Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan



Download 1,75 Mb.
bet75/207
Sana11.01.2017
Hajmi1,75 Mb.
#161
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   207
Savol va topshiriqlar

1. Respublika xalq ta'limining nvojlanishida qanday qiyinchi-liklar va ziddiyatlar bor edi?

2. Oliy maktabning dastlabki qadamlan to'g'risida so’zlab bering.

3. Respublikada ilm-fan yuksalishi va olimlanmiz haqida hikoya qilib benng.



27-§. MILLIY ADABIYOT VA SAN'ATNING RIVOJLANISHIDAGI YUTUQ VA ZIDDIYATLAR

O’zbek adabiyoti.Ijtimoiy hayotda shiddatli ziddiyatlar hukm surgan bu murakkab davrda adabiyot va sarfat milliylik, insonparvarlik, xalqchillik kabi tamoyillarga sodiqligini saqlab qoldi. Bu davr respublika ijodiy hayoti uchun izlanishlar, o’zlarining dunyoqarashlari jihatidan bir-birlaridan farq qiluvchi talaygina yo’nalishlarning g’oyat qattiq to’qnashuvlari bilan toiib-toshgan davr, yutuqlar qo’lga kiritilgan va talafotlar berilgan, yangi-yangi iste'dodlar dunyoga kelgan va fojia bilan tugagan taqdirlar davri bo’ldi.

Bir tomondan, bu davrda 20-yillarning boshlarida Abdurauf Fitrat boshchiligida Toshkentda tuzilgan «Chig’atoy gurungi» uyushmasi yangi O’zbek milliy adabiyoti, tili va madaniyatini yaratish, adabiy-madaniy merosini to’plash va o’rganish, talantlarga har tomonla-ma ko’mak berishga harakat qildi. Ular milliy istiqlol ruhidagi asarlarni nashr etish, tashviq ya targ’ib qilishni yo’lga qo’ya boshladilar. Ikkinchi tomondan, bu davrda sovet hokimiyati va bolsheviklarning g’oyaviy-sinfiy qarashlari ta'sirida yuzaga kelgan turlituman ijodiy tashkilotlar, guruhlar va oqimlar orasida totalitar tuzum-ning mahsuloti bo’lgan yangi oqim sifatida maydonga kelib, o’z oldiga yangi proletar madaniyatini shakllan-tirishni maqsad qilib qo’ygan proletkult tobora balandroq ovozi bilan o’zi haqida ma'lum qila boshladi. Proletkult adabiy-badiiy va madaniy-ma'rifiy tashkilotlarning mam-lakat bo’ylab tarqalib ketgan butun bir tarmog’idan ibo-rat edi. RKP(b) MKning 1925-yil 18-iyunda «Partiya-ning badiiy adabiyot sohasidagi siyosati haqida» degan maxsus rezolyutsiyasi chiqdi. Shundan sal keyinroq, 1926-yil avgustida ushbu rezolyutsiyaning g’oyaviy ta'siri ostida Samarqandda «Qizil qalam» adabiy uyushmasi tuzildi. Bu uyushma 1930-yilga kelib respublikadagi proletariat ruhida ijod qiluvchilarni uyushtirish maqsadida tuzilgan yangi adabiy uyushma — O’zbekiston proletar yozuvchilari uyushmasi (y3AIin)ga qo’shildi. O'zAPP garchi oldingi adabiyotga buyruqbozlik qilish kabi yo’llarni og’izda tanqid qilgan bolsada, amalda dunyo-qarashlarida «sof» proletar madaniyatini yaratishni niyat qilgan avvalgi proletkult uyushmasidan ko’p farq qilmas-di. Ular ham ma'naviy hayotning eng murakkab muammolariga asosan sinfiy nuqtai nazardan yondashib, adabiyot va san'atning o’ziga xosligi, badiiy mahoratning, talantning ahamiyati va rolini deyarli inkor qildilar. Xalqning o’tmish ma'naviy boyligini yangi proletar madaniyatiga qarshi qo’yish, o’tmishdagi insoniyatning madaniy boyliklariga salbiy munosabatda bo’lib, ularni mensimaslik jamiyatga turli tarzda ta'sir o’tkazdi. Madaniyatdagi sinfiy va milliy jihatlarning nisbatiga, umuminsoniy, milliy qadriyatlarning yangi davr madaniyatidagi o’rni va roliga, tarbciy izchilikka aloqador masalalar butun respublika adabiy-badiiy jamoasini o’z doirasiga tortgan g’oyatda keskin bahs va munozalarga sabab bo’ldi.

O’zbek yozuvchi va shoirlari Choipon, Abdulla Qodiriy, Fitrat, Sadriddin Ayniy, G’ulom Zafariy va boshqalar o’z asarlari bilan milliy qadriyatlarni yoqlash va himoya qilishga urindi-lar. Ularning muxoliflari, ayniqsa, yosh adabiyotchilar orasidan chiqqan ayrim yozuvchilar madaniy jara-yonlarda faqat sinfiy yon-dashuvgina birinchi o’rinda turishi mumkin, deb da'vo qildilar. Bolsheviklar partiyasi mafkurasi ta'siri-da yaratilgan bu «sof» sinfiy dunyoqarash tarafdorlari Sharq madaniy merosidan foydalanish uchun kurashishga jur'at etgan ijodkorlarning hammasini Sharq oldida sajda qiluv-chilar deb tanqid qila boshladilar. Shunday bo’lsada, keksa va yosh avlodning badiiy iste'dodlari 20-yillarda O’zbek milliy adabiyotini g’oyaviy-badiiy jihatdan boyitgan talaygina asarlarni yaratdilar. Abdulla Qodiriy, Fitrat, G’ulom Zafariy, Hamza, Cho’lpon va boshqalar O’zbek xalqining tarixiy o’tmishi, ozodlik uchun kurashini, ayollar erkinligini, ijtimoiy o’zgarishlarni mahorat bilan yoritgan bir qancha nazariy, she'riy va dramatik asarlar yaratdilar.

O’zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy Turkistonning so’nggi xonlaridan Qo’qon xoni Xudo-yorxon davridagi turli tabaqa vakillarining hayoti, intilishlari va axloqini realistik tarzda tasvirlagan «O'tgan kunlar» va «Mehrobdan chayon» kabi ajoyib badiiy-nasriy asarlarni ijod qildi. Har ikki tarixiy romanda qalamga olingan bosh ijobiy qahramonlar — Otabek, Yusufbek Hoji, Kumush, Mirzo Anvar, Ra'no va boshqalar yozuvchining haqiqiy ishqmuhabbat, adolat uchun kurash haqidagi ideallarining yorqin ifodasidir. Har ikki asarda ham ularning his-tuyg’ulari beg’ubor bo’lib, aql-idrok hamda adolatning tantana qilishiga umid bogiagan oddiy insonlarning yuksak badiiy obrazlari xonlikdagi Xudoyorxon, Musulmonqul kabi oliy martabali a'yonlarning shafqatsizligi, ikki-yuzlamachiligi va zulmiga qarshi qo’yilgan. Hamzaning «Maysaraning ishi» nomli komediyasida esa eski davrdagi ayrim amaldorlar, qozilarning nopok axloqi, kulgili xatti-harakatlari xalq donishmandligining asosi bo’lgan folklor motivlari asosida keskin fosh qilinadi. Xalqning og’ir ahvoli va fojiasi Fitratning «Abulfayzxon» asarida zo’r badiiy mahorat va shekspirona ko’lamda

tasvirlanadi. G’ulom Zafariyning «Halima», Cho’lponning «Yorqinoy» va boshqa dramalarida O’zbek xalqi tarixiy o’tmishining boshqa muhim ijtimoiy masalalari, jumladan, xotin-qizlarni qullik psixologiyasidan ozod qilish masalalari o’rtaga tashlanadi.

20-yillarning oxirlari va 30-yillarning boshlariga kelib mustabid tizimning qaror topib borishi, shaxsga sig’inishning kuchayishiga qaramay ijodiy hayot to’xtab qolmadi. Yozuvchi va adiblarning saflari tobora kengayib bordi. Bu davr adabiyot maydoniga G’ofur G’ulom, Oybek, G’ayratiy, Hamid Olimjon, Abdulla Qahhor, Oydin Sobirova, Uyg’un, Komil Yashin, Usmon Nosir, Amin Umariy, Zulfiya kabi bir qancha yosh talantli shoir va nosirlar, dramaturglar qo’shildilar. 1934-yilning mart oyida Toshkentda O’zbekiston yozuvchilari qurul-toyi bo’lib o’tdi, unda respublika Yozuvchilari uyushmasi tuzildi.

O’zbek adabiyotining mavzu doirasi birmuncha o’zgardi. Sotsialistik g’oyalar, sinfiy kurash haqidagi tushunchalarning targ’ib qilinishi va ularning ijtimoiy hayotda hukmron bo’lib borishi bu davrdagi O’zbek adabiyotining g’oyaviy-tematik yo’nalishiga ta'sir etmay qolmadi. Mehnat, sinfiy kurash, kollektivlashtirish mavzulari birinchi o’ringa chiqa boshladi. Shunga qaramay, SAyniyning «Qullar», Oybekning «Qutlug’ qon» romanlari, «Baxtiyor va Sog’indiq», «Temirchi Jo'ra», «Dilbar — davr qizi» dostonlari, C’.G’ulomining «Ko’kan» dostoni, A.Qodiriyning «Obid ketmon» povesti kabi davrning muhim muammolarini tasvirlovchi badiiy jihatdan baquvvat asarlar yaratildi.

30-yillarda sinfiy kurash va xotin-qizlar ozodligi mavzularida K.Yashinning «O'rtoqlar», «Nomus va muhabbat», «Tor-mor», Ziyo Said va N. Safarovlarning «Tarix tilga kirdi», N. Safarovning «Uyg’onish» pyesalari, K. Yashinning «Gulsara», «Bo’ron» opera librettolari va boshqa asarlar maydonga keldi.

Xalqning yuksak insonparvarlik va axloqiy xususiyat-larini, mehmondo’stligi, mehnatsevarligi, vatanparvarligi, shijoatini madh etuvchi xalq shoirlari Fozil shoir, Islom shoir, Ergash Jumanbulbul o’g’li va boshqalarning dostonlari asosan shu davrda keng xalq ommasiga yetkazildi. Bu yillarda ayniqsa, jahon klassikasining mashhur asarlari bo’lgan V. Shekspirning «Gamlet», A.S. Pushkinning «Boris Godunov» nomli tarixiy asar-lari, «Yevgeniy Onegin», «Boqchasaroy favvorasi» kabi dostonlari, I S. Turgenevning «Asya» va «Bahor suvlari» povestlari, N.V. Gogol va A.P. Chexovning hikoya va povestlari, A. Blokning she'rlari, F. Dostoevskiy, L.N. Tolstoy romanlari mahorat bilan tarjima qilindi. Ularni O’zbek tiliga Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Sanjar Siddiq, Oybek, Abdulla Qahhor, Usmon Nosir, Hamid Olimjon va boshqalar mahorat bilan tarjima qildilar. Klassik asarlarning tarjimalari O’zbek xalqining o’z-o’zini anglashini rivojlantirishda va ma'naviy boyligini kengaytirishda muhim rol o’ynaydi.

O’zbek milliy dramaturgiyasi va musiqasi, teatr va kino, tasviriy va amaliy san'ati ham xalqimiz ma'naviy madaniyatining hayotbaxsh manbai bo’lib qoldi va unga xizmat qildi.

Musiqa, teatr va kino sarfatining iste'dodli milliy kadrlari yetishib chiqdi. O’zbek milliy musiqasini rivojlantirishda O’zbek kompozitorlaridan To’xtasin Jalilov, Yunus Rajabiy, Muxtor Ashrafiy, Tolibjon Sodiqov, Mutavakkil Burhonovlar ko’p mehnat qildilar. Ajoyib rejissyorlar va aktyorlar Mannon Uyg’ur, Ma'suma Qonyeva, Abror Hidoyatov, Sora Eshonto’rayeva, Shukur Burhonov, Olim Xo’jayev, Mariya Kuznetsova, Razzoq Hamroyev, Sh. Qayumov,

T. Saidazimova va boshqalar tufayli O’zbek teatr san'ati gullab-yashnadi. Vokal va raqs sarfatida Halima Nosirova, Karim Zokirov, Muhiddin Qori Yoqubov, Boborahim Mirzayev, Lutfixonim Sarimsoqova, Tamaraxonim, Mukarrama Turg’unboyeva va boshqalar yuksak mahoratga erishdilar. O’zbek musiqa va vokal madaniyatining rivojlanishida 1936-yili Toshkentda ochilgan davlat konservatoriyasi muhim rol o’ynaydi. 1939-yili respublika poytaxtida opera va balet

teatri ochildi.

1940-yilga kelib respublikada turli janrlarda 50 ta, jumladan, 47 ta milliy teatr ishlab turdi. O’zbekistonda yashab turgan barcha millatlar o’zlarining teatr madani-yatini rivojlantirish imkoniga ega bo’ldilar.

O’zbek kino sarfati ham faollik bilan shakllanib bordi. Uning iste'dodli boshlovchilari Nabi G’aniyev, Yo’ldosh A'zamov, S.Iskandarov, A.Umarov, Komil Yormatov, Rahim Pirmuhamedov va boshqalar Moskva va Leningrad kinematografchilari bilan birgalikda O’zbek kinostudiyasida «Rovot qashqirlari», «Musulmon ayol», «Qasarn», «Asal» degan dastlabki badiiy filmlarni yaratdilar.

Respublikaning madaniy hayotida tasviriy va amaliy san'at tobora ko’proq sezilarli rol o’ynay boshladi. 1932-yili O’zbekiston rassomlari uyushmasi tuzildi, Iste'dodli O’zbek rassomlari o’. Tansiqboyev («Ozod etilgan ayol»), T. Hamdamiy («To’qimachilik fabrikasi qurilishida), D. Abdullayev («Paxta terimi») ajoyib polotno-suratini yaratdilar. Xalq amaliy va bezatish san'ati yangi maz-mun bilan boyidi. Naqqoshlik, metall zarblash, yog’och va ganch o’ymakorligining ajoyib namunalari, badiiy zardo’zlik va ipakdo’zlik buyumlari yaratildi.

Biroq 30-yillarda tobora kuchliroq qaror topib bora-yotgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimi va shaxsga sig’inish mafkurasi respublikaning ijodiy xodimlarini, uning butun ma'naviy hayotini qattiq iskanjaga oldi. ljodiyotni par-tiyaviylik tamoyillariga, mafkuraviy qonun-qoidalarga bo’ysundirish dunyoni badiiy tasvirlashni qo’pol ravishda siyosatlashtirish uchun keng yo'1 ochib berdi, dunyoni bilish imkoniyatlarini toraytirib qo’ydi. Partiyaning yangi turmushni madh etishga qilgan da'vati xalq o’tmishiga salbiy munosabat paydo bo’lishiga, badiiy jarayondagi tarixiy izchillikning unutilishiga olib keldi. Madaniyatda murakkab ijtimoiy muammolarni bezab ko’rsatish, xato va kamchiliklar haqida sukut saqlash holatlari kuchaya boshladi. Hayotiy haqiqatlar buzib ko’rsatildi, san'atning haqiqiy tarbiyaviy kuchi zaiflashdi.

30-yillardagi qatag’onlar davri O’zbek milliy madaniyati uchun dahshatli fojiaga aylandi. Ayniqsa, bu davr-da qonunchilik qo’pol ravishda buzildi va inson qadr-qimmati poymol etildi. Buning oqibatida 1937-yil ikkinchi yarmidan so’ng Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, G’ulom Zafariy, Elbek, A'zam Ayub, Usmon Nosir, Muhammad Hasan, Sanjar Siddiq, Otajon Hoshimov va boshqa bir qancha yozuvchi va shoirlar, matbuot va adabiyot xodimlari, tarjimonlar va olimlar nohaq ravishda xalq dushmani sifatida ayblanib, yo’q qilindilar, ular yaratgan asarlar va badiiy tarjimalarni o’qish uzoq vaqtga taqiqlab qo’yildi. Nohaq unutib yuborilgan, ko’pincha esa jismonan yo’q qilingan mazkur xalq farzandlarining asarlari faqat shaxsga sig’i-nish oqibatlari tugatila boshlangan davr — 50-yillar oxir-laridan keyingina xalqqa asta-sekin qaytarildi.

20—30-yillar ateistik harakatning kuchayishi bilan ta'riflanadi. Partiya organlari, ayniqsa, yoshlar orasida dinga qarshi keng miqyosda tashviqot-targ’ibot ishlari olib bordilar. Ateizmga doir maxsus gazeta va jurnallar (1928-yilda «Xudosizlar» nomli jurnal), har xil ommaviy adabiyotlar nashr qilindi, kinofilmlar olindi, dinga qarshi mavzudagi har xil spektakllar qo’yildi. «Xudosizlar uyushmasi» tuzildi, uning joylardagi ko’pdan-ko’p tash-kilotlari zo’r berib ateistik ish olib bordi. Bu siyosat fiiqarolarning din erkinligi huquqiga qilingan oshkora tajovuz bo’lib, u shu yillarda faqat ruhoniylar orasidagi-na emas, xalq orasida ham norozilik tug’dirib, odamlarni esankiratib qo’ydi. Bu davrda musulmon ruhoniylarining roli kamsitilib, yo’qqa chiqarib qo’yildi, lekin shunday shafqatsizlikka qaramay, mahalliy aholining an'anaviy turmushida islom dini asosan saqlanib qoldi. Biroq u sharoit va qonun-qoidalarga muvofiq tarzda tartibga solib borildi.

Dinni, ruhoniylar va dindorlarni siyosiy va jismonan ta'qib qilish xalqning ma'naviy madaniyatiga nihoyat darajada katta zavol yetkazdi. Ijtimoiy hayotda ma'-muriy-buyruqbozlik tartiboti o’rganilishi bilan dinga ilmiy nuqtai nazar inkor etila boshlandi. Din bilan ateizmning dunyoqarash jihatdan bir-biriga qarama-qarshiligi siyosiy qarama-qarshilik bilan almashtirildi. «Sotsializmda dinga o’rin yo’q, unga din begona», degan fanatik qarash, qoida ustun bo’lib qoldi. Shunday qilib dinga nisbatan salbiy munosabat dinga qarshi zo’rlik ko’rsatishga aylanib ketdi. Musulmon masjidlari ham, rus

cherkovlari ham, ularga ixlos qo’ygan barcha dindorlar ham bu davrda o’z tarixlarida kechirmagan og’ir ta'qib va tazyiqlarni boshdan kechirdilar. Buning fojiali oqibatida O’zbekiston ruhoniylarning asosiy qismi 30-yillarda qatag’on qilindi. Masjid va madrasalarning deyarli ham-masi faqat diniy emas, madaniyat, ilm, tarbiya, san'at markazlari bo’lganiga qaramay bekitib qo’yildi.

Biroq shaxsga sig’inish yillarida va undan keyingi ko’pgina yillarda ateizmni zo’rlab tiqishtirish va islomga qarshi zo’rlik o’tkazish dinning yo’q bo’lishiga olib kel-madi. Dindorlar masjid va ruhoniylardan mahrum etil-gan bo’lsalar ham toat-ibodatlarini yashirincha davom ettiraverdilar. Masjid, madrasalarning yopilishi, ruhoniy-larning qatag’on qilinishi aholi orasida umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni, milliy ma'naviyatni targ’ib qilish, qaror toptirish ishiga katta ziyon yetkazdi. Yosh avlod islom dini qoldirgan ulkan ma'naviy merosdan mahrum bo’ldi.

Bu davr respublikaning madaniy hayoti ijobiy o’zga-rishlar bilan: savodxonlikning ortishi, aholi umumiy saviyasining yuksalishi, xalq o’z-o’zini anglashining o’sib borishi bilan ham e'tiborli bo’ldi. Biroq 20-yillarning ikkinchi yarmidayoq mamlakat hayotida ma'muriy-buyruqbozlik tizimi tarkib topa boshladiki, u respublika ijtimoiy-madaniy sohalarining yangidan barpo bo’lishini sekinlashtirib qo’ydi. E'lon qilingan sotsialistik insonpar-varlik, adolat haqidagi g’oyalar bilan haqiqiy voqelik o’rtasida ro’y-rost ziddiyatlar paydo bo’lib qoldi. Ular milliy ma'naviy hayotning asl mohiyatini noto’g’ri tushunish, uni ruslashtirish va ,ko'p asrlik ma'naviy qadriyatlardan voz kechish bilan ifodalandi, bu narsa, ayniqsa, qatog’onlik xatti-harakatlarining ta'siri ostida yanada kuchayib bordi.




Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish