularda O’zbekistonda tuzilgan har-biy qo’shilmalar — 5-, 29-, 69-o'qchi diviziyalar mato-nat ko’rsatdi. Oryol yaqinidagi Zolotarevka qishlog’i uchun bo’lgan jangda farg’onalik Ahmadjon Shukurov jasorat ko’rsatdi. U 110 nafar fashistni yo’q qilib, 15 tasi-ni asir oldi. Unga Qahramon unvoni berildi. Zolotarevka qishlog’i o’sha paytdan boshlab uning nomi bilan ata-ladigan bo’ldi. Zilmat Hasanovning bir o’zi 80 fashistga qarshi jang qilib, kuchlar teng bo’lmagan bu jangda 60 dan ortiq gitlerchini qirib tashladi. o’qlari tugagach, Zilmat Hasanov o’zini portlatib, yana bir nechta soldat va ofitserni yo’q qildi.

Dnepr uchun bo’lgan janglarda Toshkent viloyatida tuzilgan 461-o'qchi diviziya shuhrat qozondi. janglarning bixida 237-o'qchi polk leytenanti Ozerov komandirligidagi hujumchi otryad Dnepr va Soja daryolari burilish joyining g’arbiy sohilida shitob bilan kichik bir istehkomni egalladi. Fashistlar ularga yomg’irday o’q yog'dirib, jasur jangchilarni yo'q qilib tashlashga intildilar. Tirik qolgan 10 tacha kishi orasida jangchi Jo’raxon Usmonov ham bor edi. Madad yetib kelgunicha u ikki kecha-kunduz davomida qahramonlik bilan marrani saqlab turdi. 1943-yil 28-sentabrda jangchi Vali Nabiyev 60-gvardiyachi otliq askarlar polki tarkibida birinchilar qatori Dneprning g’arbiy qirg’og’iga o’tdi. Bu guruh eskadron avtomatchilari bilan dushmanning yetti soldatini yer tishlatdi, qolganlarni qochishga majbur qilib, eskadronning Dnepr osha o’tib olishini ta'minladi Dnepr uchun olib borilgan janglarda qahramonlik ko’rsatgani uchun 26 O’zbek yigitiga Qahramon unvoni berildi. Ular safida buxorolik Xalloq Aminov ham bor edi.

O’zbekistonlik jangchilar 1944—1945 -yillarda Belo-russiya, Ukraina, Moldaviya, Boltiqbo’yi respublikalari va Rossiya Federatsiyasining g’arbiy viloyatlaridagi par-tizan qo’shilmalarida ham ishtirok etdilar. Fashistlarga qarshi jang qilgan jasur razvedkachi, Qahramon unvoni bilan taqdirlangan Mamadali Topiboldiyevning nomi Belorussiyada juda mashhur. U 67 ta dushman soldat va ofitserini yo’q qilib, 180 tasini asir oldi. «Qasoskor» par-tizanlar brigadasi tarkibidagi Jonibek Otaboev boshchilik qilgan bo’linma Gomel atrofidagi «temir yo'1 urushi»da faol qatnashdi. Uning bo’linmasi gitlerchilarning eshe-lonlari o’tadigan temir yo’llarni portlatib ishdan chiqar-di, politsiya uchastkalariga qarshi hujumlarda ishti-rok etdi. Bryansk atrofida jasur partizanlar LMusayev, A.Hakimov, LQosimov va boshqalar nom chiqardilar.

Evropa mamlakatlarida avj olgan Qarshilik harakati fashist bosqincbilari ustidan qozonilgan g’alabaga qo’shilgan katta ulush bo’ldi. Polsha, Yugoslaviya, Chexoslovakiya, Bolgariya, Fransiya, Italiya, Gretsiya va boshqa mamlakatlar xalqlarining fashistlarga qarshi kurashida O’zbekistonlik jangchilar ham faol qatnashdi-lar. Ular harbiy asirlar lagerlari va eshelonlaridan qochib, partizanlar safiga qo’shildilar.

Ko’pgina O’zbekistonlik jangchilar mardligi va jasorati uchun Fransiya, Italiya, Yugoslaviya va boshqa davlatlarning jangovar orden va medallari bilan taqdirlandilar.

Yevropani fa-shistl zulmidan qutqa-rishda harakatdagi armiya saflarida ham O’zbek jang-chilari katta jasorat ko’rsa-tishdi. 1945-yil aprelda Kenigsberg shahrini qo’lga juritishdagi ishtiroki uchun O’zbekistonlik jangchilar-dan 5140 nafari jangovar orden va medallarga sa-zovor bo’ldilar. Gdansk shahri uchun bo’lgan jang-larda Sobir Rahimov halok bo’ldi. O’zbek yigiti Botir Boboev komandirligidagi batareya Berlin yo’lidagi Oder daryosini birinchilar qatorida jang bilan kechib o’tdi. Bu batareya daryo-ning g’arbiy sohilidagi istehkomni ishg’ol qilish uchun hujumga o’tib, dushmanni yakson qildi. Bu jasorati uchun B. Boboyev Qahramon unvoniga sazovor bo’ldi.

Budapeshtni ozod qilishdagi jasorati uchun 2430 nafar O’zbekistonlik jangovar medallar bilan mukofotlan-di, Rem Abzalovga esa Qahramon unvoni berildi.

Juda ko’p O’zbekistonlik jangchilar Moskvadan to Berlingacha bo’lgan shonli yo’lni bosib o’tdilar. Ular orasida Qahramonlar Tojiali Boboyev, Solih Umarov, uchala darajadagi Shuhrat ordeni nishondori Said Niyozov va boshqalar bor. Berlinni egallashda ko’rsatgan jasorati uchun toshkentlik A. Golubenkoga Qahramon unvoni berildi. O’zbekistonlik jangchilarning 1706 nafari «Berlinni ishg’ol etganligi uchun» jangovar medali bilan taqdirlandi.

O’zbekistonlik 120 mingdan ortiq yigit-qiz urush frontlarida mardlik va matonat ko’rsatgani uchun jango-var orden va medallarga, 280 kishi esa Qahramon unvoniga sazovor bo’ldi, ulardan 75 nafari O’zbek edi, 82 nafar O’zbekistonlik askar uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan mukofotlandi.

1945-yil 1-mayga o’tar kechasi fashistlar Germaniya-si poytaxti bo’lmish Berlindagi Reyxstag binosi peshto-qiga g’alaba bayrog’i o’rnatildi. 2-may kuni esa Berlin garnizoni taslim bo’ldi. 9-mayda harakatdagi armiya qo’shinlari dushman qo’shinlarining Chexoslovakiyadagi so’nggi guruhini tor-mor etdi. Shu kuni Germaniyaning so’zsiz taslim bo’lishi to’g’risidagi bitim imzolandi. Uzoq kutilgan g’alaba kuni yetib keldi.

Gitlerchilar Germaniyasi va ittifoqchilariga qarshi olib borilgan urush nihoyasiga yetdi. Fashist bosqinchi-lari tomonidan bosib olingan hududlarni va Yevropa davlatlarini dushmandan ozod qilishda urush maydonla-rida O’zbek o’g’lonlari misli ko’rilmagan mardlik va jasurlik namunalarini ko’rsatdilar, ming-minglab jang-chilar urush maydonlarida halok bo’ldilar, ko’pchilik nogiron bo’lib qaytdi. Qurbonlar bejiz berilmadi. Ular jahonni fashizm vabosidan asrab qoldilar. Bu ishga O’zbekistonliklar ham munosib hissa qo’shdilar.

Hozir ham oramizda front alangasidan omon qayt-gan, mamlakat ichkarisida mehnat qilgan vatanparvarlar yashab turibdilar. Urushning butun og’irliklarini o’z yel-kalarida ko’tarib o’tgan bu insonlar yangi avlodlarning mangu minnatdorchiligiga sazovor bo’ldilar. Prezidentimiz I. A. Karimov xalqimizning fashizmga qarshi ozodlik uchun kurash frontlarida ko’rsatgan jasoati, diyorimizda matonatli mehnat qilgani va berilgan minglab qurbonlar abadul-abad yodda tutilishini ta'kidlab, 9-may kunini «Xotira va qadrlash kuni» deb e'lon qildi.




Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish