Annotatsiya: Mazkur maqola pedogog xodimlar, filologlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quvchilarni kteativ fikrlashga o‘rgatishga xizmat qiladi


XALQARO TALABALAR BILIMINI BAHOLASH DASTURIDA ALISHER NAVOIY ASARLARI QO‘LLANILISHINING AHAMIYATI



Download 22,97 Kb.
bet2/5
Sana23.01.2022
Hajmi22,97 Kb.
#402946
1   2   3   4   5
Bog'liq
maqola

XALQARO TALABALAR BILIMINI BAHOLASH DASTURIDA ALISHER NAVOIY ASARLARI QO‘LLANILISHINING AHAMIYATI

Bugungi kunda barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Buni, eng avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son yangi tahrirda qabul qilingan “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar misolida ham ko‘rishimiz mumkin1. Unga ko‘ra: umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari, umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o‘quv yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablar qatoriga bilim, ko‘nikma, malakadan tashqari kompitensiya ham qo‘shildi va u mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyatini o‘z ichiga oladi.1 Demak, zamonning o‘zi amaliy natija bermaydigan har qanday bilimni siqib chiqarmoqda. Bu ta’lim shakllari, uslub va usullarini qaytadan ko‘rib chiqib zamon talablariga moslashni talab etmoqda. Bu borada yurtboshimiz Sh. M. Mirziyoyevning quyidagi fikrlari dasturulamal vazifasini o‘taydi: “Bugungi kunning dolzarb vazifasi: o'quvchilarimizni yuksak ma'naviyatli, chuqur bilimli, keng mushohadali, savodxon va ijodkor, eng asosiysi, xalqaro baholash dasturlari talablariga to'la javob beradigan qilib tarbiyalashdir”2. Mazkur ustuvor vazifa hukumat qarorlarida ham o‘z aksini topmoqda. Jumladan, davlat ta’lim standartlariga ko‘ra: umumiy o‘rta ta’lim sifatini nazorat qilishning turlari qatorida ichki nazorat, tashqi nazorat, davlat va jamoatchilik nazorati bilan birgalikda milliy va xalqaro darajadagi baholash ham e’tirof etildi. 7 2018-yil 8-dekabrda “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 997-sonli qarori qabul qilindi. Qaror ijrosini ta’minlash borasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Xalq talimi vazirligi rahbarligida qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlar quyidagilardan iborat:

– PIRLS - Progress in International Reading and Literacy Study. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining matnni o'qish va tushunish darajasini baholash xalqaro dasturi (4-sinf o'quvchilari o'rtasida).

– TIMSS - Trends in International Mathematics and Science Study. Matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash bo'yicha xalqaro dastur (4-8-sinf o'quvchilari o'rtasida).

– PISA - Programme for International Student Assessment. Xalqaro o'quvchilar bilimini baholash dasturi (15 yoshli o'quvchilarning o'qish, matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini hamda kreativ fikrlashini baholash).

– TALIS - The Teaching and Learning International Survey. Rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'qitish va ta'lim olish muhitini hamda o'qituvchilarning ish sharoitlarini o'rganish bo'yicha xalqaro dastur.

O‘zbekiston Respublikasi hukumati ta’lim sifatini baholash sohasidagi PISA xalqaro tadqiqotida (Agreement for participation programme for international student assessment PISA 2021) ishtirok etishini ko‘zlagan. Shu jihatdan, bugungi kun maktab ta’limida xalqaro baholash dasturlariga samarali tayyorgarlik ko‘rish masalasi kun tartibining dolzarb masalalaridan bo‘lib kelmoqda. Mazkur tadqiqotlarning xalqaro talablarini puxta o‘rganish va amaliyotga olib kirishning samarali usullari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi, Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi rahbarligida ishlab chiqilmoqda va kerakli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qo‘llanma va metodik tavsiyalar e’lon qilinmoqda. Jumladan, “Ta'lim sifatini baholash tizimida xalqaro solishtirma tadqiqotlar maktab ta'limini takomilashtirish mehanizmi” mavzusidagi seminar, video va ma'ruza materiallari to'plami (4 ta disk) e’lon qilindi va u quyidagilardan iborat:

– Ta'lim muassasalari qanday qilib o'zining salohiyatini oshiradi;

– Global o'zgarishlar davrida ta'lim sifatini baholashning rivojlanish tendentsiyalari;

– Matematika savodxonlikni baholash;

– PISA-2021 tadqiqolariga tayyorgarlik;

– PIRLS xalqaro solishtirma tadqiqotlari;

– Ta'lim sifati bo'yicha solitirma tadqiqotlarda Rossiyaning ishtiroki;

– Rossiya Federatsiyasi ta'lim muassasalarida PISA-2018 xalqaro tadqiqotlarini o'tkazish;

– Rossiyada xalqaro TIMSS-2019 tadqiqotlarini o'tkazish.

Bundan tashqari, “O'quvchilarning savodxonligini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqot dasturi haqida uslubiy qo'llanma”2 chop etildi. Mazkur qo‘llanma PISA xalqaro baholash dasturi xaqidagi umumiy ma'lumotlar, xalqaro baholash dasturlari asosida o'tkaziladigan test jarayoniga qo'yiladigan talablar, test jarayonini boshqarish va hujjatlarni rasmiylashtirish qoidalarni o'z ichiga qamrab olgan. Bu tizim ta’lim jarayoniga olib kirilganligiga ko‘p vaqt bo‘lmaganligi sababli sohada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar, o‘z yechimini kutayotgan masalalar talaygina.

Jumladan, xalq ta’limi tizimida o‘qish savodxonligi tadqiqi borasida ham PISA, PIRLS topshiriqlarini tayyorlash, bajarilgan vazifalarni baholash borasidagi tushunmovchiliklar mavjud. Mazkur tadqiqot ishida bu borada amalga oshirilgan pedogogik yangiliklarni yaxlit konseptual ilmiy ish sifatida ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, talabalar bilimini baholash xalqaro tadqiqotlaridagi o‘qish va tushunish texnologiyasida tanlangan matn namunasi sifatida yuksak insoniy tuyg‘ular tarannumiga bag‘ishlangan Alisher Navoiy asarlariga murojaat etishning ahamiyati borasida ayrim ilmiy xulosalar beriladi.



Navoiy asarlariga Xalqaro talabalar bilimini baholash dasturida o‘qish savodxonligini oshirish yuzasidan tanlangan matn namunasi sifatida murojaat qilish ahamiyatlidir va ular quyidagilardan iborat:

-mazkur asarlarning kuchli didaktik ruhga yo‘g‘rilganligi;

- syujet chizig‘ining kengligi;

-mantiqiy-falsafiy mushohadalarga boyligi sabab ulardan manbaa sifatida foydalanish mumkin.




Download 22,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish