MUNDARIJA
KIRISH
|
5
|
I-BOB. YER TUZISHNI LOYIHALASHNING AVTOMATLASHGAN TIZIMI VA UNING YER TUZISH TIZIMIDAGI O’RNI
|
|
1.1. Yer tuzishni loyihalashni avtomatlashtirishning muammolari
|
6
|
1.2. Yer tuzishni loyihalashda avtomatlashgan tizimlar (YTLAT) tushunchasi, uning maqsadi va avtomatlashtirish obyekti
|
8
|
1.3. YTLATning ahamiyati, o’rni va vazifalari
|
11
|
II-BOB. YER TUZISHNI AVTOMATLASHTIRISHNING HOZIRGI HOLATI
|
|
2.1. Yer tuzishni avtomatlashtirish tizimlarining dasturiy ta’minoti
|
16
|
2.2. Geografik axborot tizimlari
|
20
|
2.3. Yer axborot tizimlari va ulardan yer tuzish ishlarini o’tkazishda foydalanish
|
28
|
III-BOB. YTLATNI YARATISHNING ASOSIY TAMOYILLARI
|
|
3.1. YTLAT funktsional tarkibining umumlashtirilgan axborot-mantiqiy modeli
|
32
|
3.2. Texnik vositalar va dasturiy ta’minot klassifikatsiyasi
|
35
|
3.3. YTLATni yaratishning kontseptual qoidalari
|
38
|
IV -BOB. YTLAT TIZIMINI VA ELEMENTLARINI LOYIHALASHGA QO’YILADIGAN ASOSIY TALABLAR
|
|
4.1. Avtomatlashgan tarzdagi yer tuzishni loyihalashning umumiy texnologik chizmasi
|
52
|
4.2. Grafikaviy tahrirchi - YTLATning tarkibiy qismi sifatida
|
58
|
4.3. Chiziqli va konturli obyektlarning maydonlarini hisoblash
|
61
|
4.4. Boshlang’ich va natijaviy ma’lumotlarni chiqarish uchun shakllar
|
64
|
4.5. Ma’lumotlarni himoya qilish
|
66
|
V-BOB. YTLATNING ASOSIY ELEMENTLARI TARKIBI VA VAZIFALARI
|
|
5.1. YTLATning umumlashtirilgan blok-chizmasi
|
68
|
5.2. Boshqarishning muloqatli tizimi
|
69
|
5.3. Loyihachini metodologik qo’llab quvvatlash
|
70
|
5.4. Grafikaviy va atributiv (xususiy) ma’lumotlarni kiritish va o’zgartirish
|
70
|
5.5. Loyihalavchi pastki tizimlar
|
72
|
5.6. Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banki
|
75
|
5.7. Grafikaviy materiallarga va u bilan bog’liq o’lchamlarga analitik ishlov berish
|
77
|
5.8. So’rov - ma’lumot xizmati tizimi
|
79
|
5.9. Ijodiy vazifalarni modellashtirish
|
79
|
VI-BOB. YTLATDA GRAFIKA VA GAT
|
|
6.1. Umumiy qoidalar
|
83
|
6.2. Grafikaviy texnologiyalar
|
84
|
6.3. Grafikaviy ishchi stantsiyalar
|
87
|
6.4. Grafikaviy ma’lumotlarni kiritish
|
90
|
6.5. Grafikaviy formatlar
|
94
|
6.6. Skanerlangan tasvirlarni vektorlash va gibrid tahrirlash uchun dasturiy vositalar
|
97
|
6.7. Grafikaviy ma’lumotlarni chiqarish
|
100
|
VII - BOB. YER TUZISH HISOBLASHLARINI AVTOMATLASHTIRISH
|
|
7.1.Asosiy tamoyillar
|
106
|
7.2. Avtomatlashtirilgan yer tuzish hisoblashlari tizimi va vositalari
|
109
|
7.3. YETLIATning samaradorligi
|
116
|
7.4. YETLIAT va GAT ni joriy etishning iqtisodiy samarasini hisoblash metodikasi
|
118
|
VIII -BOB. YER TUZISHDA EKSPERT TIZIMLARI
|
|
8.1. Ekspert tizimlarining tarkibi va imkoniyatlari
|
121
|
8.2. Yer tuzish LIAT va GAT larida ekspert tizimlaridan foydalanish kelajagi....
|
128
|
IX- BOB. «PANORAMA» GEOAXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN YER TUZISH VA YER KADASTRI ISHLARINI AVTOMATLASHTIRISHDA FOYDALANISH
|
|
9.1. «PANORAMA» majmuasi tarkibi
|
133
|
9.2. Dasturni kompyuterga o’rnatish va foydalanish tartibi
|
134
|
9.3. «PANORAMA» geoaxborot texnologiyalaridan yer tuzish va yer kadastri ishlarini avtomatlashtirishda foydalanish bo’yicha misollar
|
135
|
Glossariy
|
141
|
Adabiyotlar
|
147
|
KIRISH
Ma’lumki, qishloq xo„jalik tarmog„i mamlakatimiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga, qayta ishlash sanoati tarmoqlarining esa xom ashyoga bo„lgan talabini qondirish bilan birga, eksport salohiyatini mustahkamlashning istiqbolli manbalaridan biri sanaladi. Qishloq xo„jaligini rivojlantirish masalasi respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim ustuvor yo„nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Mustaqillik yillarida qishloq xo„jaligini isloh qilish bo„yicha juda ulkan ishlar amalga oshirildi. Ishlab chiqarishga yangi texnika va ilg„or texnologiyalarni joriy etish ishlari yildan-yilga jadallashib, cheklangan yer va suv resurslaridan, kapitaldan va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi yuksalmoqda [1].
Respublikamiz yer resurslaridan foydalanish samaradorligini, qishloq xo„jaligi yerlari unumdorligini oshirish, shuningdek, soha faoliyatini takomillashtirish va uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida O„zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora- tadbirlari to„g„risida»gi Farmoni va O„zbekiston Respublikasi Prezidentining «O„zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo„mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish to„g„risida»gi qarori qabul qilindi. Qabul qilingan hujjatlarda O„zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo„mitasining asosiy vazifalari hamda faoliyat yo„nalishlari sifatida “tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish bo„yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish bilan bir qatorda sohaga zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish” kerakligi belgilangan [2].
I - BOB.YER TUZISHNI LOYIHALASHNING AVTOMATLASHGAN
TIZIMI VA UNING YER TUZISH TIZIMIDAGI O’RNI
Avtomatlashgan tizimda yer tuzish loyihalarini ishlash muammolari
Respublikada aholi sonining to„xtovsiz o„sib borishi oziq ovqat mahsulotlariga va xalq iste’mol mollariga bo„lgan talab-ning doimiy oshib borishiga olib keladi. Bu talabni qishloq xo„jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni muntazam ko„paytirib borish, ularning sifatini yaxshilash va turlarini ko„paytirish evaziga qondirish mumkin. Agar respublikamizda qishloq xo„jaligida asosiy ishlab chiqarish vositalari bo„lgan er va suv resurslarining cheklanganligini hisobga olsak, qishloq xo„jalik mahsulotlarini muntazam ko„paytirib borishning yagona yo„li qishloq xo„jaligini intensiv rivojlantirish va uni industrial asosga o„tkazish bo„lib qoladi. Erdan samarali foydalanishni tashkil qilish, tuproq unumdorligini doimiy oshirib borish, dehqonchilik madaniyatini ko„tarish, ilm-fan va texnika yutuqlaridan foydalanishga sturlioit yaratish, erni va atrof muxitni qo„riqlash hozirgi vaqtda er tuzishning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Ma’lumki, yer va suv qishloq xo„jaligida asosiy ishlab chiqarish vositalari bo„lishi bilan bir qatorda ulardan foydalanishning o„ziga xos tomonlari ham bor. Ishlab chiqariladigan mahsulotning miqdori, sifati va tannarxi asosan qishloq xo„jalik korxonasidagi erning maydoniga, unumdorligiga, er turlari tarkibiga, shakliga, yo„l va tashqi aloqa manzillariga nisbatan joylashgan o„rniga bog„luq. SHuning uchun ham, yer tuzish loyihalari qishloq xo„jalik korxonalari hududlarining tashkil topishida, tartibga solinishida va takomillashishida juda katta ahamiyatga ega.
Yer tuzish jarayoning asosiy bo’g’ini yer tuzishni loyihalash hisoblanib, uning asosiy maqsadi yerdan foydalanishda, yerlarni berish va qaytarib olish, sotish- olishda ulardan samarali foydalanishni tashkil etish va muhofazalashda tartib o’rnatishdan iborat bo’lib, bunga quyidagi yer tuzish ishlarini bajarish orqali erishiladi:
tuman yer tuzish chizmalaridagi istiqbolga mo„ljallangan va loyiha oldi hisoblashlari;
xo’jaliklararo va xo’jalikda ichki yer tuzish loyihalarini ishlash;
yer tuzish tadbirlarini amalga oshirish uchun ishlanadigan ishchi loyihalarni tayyorlash;
loyihalarni joyiga ko’chirish va ularning amalga oshirilishi ustidan mualliflik nazorati.
Respublikamiz mustaqillikka erishib, bozor iqtisodiyotiga o’tish bo’yicha iqtisodiy islohotlarni boshlab yuborishi bilan bog’liq agrar sohada yuz berayotgan o’zgarishlar, yer tuzish ishlari hajmini keskin oshirib yubordi. Bu davrda yer tuzishning axborot ta’minoti o’sishi uning sifat jihatdan takomillashishi zaruratini keltirib chiqardi. Yer tuzish bilan bog’liq loyiha qidiruv ishlarining hajmi ham yangi tashkil bo’layotgan va qayta tuzilayotgan xo’jaliklar, fuqarolarga va boshqa maqsadlar uchun yer ajratish loyihalarini ishlash hisobiga keskin oshdi.
Mavjud ananaviy usullar va vositalar bilan ishlayotgan yer tuzish xizmati bu vazifalarni tez bajarish imkoniyatiga ega bo’lmay qoldi. Loyihalash ishlarini tezlashtirish zaruriyati bir tomondan, yer tuzuvchi plan - xarita, yer kadastri me’yoriy va boshqa ma’lumotlarni olish, ularni tahlil qilish va loyihalashda foydalanish vaqtidan to joylarda yer ajratish va yerga bo’lgan egalik qilish yoki foydalanish huquklarini tasdiqlovchi yer tuzish hujjatlarini berishgacha bo’lgan vaqtni keskin qisqartirishni talab etsa, ikkinchi tomondan, yer tuzish ishlarining sifatiga, yerni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni tashkil etish bo’yicha optimal yechimlarni topishga qo’yiladigan talabni oshiradi.
Loyihalash bilan bog’liq masalalarni yechish katta hajmdagi xo’jalikni miqdor va sifat jihatidan tavsiflovchi, hamda baho va huquqiy ma’lumotlarni o’rganish dinamikasini tahlil qilish, yer monitoringini olib borish, iqtisodiy, ekologik va boshqa vaziyatlarni modellashtirish bilan bog’liq. Shu maqsadda turli xil usullardan foydalaniladi: iqtisodiy-matematik modellash; tarmoqli loyihalash; matematik dasturlash; o’yinlar nazariyasi, optimal strategiyani tanlash usullari va boshq. Ulardan foydalanish uchun yer tuzish muammolarini, boshlang’ich va me’yoriy ma’lumotlarni, yer tuzish masalalarini qo’yishga noananaviy yondashuvni, ilmiy asosda tashkil etishni chuqur o’rganish zarur.
Yer tuzuvchining ish unumdorligini oshirish va loyiha-qidiruv ishlarining sifatini yaxshilash, faqat yangi informatsion texnologiyalar, yer tuzish ishlarini kompyuter texnikasidan va zamonaviy dasturiy ta’minotdan foydalanish asosidagina mumkin. Zamonaviy texnologiyalar, faqat ekspertlarning bahosiga asoslangan ananaviy usullardan farqli ravishda rejalash, hisobga olish, tahlil qilish va loyihalash masalalarining yangi darajadagi kompleks yechimini olish imkoniyatini beradi. Bu texnologiyalar loyihani ishlash muddatini qisqartirish, loyihalarning sifatini yuqori ko’tarish, loyihachilar ishini yengillatish, ularni zerikarli yarim mexanik tarzdagi ishlardan qutqarish, imkoniyatlarini loyihaning ijodiy qismiga ko’proq qaratish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari zamonaviy kompyuter texnikasi nafaqat texnik-iqtisodiy masalalarni sifatliroq yechish, balki iqtisodiy-matematik usullar va modellardan yer resurslarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish bo’yicha tadbirlarni bashoratlash, rejalash va loyihalashda erkin foydalanish imkonini yaratadi.
Iqtisodiy-matematik usullar loyihalash tehnologiyalariga kiritilsa va kompyuterlarda yechilsa, loyihaviy yechimlarda sub’ektivizmdan saqlanish bilan bir qatorda ko’p variantli yechimlarni tahlil qilish va optimal yechimni topish imkonini beradi.
Bugungi kunda ishlab chiqarishda va ilmiy izlanishlarda avtomatlashtirish vositalaridan va kompyuter texnologiyalaridan, turli xil dasturiy maxsulotlardan foydalanish odatiy tusga kirmoqda. Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, yer tuzishda avtomatlashgan tizimlar, faqat rejalash, hisob, tahlil, loyihalash va tartibga solish masalalari birgalikda (ma’lumolarni yig’ishdan yechimni olishgacha) yechilsagina, yaxshi samara beradi. Masalan, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi faoliyati yagona kompleks matematik model bilan ifodalanishi va uning asosida xususiy modellar ishlanishi, yer tuzishni loyihalash masalalari qo’yilishi va yechilishi kerak. Bunga esa o’z navbatida, loyihaviy yechimlarni asoslashga tizimli yondashuv yordamida erishiladi.
Yer tuzishni loyihalashda avtomatlashgan tizimlar (YTLAT) tushunchasi, uning maqsadi va avtomatlashtirish obyekti
Murakkab tizimlarni yaratish va foydalanish hamda ularni avtomatlashtirish nazariyasidan kelib chiqib, prof.S.N.Volkov YTLAT ga quyidagi ta’rifni bergan: “YTLAT- bu loyiha tashkiloti bo’limlari bilan o’zaro bog’liq holda, loyiha- lash ishlarini avtomatik tartibda EHM larda bajaradigan, loyihalashni avtomatlashtirish vositalari majmuidan iborat tashkiliy-texnik tizimdir” [SAZPR]. U optimallash masalalarini modellashtirish va yechish asosida ko’p yechimli loyihalash usullaridan foydalanish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish hisobiga, yer tuzishdagi loyiha-qidiruv ishlari sifatini yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish, mehnat sarfini kamaytirish va loyihalash muddatini qisqartirishga qaratilgan.
YTLAT tarkibiga quyidagilardan iborat bo„ladi (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |