Annotatsiya o„quv qo„llanma «Yer tuzishda loyihalashning avtomatlashgan tizimlari»



Download 1,12 Mb.
bet9/58
Sana23.03.2022
Hajmi1,12 Mb.
#506701
TuriУчебное пособие
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58
Bog'liq
2 bob

Ma’lumotlar qatlami - bu maxsus ma’lumotlar to’plami bo’lib, ma’lum maqsadga mo’ljallangan va mos mazmunga ega. Ular yordamida turli xil maxsus vazifalarni yechish, mavzuli xaritalarni tuzish, turli xil resurslardan foydalanish bilan bog’liq loyihalarni ishlash mumkin, foydalanuvchi manfaatlariga mos tarzda qatlamlar kompyuter ekraniga turli xil ko’rinishlarda chiqarilishi, birlashtirilishi, plotterlarga chop etilishi mumkin.
YAT qatlamlari tarkibining chizma ko’rinishi 7- rasmda keltirilgan.


  1. 7-rasm. ЕАТ ma’lumot- lari qatlamlari
    .Ma’lumotlar qatlami “Tayanch nuqtalari (rejaviy va balandlikli)” YAT ning boshqa ma’lumot qatlamlari uchun hamda boshqa koordinatalarga ega ma’lumotlar uchun bazaviy hisoblanadi. Tayanch nuqtalari turli qanday obyektlarni uzoq vaqtga, talab

etilgan aniqlikda joylarga bog’lashni ta’minlaydi. Ushbu qatlam, o’lchashlarda yuqoriroq aniqlik beradigan yalpi texnik vositalar paydo bo’lganda, doimiy ravishda yangilanib borishi mumkin.

  1. .Chegaralar qatlami amalda joyning hududiy taqsimlanishini ko’rsatadi. Unda ma’muriy chegaralar, ko’chmas mulklar chegaralari va muddatli mustaqil foydalanish huquqlari chegaralar hamda chegara nuqtalari ko’rsatilgan.

  2. . “Yerlardan foydalalanish maydonli obyektlar” qatlami hududning yerdan foydalanish planidan iborat bo’lib, unda yer turlari (haydalma yerlar, daraxtzorlar, yaylovlar va boshq.), imoratlar, suv manbaalari, o’rmonlarning joylashuvi ko’rsatiladi. Ushbu qatlam yerlarni turlari bo’yicha hisobga olish uchun asos bo’lib, yer tuzishda esa turli xil mulkdorlar, yerdan foydalanuvchilar yerlarining yer turlari bo’yicha mavjud eksplikatsiyasini tuzish uchun xizmat qiladi.

  3. .“Nuqtali /chiziqli obyektlar” qatlami planda nuqta (quduqlar, buloqlar, yakka turgan daraxt va boshq.) va chiziq (ihota daraxtlari polosalari, yo’llar, ariqlar, zovurlar, ko’priklar, elektr liniyalari, quvur o’tkazgichlar va sh.o’.) shaklidagi obyektlarning joylashuvi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.

Yer turlari, nuqtali va chiziqli obyektlar ro’yxati, asosan yer tuzish, yer kadastrini yuritish bo’yicha me’yoriy - huquqiy hujjatlar va ko’rsatmalar asosida tuziladi.

  1. .“Joyning relyefi” qatlamida balandliklar, yozma ko’rsatilgan balandliklar, yozma ko’rsatilgan balandlik nuqtalari majmui, relyefning egilishlari va shakli ko’rsatiladi. Ushbu va oldingi uchta qatlamlar asosida yer tuzishni loyihalashda foydalaniladigan, gorizontallar tushirilgan joyning plani tuzilishi mumkin.

  2. .“Geografik nomlar” qatlamida aholi yashash joylarining, ayrim hududlar- ning, daryolarning, ko’llarning, yer turlarining va sh.o’. nomlari to’g’risida ma’lu- motlar keltiriladi.

Yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilarni ro’yxatga olish, yer tuzish va yer kadastrini o’tkazish maqsadida, zarurat tug’ilsa boshqa kenglikka bog’langan ma’lumot qatlamlari ham yaratilishi mumkin. Masalan: yer egaliklari, yerlarni iqtisodiy baholash, sanitariya-himoya, muhofaza mintaqalari chegaralari, injenerlik tarmoqlar, yo’llar va boshq. bo’yicha.
Qo’shimcha qatlamlarni tizimda ma’lumotlar almashish juda sekinlashib qolishiga yo’l qo’yilmaydigan darajagacha kiritish mumkin.
Rivojlangan chet davlatlarda turli xil yer tuzish va yer kadastri masalalarini yechish uchun YAT keng tarqalgan. Masalan, ulardan yer uchastkalarini ro’yxatdan o’tkazishda, yer uchastkasi kartada ko’rsatilganidan keyin u to’g’risida ma’lumot olish, yer uchastkasini yoki obyektni uning tartib raqami yoki manzili bo’yicha izlash, yuklarni tashishning optimal marshrutlarini aniqlash uchun va sh.o’. foydalaniladi.
Yer va mulk kadastrlarini yuritishda YAT rayonlashtirishda turli xil mintaqalarni ajratish, yerlarni va ko’chmas mulk obyektlarini baholash, yer muno- sabatlarini tartibga solishning iqtisodiy mexanizmini yaratish uchun foydalaniladi.
Yer monitoringida bu tizimlardan yer uchastkalarini pasportlashda,
hududning ekologik holatini baholashda, ifloslovchi manbalarni aniqlash va
hududni ifloslovchi obyektlarning joylashuvini tahlil qilishda, yer usti va yer osti suvlarida va atmosferada ifloslovchilar tarqalishi jarayonlarini modellashda, yerdan foydalanishni va uni muhofaza qilishni nazorat etishda foydalaniladi.
Yer tuzishda YAT alohida muxim ahamiyatga ega. Ulardan quyidagi yer tuzish masalalarini yechishda foydalaniladi:

  • plan-xarita materiallarini yangilashda;

  • hududda yer tuzish izlanishlarini olib borishda;

  • yer uchaskalari chegaralaini o’rnatishda (yer uchastkalarining joylarda chegaralarini belgilash, tiklash va mahkamlash);

  • yer tuzishni loyihalashda (xo’jaliklararo va xo’jalikda ichki yer tuzishda, ishchi loyihalarda);

  • qishloq xo’jaligi yerlarida yer tuzish maqsadlari uchun hududni aeroekologik, ekologik-landshaftli, ekologik-xo’jalik va boshqa turdagi mintaqalashlarni o’tkazishda; aholi yashash joylarida yer tuzish ishlarini o’tkazishda, shaharlarning yer xo’jaligini tuzish loyihalarini ishlashda, shahar qurilishida mintaqalash va loyihalashda;

  • ma’muriy - hududiy bo’linmalar darajasida yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni rejalashtirishda.

O’z navbatida yer tuzish ishlarini o’tkazish davrida yig’ilgan ma’lumotlardan YAT ma’lumotlarini to’ldirish va yangilash uchun foydalaniladi. Masalan: yer fondini qayta taqsimlash uchun o’tkazilgan xo’jaliklararo yer tuzish loyihasi ishlangandan keyin yangi yer egaliklari va yerdan foydalanishlar yuzaga keladi. Ularga biriktirilgan yer uchastkalari to’g’risidagi ma’lumotlar YATlariga kiritiladi va keyinchalik yerdan foydalanish bilan bog’liq turli xil boshqarish masalalarini yechishda foydalaniladi.
Ayrim hollarda yerga egalik qilish huquqi yer uchastkasi chegarasi o’zgarmasdan ham boshqa shaxsga o’tishi mumkin. Masalan: agar yer egasi o’z yerini sotsa, sotib olgan shaxs oldi-sotdi hujjatlarini ro’yxatdan o’tkazgandan keyin yangi yer egasiga aylanadi. Shundan keyingina, u yangi yer egasi sifatida YATga kiritilishi mumkin. Bu vaziyatda yer uchastkasining o’rnini, chegaralarini va 31
maydonini aniqlash bo’yicha to’la yer tuzish ishlari o’tkazilmaydi. Shunga qaramasdan, yer egasining o’zgarishi jarayoni yer tuzish ishlari hisoblanadi va yer tuzish hujjatlarini to’ldirishni talab etadi, ular yerga bo’lgan huquqning o’zgarishi uchun asos bo’lishadi.
YATlarini yaratishda va ular ma’lumotlaridan foydalanishda
matematikaning: geometriya; trigonometriya; matematik dasturlash, matematik tahlil kabi turli xil bo’limlaridan foydalaniladi.
YATlarini yaratishda matematik xaritalash ma’lumotlaridan; samolyot va kosmik uchish apparatlari yordamida o’tkazilgan masofadan zondlash; fotogrammetriya, geodeziya va topografiya ishlari natijalaridan, dala kompyuter tizimlaridan, GPS vositalaridan keng foydalaniladi.
Nazorat savollari va vazifalar

  1. Yer tuzishda foydalaniladigan dasturiy maxsulotlarning o’ziga xos xususiyatlarini tushuntirib bering.

  2. Mavjud dasturiy mahsulotlarni qanday darajalarga bo’lish mumkin?

  3. Uchinchi darajadagi dasturiy mahsulotlarning ustunlik tomonlarini sanab bering (birinchi darajali dasturiy mahsulotdarga nisbatan).

  4. GATning YATdan farqi nimalarda namoyon bo’ladi?


Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish