65-§. MUSTAQILLIKKA HARAKAT DAVRIDA MADANIY HAYOT VA MA'NAVIYAT
Qayta qurish va milliy madaniyat masalasi. Ta'limdagi holatlar. Qayta qurish O’zbekistonda milliy madaniyatni rivojlan-tirish, xalqning o’zligini ang-lash jarayonini takomillashtirish yo’lida malum qadam bo’ldi. Madaniyatda milliy-lik tiklana boshladi, madaniy merosga munosabat o’zgardi. Ijtimoiy hayotda milliylik va baynalmilallik nis-batida adolat tiklandi. Biroq qayta qurish O’zbek xalqi madaniyatini rivojlantirishni, uni haqiqiy xalq ma'navi-yatiga aylantirishni maqsad qilib qo’ymagan edi.
Madaniyatdagi qayta qurish hukmron kompartiya mafkurasining o’z siyosiy barqarorligini tiklash yo’lidagi navbatdagi urinish edi, xolos. Uning maqsadi esa madaniyatda shakllanib bo’lgan sekinlashtirish mexa-nizmining ko’zga tashlanib turgan ayrim «qusurlari»ni yengil ta'mirlashdan iborat edi.
1985—1990-yillar xalq ta'limi tizimida ayrim siljishlar ro’y berdi. Ammo bu davrda ta'lim va tarbiya sohasidagi ziddiyatli holatlar yanada keskinlashdi. Maktab, o’rta maxsus va oliy talimda rivojlanishning ekstensiv yo’li o’z imkoniyatlaridan to’liq foydalanib bo’ldi. o’qituvchi va talabalarning ijtimoiy faolligi ort-gani sari sovet ta'lim tizimining chirishi kuchaya bordi. 80-yillarning o’rtalaridan boshlangan xalq maorifidagi islohotlar mavjud muammolami xalq ko’zidan yashirish-ga urinishdan bo’lak narsa emasdi. Islohotdan ko’zlangan maqsad «sovet tizimi»ni yuqori darajaga ko’tarish, mutaxassis va o’quvchilar bilim saviyasini oshirish, ta'limni demokratlashtirishdan iborat edi. Biroq mazkur maqsadga sovet mafkurasi va u olib borayotgan kommu-nistik yondashuv asosida erishish mumkin emasdi. 80-yil-larning o’rtalaridan boshlangan islohotlar moddiy jihat-dan ta'minlanmaganligi uchun ham oxiriga yetmadi.
Chunonchi, 1985-1990-yillarda O’zbekistonda 3693 ming o’quvchiga mo’ljallangan yangi o’quv yurtlari talab qilingan holda, Markazning topshirig’i bilan bu raqam 920 ming o’ringa tushirildi. Respublika qishloqlaridagi maktablarning 80 foizi esa moslashtirilmagan binolarda joylashgan edi.
1985-yilda respublika maktablarida o’quvchilar soni 2684 mingga yetdi. Bu raqam 1990-yilga kelib 245 ming-ga kamaydi. 1985—1990-yillarda respublikadagi 14 ta pedagogika instituti va 38 ta o’rta maxsus bilim yurtla-rida yiliga o’rtacha 17 ming yosh o’qituvchilar tayyor-langani holda, maktabda favoliyat ko’rsatuvchilar soni-ning muttasil kamayishi ta'lim tizimi va hukmron mafkuradagi jiddiy cheklanganlik oqibatida yuz berdi.
Xalq xo’jaligining boshqa sohalarida ko’plab mutaxassislar tayyorlandi. Masalan, 1970-yilda oliy maktabni bitirganlar soni 334 mingni tashkil etgan bo’lsa, bu raqam 1990-yilda 508 mingga yetdi. Biroq bular faqat son ko’rsatkichlari edi, xolos. Mutaxassislar saviyasi nuqtai nazaridan mamlakat boshqa davlatlardan ortda qolib kelardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |