Annotatsiya o„quv qo„llanma «Yer tuzishda loyihalashning avtomatlashgan tizimlari»



Download 1,12 Mb.
bet3/58
Sana23.03.2022
Hajmi1,12 Mb.
#506701
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
2 bob

EHM va unga

vositalar majmui

loyihalash ui still an

vs dastur ash

mahsu otlan

jarayonini

tashki etish va

YTLAT

tarkibiga

kiruvchi

qismlar

ulanadigan texnik

Loyihani ishlash

ketma-ket bajarish

ma’lu mot I ar, natijalar va hujjatlarni o‘z ichicja oluvchi bank


1-rasm. ETLAT tarkibi
Yer tuzish bo’yicha loyiha tashkilotlarida YTLAT dan foydalanish personal EHM larda yoki ularning lokal tarmoqlarida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq xisoblanadi. Bunda kompyuterlarga ulanadigan qo’shimcha qurilmalardan (digitayzer, plotter, skaner va boshq.) foydalaniladi. Bu tizimning birlamchi elementi - yer tuzuvchi-loyihachining avtomatlashtirilgan ishchi o’rni hisoblanadi.
YTLAT ni yaratishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yerlardan oqilona foydanish va ularni muhofaza qilish masalalarini, loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish hisobiga qabul qilinadigan yechimlarni olishning tezkorligini oshirish, ular sifatini yaxshilash va mehnat sarfini kamaytirish imkonini beradigan, sifat jihatdan yuqori darajada ma’lumotlarni olish, tahlil qilish va optimallashtirish texnologiyalarini qo’llash hisobiga, yechishdan iborat.
Avtomatlashgan tizimga o‘tkazish obyekti sifatida yer tuzishni loyihalash jarayonlari, ma’lumotlarni yig’ish va tahlil qilish, loyihaviy yechimlarni asoslash, loyihaviy hujjatlarni shakllantirish masalalari qabul qilingan.
YTLAT yer tuzish bo’yicha loyiha-qidiruv tashkilotlarida mehnatni ilmiy asosda tashkil etishni ta’minlashga, loyihaviy hisoblashlarni avtomatlashtirishga, xo’jaliklararo va xo’jalikda ichki yer tuzish loyihalarini va ishchi loyihalarni tuzish hamda loyihalarning hayotga tadbiq etilishi ustidan mualliflik nazoratini amalga oshirishga, qabul qilingan yechimlarning kelib chiqishi mumkin bo’lgan oqibatlarini tahlil qilishga xizmat qiladi.
YTLAT ni amaliy yaratishda yer - ishlab chiqarish - aholi - ekologiya tizimidagi o’zaro bog’liqlikni tavsiflovchi ko’rsatkichlar va o’zaro aloqalar tizimini to’g’ri belgilash hamda YTLAT qo’shni yoki funktsional bog’langan yuqori darajadagi boshqa avtomatlashgan tizimlar bilan aloqalarini hisobga olish zarur.
Yer tuzish juda murakkab jarayon bo’lib, yer tuzish loyihalari doimiy o’zgarib turuvchi: ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish, yerlardan oqilona, samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog’liq juda ko’p yozma va chizma hujjatlardan iborat bo’ladi. Shu sababli, yer tuzishni loyihalash bir martalik yoki davriy xarakat bo’lmay, balki, loyihani ishlash, takomillashtirish va amalga oshirish bilan bog’liq to’xtovsiz jarayondir. Demak YTLAT ham yer egaliklari va yerdan foydalanichilarni tashkil etish jarayonini tartibga soluvchi umumiy davlat tizimi bilan ajralmas bog’langan doimiy xarakatdagi va rivojlanishdagi avtomatlashgan tizim sifatida tashkil etilishi kerak.
Yer tuzishni loyihalash jarayonining yana bir o’ziga xos tomoni shundaki, u juda murakkab bo’lib, unda ko’p raqamli muqobil yechimlarni, o’zaro aloqalarni miqdor va sifat jihatdan hisobga olishga to’g’ri keladi. O’zaro sifatiy aloqalarni raqamli ta’riflash qiyin bo’lganligi sababli, YTLAT inson -mashina tizimi shaklida yaratilishi maqsadga muvofiq. Bu tizimda sifatiy (raqamlarda ifodalash mumkin bo’lmagan) ma’lumotlarni tayyorlash va yechimni qabul qilish jarayoni to’g’ridan-to’g’ri yuqori malakali mutaxassis tomonidan, raqamli ma’lumotlarni yig’ish, saqlash, yangilash va berish, hisoblash operatsiyalarining mos texnik vositalaridan foydalanilgan holda, kompyuter dasturlari yordamida bajarilishi kerak.

    1. YTLATning ahamiyati, o’rni va vazifalari

Yer tuzish loyihalarini ishlash, yer tuzish ishlarining asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. Undan tashqari bu tarkibga quyidagilar ham kiradi :

  • davlat yer kadastri, monitoringi va yerlarni baholash ishlarini olib borish. Ularning ma’lumotlari yer resurslarini boshqarish bo’yicha qarorlar qabul qilishda axborot asosi sifatida xizmat qiladi;

  • plan-xarita materiallarini yaratish va yangilash, yer tuzish va yer kadastri ishlarini bajarish uchun zarur maxsus izlanish va qidiruvlarni o’tkazish;

  • yer tuzish va yer kadastri uchun zarur topografik-geodezik ishlarni bajarish;

  • yer resurslaridan foydalanishni rejalash va bashoratlash;

  • yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo’yicha davlat dasturlarini ishlash va amalga oshirish;

  • yer tuzish loyihalari asosida yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishni tashkil etish;

  • yer munosabatlarini tartibga solishning huquqiy va iqtisodiy mexanizmlari vazifalarini amalga oshirish;

  • yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini olib borish.

Yer tuzish xizmatining ishi va unda yaratiladigan avtomatlashtirilgan tizimlarning samaradorligi barcha yuqorida sanab o’tilgan vazifalar birgalikda yechilsagina yuqori bo’ladi.
Iqtisodiy islohotlar o’tkazilayotgan yangi sturlioitda yer tuzish xizmatining vazifalari doirasi keskin kengaydi. Bu esa o’z navbatida bir biri bilan aloqador, ko’p bosqichli tarkibga ega va nafaqat ichki foydalanuvchilar, balki tashqi standart va nostandart so’rovlar uchun ham ochiq avtomatlashgan tizimlarni yaratish zaruratini tug’diradi. Bunday avtomatlashgan tizimlar 2-rasmda keltirilgan.

2-rasm.YTLAT bilan bevosita bog’liq avtomatlashgan tizimlar

Bu bo’linishdagi ayrim tizimlar boshqa tizimlar tarkibiga kirishi ham mumkin (masalan TGMIBAT YEKAT tarkibiga kirishi mumkin). Biroq ularning asosiy funktsional vazifalari (1-rasm) ularning yuqori tizim tarkibida ham yetarli darajada mustaqil ishlash imkonini beradi. TGMIBAT ma’lumotlarni elektron taxeometrlar, yer yo’ldoshlari tizimlari, digitayzerlar, skanerlar, an’anaviy usullar
va vositalardan foydalanib, aerotasvirgeodezik va yerda tasvirga olish usullari yordamida olishga mo’ljallangan. Uning yordamida olingan obyekt to’g’risidagi ma’lumotlar asosida topografogeodezik ma’lumotlar banki yaratiladi.

3-rasm. Yer resurslarini boshqarishda qo’llaniladigan avtomatlashgan tizimlar
Kartografik ma’lumotlarga ishlov berish tizimi (KMIBAT) kartografik materiallarning raqamli ma’lumotlarga aylantirish va hududning raqamli modelini yaratish, yaratilgan yoki boshqa tizimlardagi hududning raqamli modellaridan kartalarni tuzishda, ularni ko’paytirishda grafikaviy tahrirlashda foydalanish uchun qo’llaniladi.
Yer kadastrining avtomatlashtirilgan tizimi (YEKAT) yer uchastkalarining son va sifat tavsiflari bo’yicha ma’lumotlarni o’zida mujassamlaydi va yer hisobini olib borishga, yer egaliklari va yerdan foydalanishlarni ro’yxatga olishga, tuproq bonitirovkasini o’tkazishga, yerlarni baholashga, yerlardan foydalanish ustidan nazoratni olib borishga va davlat organlarini yer munosabatlarini huquqiy tartibga solish, iqtisodiy ta’sir va rag’batlantirish usullaridan foydalanishlari uchun axborot bilan ta’minlashga qaratilgan.
RETHAT yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni rejalash va bashoratlashga, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish sohasidagi maqsadli davlat dasturlarini ishlashga, yer munosabatlarini tartibga solishning iqtisodiy mexanizmini joriy etishga, standart va nostandart so’rovlarni ma’lumotlar bilan ta’minlashga qaratilgan.
YTLAT esa yer tuzish masalalarini yechishning asosiy tizimi bo’lib, u xo’jaliklararo va xo’jalikda ichki yer tuzish ishlarini bajarishda, ishchi loyihalarni amalga oshirish ustidan mualliflik nazoratida foydalaniladi.
3-rasmda keltirilgan tizimlar orasidagi aloqalarni va yangi bozor iqtisodiyoti sturlioitidagi yer tuzish ishlari mazmunini tahlil qilish «O’zbekiston yer resurlarini boshqarish» super tizimining modelini yaratish mumkinligini ko’rsatadi va ushbu super tizim tarkibida YTLAT ning o’rnini aniqlaydi (4 rasm).
Yer tuzishni loyihalash ishlari bilan «O’zdaverloyiha» instituti va uning viloyatlardagi bo’linmalari shug’ullanishlarini hisobga olib YTLAT ni ushbu institutda va uning viloyat bo’linmalarida tashkil etish maqsadga muvofiqdir.


4-rasm. Davlat yer resurslarini boshqarishning avtomatlashgan tizimi tarkibida YTLAT
Nazorat savollari va topshiriqlar

  1. Yer tuzish amaliyotiga avtomatlashtirish vositalarini joriy etish sabablari nimalarda namayon bo’ladi?

  2. Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining yer tuzish amaliyotida qo’llaniladigan an’anaviy usullardan ustunligi nimalarda namayon bo’ladi?

  3. YTLAT ni yaratishning dolzarbligini asoslab bering.

  4. YTLAT tushunchasi nimani anglatadi?

  5. Yer tuzishda avtomatlashtirish obyekti nima hisoblanadi?

  6. YTLAT qanday maqsadlarga mo’ljallangan?

  7. YTLATni joriy etish yer tuzish sohasida qanday ishlab chiqarish masalalarini samarali yechish imkonini beradi?

  8. Yer tuzishda loyihalashning avtomatlashgan tizimlarning o’rni va ahamiyatini tushuntiring?

  9. Mamlakatimiz yer tuzish xizmatining asosiy vazifalarini sanab bering.

  10. Mamlakatimiz yer resurslarini boshqarishning avtomatlashgan tizimida YTLAT ning o’rnini aniqlang.

  11. YTLAT qanday vazifalarni bajaradi?


Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish