Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan



Download 1.77 Mb.
bet8/32
Sana11.01.2017
Hajmi1.77 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32

Xajq xo'jaligining ahvoli, iqtisodiy o’zgarishlar. Buxoro respublikasining xo’jaligi sezilarli zarar ko’rib, ziddiyatli ahvolni boshdan kechirdi. Mamlakat hududiga bir necha tomondan bostirib kirgan qo’shinlar ko’p yerlarni vayron qildilar, ayniqsa, poytaxt Buxoro vayron bo’ldi, uy-joy, imorat-larga o’t qo’yildi. Dehqonlarning, boshqa aholi ta-baqalarining mol-mulki, g’alla-doni tortib olindi. Buxoro dehqonlariga yetkazilgan zarar shu qadar katta ediki, yangi hokimiyat 1920-yil sentabrida, to’ntarishdan ikki-uch hafta o’tar-o’tmas «harbiy qismlardan aholi ko’rgan zararni qoplashga» ko’rsatma berdi. Karki shahri va atrofida yashagan turkman aholiga nisbatan «qotilliklar sodir etilgan, ularning uy-joylari buzilgan va yonib ketgan» edi. Ularga ham hukumat noyabr oyida moddiy yordam yubordi.

Qizil qo’shinlar qo’mondonligi mamlakatning turli joylarida, chunonchi, Xatirchi, Qarshi va Shahrisabzda katta boylik, mol-mulklarni qo’lga kiritdilar. Buxoroda Turkkomissiya vakillari buyrug’i bilan xalq mulki bo’lgan xazina oltin va javohirlari, boshqa qimmatbaho boyliklar bir nechta vagonlarga ortilib olib ketildi. Olingan o’lja-lar respublikaga qaytarilmadi. Buxoro respublikasi hududidagi Rossiyaga qarashli zavodlar, boshqa ko’chmas mulklar BXSRga topshirildi. Ikki tomon o’rtasida iqti-sodiy aloqalarni mol ayirboshlash shaklida olib borishga kelishildi. Chunki qog’oz pullar qadrsizlangan, Buxoro zarar ko’rgan edi.

Rossiya BXSR hududidagi temir yo’llarni o’z qo’lida saqladi. Turkkomissiya vakillari respublikada qator ekspropriatsiya va inqilobiy tadbirlarni amalga oshirishga kirishdilar. Hukumatni oziq-ovqat razvyorstkasini joriy qilish, ekin maydonlarini egalaridan tortib olish, vaqflarni yo’q qilishga undadilar. Savdogarlarning 132 tonna paxtasi, boshqa mollar musodara etilib, ularni Rossiyaga olib ketishga harakat qilindi. Ko’p minglik qizil qo’shinlarni oziq-ovqat, yem-xashak bilan ta'min-lash aholi zimmasiga yuklandi. Rossiyaning qadrsizlangan qog’oz pullari muomalaga kiritildi. Tashqi savdoga davlat monopoliyasi joriy qilindi.Respublika xalq xo’jaligi jiddiy qiyinchiliklarga uchradi. Aholi, ayniqsa, dehqonlar, respublika hukumati norozilik bildirdilar. 1920-yil kuzida nozir MLMansurov RSFSR iqtisodiy aloqalarda tenglikka amal qilishi kerak, deb qafiy uqtirdi. F.Xo’jayev Rossiya tashqi savdo bir-lashmasini BXSRdan «hamma narsani olishga, ammo hech narsa bermaslikka qodir...», deb aybladi. Natijada 1922-yil bahorida BXSRga bir qator qurilish materiallari, kerosin, neft, temir mollar, qog’oz, daftar, gugurt, kalishlar olib kelindi.

Respublika hukumati xalq xo’jaligini tiklash choralarini ko’rdi. Bozor munosabatlariga amal qildi, eski soliqlar bekor qilindi. 1922-yil oxirida YalS tamoyillariga o’tish munosabati bilan Buxoro davlat banki tashkil etildi, qo’shma aksionerlik jamiyatlari, 30 ta yirik savdo firmalari, mayda tijoratchilar, davlat savdo tashkiloti, matlubot jamiyati faoliyat ko’rsatdi. Respublika reja qo’mitasi, iqtisodiy kengashi tashkil etildi, byudjet tuzishga kirishildi. Savdogarlarga olingan mollari evaziga 100 oltin so’m berildi.

Dehqonlarning g’alla-don maydonlari kengaytirildi. Paxta bosh komiteti idoralari paxtachilikni rag’bat-lantirish uchun 1923-yil boshida 100 ming pud chigit, 125,3 ming pud g’alla, qoramollar va inventarlarni kre-ditga tarqatdi. Qishloq xo’jalik solig’i joriy etildi, shu bilan birga mahsulot yer solig’i (ushur) va chorvachilik solig’i (zakot) olinar edi. Ko’rilgan choralar xalq xo’jali-gining jonlanishiga olib keldi. 1923-yilda sug’oriladigan yerlar maydoni to’ntarishdan oldingi darajaga yaqinlashib qoldi (92,3 %ni tashkil etdi). Dehqon xo’jaliklari 425 mingtaga yetdi, ularning 300 mingtasi sug’oriladigan yer-larda, 125 mingtasi esa lalmi yerlarda joylashgan edi.

Hunarmandlar bozor talabining to’qqiz qismini ta'minlardilar. Temir yo'1, sanoat korxonalari tiklanib ishga tushirildi. Tashqi savdo kengaydi. 1923/24-xo'jalik yilida BXSR 10,5 mln oltin so’m atrofida chetga mol eksport qildi, 7,5 mln oltin so’m hajmidagi mollar import qilindi.

Respublika hukumati hunarmandlar va chakana tijo-ratchilarni qo’llab-quvvatladi. Davlat savdosi mollariga baland narx qo’yilgani sababli, bunda ham «qaychilash» holati yuz berdi. Matlubot kooperatsiyasi salohiyati hali zaif edi.

1924-yil sentabrida respublika aholisi soni, rasmiy ma'lumotlarga ko’ra, 2 mln 600 mingga tushib qoldi. Shu yil may oyida F.Xo’jayev aholining turmush darajasi pasayganini e'tirof etdi. Hukumat raisining muovini Q.Otaboyev respublika xalq xo’jaligining o’ziga xos tomonlarini qayd etdi, ular byudjet-pul muomalasini yo’lga qo’yishda inobatga olinishi lozim, deb ko’rsatdi.

Xorazm va Buxoro respublikalarining e'lon qilinishi ularning xalqlari hayotida tarixiy voqea bo’ldi. Yangi davlatchilik bu xo’jalik, ijtimoiy, ma'rifiy-madaniy va siyosiy jarayonlarning xalq ommasi, uning ilg’or namoyandalari orzu-istaklari, sa'y-harakatlari va kurashlari qonuniy yakuni sifatida gavdalandi. Demokratik fuqarolik, teng huquqlik va adolatli munosabatlar istiqbolining ochilishi jamiyatga ko’tarinki ruh, asosli umidvorlik kayfiyatini olib kirdi.

Respublikalarning markazlari va joylarda hokimiyat idoralari, boshqarmalarini shakllantirish, ijobiy qonun-qoidalar faollik bilan qo’llab-quvatlandi. Dastlabki 1,5—2 yil davomida liberal-demokratik progressiv Yosh xivaliklar, Yosh buxoroliklarning mavqei va ta'siri xalq ommasi kayfiyati bilan hamohang bo’ldi.

Shu bilan birga, qizil qo’shinlarning respublikalarda qoldirilishi, yevropalik siyosatchilarning ekstremistik xatti-harakatlari ijtimoiy-siyosiy vaziyatga salbiy ta'sir ko’rsatdi. Natijada murakkab, ziddiyatli vaziyatlar yuzaga keldi. g’oyaviy-siyosiy kurash keskinlashdi. Ularning mohiyatini yangi xalq respublikalarining mustaqilligi (suvereniteti) masalasi tashkil qildi.

1. Buxoro respublikasining rahbar organlari, ularda faoliyat

ko’rsatgan arboblarning pozitsiyalari to'g'risida gapirib bering.

2.Buxoro Iqtisodiy Kengashi qachon tuzilgan?

3.BXR ning birinchi rahbari kim ?

1. Respublikadagi g'oyaviy-siyosiy vaziyatning mazmuni,

ishtirokchi doiralari, ularning maqsad-mohiyati

nimalardan iborat bo’lgan?

2.BXR butun musulmonlar qurultoylarini va unda ko’rilgan

masalalarni yoritib bering.

3.Buxoro EKOSO ning birinchi rahbari etib kim

tayinlangan?

1. Xalq xo’jaligining murakkab ahvolga tushishi sabablari

haqida so’zlab bering.

2. Xorazm va Buxoro respublikalaridagi tub siyosiy o’zgarishlar,

konstitutsiyaviy o’zgartirishlarning sanalar jadvalini tuzing.

Ular qanday xulosalarga olib keladi?

MAVZU : BUXORO VA XORAZM RESPUBLIKALARIDAGI QUROLLI KURASHLAR

Reja:

1.Buxoro respublikasida tajovuzkorlarga qarshi qurolli kurash.


2.Qizil armiyaga qarshi harakatining mohiyati va natijalari
3.Xorazmda jang harakat-larining boshlanishi va kengayib borishi

Qizil qo’shinlarning Xorazm va Buxoro mamlakatlari hududlariga tajovuzkorlik bilan bostirib kirishlari davomida qilgan talonchiliklari, zo’rliklari, qon to’kishlari ommaviy noroziliklarni keltirib chiqargan asosiy sabablardan bo’ldi. Bu beboshliklar keyingi davrlarda ham davom etdi. Tajovuzkor qo’shinlarga buyruq bergan, qo’mondonlik qilgan, respublikalar hududlarida qizil askarlar garnizonlarini joylashtirib, ularga tayanib ish yuritgan bolsheviklar, harbiylar xalq boyliklari, mol-mulkini tortib olish, odamlarni qatag’on qilish, inqilobiy o’zgartirishlarni amalga oshirish, milliy qadriyatlarni oyoqosti qilishga boshchilik qildilar. Bu qizil armiyaga qarshi harakatning kengayib, ommaviy tus olishiga olib keldi. Harakatda yerli aholining deyarli barcha qatlamlari, birinchi navbatda dehqonlar qatnashdilar. Bu hol harakat boshliqlari, ularga kelib qo’shilganlarning turli tabaqalarga mansub bo’lgani, noroziliklar, qahr-g’azab, murosasiz janglarga shaylanganlar doiralari ko’lamining nechog’lik keng, o’tkir, shiddatli bo’lganidan dalolat beradi.

Qizil armiyaga qarshi kurash olib borgan guruhlar, shahar va tumanlarda ko’tarilgan qo’zg’olonlar Buxoro respub-likasining barcha — g’arbiy, markaziy, sharqiy qismlari-da boshlanib, ommaviy tus oldi. 1920-yil avgust oyining oxirgi kunida poytaxt Buxorodan ketgan amir Olimxon Sharqiy Buxoroga kelib, katta kuchlar to’pladi, ularning soni 12 ming, keyinroq 25 ming kishiga yetdi, qizil qo’shinlarga qarshi janglar olib borildi.Ibrohimbek (1889—1932), Davlatmandbek va boshqalar kurashga boshchilik qildilar. Jiddiy zarbalarga javoban qizil armiya qo’mondonligi yangi-yangi qismlarni, ko’plab qurol-aslahalarni yetkazib kelib, ishga soldi.

Buxoro respublikasida tajovuzkorlarga qarshi qurolli kurash.1921-yil boshida mag’lubiyatga uchragan amir Olimxon Afg’onistonga o’tib ketdi. Shu yil oktabrida Turkiyaning sobiq harbiy vaziri Anvar Posho (1881— 1922) Buxoro shahriga kelib, biroz muddatdan so’ng mamlakatning sharqiy qismiga jo’naydi va sovetlarga qarshi kuchlarga qo’shiladi. Anvar Poshoning harakatlari bilan Sharqiy Buxoroda birlashgan lashkar bunyod etildi va g’arbcha qo’mondonlik uslubi joriy qilindi. Anvar Posho 1922-yil yozida bo’lgan janglardan birida Baljuvon tepaliklarida shahid bo’ldi.

Mamlakatning markaziy va g’arbiy viloyatlarida ham kurash shiddatli tus oldi. 1920-yil kuzida Boysun, Denov, Sherobod, Sariosiyoda qurolli guruhlar tuzilib, janglar boshlab yubordilar. Dekabrda Qarshi, Shah-risabz, Yakkabog’, Kitob, Chiroqchida qo’zg’olonlar boshlandi, yangi hokimiyat, qizil askarlar garnizonlariga jiddiy talafotlar yetkazildi. Bu joylarga ham qo’shimcha qizil askar qismlari yuborildi.

Qisqa muddat davomida Mulla Abdulqahhor (1884—1924) boshchiligidagi poytaxt Buxoro tumanlarida lashkar to’plandi va jangovar harakatlar olib borildi. Shuningdek, Mulla Abdulqahhor rahbarligida Buxoro, Karmana va Nurotadagi o’nlab guruhlar faoliyat ko’rsatdi. Ularning katta armiyasi 1922-yil mart oyining boshida poytaxt Buxoro shahriga yurish qildi. Ular qizil askarlar bilan shahar atrofida bo’lgan ikki kunlik shiddatli janglardan so’ng Buxoro shahri-ning katta bir qismini egalladilar va bir necha soat mobaynida o’z qo’llarida tutib turdilar. So’ngra sha-har atrofidagi Bahouddin Naqshband ziyoratgohini egalladilar. Ammo zudlik bilan yetib kelgan ko’p sonli qizil askarlar (ular orasida Budyonniyning otliq qo’shini ham bor edi) bilan bo’lgan jangda ular Buxoroi Sharif va Bahcmddin ziyoratgohidan katta qurbonlar berib chekinishga majbur bo’ldilar.

Bu harakatga qarshi kurash qizil armiya va uning qo’mondonligidan katta kuch-g’ayrat talab qildi. Moskva, Toshkent, Buxoroda 1923-yil may-iyun oylari-da o’tkazilgan oliy darajadagi bir qator rasmiy anjuman-larda bu masala eng dolzarb muammo sifatida kun tartibida turdi.

Sovet hukumati butun Turkistondagi qarshilik harakatini tugatish uchun barcha vositalarni ishga soldi. Angliyalik tadqiqotchi Glenda Frezerning yozishicha, «Sovet qo’mondonligi Buxoro respublikasida 1923-yil bahor-kuz fasllarida bo’lgan janglarga 100000 kishilik ulkan armiyasini tashladi».

Mulla Abdulqahhor yigitlari bilan qizil askarlar o’rtasida 1924-yil yozi va kuzida G’ijduvon tumanining G’ishti va Kattag’amxo’r qishloqlarida, Nurota tog’larida, Shofirkon tumaniga tutash Qizilqumning Jilvon qumliklarida, Bog’iafzal va Vardonze qishloqlarida qat-tiq to’qnashuvlar bo’ldi. Kuchlar teng bo’lmagan ushbu janglarda u mag’lubiyatga uchradi. G’arbiy Buxorodagi gurahlarga sezilarli zarba berildi. Mulla Abdulqahhor Qizilqum cho’llarida qizil askarlar bilan bo’lgan to’qnashuvlarning birida 1924-yilning oxirida halok bo’ldi.



Qizil armiyaga qarshi harakatining mohiyati va natijalari. Buxoro respublikasida qizil armiya qismlariga qarshi qa-riyb 5 yil davomida shiddatli jang harakatlari olib borildi.Bu harakat 1924-yilning oxirigacha hozirgi Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida davom etdi. Bu davrda xalqning og’ir ahvoli yanada murakkablashdi.Buxoro mamlakati hududlaridagi qurolli harakat qizil armiya va bolsheviklarning tajovuzkorligi, zo’ra-vonligi va talonchiligiga qarshi qaratilganligi bilan alo-hida ahamiyatga ega. Kurashchilarning asosiy maqsadi qizil qo’shinlarni haydab yuborish, milliy qadriyatlar, asriy e'tiqod va urf-odatlarning poymol qilinishi, xo’rlanishiga barham berish edi. Shu maqsadlar yo’lida kurash olib borish uchun Buxoro respublikasi rahbar-laridan Usmonxo’ja Po’latxo’jayev, Muhiddin Maxsum Xo’jayev, Ali Rizo Afandi, Abdulhamid Oripov, Qulmuhamedov va boshqalar qo’zg’olonchilar saflariga borib qo’shildilar.

Bir guruh harakat yo’lboshchilari Buxoro respublikasi hukumatiga yo’llagan maktublarida Buxoroda bolshe-viklar bo’lmasligi lozimligini, «favqulodda komissiya orqali kambag’al aholining mol-mulki va hayoti tortib» olingan»ligini, «bolsheviklar jabr va zulmni avj oldirib yuborganliklarini va «Buxoroning mustaqilligi quruq so’z bo’lib qolgan»ligini, «haqiqatda undan darak yo'q»ligini ta'kidlagan edilar.

Shu bilan birga, Buxoro hududida kurash olib borgan aksariyat qo’rboshilarning qarashlarida ziddiyatli tomon-lar ham mavjud bo’lgan. Qo’rboshilar o’rtasida o’zaro hamkorlik, hamjihatlikning yo’qligi, mamlakatni rivoj-lantirishning aniq dasturi yo’qligi harakatni kuchsizlan-tirdi, uning kengayishiga halaqit berdi. Bundan tashqari, Buxorodagi harakatning Turkistondan, xususan, Far-g’ona vodiysidagi harakatdan farq qiladigan asosiy tomoni shundan iboratki, ular ikki jabhada turib kurash olib bordilar. Bir guruh qo’rboshilar (Ibrohimbek, Mulla Abdulqahhor va boshqalar) amirlik tuzumi tarafdorlari

bo’lib. tdar faqat qizil armiyaga emas, yosh Buxoro hukumatida ham qarshi kurash olib bordilar. Bu qo’rboshilar^amir hokimiyatini qayta tiklash g’oyasini ilgari surib, sobiq amir Said Olimxondan yo'1-yo'riq olib turdilar. Lekki amir hokimiyati o’z vaqtida xalq noroziligini oshkgan, mamlakat taraqqiyotiga to’sqinlik qilgan edi. Ikkinchi guruh qo’rboshilar (Anvar Posho, Davlatmandbek, Jabborbek va boshqalar) muqaddas Buxoro tuprog’idan qizil askarlarning chiqib ketishi, Buxoro respublikasi mustaqilligi amalda qaror topishi uchun kurashdilar. F.Xo’jayev boshliq Buxoro Xalq Respublikasi hukumati ular bilan yashirin aloqa o’rnatib, muzokara asosida tinchlik yo’li bilan murosa qilishga intildi.Bolsheviklarning tazyiqidan norozi bo’lgan Buxoro hukumati a'zolarining bir qanchasi muxolifat kuchlarga qo’shilib ketdi.

Afsuski, F.Xo’jayev boshchiligidagi Buxoro hukumati tarkibidagi milliy vatanparvar kuchlar (sobiq Yosh bu-xorolik jadidlar) bilan muxolifatdagi qurolli guruhlar yo’lboshchilari o’rtasida kelishuv amalga oshmadi. Bu totalitar rejim sharoitida amalga oshishi mumkin ham emas edi.

Xorazm vohasida bolshevik-lar, qizil armiya kuchlariga qarshi qurolli kurash 1918-yil o’rtalarida boshlanib ketgan edi. Tajovuzkor kuchlar Petro-Aleksandrovsk (hozirgi To'rtko'l)ni Xiva xonligiga qarshi hujum bazasiga aylan-tira boshladilar. Chorjo’ydan Amudaryo orqali harbiy kuchlar keltirildi. Xorazmning o’ng qirg’oq hududi XIX asrning 70-yillarida podsho Rossiyasi tomonidan bosib olinib, harbiy istehkomga aylantirilgan edi. Xorazm sovet hokimiyatidan Petro-Aleksandrovskni qaytarib berishni talab qildi, ammo rad javobini oldi. Aksincha, qizil qo’shinlar shu istehkomdan Xorazm vohasiga bostirib kirib, xon hokimiyatini ag’darib tashlashda foy-dalandilar.



Xorazmda jang harakat-larining boshlanishi va kengayib borishi.Xorazm respublikasida 1920-yil bahoridan boshlab misli ko’rilmagan talonchilik va zo’rliklarga qarshi ommaviy qurolli kurashlar boshlandi. Bunga, ayniqsa, 1920-yilda qizil askarlar tomonidan Urganch aholisi, ulamolari norozilik yig’inining qonli bostirilishi, Qo’chmamadxon boshchiligidagi turkman yigitlarining o’ldirilishi, turkman aholisi ustiga jazo otryadlarining bostirib borishi, 1921-yil boshida Polvonniyoz Hoji Yusupov hukumatining fitna yo’li bilan ag’darilishi, begunoh kishilarning qamalishi, o’ldirilishi, mol-mul-kining talanishi sabab bo’ldi.

Qurolli kurashni turkman yovmut urug’ining boshlig’i Qurbon-Mamed Sardor — Junaidxon (1857—1938) guruhlari boshlab, qator yillar davom ettirdi. Uning qo’shini saflarida O’zbek, qoraqalpoq va qozoqlar ham bor edi. O’zbek dehqonlari va hunarmandlaridan iborat guruhlarga Madraimboy, Sa'dulla bola, Shokir bola, Mavlonbek va boshqalar rahbarlik qildilar. Xususan, Ko’hna Urganch, Ilyali, TosbJiovuz, Mang’it, Qo’shko’pir, Chimboy, Qo’ng’irot va To’rtko’lda harakat qilgan

o’nlab guruhlar qizil askarlarga jiddiy zarba berdi. Junaidxon boshchiligidagi isyonchilar hu-jumga o’tib, Ko’hna Ur-ganch, Xo’jayli, Ilyali va Taxtani qayta egalladi, ko’plab qizil askarlarni asir oldi.

1921-yil yozida Qo’ng’irotda qo’zg’olon ko’ta-rildi. Bunday ko’tarilishlar tez-tez takrorlanib turdi. Rasmiy axborotlarda res-publika hududida, qumlar orasida «kaltamanlar va bosmachilar sonining

o’sishi», ulaniing kuch to’plab jangga kirganlari qayd etilgan. Qishloq va shaharlarning aholisi ularga xayrixohlik bildirgan. 1922—1923-yillarda olib borilgan jangovar harakatlar qizil armiya qo’mondonligini tang ahvolga solibgina qolmay, balki respublikadagi Myosiy muhitga ham jiddiy ta'sir qildi.

Isyonchilar qatoriga mahalliy aholi vakillari, shu-ningdek Xorazm respublikasi hukumatining ayrim a'zolari qo’shildilar.1922-yil aprel oyida Porsu shahri va uning atrofi qizil askarlardan ozod qilindi. Ko’hna Urganch atrofidagi qishloqlarda shiddatli janglar bo’ldi. 1923-yil qishida Pitnak, Hazorasp, Bog’ot, Xonqa tumanlarida dehqon-larning qo’zg’olonlari boshlanib ketdi. Qo’zg’olonchilar sovet tashkilotlarini tugatdilar, qizil askarlarga qarshi hujumni kengaytirdilar.

Harakatning shiddatli o’sib borishiga xunrezlikning kuchayishi, 1923-yil yozidan aholi qator qatlamlariga nisbatan ko’rilgan siyosiy-iqtisodiy tazyiq choralari, ko’plab kishilarning bolsheviklar tomonidan qamoqqa olinishi va otib tashlanishi sabab bo’ldi. Xorazmda ham qizil qo’shinlar qo’mondonlik buyrug’i bilan qishloqlarni vayron qildilar, tinch aholini ayamasdan o’ldirdilar. O’zbeklar bilan turkmanlarni bir-biriga qarshi qo’yish kuchaydi.

Xorazm respublikasida sotsialistik tadbirlarning amal-ga oshirilishi respublika markazida ommaviy noroziliklarni keltirib chiqardi. Xiva atrofida 1924-yil yanvarida 10—15 ming qo’zg’olonchi to’planib, shaharni qamal qilishi, jiddiy talablami ilgari surishi voqealarning cho’qqisi bo’ldi. Qo’zg’olonchilaming bir qismi shahar ichiga bostirib kirib, ko’cha janglarini olib bordi. 26-yanvar kuni kechqurun bo’lgan muhoraba janglari ayniqsa shiddatli kechdi.Qo’zg’olonchilar o’z harakatlari davomida bir qator zo’rliklar va g’ayriinsoniy kirdikorlarning oldini olishga muvaffaq bo’ldilar. Xiva atrofida to’plangan g’alayonchilarning qafiy talabi natijasida gunohsiz qamalgan mah-buslar hibsdan ozod etildilar. Soliqlar va o’lponlar masalasida ham ashaddiy adolatsizlikka, dehijonlarning mollari zo’rliJc bilan tortib olinishiga yo'1 qo’ymadilar.

Xorazmda qureili kurashlar natijasida tajovuzkor qizil qo’shinlarga qator jiddiy zarbalar berildi. Qo’mondonlik yangidan-yangi harbiy qismlarni to’plab, aeroplanlarni Xorazmga keltirib,isyonchilarga qarshi jangga tashladi. Ular orasida Rossiyadagi fuqarolar urushida qatnashgan, jangovar tajribaga ega bo’linmalar, chunonchi, mashhur Budyonniy qo’mondonligi ostidagi sara otliq qo’shin ham bor edi.

Bolsheviklar, qizil armiya qo’mondonligi harakat rahbarlari bilan hech qanday muzokaraga kirishmay, ularni faqat qurol kuchi bilan bostirish rejasiga amal qilib bordilar. Shuningdek, harbiy munofiqlik, aholidan o’ch olishni ham keng qo’yadilar. Respublikada «bosmachi-likka qarshi kurash uchun «favqulodda uchlik» (Tpoйка) tuzilib (1922-yil oxiri), «bosmachilar» va ularga yordam berishda shubha qilingan yuzlab kishilar oliy jazoga hukm qilindilar va 24 soat ichida otib tashlandilar. Shuningdek, turkman qabilalari boshliqlari o’rtasida kelishmovchilik va adovat keltirib chiqardilar, turkmanlar va O’zbeklarni qarama-qarshi qo’yishga urindilar. Respublikada turli millatlar o’rtasida munosabatlar murak-kablashib, jiddiy tus oldi.

Ammo hiyla-nayranglar kutilgan natijani bermadi. Qurolli kuch asosiy vositaga aylandi. Chunonchi, Xiva atrofida bo’lgan 1924-yil boshlaridagi qo’zg’olonni bostirish uchun 4-Aktyubinsk, 82-Turkiston otliq polki va aviaeskadrilya, To’rtko’ldan qo’shimcha qizil askar qismlari tashlandi. Bu kuchlar tazyiqi ostida qo’zg’olon-chilar Xiva qamalini to’xtatib, chekinishga majbur bo’ldilar. Aeroplanlardan qumlarga chekinganlarni shafqatsizlarcha o’qqa tutdilar. Qo’zg’olonchilar ashad-diy qirg’in qilindi.

Xorazmda vatanparvarlar harakati ayrim guruhiar tomonidan 1935-yilgacha davom ettirildi. Buxoro, Xorazm respublikalari, umuman, O’zbekiston hududida-gi sovet hokimiyati va qizil armiyaga qarshi kurashlar tarixiga yakun yasar ekanmiz, ularni keng xalq ommasi, birinchi navbatda dehqonlar qahr-g’azabi, noroziligining yuksak darajaga ko’tarilganligi ifodasi deb e'tirof etishimizga to’g’ri keladi. O’zbekiston XKS raisi F.Xo’jayev 1927-yilda bu harakatga baho berib, u «shiddatli siyosiy, sovetlarga qarshi xususiyat kasb etdi va butun o’rta Osiyoning mavjud uch respublikasi — Buxoro, Turkiston va Xorazmdagi dehqonlar aholisining deyarli ommaviy harakatiga aylandi...», deb ta'kidladi.

Harakatga aloqador bo’lgan umumiy xususiyat bu bosqinchi qizil armiyani, bolsheviklarni vatanimiz hududlaridan olib chiqib ketish talabi edi. Bu talab butun harakat tomonidan ilgari surildi. Keyingi maqsad-larga kelganda ko’pchilik harakat rahnamolari Buxoro va Xorazm mamlakatlarida 1920-yilgacha bo’lgan eski boshqaruv va hokimiyatni tiklashni ko’zladilar. Holbuki, eskilikka qaytish xalq manfaatlari va demokratiyaga zid edi. Albatta, bu hol o’zining salbiy tomonini ko’rsatmay qolmadi. Buxoro, Xorazm respublikalari hukumatlari qurolli muxolifat harakati bilan muzokaralar olib borish, xunrezlikning oldini olish va yangi, demokratik tuzumlarni xalq ommasi manfaatlari zamirida rivojlantirish yo’lida faoliyat ko’rsatdilar. Ammo ko’pchilik harakat boshliqlari dunyoqarashlari tor bo’lganligi uchun ko’p vaziyatda bu hukumatlar bilan murosa qila olmas edilar. Shunga qaramasdan qurolli harakat tarixi sovet hokimi-yati osonlikcha Turkiston zaminida o’rnasha olmaganli-gi haqida guvohlik beradi va xalqimizning bu davrda ham mustaqillikka intilishi, mustabid tuzumga qarshi kurashganligi haqida dalolat beradi.

1. Buxoro va Xorazm respublikalarida qurolli muxolifat harakatlari

boshlanishi sabablari va jarayonlari haqida gapirib bering.

2.Junaidxon haqida nimalar bilasiz?

3. “Favqulodda uchlik”qachon tuzildi?

1. Harakatning xususiyatlari va ikki respublikaga

oid umumiy tomonlarini nimalarda ko’rasiz?

2. Qo'zg'olonchilar saflarida aholining qaysi

qatlamlaridan bo’lgan kishilar ko’proq qatnashganlar,

ularning talab va maqsadlaridagi tafovutlar nimadan iborat edi?


1. Qurolli muxolifat harakatiga munosabat va unga berilgan

baho qanday edi?

2. Siz yashab turgan hududda qaysi qo’rboshilar boshchiligida

istiqlolchi guruhlar harakat qilganligini aniqlang.

3.O’zbek dehqonlari va hunarmandlaridan iborat guruhlarga

kimlar rahbarlik qilganlar?


MAVZU: O’ZBEKISTONDA MADANIYAT, MA'NAVIYAT VA MILLIYLIK UCHUN KURASH

Reja:

1.O’zbekistonda 1917—-1924-yiiiardagi ma'naviy-madaniy

muhitning xususiyatlari.
2. Milliy madaniyat va ziyolilarga nisbatan bolsheviklar

tomonidan o’tkazilgan tazyiqlar.

Hozirgi O’zbekiston hududida podsho hokimiyatining ag’darilishi natijasida madaniy hayot va ma'naviyat sohalarida murakkab, ziddiyatli jarayonlar kechdi. Oldingi qariyb ellik yillik mustamlakachilik siyosatiga qaramasdan xalq ommasi o’z madaniyati, urf-odatlarini saqlab, himoya qilib kelgan. Ko’p asrlik O’zbek milliy madaniyati, qadriyatlari qatori yangi shakllar qaror topdi. Xalq farzandlari maktab va madrasalarda ta'lim olardilar, qo’shimcha yangi usul maktablari, rus-tuzem mak-tablari, gimnaziyalar faoliyat ko’rsatardi. Gazeta va jurnallar, kutubxonalar, turli milliy jamiyatlar, ziyolilar, ma'rifatchilikni rivojlantirdilar. Ko’tarilgan jadidchilik harakati ma'rifatchilik va islohotchilik harakatlarini ken-gaytirib yubordi. Jadidchilik 1917-yilga kelib ijtimoiy va demokratik harakat darajasiga ko’tarildi. Xalq ma'naviyati asos-mohiyatini islom dinining poklantiruvchi-tarbiyaviy aqidalari, milliy urf-odatlarimizning sermazmun va insonparvarlik sifatlari tashkil qildi.

Xalq ommasining madaniy an'analari, ma'rifatchili-gi, ma'naviyati, e'tiqodi, milliy urf-odatlari, san'ati, og’zaki ijodiyoti nihoyat darajada sermazmun, ko’p qir-rali, yuqori insonparvarlik g’oyalari bilan yo’g’rilgan, ko’p asrlik tariximiz mahsuli bo’lib keldi. Og’ir jarohatlar yetkazilgan bo’lishiga qaramasdan milliy imon-e'tiqod va ma'naviyat saqlanib keldi, aholi turmush tarzining asosini tashkil qildi.

Madaniyat va ma'naviyatdagi elimiz oldida turgan yagona yo'1 boy merosimizga tayanib, uni inkor qilmas-dan yangi sharoit vazifalarini belgilash, jamiyatning bar-cha qatlamlari ishtirokida, har birining istak-intilishlari-dan kelib chiqib yuksalish, istiqlol sari harakat qilish bo’lib qoldi. Asriy xalq merosi bilan bir qatorda ilg’or milliy ziyolilar, jumladan, jadidlar yuzaga keltirgan ma'rifatchilik ko’rinishlari bo’lmish maorif, matbuot, badiiy ijod va boshqalarning ahamiyati, qadr-qimmatiga

tayanish, tegishli o’rin berish zarurati ham ko’zga tashlandi. Bu ilg’or qarashlar, milliy mustaqillik va istiqlolga yo’g’rilgan yuksak tuyg’ular ulug’ davlatchilik, kolonial siyosat, feodal-klerikal, konservativ zo’rovonlarga qarshi kurashda chiniqib, kamolotga va yuksaklikka tomon intildi.

Elimizda milliy madaniyatimizni zamonaning ilg’or sivilizatsiyasi, madaniyati, maorifi bilan uyg’unlatib da-vom ettirishga qodir, layoqatli ijodiy kuchlar yetishib chiqqan va yetishib chiqmoqda edi. Xalq ommasining ma'rifatni rivojlantirishga intilib kelgani milliy ziyolilarimizga kuch-quvvat, ilhom bag’ishladi.

Ammo O’zbekiston hududida ma'naviyat va madaniyat 1917-yildan boshlab murakkab vaziyatni boshdan kechirdi, jiddiy to’siqlar va buzg’unchiliklarga uchradi. Turkistonni qizil imperiya koloniyasiga aylantirishga kirishgan bolsheviklar siyosati va amaliyotini xalq ommasi, milliy ziyolilar qabul qilmadilar. Ma'naviyat va madaniyat sohalarida g’oyaviy-siyosiy kurash avj oldi. Xo’jalik vayronaligi va oziq-ovqat diktaturasi, yangi iqtisodiy siyosat va xom ashyoga davlat monopoliyasi, ko’p sonli qizil armiya va davlat idoralari xodimlarining ta'minoti madaniyat, matbuot, maorif sohalarining moddiy ahvoli og’irlashuviga sabab bo’ldi. Bunday og’ir ahvol Tukiston madaniy hayotining 1924-yilgacha bo’lgan davriga xos edi.

Buxoro va Xorazmda 1917— 1920-yillarda madaniyat, maorifning ilg’or zamonaviy shakllarini joriy qilish davom etgan islohotchilik harakatida katta o’rin egalladi. Shuningdek, demokratik o’zgarishlar xalq ma'naviyatini hisobga olib o’tkazilishi idrok etildi. Ammo Buxoroda 1917-yil bahorida konservativ, mutaassib kuchlarning jazavaga kelishi, ayniqsa, 1918-yil martida kolesovchi-likning tajovuzkorligi oqibatida ma'rifatchilik jarayoniga, ilg’or madaniy kuchlarga jiddiy talafot yetkazildi. Jadid deb e'lon qilingan 3 mingga yaqin ilg’or ziyolilar qatl etildi. Xorazmda iqtisodiy ahvolning og’irlashuvi madaniyat va maorifning ahvoliga salbiy ta'sir qildi. Shu bilan birga, xalq ommasining ma'rifatga, axloqiy kamolotga intilishi davom etdi. An'anaviy maktablar, madrasalar, madaniy-ma'rifiy vaqflar faoliyati, o’qimishli-ziyolilar, ijodkor-larning jamiyatdagi faxrli mavqei saqlanib qoldi.

Xorazm va Buxoro respublikalari sharoitida (1920— 1924-yillar) milliy madaniyat va maorifni rivojlantirish, ularni zamonaviy sivilizatsiya shakllari hamda mazmuni bilan boyitib borish bilan yangi hokimiyat sho’balari shug’ullandi. Keng ko’lamda railliy ziyolilarni amaliy faoliyatga jalb qilish imkoniyatlari ko’zga tashlandi. Maorif, madaniyat sohalarida hukumat reja-dasturlarini ishlab chiqish, ularni hayotga tadbiq etish bo’yicha dastlabki qadamlar tashlandi. Ammo bu respublikalarda ham madaniyat, e'tiqod, milliy qadriyatlarga bolshevikcha so'1-ekstremistik tazyiq o’tkazishga jiddiy urinishlar bo’ldi.

Turkistonda, Buxoro, Xorazm respublikalarida 20-yillarning birinchi yarmida bir butun madaniy-ma'rifiy ko’tarilish maydoni vujudga keldi. Shu asnoda xalq ommasi, milliy ziyolilar ishtirokidagi ma'naviy-madaniy jarayon, fikrlar, tajriba almashuvlari odatga aylanib bordi. Bolshevikcha aksilmilliy, umuminsoiy progressiv ma'rifatchilikka dushmanlik bosimlariga qaramasdan 1917—1924-yillarda O’zbekistonning hozirgi hududida madaniy-ma'rifiy turmush jabhalarida yangilanish — yangi shakllar va mazmun vujudga keldi, xalq ma'naviyatida o’z aksini topdi. Milliy ziyolilar, ruhoniylar, yerli rahbarlarning amaliy faoliyatlari borgan sari qattiq ta'qib ostiga olinib, xalq ma'naviyatini boyitish yo’lidagi harakat maydoni torayib bordi.

Xalq ommasi, uning barcha qatlamlari madaniyat va maorif sohalaridagi kolonizatorlik munosabatlariga qarshi kurash olib bordilar. Dehqonlar, hunarmandlar, butun aholi sovet hokimiyati tomonidan bolshevik doiralar ko’rsatmasi bilan amalga oshirilgan masjidlar, madrasalar, vaqflarning buzilishiga qattiq qarshilik ko’rsatdilar, shu bilan birga maktablar, boshqa ma'rifiy maskanlar tashkil etishni jiddiy talab qildilar. 20-yillarning bosh-laridan xalq ommasi bu sohalarga o’z moddiy hissasini qo’shib bordi, ikkinchi tomondan esa hokimiyatning milliy qadriyatlar va ma'naviyat borasidagi inqilobiy maqsadlaridan chekinishga erishildi. Bu rasman «siyosiy yon berishlar» deb nomlandi.

Milliy ziyolilar va arboblarning faoliyati keng amaliy tus oldi, chuqur ijtimoiy-madaniy mazmun kasb etdi. Jadid ziyolilar, ijod ahli bo’lmish Munavvar Qori, Behbudiy, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho’lpon, A. Qodiriy, A. Avloniy, Hamza, G’ozi Yunus, Xurshid (Sh. Sharafitdinov) va boshqalar bilan bir qatorda XX asr bo’sag’asida tug’ilgan iste'dodli yoshlar Mashriq Yunusov (Elbek), Naim Said, Rafiq Mo’min, Mahmud Hodiyev (Botu), Bahrom Haydariy va qator boshqalar madaniyat, maorif sohalarida jonbozlik qildilar, ijtimoiy yo’naltirilgan ijod bilan shug’ullandilar.

Ziyolilar ijodiyoti bilan Turkistonda o’zbek tilida 1917-yilda 7 ta, 1918-yilda 33 ta, 1919-yilda 91 ta, 1920-yilda 118 ta turli kitoblar nashr etildi. Munavvar Qori, Behbudiy maorif tizimini joriy qilish jab-hasida o’lka miqyosida, Toshkent, Samarqand viloyatlarida samarali ishladilar. 1917-yil yozida Fitrat Sa-marqandga kelib, «Hurriyat» gazetasiga muharrir bo’ldi, dolzarb masalalarda maqolalar yozdi. 1918-yilda u Toshkentga keldi, o’qituvchilik qildi, ijtimoiy-ijodiy faoliyat bilan shug’ulllandi.

Fitrat boshchiligida ko’zga ko’ringan adib-ziyolilar tuzgan madaniy-adabiy tashkilot «Chig’atoy gurungi» 1919—1921-yillarda qator ijobiy ishlarni amalga oshirdi. Ayniqsa, til masalalariga ahamiyat berildi. Elbek 1924-yilda o’zining yirik tilshunoslik tadqiqoti — «Lug’at va atamalar» asarini chiqardi. A. Qodiriy 1919-yilda «O't-gan kunlar» romanini boshladi va 1925-yilda yozib tu-gatdi. 1922-yilda chiqqan «O’zbek yosh shoirlari to’plami»dan ijtimoiy mazmundagi asarlar o’rin oldi.

Jiddiy to’siqlarga qara-masdan 1917—1924-yillar-da O’zbekiston ijod ahli, ziyolilari qafiy, chuqur mazmunli faoliyat ko’rsatdilar. Xorazmda Bekjon Rahmonov, boshqa fidoyi ziyolilar samarali raada-niy faoliyat ko’rsatdilar. B.Rahmonov «madrasalar islohoti»ni qat'iy so'1 inqilobiy tezlik bilan o’tkazishni inkor qildi. Mak-tablar, boshqa o’quv yurtlarini ochishga bosh bo’ldi, darsliklar yozdi. Fitrat

ijodiy faoliyatini samarali davom ettirish bilan birga Buxoro respublikasi maorif noziri lavozimida barakali ishladi, ma'rifiy-madaniy tadbirlar o’tkazish, o’quv maskanlarini tashkil qilish, o’qituvcbilar, o’quvchilar, ijod ahliga rahnamolik qilishda qatnashdi.

Xorazm \a Buxoro respublikalarida ziyolilar jadidlik an'analarini davom ettirib, ma'rifiy-madaniy jabhalarda astoydil faoliyat ko’rsatdilar. Milliy ziyolilar, islom dini ruhoniylarining bir qator yig’in va anjumanlari o’tkazil-di. Xalq ommasi yangi sharoitlarda milliy qadriyatlarni saqlab qolish bilan birga, ularga tayanib, yangi shakl va mazmunlarni egallashga intildi.

1917 -yildan Turkistonda, 1920-yildan esa Xorazm va Buxoro respublikalarida bol-sheviklar xalq ommasining madaniyati, an'anlari, ma'-naviyatiga zid bo’lgan siyosat va chora-tadbirlarni o’t-kazishga kirishdilar. o’tmish avlodlar yaratgan obidalar vayron qilindi. Jamiyat hayotining axloqiy tamoyillariga hujum qilindi.




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa