Annotatsiya o„quv qo„llanma «Yer tuzishda loyihalashning avtomatlashgan tizimlari»



Download 1,12 Mb.
bet47/58
Sana23.03.2022
Hajmi1,12 Mb.
#506701
TuriУчебное пособие
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   58
Bog'liq
2 bob

Identifikatsiya bosqichi bo’lg’usi ET yechishi kerak bo’lgan masalalarni tushunish va unga qo’yiladigan talablarni shakllantirish bilan bog’liq.
Ushbu bosqichda tizim nima qiladi va qanday resurslardan foydalanish kerak degan savolga javob olish kerak (masalani identifikatsiyalash, loyihalash jarayoni ishtirokchilarini va ularning o’rnini aniqlash, resurslar va maqsadlarni ko’rsatish).
Masalani identifikatsiyalash uning shaklsiz (verbal) bayonnomasini tuzishdan iborat bo’lib, unda quyidagilar ko’rsatiladi: masalaning umumiy tavsifi; uning ichida ajratiladigan bo’lak masalalar; kalitli tushunchalar (obyektlar), ularning kiruvchi va chiquvchi o’lchamlari; yechimning taxminiy ko’rinishi hamda yechilayotgan masalaga tegishli bilimlar.
Kontseptualizatsiya bosqichida muammoli soha mazmunli taxlil qilinadi, foydalaniladigan tushunchalar va ularning o’zaro aloqalari ko’rsatiladi, masalani yechish usullari aniqlanadi. U bilim sohasining o’z ichiga asosiy qoidalar va munosabatlarni oladigan modelini yaratish bilan yakunlanadi. Bu bosqichda masalaning quyidagi xususiyatlari aniqlanadi: foydalaniladigan ma’lumotlar turla- ri; boshlang’ich va chiqariladigan ma’lumotlar, umumiy masalaning ichki masala- lari; foydalaniladigan strategiyalar va gipotezalar; obyektlar orasidagi o’zaro aloqa-lar turlari; foydalaniladigan munosabatlar turlari (iyerarxiya, sabab-oqibat, bo’lak-butun va sh.o’.); yechish davrida foydalaniladigan jarayonlar; yechishni bajarish uchun zarur bilimlar tarkibi; yechish davrida foydalaniladigan
jarayonlarga qo’yi-ladigan cheklashlar turlari; qabul qilingan yechimlarni asoslash uchun foydalanila-digan bilimlar tarkibi.
Formalizatsiya bosqichida barcha kalitli tushunchalar va munosabatlar qandaydir formallashtirilgan tilda bayon etiladi, u yoki mavjud tillar orasidan tanlanadi, yoki yangidan yaratiladi. Boshqacha aytganda, ET masalasini tanlangan formal tilda yechish bayonini shakllantirish asosida, deklarativ va protsedura bilimlarini taqdim etish usullari va ko’rsatish vositalari tarkibi aniqlanadi. Xususan, bilimlarni taqdim etish usullari (Freymalar, sahnalar, semantik tizim va sh.o’.), ularni manipulyatsiyalash usullari (mantiqiy xulosa, analitik model, statistik model va boshq.) va ularni interpretatsiyalash ko’rsatiladi.
Professional bilimlarni formallashtirishning asosiy muammolaridan biri to’la yoki qisman bajarilishi mutaxassis bo’lmagan ijrochiga yuklanishi mumkin bo’lgan masalani aniqlashdir.
Ekspert tizimlarida yechiladigan masalalarning formallashtirilganligi, ETlarning tugallangan nazariyasi va ularni loyihalashning metodologiyasi yo’qligi, loyihalash jarayonida, ishlab chiqaruvchilarning ushbu muammoli soha to’g’risidagi bilimlari ko’payishiga qarab, ETlarni yaratish tamoyillari va usullarini takomillashtirish zaruratiga olib keladi. Akademik G.S. Pospelov aytganidek
«ekspert tizimlarini yaratish oddiy buyurtmachi - bajaruvchi tizimi bo’yicha borishi mumkin emas... Buning mumkin emasligiga sabab, aniq ekspert tizimi to’ldirilishi kerak bo’lgan bilimlar bajaruvchida emas, balki buyurtmachidadir.»
Professional bilimlarni formallashtirish - bu yuqori malakali mutaxassislar tajribasini umumlashtirish, loyihaviy masalalarni yechish usullarini va ularning cheklashlarini umum qabul qilingan texnologik bayonlash qoidalari bo’yicha rasmiylashtirishdir. Shunday bayonnomalarni tayyorlash imkoniyatidan kelib chi- qib, loyihaviy masalani yaxshi va kam formallashtirilgan turlarga bo’lish mumkin.
Yaxshi formallashgan deb shunday masalalarga aytiladiki, ular yechilishining ketma-ketligi tartibi shunchalik to’la va tushunarli yozilganligi sa- babli, umuman mutaxassis bo’lmagan bajaruvchi ham ushbu bayonnomadan foy- dalanib, malakali mutaxassis ishtirokisiz, qanoatlanarli yechimni olish imkoniyati- ga ega bo’ladi. Bunda yechim shakli va mazmuni bo’yicha faqat aytilgan bayon- nomaga va boshlang’ich ma’lumotlarga bog’liq bo’ladi (yaxshi formallashtirilgan loyihaviy yechimning tipik namunasi-injenerlik va texnik-iqtisodiy hisoblashlar).

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish