Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan


-§. O’ZBEKISTONNING 20-30-YILLARDAGI XALQARO ALOQALARINING CHEKLANISHI



Download 1,75 Mb.
bet82/207
Sana11.01.2017
Hajmi1,75 Mb.
#161
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   207
30-§. O’ZBEKISTONNING 20-30-YILLARDAGI XALQARO ALOQALARINING CHEKLANISHI

0'zbekiston SSR tashkil qilingan dastlabki kundan unig suvereniteti cheklangan, Ittifoq hukumatiga qaram nilib qo’yilgan edi. Respublika o’z milliy armiyasiga ega bo’lish, valyutasini chiqarish, chet davlatlar bilan mus-taqil aloqa qilish va boshqa ko’p huquqlardan mahrum qilindi. O’zbekiston ajnabiy davlatlar bilan aloqa qilish huquqini «o'z ixtiyori»ga ko’ra Ittifoq hukumatiga qonuniy yo'l bilan topshirishga majbur etildi. O’zbekiston xalqaro aloqalarda Ittifoq tarkibida qatnashardi. Bu ma-salada faqat Ittifoq hukumatining ko’rsatmalari bilan ish qilardi, chet ellar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarni Ittifoq hukumati idoralari orqali amalga oshirardi Xuddi boshqa o’rta Osiyo

Xalqaro aloqalar o’rnatishga intilish respubhkalan singan, O’zbekiston ham iqtisodiy va ma-

daniy rivojlanishning deyarli barcha ko’rsatkichlari bo’yicha markaziy viloyatlardan ancha orqada turar edi. Markaz bunday tafovutning mintaqadagi ijtimoiy bar-qarorlikka va SSSRning qo’shni Osiyo mamlakatlaridagi obro'-e'tiboriga yomon ta'sir o’tkazishi mumkinligini tushunardi. Shu sababdan Markaz qoloq chekka o’lkalarga yordam berish yo’li bilan qo’shni davlatlarda-gi o’z mavqeini mustahkamlashga harakat qildi.

SSSR tarkibiga kiritilganidan keyin respublikamizda Tashqi ishlar xalq komissarligi tarqatib yuborildi. O’zbekiston Xalq komissarlari soveti qoshida Ittifoq tashqi ishlar xalq komissarligining vakilligi qoldi, xolos. Tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyatni Markaz amalga oshirib boradigan bo’ldi.

Keyinchalik O’zbekistonning ayrim vakillari Sharq mamlakatlaridagi sovet elchixonalarida maslahatchi, tar-jimon bo’lib ishlay boshladilar. O’zbekiston respub-likasining butun xalqaro faoliyati savdo-iqtisodiy ko’r-gazmalar va yarmarkalarda, O’zbekiston yutuqlarini namoyish etish uchun joy ajratiladigan sovet pavilonida •shtirok etish, shuningdek, «feodalizmdan sakrab sotsia-lizmga» o’tish natijalarini namoyish qilib, Kompartiyaning go’yoki g’amxo’r va baynalmilal siyosatini ■ko’rsatish uchun turli xorijiy delegatsiyalarni qabul qilishdan iborat bo’lib qoldi. Faqat targ’ibot mulohazala-ridan kelib chiqib O’zbekistonga iqtisodiy salohiyatini ko’rsatishga imkon berilar edi. Paxta, ipak, qorako'1 teri dori preparatlari, ayrim turdagi qishloq xo’jalik mashi-nalari, hunarmandchilik buyumlari uzoq yillar davo-mida respublikaning chetga chiqariladigan asosiy mollari bo’lib keldi.

O’zbekistonning ajnabiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalari butunlay Ittifoqning eksport-import muammolari bilan shug’ullanadigan mahkamalari orqali amalga oshirildi.

Xalqaro aloqalar to’g’risida qizlarining turli mutaxassisliklarga o’qib kelish uchun xorijiy mamlakatlarga, jum-ladan, Turkiya va Germaniyaga yuborilganligini eslatib o’tish zarur. Germaniyada o’qish ayniqsa samarali bo’ldi. 20-yillarning boshlaridayoq bir necha o’n kishi-dan iborat dastlabki guruhlar o’qishga yuborilgan edi. Yosh respublika uchun zarur mutaxassisliklarni (to’-qimachilik va teri ishlab chiqarish, qurilish ishlab chiqa-rishi, agronomiya va boshqa mutaxassisliklarni) o’rga-nish uchun 30-yillarda ham ana shunday o’qishga yuborish qisman davom etib bordi. Bu ta'lim dasturlari-ni mablag’ bilan ta'minlashda Abdulhamid Cho’lpon, Munavar Qori Abdurashidxonov va boshqa adiblar katta rol o’ynadilar. Ular adabiy-badiiy kechalar o’tkazar va tushgan pullarni Germaniyada o’qiydigan O’zbek ta-labalariga yuborar edilar. Bu muhim va taraqqiyparvar tashabbus, afsuski, keyinchalik rivojlanmay qoldi.

Tashqi dunyo bilan muloqotda bo’lishning nihoyatda samarali yoli ilmiy aloqalar bo’ldi. Moddiy va ma'naviy qadriyatlarga, boy tarixiy, me'moriy, arxeologik obyekt-larga ega bolgan O’zbekiston ko’pgina xorijiy olimlarni o’ziga jalb qilar edi. 30-yillarning boshlarida o’zbe-kiston bilan Yaponiyaning ipakchi olimlari o’rtasida samarali ilmiy aloqalar bog’landi. Bizning nazariy yutuqlarimiz yapon mutaxassislarida jiddiy qiziqish uyg’otdi. O’zbek ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutining mutaxassislari 1930—1931-yillari Yaponiyada uzoq muddatli xizmat safarlarida bo’lib, bu yerda o’z yutuqlari bilan o’rtoqlashdilar va yapon ipagi ishlab chiqarishni o’rgandilar. o’sha yerdan ular tut daraxtining qalin barg-li bo’lib o’sadigan bir necha o’n navlarini va serhosil ipak qurti urug'larini keltirdilar, bu kelgusida yaxshi natijalarni berdi.

O’rta Osiyo Davlat universitetining botanika bog’i bir qancha ilmiy muassasalar bilan urug’lar almashishni keng yo’lga qo’ydi. 1928-yilda 262 ta ajnabiy tashkilot-lar bilan aloqa bog’langan edi. Bir yil ichida seleksiya ishi uchun zarur materialli 4,5 ming paket olinib, 3 mingdan ko’prog’i jo’natildi. Bundan tashqari o’rta Osiyo Davlat universitetining botanika bog’i talaygina qimmatli buta va daraxt navlarini oldi, ulardan bog’ning Chimyon bo’limidagi tog’ yon bag’irlarini mustahkam-lashda foydalanildi.

Afsuski, 30-yillardan boshlab mana shu muhim ilmiy aloqalarga barham berila boshlandi. Josus deb gumonsi-rash, burjua fani va madaniyati deb atalmish narsaga nafrat bilan qarash sovet olimlari, jumladan, O’zbekiston olimlarining ham dunyodan ajralib qolishiga olib keldi. Ulardan ba'zilarining xorijiy hamkasblari bilan qilib tur-gan ilmiy aloqalari va yozishmalari o’sha vaqtlarda ularning asossiz ayblanishiga va qatag’on qilinishiga sabab bo’ldi.

Respublikadagi madaniy qurilish nechog’li ziddiyatli bo’lmasin, ijobiy tomonlaridan biri mahalliy aholining Sharq va G’arb adabiyotining klassik asarlari bilan ta-nishuvidan iborat bo’ldi. Bularning ko’plari asta-sekin O’zbek tiliga tarjima qilindi, o’z navbatida ba'zi O’zbek mualliflarining asarlari xorijiy mamlakatlarda nashr etil-di va ma'lum siyosiy yo’nalishga ega bo’lishiga qaramay, xorijiy kitobxonlar va tanqidchilarda katta qiziqish uyg’otdi.

Yozuvchilar o’rtasidagi shaxsiy aloqalar ko’pgina °'zbek mualliflarining ijodiy imkoniyatlarini boyitishda katta rol o’ynadi. Mashhur yozuvchi, ma'rifatparvar va siyosiy arbob Hamza Hakimzoda Niyoziy 20-yillarda Afg’oniston va Hindistonga borib, bu yerlarda kitobxon-lar hamda ijodiy ziyolilar bilan uchrashuvlar o’tkazdi Madaniy aloqalarning rivojlanib borishiga mashhur hind yozuvchisi Robindranat Tagor, ajoyib chex publitsisti Yulius Fuchik, venger muallifi Mate Zalka va boshqalar o’z hissalarini qo’shdilar.

1935-yili xalq raqsining Angliyadagi butunjahon fes-tivalida O’zbek raqs san'ati yuqori baho oldi. Bu festival-ning 35 nafar sovet qatnashchilari qatorida Tama-raxonim, Usta Olim Komilov, To’xtasin Jalilov, Abduqodir Ismoilov O’zbekistondan vakil bo’lib bor-dilar.

O’zbekistonda xorijiy dramaturgiyaga qiziqish tobora kuchayib bordi. O’zbek teatrlari sahnalarida ILShekspir, F.Shiller, E.Verxarn, GJbsen va boshqalarning asarlari qo’yildi. Nom qozongan artistlar O’zbekistonga gastrol-ga kelib turdilar. 20-yillarda iste'dodli va ajoyib Aysedora Dunkan, Milan operasi artistlari va boshqa ko’pgina san'at ahllari respublikamizda bo’ldilar.

O’zbek kinematografiyasi 20-yillarda dastlabki yutuqlarni qo’lga kiritdi. «o’lim minorasi» kinofilmi jahonning 14 mamlakatida, jumladan, Germaniya, Yugoslaviya, Argentina, Boliviya, Ekvadorda namoyish etildi. O’zbekiston kino ekranlarida har xil ajnabiy lenta-lar, jumladan, «Hind maqbarasi», «Nomsiz kishi», «Jinnilikka bir bahya», «Aybdor» filmlari namoyish etil-di. Ko’ngilochar filmlardan tashqari, ijtimoiy jihatdan jiddiy kino asarlari ham qo’yilar edi.

Respublika rassomlari urushdan oldingi yillarda kattagina muvaffaqiyatga erishdilar. Ularning ko’rgaz-malari jahonning talaygina mamlakatlaridagi tasviriy san'at shinavandalari va bilimdonlarida juda yaxshi taas-surot qoldirdi. O’zbekiston rassomlari 1930-yili Fi-ladelfiyaning rasm galereyalarida o’tkazilgan badiiy ko’rgazmalarda ishtirok etdilar. o’rol Tansiqboyevning «O’zbek kolxozchisining portreti», N.Qoraxonning «Qurilish», A.Volkovning «Shohimardonda tong», P.Benkovning «Xivalik qiz portreti» asarlari va boshqalar Amerika xalqi va san'atshunoslarini o’ziga jalb etdi.

1925-yili Fransiyada xalqaro sanoat va san'at ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. SSSR pavilonida uyushtirilgan illiy burchaklarga O’zbeklarning turmushi va madaniyatini badiiy obrazlarda ta'riflab beruvchi eksponatlar qo’yildi. Bunda badiiy grafika, shohi ro’mollar, lco’rpalar, choponlar, kashtalar, gilamlar, qorako'1 teri, naqsh solingan teri, yog’och va metalldan yasalgan buyumlar namoyish etildi. O’zbek eksponatlarining ba'zilari uchun mukofotlar berildi. Ko’rgazma kunlari sovet artistlari 11 marta konsert berdilar, ular orasida yosh Tamaraxonim ham bor edi.

Xalqlar o’rtasidagi madaniy hamkorlikning muhim vositalaridan biri o’zaro kitob va davriy nashrlar almashish hisoblanadi. o’rta Osiyo universiteti — mintaqadagi eng yirik ilmiy-pedagogik muassasa — 1925-yildayoq talaygina xorijiy ilmiy muassasalar va tashkilotlar bilan kitoblar almashib turdi.

Shunday qilib, O’zbekiston doirasidagi madaniy va ilmiy aloqalari, garchi unchalik to’la bo’lmasa-da, harqalay birmuncha samarali rivojlanib bordi. Lekin 30-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab bunday aloqalar cheklana boshlanadi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi respub-likalarning qanday bo’lmasin biror tarzdagi mustaqilligi bilan, ayniqsa, ularning xalqaro miqyosdagi suveren huquqlari bilan kelisha olmas edi.

Shunday bo’lsa-da, 20—30-yillarda O’zbekistonning xalqaro aloqalari, xususan, Sharq va G’arbning talaygina mamlakatlari bilan iqtisodiy, ilmiy va madaniy aloqalar haddan tashqari murakkab sharoitlarda ham mus-tahkamlanib bordi. Bu aloqalar madaniyatlarning bir-biiini tushunib, bir-birini boyitib borishiga, xalqlar o’rta-sidagi do’stona aloqalarning mustahkamlanishiga yor-dam berdi.

O’zbek xalqi xorijiy mamlakatlar fani, texnikasi va madaniyatining eng yaxshi yutuqlaridan bahramand bo’lishga harakat qildi. O’zbekistonning iqtisodiy va madaniy qurilish sohasidagi yutuqlariga chet ellarda ham katta qiziqish paydo bo’ldi.

Afsuski, o’zSSRning o’sha davrdagi xalqaro aloqalari keng tusga kirmadi, aksincha, asta-sekin yo’qolib bordi. «Temir parda» sovet kishilarini tashqi dunyo bilan hukmdorlar nuqtai nazaridan o’rinsiz bo’lgan aloqalar-dan yaxshi to’sib turar edi. Yaqinlashib kelayotgan jahon urushi o’zaro gumonsirash, toqatsizlik va nafratlanish urug’ini sochib bordi.


Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish