Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan



Download 1,75 Mb.
bet73/207
Sana11.01.2017
Hajmi1,75 Mb.
#161
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   207
Quloq qilinganlarning ahvoli Majburan ko’chirib yuborilganlarning ahvoli nihoyatda og’ir kechdi, ularning ko’pchiligi yo’lda nobud bo’ldi. Quloq qilinganlarning bir qismi Ukraina, Sibir va Qozog’istonning odam yashamaydigan cho’llariga, o’rmonlariga surgun qilindi, yana bir qismi respublikaning boshqa joylariga zo’rlik bilan ko’chirildi. Kolxozlashtirishga qarshi chiqishi mumkin deb hisoblangan tadbirkor xo’jaliklarai, ruhoniylarni «uchlik», ya'ni partiya, sovet, ichki ishlar organ-lari rahbarlaridan iborat komissiya qarori bilan quloq qil-ganlar. Ko’chirilganlar uchun respublikaning o’zida — chekka joylarda 17 ta «quloq qishloqlari», aniqrog’i, lagerlari tashkil qilingan.

Shunday lagerlardan biri Samarqand viloyatidagi Miyonko'1 orolida joylashgan edi. Miyonko’llik keksalarning eslashicha, 30-yillarning bosblarida bu yerga ichki ishlar organlari xodimlari bir necha ming quloq qilinganlarni keltirib joylashtirgan. Ular kelganida orolning to’qayzorlarida qayrag’och, saksovul va qamishlar o’sib yotardi. Orol o’rtasi botqoqlik va ko’llardan iborat edi. Bandilarga zovurlar qazdirilib, botqoqlik-lar suvi quritilgan, qayrag’ochlar, saksovullar kesilib pechlarda yoqilgan. Ular qamishlardan bo’yralar to’qib, lager qurganlar. Bu lagerda NKVD xodimlari bandilarni oddiy hayvonchalik qadr qilmay kamsitar, xo’rlar, ovoz chiqarishsa birovdan so’ramay otib tashlar, beayov ish-latardilar. Quloqlar Miyonko’l orolida yer chopar, paxta, sholi ekardilar. Ko’p bandilar mehnatning mashaqqatla-ridan, ochlikdan, kasallikdan, soqchilarning zulm va azoblaridan begunoh o’lib ketdilar. Har kuni o’nlab murdalar o’ris arava-brichkasida bandilarning o’zlari qazigan handaqlarga kafansiz eltib tashlanar edi. 1930— 1933-yillarda Miyonko’lda Farg’ona vodiysi va boshqa viloyatlardan quloq qilib keltirilgan begunoh kishilarning yarmiga yaqini qatl etilgan.

Surgun qilingan quloqlarning ahvoli ko’chirilgan-larnikidan oson bo’lmagan. Ularning bola-chaqalari ba'zan dim, ba'zan sovuq usti yopiq mashinalarda, qizil vagonlarda uzoq-uzoq Rossiya o’lkalariga olib ketilardi. Yo’l azobiga, issiq-sovuqlarga, suvsizlik, ochlikka chidamay, quloq qilinganlarning ko’pchiligi manzilga yetib bormasdan halok bo’lardi.

Forishlik tibbiyot olimi AAbdurahmonov otasi va qariyalardan eshitib hikoya qilishicha, Forish tumanidan 1929—1933-yillarda bir necha yuz xo’jalik quloq qilin-gan. Shu tumanning Nokurt qishlog’idan o’ndan ortiq xo’jalik, jumladan, uning otasi va ikki amakisi Stavropol o’lkasining Terek o’rmonlariga surgun qilingan. Otasi 10 yil muddatni o’tab, ona-yurtiga qaytgan. Ammo ikki amakisi o’sha yerda sovuq va ochlikdan o’lib ketgan. Barcha quloq qilinib surgun qilingan va ko’chirilgan-larning taqdiri shunday kechgan. Ularning taxminan uchdan ikki qismi halok bo’lgan.

O’zbekiston qishloq xo’jaligini jamoalashtirish ras-man 1932-yili poyoniga yetdi. Shu vaqtga kelib respub-likadagi dehqon xo’jaliklarining 75 foiziga yaqin qismi umumiylashtirilgan sektorga birlashtirildi. Yakka xo’jalik dehqonlarning bir qismi kolxozlardan tashqarida qoldi, lekin ularga iqtisodiy jihatdan tazyiq o’tkazish yanada kuchaydi. Yakka xo’jaliklarga solinadigan qishloq xo’jalik soliqlari oshirildi, davlatga majburan topshiri-ladigan mahsulot hajmi esa kolxozlar uchun belgilangan me'yorlarga qaraganda 50 foizga ko’paytirildi. 1939-yilga kelib esa respublikada yakka xo’jaliklarga butkul barham berildi. Jamoalashtirish qishloq xo’jaligini ma'muriy-buyruqbozlik tizimi bilan boshqarishni mustahkamladi, dehqonlarning mustabid davlat asoratiga tushishiga yo'l ochdi.

O’zbekistonda qishloq xo’jaligini jamoalashtirish davrida 40000 dan ortiq dehqon xo’jaliklari quloq qili-nib, ulardan 31700 tasi qatag’on qilindi.

Kolxoz tuzilishining eng boshidan qishloq xo’jalik artellari mulklarini davlat ta-sarrufiga o’tkazish boshlandi. Kolxozlar dehqonlarning ishlab chiqarish vositalarini birlashtirish asosida tuzildi, bu vositalar yagona bo’linmas fondga qo’shildi. Mabodo kolxozchilar kolxozdan chiqib ketadigan bo’lsalar, vosi-talar ularga qaytarib berilmas edi. Bu dehqonlaming mulkdan ajralishini boshlab berdi. Kolxozlar iqtisodiy jihatdan butunlay davlatga qaram bo’lib qoldi. Ularning mustaqilligi va tashabbusi keskin cheklandi.

Yirik ishlab chiqarish vositalari MTSlar ko’rinishida davlat qo’lida to’planib bordi. MTSlar kolxoz dalalarini natural haq evaziga ishlab berar, bu haqning miqdorlari esa yuqoridan belgilab berilardi. 1933-yil boshlariga kelganda O’zbekistonda 73ta MTS ishlab turdi. Ular qishloq xo’jaligini texnik jihatdan qayta qurishni tezlashtirdi, lekin texnikani ularda to’plash qishloq mehnati imkoniyatlarini ochib berishga yordam qilmadi. Amalda kolxozlar ham, MTSlar ham yer egalari emasdi-lar, yerning egasi aslida davlat bo’lib qoldi.

O’zbekistonda kolxozlar tuzish bilan bir qatorda sovxozlar — davlat xo’jaliklari tuzish yuzasidan ham ish olib borildi. 1932-yilda respublikada 60 dan ziyod sovxoz bor edi.

Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi dehqonlarni majburlashning noiqtisodiy usullaridan foydalandi. Bu avvalo dehqonlar ishlab chiqargan mahsulotning bir qis-mini o’ziga xos bir o’lpon tariqasidagi soliq ko’rinishida tortib olishda ifodalandi.

Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi o’z e'tiborini paxta yetishtirishni ko’paytirish, respublika iqtisodiyotini xom ashyo tayyorlashga moslashtirishga qaratdi. Bunday siyosat mamlakatning paxta mustaqilligini qisqa muddat-larda qo’lga kiritishini ko’zlar edi. 1929— 1932-yillarda g’o’za ekiladigan yer maydonlari 550 ming gektardan 928 ming gektarga kengaytirildi, yalpi paxta hosiJi esa 652 ming tonnadan 750 ming tonnaga yetkazildi. 1932-yili respublika sobiq Ittifoq bo’yicha paxta hosiiining 60 foizini berdi. Mana shu paytdan boshlab xorijdan paxta olib kelish to’xtatildi. Biroq paxta yetishtirishni ko’pay-tirish ekin maydonlarini kengaytirish asosidagina amalga oshirildi.

Mana shu davrda kolxozlar ichki turmushi tartibga solinmaganligi tufayli katta qiyinchiliklarni boshidan kechirdi. Kolxozchilar mehnatini oqilona tashkil etish, hisobga olish va unga haq to’lash usullari hali yo’q edi. 1931—1932-yillardan boshlab mehnatga ishbay asosda haq to’lanadigan doimiy brigadalar tashkil etila boshlan-di. Bu mehnat sarflni va mehnat kunlari shaklida to’lanadigan haq miqdorlarini belgilashni ko’zda tutardi.

Ko’rilgan choralarga qaramay, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida biror yirik o’zgarishlar bo’lgani yo'q. Dehqonlarning qattiq mehnati va shijoati tufayli o’zbe-kiston qishloq xo’jaligida 1935—1937-yillardan boshlab ba'zi yutuqlar qo’lga kiritildi. Don, sholi, arpa, makka-jo’xori ishlab chiqarish ko’paydi. Chorvachilik qishloq xo’jaligining muhim sohasi bo’lib qoldi. 1940-yil boshi-ga kelib qoramollar soni 1934-yildagiga qaraganda bir yarim baravardan ziyodga ko’paydi.

Qishloq ahlining fidokorona mehnati o’zining nati-jasini berdi. 1939-yilda yalpi paxta hosili deyarli 1 mln 583 ming tonnaga yetdi, paxta hosildorligi esa gektariga 17,8 sentnerni tashkil etdi. O’zbekistonda kanop yetishtiriladigan bo’ldi, kanop ishlab chiqarish umumit-tifoq miqyosiga nisbatan 3 foizni tashkil etdi. Urushdan oldingi yillarda O’zbekiston mamlakatda yetishtiriladi-gan barcha pillaning yarmini berar edi. Qishloq xo’jali-gini mustahkamlash, ayniqsa, paxtachilikni rivojlantirish uchun sug’orish inshootlari qurilishi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bunday qurilishlarni hashar usulida olib bo-rish odat tusiga kirdi. O’zbek xalqining jasorati bilan, jumladan, 1939-yil 1-avgust—15-sentabrda Katta Farg’ona kanali qazildi. Natijada 1937 — 1940-yillar mobaynida O’zbekistondagi sug’oriladigan yerlar may-doni 260 ming gektarga kengaydi. Lekin O’zbekistonda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi asosan Markaz sanoa-tining ehtiyojini qoplashga qaratildi.

Kolxoz tuzilishi sharoitlarida qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining hamma sohalari qafiy nazorat ostiga olindi: mahsulot ishlab chiqarish va mehnat unumdorli-gi yuzasidan reja ko’rsatkichlari, soliq majburiyati joriy etildi, jamoa xo’jaliklarining daromadlari va sarf-xarajat-lari belgilab qo’yildi- Kolxozchilar o’z mehnatlarining mevalaridan mustaqil ravishda foydalana olmas edilar. Jamoa xo’jaliklari ekin maydonlari, hosillari va daro-madlarining o’sishi aniq bir kolxozchining, shu jamoa-dagi ma'lum bir mehnatkashning o’z moddiy holatiga amalda ta'sir o’tkazmas edi. Ko’pgina oilalar qashshoq-larcha turmush kechirardilar. Majburlovchi va eksplua-tatsiya qiluvchi feodal tuzum o’rnini partiya-davlat tuzu-mi egalladi.

Jamoalashtirish natijasida dehqonlarga xos butun tur-mush tartibi buzildi, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar zavol topdi. «Yuqoridan qilingan inqilob»dan meros bolib qolgan eng og’ir narsa — yer egasining yo’qolganligi, mehnatkash inson bilan yer, jamiyat bilan tabiat aloqalarining yemirilganligi bo’lsa, ajab emas. Qishloqda an'anaviy bo’lgan ko’pgina xalq odatlari va rasm-rusumlarini qoralash, dinga qarshi o’ylamasdan, qo’pol ravish-da o’tkazilgan tashviqot-targ’ibot ham yomon ta'sir qildi.




Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish