Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan



Download 1.77 Mb.
bet10/32
Sana11.01.2017
Hajmi1.77 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32

1924-yilgi milliy-hududiy chegaralash. O’rta Osiyoni chegaralab bo'lish va milliy respublikalar tuzish g’Oyasi 1924-yilda amalga oshirila boshlandi. Biroq bu masalaga doir zid-diyatlar ayni davrda ham davom etaverdi. Bu kampaniyada ishtirok etishdan bo’yin tovlashga ochiq-oydin intilish hollari takrorlanaverdi, yangi loyihalar taklif etildi. Lekin Markaz, O’rta Osiyo byurosi qattiq turib oldi.

Ammo O’rta Osiyo respublikalaridagi hukumat va partiya organlarining nuqtai nazarlari yakdil emas edi. Turkiy xalqlar bir-biriga yaqin, degan fikr o’rtaga qo’yilar, boshqa dalillar keltirilardi. 1924-yil fevralida Buxoro Kompartiyasi chegaralanish masalasini ko’rib chiqdi. Unda o’rta Osiyoning ma'muriy tuzilishi yuzasi-dan taklif etilayotgan, barcha turkiy xalqlarning ildizi birligini hisobga olmaydigan siyosat o’tmish istilochilari siyosati bilan aslida bir deb aytildi. O’rta Osiyo byurosi tezislardagi bu fikrlarni xato deb elon qilib, qattiq tanqid ostiga oldi. Turkiston Markaziy Ijroiya Komiteti va Turkiston kompartiyasining 10-martdagi birlashgan ken-gashida atoqli partiya xodimlari S.Xo’janov, S.Asfan-diyorov, N.Paskutskiy o’rta Osiyodagi mavjud sovet respublikalari o’rnida o’rta Osiyo federatsiyasini tuzish to’g’risida taklif kiritdilar. Shu bilan birga S.Xo’janov Turkiston yagona, bir butun va uning yaxlitligini buzish maqsadga muvofiq emas, deb qo’shimcha qildi.

Xorazm rahbarlarida ham alohida fikrlar mavjud edi. 1924-yil martida ular respublika doirasida: turkmanlar, o’zbeklar, qirg’izlarning «sud ishlari... shariat bo’yicha olib boriladigan, milliy tillardagi... maktablari bo'lgan» muxtor viloyatlarini tuzishni taklif etdilar. 8-may kuni bir guruh Xorazm rahbarlari RKP(b) Markaziy Komitetiga «Xorazmda milliy masalani hal qilish to’g’risida maktub» yuborib, unda Xorazmni chegaralanishga qo’shmaslikni iltimos qildilar. Ular o’zlarining shu nuqtai nazarlarini respublikaning olisda joylashganligi, iqtisodiy jihatdan ajralib turganligi bilan asosladilar. i Bu nuqtai nazarni Xorazm Kompartiyasi Markaziy Komiteti, jumladan, Qalandar Odinayev (1897—1938) ) ham qo’llab-quvatladi. Qalandar Odinayev 1922-yil oktabriga qadar Amudaryo viloyatida, so’ngra Xorazmda RKP(b) Markaziy Komiteti O’rta Osiyo byurosi vakili bo’lib ishladi. 1924-yil iyulda Q. Odinayev Xorazm Kompartiyasi mas'ul kotib vazifasidan olib tashlandi.

Munozaralar tobora qizib bordi. Stalin «Millatlar o’rtasidagi nizolarga xotima berish» uchun chegarala-nishni amalga oshirishga kirishishni taklif etdi 1924-yil 12-iyunda RKP(b) Markaziy Komiteti Siyosiy byurosi o’rta Osiyoda chegaralanish to’g’risidagi masalani yana bir ko’nb chiqdi va uni o’tkazish to’g’risida qaror qabul qildi. Xorazm respublikasi chegaralanishga kiritilmadi lekin 1924-yil 26-iyulda Xorazm Kompartiyasi respublikaning chegaralanishga kiritilishiga o’zining roziligini bildirdi.



O’zbekiston SSRning tash-kil etilishi. Chegaralanish yakunlari. Turkistonda, Buxoro va Xorazm respublikalarida amaliy ish boshlab yuborildi. Komissiyalar va kichik komissiyalar bo’lg’usi tuzilmalarning hududlari va chegaralari to’g’risidagi masalani ishlab chiqdilar. Boshqaruv apparatlari tuzib, rejalar, iqtisodiyot, byudjet, yer-suv muammolarini, maorif, sog’liqni saqlashni tashkil qilish muammolarini va boshqalarni hal qildilar. Siyosiy tushuntirish ishlari olib borildi. Materiallar matbuotda e'lon qilinar, miting va yig’ilishlar o’tkazilar edi. Milliy-hududiy chegaralanish o’tkazilishini ma'qullab rezolyutsiyalar qabul qilindi. 1924-yil 31-oktabrda O’zbekiston SSR Inqilobiy Komiteti (revkom) tuzildi, u O’zbekiston respublikasi tuzishni boshqarib bordi.

Buxoroda maxsus qurilgan Xalq uyida 1925-yil 13-fevralda Sovetlarning I umumO’zbek qurultoyi ochildi. Unda «O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzil-gani to’g’risidagi deklaratsiya» qabul qilindi. o’zbe-kiston hukumatining boshlig’i qilib Fayzulla Xo’jayev saylandi. S'yezd respublika hokimiyatining oliy organla-rini rasmiylashtirdi. Respublika sovetlari Markaziy

Ijroiya Komiteti raisi etib Farg’ona vodiysidan chiqqan dehqon, «Qo’shchi» ittifoqining raisi Yo’ldosh Oxun-boboyev (1885—1943) saylandi. Jamoat tashkilotlari ham tuzildi. O’zbekiston SSRning dastlabki poytaxti Buxoro bo’lgan. Biroq ko’p o’tmay — 1925-yil aprelida poytaxt Samarqandga ko’chirildi. O’zbekiston SSR keyinchalik- 1925-yil mayda SSSR tarkibiga kirdi. 1929-yilgacha Tojikiston ASSR O’zbekiston SSR tarkibida bo’lgan.

Tuzilgan O’zbekiston SSRga TSSRdan Sirdaryo, Farg’ona va Samarqand viloyatlarining katta qismi, sobiq Buxoro Xalq Sovet Respublikasidan uning markaziy va g’arbiy qismlari, ya'ni Zarafshon, Surxondaryo va Qashqadaryo vodiylari, shuningdek, Xorazm vohasi kirdi. O’zbekiston SSR hududi 312394 kv.km ni ishg’ol qildi. O’zbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR tuzildi, bu muxtor respublika keyinchalik Tojikiston SSRga aylantirildi. O’zbekiston SSRning o’z aholisi, 1926-yildagi ro’yxatga olish ma'lumotlariga qaraganda, 4447555 kishini tashkil etdi, ularning 74,2 foizi O’zbeklar edi. Respublikaga 1195 ming desyatina sug’oriladigan yer, ishlab turgan 185 ta sanoat korxonalari kirdi. Bu korxonalar orasida 39 ta paxta tozalash zavodi bor edi. O’zbekiston SSR sanoatida 87 ming ishchi ishlardi.

Milliy-hududiy chegaralash O’zbekiston xalqlari uchun har tomonlama boshqacha ahamiyatga ega bo’ldi. U xalqning ijtimoiy-siyosiy hayotiga, madaniyatiga, an'analariga katta ta'sir ko’rsatdi. Mintaqa kartasi qay-tadan tuzildi. O’zbekiston SSRning tuzilishi esa O’zbekiston xalqi davlat tuzilishi tarixida diqqatga sazovor voqealarning biri bo’lib qoldi. Lekin bu o’zbek davlatchiligi tarixiga asos solindi, degan ma'noni anglat-maydi, albatta. Xalqimizning davlatchiligi ko’p asrlik tarixga ega. O’zbekiston SSR esa amalda hech qanday mustaqil siyosiy huquqlarga ega emas edi, chunki u mustabid sovet tuzumining yangi shaklidagi bir qismi edi, xolos.

1. Hududiy chegaralash to'g'risidagi fikrni kimlar va qanday

tashkilotlar oldinga surdi va bu fikr qay tariqa asoslab berildi?

2. Yerli millatlar vakillari bo’lgan rahbar xodimlarning

chegaralanish siyosatiga bo’lgan munosabati qanday edi?

1. Markaz hamda Buxoro va Xorazm respublikalari rahbariyati

pozitsiyalari o’rtasidagi ziddiyat nimadan iborat bo’ldi?

2. O’zbekiston SSRning tuzilishini nima uchun o’zbek xalqi

davlatchiligi tarixining bosqichi deb bo’lmaydi?

1. O’zbek davlatchiligi tarixi qaysi davrlarga borib taqalishini eslang.

2.Tojikiston necha yil O’zbekiston tarkibida bo’lgan?

3.Qoraqalpog’iston Aftonom Respublikasi dastlab qaysi davlat

tarkibidagi muxtor o’lka edi?

19-§. QORAQALPOG’ISTON 1917-1924-YILLARDA

Reja:

1.Amudaryo bo’limida ijtimoiy-siyosiy vaziyat va sovet hokimiyatining qaror topishi

2. Chimboyda sovet hokimi-yatiga qarshi isyon

3. Amudaryo viloyatida iqtisodiy o’zgarishlar

1917-yil fevralda chorizm-ning ag’darilishi qoraqalpoq xalqining hayotiga ham kuch-li ta'sir ko’rsatdi. Qoraqal-poqlar bu paytda asosan Turkiston general-guberna-torligiga qarashli Amudaryo bo’limi — okrugi (markazi Petro-Aleksandrovsk—hozirgi To'rtko'1 shahri) va Xiva xonligining ayrim bekliklarida istiqomat qilishgan. Mart oyida To’rtko’lda soldat deputatlari soveti tashkil qilindi. 1917-yil oktabrdan to 1918-yil boshlariga qadar Amudaryo bo’limi komissari vazifasini gidrotexnik V.Palishev egallab turdi. Bu davrda hokimiyat tizimida keskin o’zgarishlar sodir bo’ldi. Amudaryo bo’limi tasarrufidagi ovul va qishloqlar aholisi To'rtko'1 ma'murlaridan hech qanday harbiy va moddiy ko’mak olmasdan o'z-o'zini mudofaa qilish otryadlarini tashkil etdi, ularga nufuzli urug’ boshliqlari hisoblangan Xon Maxsum — Ubaydulla Bohautdinov (1887-1956), Bola biy va boshqalar yetakchilik qilishdi. Qoraqalpoq xalqi urug’ yo’lboshchilari tevaragiga qiyinchilik bilan bo’lsa ham birlasha boshladi, chunki ocharchilik, qurg’oqchilik, tartibsizlik va qaroqchilik hujumlari xavf solayotgan edi. 1918-yil aprelda Amudaryo bo’limi Turkiston respublikasi tarkibiga kiritilganligi e'lon qilindi. 1918-yil-ning ikkinchi yarmidan boshlab Amudaryo bo’limida vaziyat keskin o’zgardi. Bu eng avvalo bolsheviklar faoliyati va qizil gvardiyachilar otryadlarining xatti-harakatlari bilan bog’liqdir. Bolsheviklar Amudaryo bo’limiga Chorjo’y va Toshkentdan qizil gvardiyachilar otryadlarini jo’natishdi. To'rtko'1 shahri bolsheviklar hokimiyatining tayanchi, uning harbiy bazasiga aylantirildi. Ular Amudaryo bo’limi hududida turib, Xiva xon-ligiga qarshi harbiy harakatlarga puxta tayyorlandilar.

Bolsheviklar qizil gvardiyachi otryadlarga tayanib, 24 ta hunarmandchilik va baliq korxonalari, paxta tozalash zavodlari, bog’lar, dorixonalar, kasalxonalar va badavlat kishilarning uylari va yerlarini musodara qildi. Yangi hokimiyat komissarlari mahalliy kengashlarga saylov o’tkazdilar, biroq saylovda savdogarlar, ruhoniylar, mulkdorlar ishtirok qilishiga yo'1 qo’yilmadi. Bolshe-viklarning sinfiy prinsip asosida mahalliy kengashlarga o’tkazgan saylovlari milliy va mahalliy xususiyatni e'ti-borga olmadi, qoraqalpoq jamoalari urug’chilik asosida tuzilganligiga amal qilinmadi. Saylovlar jarayonida po-raxo’rlik va zo’ravonlik avj oldi. Yangi hokimiyat asrlar davomida shakllangan an'anaviy sharqona hayotni, qoraqalpoq xalqi turmushida faol rol o’ynab kelayotgan biylik boshqaruv usulini barbod qilishga kirishdi.

Bolshevik komissarlar ulamolar, shuningdek, mad-rasalar, masjidlar va eski maktablarni xalqning tafakkuri uchun kurashda o’zining asosiy raqobatchilari deb hisoblab, Amudaryo bo’limidagi diniy arboblarga «salib yurishi»ni o’tkazdi. Qizil askarlar o’rtasida ichkilikboz-lik, o’g’rilik, poraxo’rlik, talonchilik, ayollarni zo’rlash avj oldi. Aholining aksariyat qismi yangi hokimiyatning bunday siyosatidan norozi bo’lib, unga qarshi kurashga chog’landi. Mahalliy aholining bu kurashini Ural kazak-lari (ular 1874-yili Amudaryo bo’limiga ko’chirilgan edi) ham qo’llab-quvatlashdi.

1919-yil iyun oyining oxirida Chimboy uchastkasining Zair posyolkasiga maxsus komis-siya jo’natildi. Ularga berilgan farmoyishda «3-Zair kazaklar harbiy bo’linmasidagi burjua unsurlarini qurol-sizlantirish» kerakligi ko’rsatilgan edi. Biroq, 3-Zair kazaklar harbiy bo’linmasi maxsus komissiyaga bo’ysun-masdan, Chimboyga ketib qoldi.

Chimboyda sovet hokimi-yatiga qarshi isyon. Bolsheviklarning Amudaryo soveti 29-iyulda maxsus qarorqabul qilib, Chimboyga RSFSRning Xiva xonligidagi favqulodda vakili A.Xristoforov boshchiligidagi maxsus komissiyani yubordi. Komissiya raisiga favqulodda huquqlar berilgan edi. Biroq komissiyaning urallik kazak-lar atamani MFilchyev bilan olib borgan muzokaralari muvaffaqiyat keltirmadi. Shunda komissiya Chimboy ijroiya qo’mitasini tarqatib yuborib, uning o’rniga Chimboy uchastkasi inqilobiy qo’mitasi (peBKOM)ni tuzdi. Bu holat Chimboyda sovet hokimiyatiga qarshi isyon ko’tarilishiga olib keldi. 10-avgust kuni favqulodda komis-siya To’rtko’ldan harbiy yordam so’radi. Chimboyga bu yerdan qizil askar otryadlari jo’natilgan bo’lsa ham, ular qamalga tushib qoldi. 14- avgustda maxsus komissiya a'zo-lari qamoqqa olindi. Tez orada qo’zg’olonchilar Nukus qal'asini ishg’ol qildilar. 17-avgustga kelib Chimboy uchastkasi va Mo’ynoq tumani hududi butunlay bolshe-viklardan ozod qilindi. Shu tariqa, Amudaryo bo’limining shimoliy qismida bolsheviklarsiz xalq hokimiyati o’rnatil-di. Xalq hokimiyatining boshlig’i qilib urallik kazak Mixail Filchyev saylandi. Uning tarkibiga qoraqalpoq biylaridan Xon Maxsum (U. Bohautdinov), Ibrohim Odilov, Bola biy, Seytnazar Pirnazarov, Inoyat Niyozov va boshqalar kirishdi. Ular faoliyati qoraqalpoqlar tomonidan qo’llab-quvvatlandi.

Bolsheviklarga qarshi harakat tobora keng ko’lam kasb etib bordi. Sovet rejimi Amudaryo bo’limiga o’zi-ning yangi harbiy qismlarini jo’natdi. 11-noyabrda N.Shaydakov boshchiligidagi qizil askarlar Nukus qal'asini bosib olishdi. Oradan ko’p o’tmay Xiva xonligi tugatildi. 1920-yil 18-fevralda Turkkomissiya vakili CSkalov bilan muxolifatdagi kuchlar yo’lboshchisi o’rtasida sulh bitimi imzolandi. Unga ko’ra, Chimboy uchastkasida muvaqqat inqilobiy qo’mita tuzildi. Kazaklarning urf-odatlari va turmush xususiyatlaridan kelib chiqib, ularning o’z-o’zini boshqaruviga ruxsat etildi. Qo’zg’olonchilarga amnistiya berildi. Mazkur bitim-ning asosiy qoidalari 20-mayda Zakaspiy fronti qo’shinlari Amudaryo gruppasi qo’mondonligi bilan qora-qalpoqlar va kazaklar o’rtasida tuzilgan sulh shartnomasi bilan tasdiqlandi.



Amudaryo viloyatida iqtisodiy o’zgarishlar. Biroq oradan ko’p o’tmay bolshevik komissarlar o’z

va'dalarini unutdilar. 1921-yil fevralda Chimboy uchastkasida isyonning sobiq ishtirokchilaridan 24 kishi hibsga olindi. Xon Maxsum va boshqalar Sibirga surgun qilindi. Yirik yer egalari va savdogarlar — 75 kishidan 10.000 Rossiya chervon rubli miqdorida tovon puli undirib olindi.

Amudaryo bo’limida bolsheviklar amalga oshirgan to’ntarish va sovet rejimi mahalliy aholiga katta zarar va azob-uqubatlar keltirdi. Agar to’ntarishga qadar bu yerda 232700 kishi yashagan bo’lsa, 1920-yilga kelib ulardan atigi 113440 kishi qolgan edi, xolos. Chorvador aholi-ning ko’pchilik qismi ocharchilik natijasida ham nobud bo’ldi.Amudaryo bo’limida qoraqalpoqlardan tashqari O’zbeklar va qozoqlar ham yashashgan. Bo’limning janu-bi-sharqiy hududida asosan O’zbeklar istiqomat qilgan.

Ma'muriy jihatdan Amu-daryo bo’limi ko’p pog’onali boshqaruv tizimiga ega bo'l-gan: u maorif va sud ishlari bo’yicha Samarqand vilo-yatiga, harbiy xo’jalik va sovet qurilishi bo’yicha Sirdaryo viloyatiga, ayrim favqulodda holatlarda bevosi-ta Turkiston respublikasi MIK va XKSga bo’ysunar edi. Bolsheviklar hokimiyati tomonidan Amudaryo bo’limini boshqarish shu tariqa murakkablashtirilgan edi.

1920-yil oktabr oyida Turkiston MIK Amudaryo bo’limining 1917-yildagi hududi doirasida unga viloyat maqomini berdi. Sho’raxon va Chimboy uchastkalari shu nomli uyezdlarga aylantirildi. Viloyat markazi sifati-da To’rtko'1 shahri e'lon qilindi. Amudaryo viloyatining inqilobiy qo’mitasini Turkiston MIK tayinladi.

Bolsheviklar hukmronligi Amudaryo viloyatining iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko’rsatdi. Harbiy kommunizm davrida ekin ekiladigan umumiy maydon 1917-yildagi 57950 desyatinadan 1920-yilda 47000 desyatinaga, oli-nadigan yalpi paxta hosili 1917-yildagi 433000 puddan 1920-yilda zo’rg’a 88000 pudga yetdi. g’alla ekinlari deyarli 3 baravar kamayib, chorva mollar soni 500000 boshdan 201000 boshga tushib qoldi.

Amudaryo viloyatida yangi iqtisodiy siyosatning joriy etilishi dastlabki yillarda bir qadar ijobiy siljishlarga olib keldi. Viloyatdagi chorva mollar soni 1921-yildagi 201000 boshdan 1922-yilda 233000 boshga yetdi. Bu paytda 200 ta mayda xususiy savdo korxonalari faoliyat ko’rsatardi. Ariqlarning kengaytirilishi va uzaytirilishi, yangi dambalar qurilishi va eskilarining mustahkamla-nishi qishloq xo’jalik ekinlari ekiladigan maydonlarni ancha ko’paytirish imkonini berdi. Biroq yetishtirilgan mahsulotlarning aksariyat qismi Rossiyaga tashib ketilar-di. 1921—1924-yillarda viloyatdan jami 339521 pud baliq Markazga olib ketildi.

Amudaryo viloyatida yangi iqtisodiy siyosat va yer islohotining o’tkazilishi iqtisodiy ahamiyatdan ham ko’ra ko’proq siyosiy ahamiyatga ega bo’ldi. Yer-suv islohoti natijasida qishloq aholisining oz qismiga yer berildi, xolos. Oradan ko’p o’tmay yangi iqtisodiy siyosat tugatildi va dehqonlar qo’lidagi yerlar davlat tomonidan tortib olindi.

1917—1924-yillarda Qoraqalpog’iston hayotiga bol-sheviklar tomonidan tiqishtirilgan mustabid sovet rejimi va uning siyosati qoraqalpoq xalqining asriy orzu-umid-lariga javob bermadi.

Savol va topshiriqlar

1. Amudaryo bo’limida sovet hokimiyati qanday qaror topdi?

2. Chimboyda sovet rejimiga qarshi ko’tarilgan isyon qay tarzda yakunlandi?

3. Amudaryo viloyatida yangi iqtisodiy siyosatning natijasi nimalarda ko’rindi?



I bob materiallarini qanday o’zlashtirganingizni sinab ko’ring

1. «Haq olinur, berilmas!» shiori kim tomonidan qachon o’rtaga tashlandi?

A. Fitrat tomonidan 1917-yilda. B. Behbudiy tomonidan 1917-yilda. C. Madaminbek tomonidan 1919-yilda.



2. Turkiston jadidlarining milliy g'oyasi nimadan iborat edi?

A.Turkistonda milliy demokratik davlat qurish B. Mustaqillikni qo’lga kiritish,milliy madaniyatni oshirish S.Turkistonda islom davlatini tuzish va islom madaniyatini tarqatish. D.to’g’ri javob yo’q.



3. 1919-yil sentabr boshlarida Madaminbek va Monstrov o’rtasida qanday shartnoma imzolandi?

A. Farg'ona xalqiga oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-bosh tarqatishga kelishib olindi.

B. Sovet rejimi va bolsheviklarga qarshi kurash uchun o’zaro ittifoq tuzildi.

C. Monstrov boshchiligidagi rus krestyanlar armiyasi Madaminbek qo’shinlari safiga qo’shildi.

D. To'g'ri javob B. E. To'g'ri javob B, C.

4. 1920-yil 6-8-oktabrda bo’lib o’tgan I Butun Buxoro qurultoyida qanday masala ko’rilgan?

A. Buxoro respublikasining mustaqilligi e'lon qilindi. B. Buxoroda amir hokimiyati ag'darilganligi tasdiqlandi.

C. Buxoroda demokratik jamiyat barpo qilinishi ta'kidlan-di. D. BXSR hukumati va Buxoro revkomi vakolatlari tasdiq-landi. E. Barcha javoblar to'g'ri.

5. 1923-yil 18-20-oktabrda bo’lib o’tgan IV Butun Xorazm qurultoyi qanday qaror qabul qildi?

A. Yangi Konstitutsiya qabul qilindi. B. Xorazm Xalq Sovet Respublikasi XSSRga aylantinldi.

C. Vaqf yerlarini musodara etish to'g'risida qaror qabul qilindi. D. To'g'ri javob B. E. To'g'ri javob A, B, C.

6. QoraqalpogMstonda sovet hokimiyatiga qarshi isyon qachon va qayerda ko’tarildi?

A. 1918-yil aprelda Nukusda. B. 1919-yil yanvarda To’rtko’lda.C. 1919-yil yozida Chimboyda.

D. 1920-yil sentabrda Chimboyda. E. 1922-yil yanvarda Qo'ng'irotda. .

8. Turkiston jadidlarining milliy g'oyasi nimadan iborat bo’lgan?

o’z fikringizni yozma bayon qiling.



II b o b. O’zbekiston mustabid tuzum iskanjasida (20-yillarning ikkinchi yarmi- 30-yillar)

20-§. O’zbekistondaGI IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOT. MUSTABID HOKIMIYAT TIZIMINING

MUSTAHKAMLANISHI

Reja :

1.Mustabidlik apparatining yanada takomillashishi va kuchayishi.

2. 1937-yilgi O’zbekiston SSR Konstitutsiyasining qabul qilinishi

Ma'lumki, 1925-yil fevralida milliy-hududiy chegaralash o’tkazilganidan keyin o’zbe-kiston Sovetlarining I qurultoyi «O’zbekiston SSR tuzil-gani to’g’risidagi deklaratsiya»ni tasdiqladi. 1925-yil 13-may kuni SSSR Sovetlarining III qurultoyida o’zbe-kiston SSR Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi tar-kibiga qabul qilindi. Xalq komissarliklari va idoralari tuzildi. Ittifoq va respublika boshqaruv muassasalari bir xilda edi; qarorlar va asosiy masalalar, odatda, Markazda qabul qilinar va hal etilardi. Respublikaning davlat va xo’jalik apparatiga yordam berish va uni nazorat qilish uchun Markazdan vakillar yuborildi. VKP(b) tutgan yo'1 shu vakillar orqali amalga oshirildi. Biroq ular O’zbek tilini, xalqning rasm-rusmlari va odatlarini bilmas, mahalliy tartibning o’ziga xosligini inkor qilardilar.

o’rta Osiyo respublikalarining xalq xo’jaligi va ma-daniyati ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida 1923-yilda tashkil etilgan, O’rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi — CpeдaзЭKOCO 1926-yilda qayta tuzildi. 20-yillarda boshqa respublikalararo boshqaruv organlari: O’rta Osiyo suv xo’jaligi boshqarmasi (Cpeдaзводхоз), O’rta Osiyo Davlat plan qo’mitasi (Cpeдазгосплан), O’rta Osiyo Xalq xo’jaligi Oliy Kengashi, VTsSPS (Bсесоюзный центральный совет профессиональных союзов)

o’rta Osiyo byurosi, turli Ittifoq xalq komissarliklarining filiallari ham tashkil etildi.

O’zbekiston SSRda davlat hokimiyatining rasman qonun chiqaruvchi oliy organi Sovetlarning okrug va

rayon qurultoylari tomonidan saylanadigan vakillardan tarkib topadigan Sovetlar qurultoyi bo’ldi, respublika davlat boshqaruvining oliy organi esa Xalq Komissarlar Kengashi bo’lib qoldi.

O’zbekiston Kompartiyasining birinchi Ta'sis qurul-toyi 1925-yil 6—12-fevralda Buxoroda bo’lib o’tdi. Qurultoyda partiyani yot unsurlardan tozalash, guruh-bozlikni tugatish borasida tortishuvlar bo’ldi. Unda Vladimir Ivanov va Akmal Ikromov (1898—1938) O’zbekiston Kompartiyasining kotiblari qilib saylandi. Shu partiyaning II qurultoyida (1925-yil 22—30-noyabr), jumladan, yer islohoti, kooperativ harakat, sovet qurilishi to’g’risidagi ma'ruzalar tinglandi. Shu bilan birga, «yot unsurlar» (kommunistlarning muxoliflari, mulkdorlar va ularning tarafdorlari) yana bir karra qoralandi, saflarni yangidan tozalashga, guruhbozlar kurashini tugatishga da'vat etuvchi chaqiriqlar yangradi va hokazo.

Biroq, ayniqsa, milliy masala yuzasidan keskin mu-xoliflik kurashi davom etdi. O’zbekiston Kompar-tiyasining III (1927-yil) va IV (1929-yil) qurultoylarida bu masalalar muhim o’rin egallab keldi.

Qishloqda 1921-yildayoq yuzaga kelgan «Qo’shchi» ittifoqi ommaviy tashkilot bo’lib qoldi. 20-yillarning o’rtalarida uning saflarida qishloq ahlidan 160 ming nafarga yaqin kishi bor edi. «Qo’shchi» tashkiloti mahal-liy aholi manfaatlarini himoya qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Lekin uning faoliyatini paxtachilikni agro-texnika, irrigatsiya va melioratsiya asosida rivojlantirish, dehqonlarni traktorlar, kimyoviy o’g’itlardan foydala-nishga, yerni erta haydashga, almashlab ekishni joriy qi-lishga o’rgatishga qaratdilar.

20-yillarda boshqa ijtimoiy-siyosiy va jamoat tash-kilotlari: kasaba uyushmalari, komsomol, Osoaviaxim, turli ilmiy-texnik va ijodiy jamiyatlar ham faoliyat ko’rsatdi.

1927-yil martida O’zbekiston SSR Sovetlarning II qurultoyida Konstitutsiya qabul qilindi. Bu Konstitutsiya matnidagi O’zbekiston Sovet Respublikasi teng huquqli Ittifoq a'zosi sifatida SSSR tarkibidan chiqishi mumkin-ligi to’g’risidagi qoida shunchaki bir deklarasiyadan boshqa narsa emas edi.

Konstitutsiyada e'lon qilingan respublika mustaqilligi harqalay uning amalga oshishiga umid uyg’otardi. Eng muhim muammolardan biri kadrlar muammosi bo’lib qoldi. Chunki davlat hokimiyati va xo’jalik boshqaruvi muassasalaridagi milliy mutaxassislar soni juda kam edi.

Mahalliylashtirish aslida davlat va xo’jalik apparatiga keng jalb qilish, ish yuritishni mahalliy tillarda olib borishni talab etuvchi masala edi. Lekin amalda ish yuritish rus va O’zbek tillarida olib borildi, borgan sari rus tili ustun bo’la boshladi. Rusiyzabon aholi, ayniqsa, maktab o’qituvchilari va ta-labalarning o’zlari yashab turgan respublika tilini o’rga-nishi rasman shart qilib qo’yilgan bo’lsa ham, lekin bunga amal qilinmadi.

Arab yozuviga asoslangan qadimgi O’zbek yozuvini 1929-yili lotin alifbosi, 1940-yili esa kirill alifbosiga almashtirish ham milliy o’ziga xoslikni bo’g’ish bo’ldi. Bu narsa xalqning boy tarixiy o’tmishidan ajralib qolishiga olib keldi, ma'naviy izchillikka ziyon yetkazdi.

1930-yil oxirida hukumat qarori bilan respublika poytaxti Samarqanddan Toshkentga ko’chirildi.

Respublikaning ijtimoiy-siyosiy hayoti 30-yillarda sovet tartibotining mustahkamlanishi va shaxsga sig’inishning kuchayib borishi sharoitlarida o’tdi. Markaz va joylarda partiya byurokratlar apparati tobora kuchayib bordi.

Respublikaning butun ijtimoiy-siyosiy hayoti kom-munistik partiyaning qattiq nazorati ostida o’tardi. Bu juda murakkab va qiyin davr bo’ldi. 1929-yili o’tkazilgan tozalash natijasida partiya a'zolarining 15,6 foizi uning saflaridan chiqarildi; shu bilan birga, asosan aybsiz odamlar jabr tortdi.

Partiya o’zining rahbarlik rolini kuchayttrish maqsa-dida sovetlar, kasaba uyushmalari, komsomol va boshqa ommaviy tashkilotlarning ishini yangidan tuzishni amal-ga oshirdi. Yalpi jamoalashtirish amalga oshirilishi mu-nosabati bilan qishloq sovetlari va rayon ijroiya komitet-lariga muddatidan ilgari saylovlar o’tkazildi. Qishloq sovetlari kolxoz-sovxoz qurilishida, qishloqning siyosiy va xo’jalik hayotida partiya yo’lini amalga oshiradigan ijrochi organlarga aylanib bordi.

Korxona va xo’jaliklarda partkomlar, sex yacheykalari, guruhlari, boshlang’ich partiya tashkilotlarining tuzilishi, sovet organlari, kasaba uyushmasi, komsomol va boshqa jamoat tashkilotlari ustidan partiya rahbarlik rolining kuchayishi respublika ijtimoiy-siyosiy hayotini mafkuralashtirishning chuqurlashishiga olib keldi.

Maxsus maktablar va kurslar Markazning ko’rsat-malariga muvofiq partiya-sovet apparati kadrlarini tayyorlab berar edi. Respublika davlat mahkamalarining faoliyatini partiya organlari zo’r berib nazorat qilib bordi. Bu davrda sovetlarning vazifalari juda toraytirib qo’yildi. Ular amalda ko’pgina masalalarni hal qilishda mustaqillikdan mahrum bo’lib qoldilar.

1940-yili 600 ming nafardan ko’proq kishini o’z saflariga olgan kasaba uyushmalari qaytadan tuzilib, yiriklashtirildi. Respublika korxonalarida tuzilgan kasaba guruhlari o’zlarining tashkiliy ishlarini sexlar, brigadalar, smenalarga ko’chirib, ishlab chiqarishda ishchilar faol-ligini oshirishga har tomonlama harakat qildilar.

Komsomol ishini qaytadan tuzish ham sanoat-lashtirish va jamoalashtirishga doir partiya yo'1-yo'riq-larini amalga oshirishga qaratilgan edi. Korxonalarda




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa