Annotatsiya Kalit so`zlar: Annotation Key words



Download 18,4 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi18,4 Kb.
#784357
Bog'liq
ALIJANOVA MAFTUNA 1-KURS MAGISTRANT MAQOLA


ASAR KOMPOZITSIYASIDA PORTRETNING O`RNI
Alijanova Maftuna Azimjon qizi
FarDU filologiya fakulteti 1-
Magistranti
Ilmiy rahbar: Oripova Gulnoza
Annotatsiya
Kalit so`zlar:
Annotation
Key words:
Badiiy adabiyot inson yaratgan mo’jizalardan biri bo’lib, qadim-qadimlardan avloddan avlodga meros bo’lib kelmoqda. Inson paydo bo’libdiki adabiyot ham mavjud. Badiiy adabiyotni o’rganuvchi fan adabiyotshunoslik hisoblanadi. O`zbek adabiyotshunosligida badiiy asarlarni o’rganishda bir qancha qonun-qoidalar mavjud. Badiiy asar o’ziga hos qurilishga ega. Bu esa fanda kompozitsiya deb yuritiladi. Adabiyotshunos olim Izzat Sulton kompozitsiyaga quyidagicha ta’rif beradi: “Asarning turli qismlari orasidagi mutanosiblik kompozitsiya deb ataladi. Asar kompozitsiyasi , dastavval, muallifning tasvir etilayotgan hayotiy materialga munosabatini belgilaydi,ya’ni kompozitsiya birinchi navbatta g`oyaviy-estetik tushunchadir’’. Kompozitsiya badiiy asarni badiiy qolipi bo`lib, uning talablari asar sujatini tashkil etgan unsurning rolini xaddan tashqari ko’payib ketmasligidir. Kompozitsiya sujetdan keng tushunchadir. “Kompozitsiya asardagi unsurlarni shunday uyushtradiki, natijada unda bironta ham ortiqcha unsurning o`zi bo`lmaydi, zero har bir unsur asar butunligida o’zining funksiyasiga ega bo’ladi, muayyan g`oyaviy-badiiy yuk tashiydi”. [Dilmuronov Quronov “Adabiyotshunoslikka kirish” . Badiiy asar faqat voqealar tizimidangina iborat emas, unda rivoya, tafsilotlar, peyzaj, portret, interyer, lirik chekinish, qistirma epizod kabi sujetdan tashqari qator usrurlari ham mavjud. Yozuvchi bu unsurlardan me’yorida foydalanadi, natijada badiiy asarning ta’sirchanligi ortadi. Kompozitsiya unsurlari biri ilkkinchisiga o`zaro hamohanglikda bog`lanadi va albatta, o`z o`rnida qo’llanilishi lozim.
Asar sarlavhasi butun boshli asarni g`oyasini ham ochib berishga qodir bolishi ham mumkin, u bir yoki bir necha so`zda ifodalanishi, yuzlab sahifada ochilgan mazmunni o`zida jamg`arishi, nomlanishidanoq o`quvchini o`ziga jalb qilishi lozim. Ko’plab asarlarning nomlanishi asar bosh qahramonlarining ismi bilan ataladi. Masalan: “Sabo va Samandar” (Ulug`bek Hamdam), “Navoiy” (Oybek).
Lirik chekinish “San’atkor asarida yaratayotgan suyujet voqealaridan ba`zida o`zi ham ta’sirlanib ketadi, qalbida tug`yonlar, hislar, fikrlar quyulib, kelaveradi. Shu jarayonda sujet voqealarini to`xtatadi-da, ana shu kechinmalarini ifodalaydi. Bu holat lirik chekinishni keltirib chiqaradi”.[ Hotam Umurov “Adabiyotshunoslik nazariyasi” 2004.138].Lirik chekinishlar asosan liro-epik asarlarda uchraydi.
Badiiy qoliplash bosh voqea doirasi ichida, unga g`oyaviy mazmun va kompozitsion jihatdan bog`lab turli mustaqil voqealarni tasvirlash usulidir,
Kompozitsiyaning yana bir unsuri bu- epigraf. “Ba’zan yozuvchilar asarni yoki uning qismlarini boshlashdan oldin boshqa asarlardan, hikmatli so’zlardan , xalq og`zaki ijodi namunalaridan qisqa parcha keltiradilar. Bu parcha epigraf deb ataladi.” [Erkin Xudayberdiyev “ Adabiyotshunoslikka kirish” 2003.96] . Epigraf ham asar sarlavhasi kabi asar mavzui va g`oyaviy yo’nalishiga ma’lim darajada ishora qiladi. O’quvchini asar voqealari qay tarzda kechishidan ogohlantiradi desak mubolag`a bo`lmaydi.
Portret. “Yozuvchilar adabiy asarlarda qahramonlar ruhiyatini, xarakterlarini ochishda ularning tashqi qiyofalari, ya’ni portretlarini chizishga jiddiy e’tibor beradilar. Ko`pincha qahramonlar portreti ularning tashqi ko`rinishlaridagi belgilarini jamlash yo`li bilan hosil etiladi.”[Erkin Xudayberdiyev “Adabiyotshunoslikka kirish”2003.97].
Badiiy asarda kishining tashqi qiyofasi, siymosi, kiyim-kechagi va hokozolar tasviri. Portret atamasi, odatda, ikki ma’noda, ya’ni qahramonning tashqi ko`rinishi (tor ma’noda) va qahramonning individual- psixologik qiyofasi (keng ma’noda) qo’llaniladi. San’atkor yozuvchi qahramonning tashqi qiyofasini chizish orqali ham uning ruhiyatiga kirishga intiladi. Xususan, portret unsurlaridan ko’z, yuz, kulgi, ko’z yoshi va boshqalar san’atkor uchun qahramon ruhiy dunyosini ochuvchi kalit bo’lib xizmat qiladi. [To’xta Boboyev “Adabiyotshunoslik asoslari”2002.178].
Portret epik asarning kompozitsion unsuri bo`lmish tavsifning bir ko`rinishidir.shartli ravishda static va dinamik portret turlari farqlanadi. Static deyilishiga sabab shuki, portretning bu turida personajning tashqi qiyofasi sujet voqeasi to`xtatilgan holda ancha mufassal, detallashtirib chiziladi. Odatda, bunday portretlar personaj asar voqeligiga ilk bor kirib kelgan pallada beriladi. Dinamik deganda esa mufassal tasvir emas, balki voqeada dialoglar tasvirida, ya’ni harakat davomida berib boriluvchi personaj tashqi ko`rinishiga xos ayrim detallar nazarda tutiladi. [Dilmurod Quronov “ Adabiyotshunoslik lug`ati’226].
Download 18,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish