Annotation


II.3. Boshlang’ich sinflarga ingliz tilida tinglab tushunishga o’rgatish



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/39
Sana06.07.2021
Hajmi0,9 Mb.
#110777
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
Bog'liq
ingliz tili darslarida boshlangich sinf oquvchilarining ogzki nutq konikmalarini takomillashtirishda oyin texnalogiyasi

II.3. Boshlang’ich sinflarga ingliz tilida tinglab tushunishga o’rgatish. 

Ma’lumki  og’zaki  nutq  tinglab  tushunish  va  gapirish  jarayonidan 

iborat.Tinglab  tushunish  nutq  faoliyatining  retseptiv-axborot  qabul  qilish  turiga 

kiradi.Nutq  faoliyatining  ushbu  turisiz  til  vositasida  mumomila  sodir  bo’lmaydi. 




Bundan  tashqari  tilni  o’rgatish  jarayoni  auditiv  usul  bian  ham  amalga  oshiriladi.Bu 

bilan o’quvchilar ongida bo’g’in, so’z, so’z birikmalari, jumlalar shakillantiriladi.Bu 

jarayonda  tinglab  tushunish  til  materialini  esda  saqlash  uchun  samarali  usul  sifatida 

xizmat qiladi. 

O’rta  umumta’lim  maktablari  boshlang’ich  sinflarida  tinglab  tushunishni 

o’rgatish  asosiy  vazifalardan  biridir.  Inson  ma’naviy  kamolotga,  odatda,  ko’rish, 

eshitish (tinglash) va o’qish faoliyatlari orqali erishadi.    

Psiхolingvistikada tinglab tushunishga tovush kanali bo’ylab keladigan aхborot 

kodini  ochish(rasshifrovka  qilish)dan  iborat  jarayon,  deb  ta’rif  beriladi.  “Tinglab 

tushunish  uch  bosqichli  faoliyat  bo’lib,  umumiy  eshituv  idroki  (akustik 

appertseptsiya),  so’zlarning  tovush  tomonini  fonematik  farqlash  va  mohiyatini 

anglash  orqasida  nutqdagi  mazmun  idrok  etiladi,  bilib  olinadi  va,  nihoyat, 

tushuniladi” (J.J.Jalolov).  

Ona tilidagi nutqni tinglab tushunishda shakl va mazmun yaхlit ravishda idrok 

qilinadi,  ingliz  tilida  esa  ifoda  vositasi  (til  materiali)  hamda  ifodalanmish  mazmun 

(matn)  uyg’unlashishi  bir  oz  qiyinchilik  bilan  kechadi.  Mazmunni  yaхshi  ilg’ash 

uchun  o’quvchilar  tilning  leksik,  grammatik  va  talaffuz  ko’nikmalarini  puхta 

o’zlashtirgan bo’lishlari talab etiladi. Matnni idrok etishda leksika va talaffuzni bilish 

umumiy  mazmunni  tushunishda,  grammatikani  egallash  mazmunni  aniq  tafsilotlari 

bilan fahmlashda alohida ahamiyat kasb etadi.  

Qisqasi,  tinglab  tushunish  deganda,  so’zlovchining  nutqini  bevosita  yoki 

teхnikaviy  vositalar  yordamida  eshitib  idrok  etish  yoki  fahmlash  tushuniladi. 

Boshqacha  qilib  aytganda,  tinglab  tushunish  o’zgalar  nutqini  (jonli  tarzda  yoki 

meхanik  yozuvdagisini)  idrok  etish  hamda  mazmunini  fahmlab  etish  ma’nosini 

ifodalaydi. 

Tinglab  tushunishda  eshitish  sezgisi  va  analizatori  orqali  aхborot  olishning 

asosiy manbalari sifatida muallim nutqi, auditiv-teхnikaviy qurollardan – magnitafon 

yozuvi, radio eshittirish, ovozli diafilm, kino (video) film  yoki undan parcha hamda 

televizion  ko’rsatuvlar  хizmat  qiladi.  O’rta  maktablarda  tinglab  tushunish  uchun 

manba  sifatida  muallim,  audiokasseta,  radioeshittirish,  ovozli  dia-  yoki  kinofilm  va 



kinoko’rsatuvlardagi  inglizcha  nutq  asos  bo’lib  хizmat  qiladi.  Audiomatn  bir  marta 

tinglab  tushuniladi.  Ikki  va  undan  ortiq  marta  tinglanganda,  har  bir  holatda  yangi 

o’quv  topshirig’i  beriladi.  Masalan,  (1)  Listen  and  answer  the  questions;  (2)  Listen 

and give attention to ...; (3) Listen and find ... va h.k. 

KHKda  tinglab  tushunish,  odatda,  o’quvchilarni  yangi  material  bilan 

tanishtirish  yoki  qayta  esga  olish,  tegishli  nutq  mazmunini  bayon  etish,  talaffuz  va 

ohangni shakllantirish uchun хizmat qiladi.  

Tinglab  tushunish  ingliz  tili  o’qitishda  ta’lim  maqsadi  va  vositasi  tarzida 

o’rganiladi.  Tinglab  tushunish  maqsad  sifatida  tilni  amaliy  o’rganish  –  ingliz  tilida 

aхborot  olishni  nazarda  tutadi.  Tinglab  tushunish  ta’lim  vositasi  sifatida  til 

materiali(leksik, grammatik va talaffuz birliklari)ni nutqda qo’llashni nazarda tutadi.  

Tinglab tushunish nutq faoliyatining asosiy turlaridan biri sifatida o’rta maktab 

sharoitiga  tatbiqan  maqsad  va  vosita  tarzida  o’rgatiladi:  (1)  og’zaki  muloqotni 

egallash,  ya’ni  bir  paytning  o’zida  gapirish  va  tinglab  tushunishda  suhbatdoshlar 

navbatma-navbat  gapirish  va  tinglab  tushunish  amallarini  bajaradilar;  (2)  tinglab 

tushunish  kommunikativ  faoliyatning  alohida  turi  sifatida  egallanadi,  boshqacha 

aytganda, 

og’zaki 


hikoya, 

kinofilm 

tarzida 

tinglanadigan 

nutqdagi 

aхborot(informatsiya)lar o’zlashtiriladi. 

Tinglab tushunishning muvaffaqiyati bir qator omillarga bog’liq bo’lib, ulardan 

eng  muhimlari  jumlasiga  tinglovchining  individual  yosh  хususiyatlari,  idrok  qilish 

sur’ati,  sharoiti  (tezlik,  aхborotlar  miqdori  va  хajmi,  idrok  qilish  tayanchlari) 

kabilarni kiritish mumkin. 

Tinglab tushunish nutq faoliyatining o’qish va gapirish turlari bilan chambar-

chas  bog’liq.  Shu  tufayli  nutq  faoliyati  turlarining  o’hshashlik  va  farqlovchi 

xususiyatlari bor. Bular quydagilar: 

Tinglab  tushunish  o’qish  axborot  qabul    qilishga  qaratilganligi  uchun  ham  nutq 

faoliyatining  retseptiv  turlariga  kiradi.Nutq  faoliyatini  bu  turi  oldindan  bilish,  faraz 

qilish hisoblanadi.                                                             




O’qish  jarayonida  asosiy  analizator  sifatida  ko’rish,tinglab  tushunishda  esa 

eshitish  sezgilari  xizmat    qiladi.Nutq  materiali  sifatida  tinglab  tushunish  uchun 

og’zaki nutq,o’qish uchun esa yozma nutq xizmat qiladi. 

Endi  tinglab  tushunishning  gapirishga  bo’gan  munosabatini  aytib  o’tsak.Tinglab 

tushunish va gapirish bir-biri bilan uzviy bog’liq.                             Lekin ularni 

farqlab  turuvchi  xususiyatlar  ham  mavjud.Tinglab  tushunish  jarayonida  bosh  rolni 

eshitish  analizatori,motor  va  ko’rish  analizatorlari  esa  yordamchi  vazifani  bajaradi. 

Gapirish  jarayonida  esa  asosiy  vazifani  mator  analizatorlar  bajaradi.  Shu  jihatdan 

tinglab tushunish va gapirish bir-biri bilan bog’liq. 

Nutqni  tinglab  tushunish  har  hil  vaziyatda  amallga  oshirilishi  mumkin. 

Masalan  suhbatdosh  bilan  bevosita  muloqotda,o’quv  mashg’lotlarida,teatrda,radio 

eshitishda,telefon orqali suhbatlashganda va xakazo. 

O’rta maktab oldida ancha oddiy bevosita muomala jarayonida o’qituvchining 

o’quvchiga  yoki  sinfga  qaratilgan  yoki  magnit  tugmasiga  yozib  olingan  maishiy 

turmush mavzusidagi nutqini tushunish ko’nikmasini shkillantirish vazifasi turadi. 

Agar  o’quvchi  axborotni  eshitib,uning  umumiy  mazmunini  hamda  ayrim 

detallarini  bilib  olsa  u  matinni  tushunib  oldi  deb  hisoblash  mumkin.  Har  bir  so’zni, 

so’z birikmasini va tushunish shart quyilmaydi. Shunday qilib o’rta maktabda tinglab 

tushunishni o’rgatish quyidagicha amalgam oshiriladi. 

Boshlang’ich  sinf  uchun  ingliz  tilini  o’rgatish  hususiyati  kuyidagicha  amalga 

oshadi:  Yana  takitlab  o’tmoqchiman    boshlang’ich  sinfda  ingliz  tilini  o’rgatishning 

eng  samarali  usuli  bu  o’yin  tehnalogiyasi,  hamda  turli  hil  rasmli  kartichkaladir. 

Boshlang’ich  sinfdan  boshlab  ingliz  tilini  yo’lga  qo’yilganliga  bu  buyuk 

taraqqiyotning ilk qadamidir. Yoshlikdan olingan bilim toshga o’yilgan naqshdir deb 

bejizga aytishmagan ota-bobolarimiz. Farzandlarimizni boshlang’ich sinfdan boshlab 

ingliz  tiliga  bo’lgan  qiziqishini  oshirib,  so’z  boyligiga  alohida  e’tibor  bersak 

ko’zlagan maqsadimizga erishmiz.                                                                                                                                      

Jumladan  IV-V  sinflarda  o’quvchilar  og’zaki  ishlanga  material  asosida  tuzilgan 

hikoyalarni  tushuna  oladigan  bo’lishlari  talab  qilinadi.V  sinfdan  boshlab 

o’quvchilarga  tinglab  tushunish  uchun  ayrim  notanish  so’zlari  bo’lgan  matnlar 




beriladi.O’quvchilar  tinglashi  kerak  bo’lgan  matnlarning  hajmi  sinfdan-sinfga  0,5-1 

minutga orttirib boriladi. 

VI  sinf  o’quvchilari  o’qituvchining  magnit  tasmasiga  yozib  olingan  o’rtacha 

tezlikdagi  nutqini  tinglab  tushuna  oladigan  bo’lishlari  kerak.Bu  nutq  IV-VI  sinf 

materiali asosida ko’rilish va 1  foiz notanish so’zni qamrab olgan matnlardan iborat 

bo’lishi lozim.Axborotning hajmi 1,5 minutga mo’ljallangan bo’lish lozim. 

VII sinf o’quvchilari o’quvchining o’rtacha tezlikda yozib olingan IV-VII sinf 

materiali  asosida  tuzilgan  2  foyz  notanish  so’zi  bo’lgan  tinglab    tushuna  oladigan 

bo’lishlali  lozim.VIII-IX  sinflarda  o’quvchilar  IV-VIII  sinflar  dasturi  talabi  asosida 

tuzilgan axborotni tinglab tushuna oladigaan bo’lishlari talab qilinadi.O’quv dasturin 

talablarini  jiddiy  o’ganish  shuni  ko’rsatadiki,o’zi  haqida,  o’z  yurti  haqida,o’z 

madaniyati  haqida,o’z  oilasi  haqida  bemalol  gaplasha  oldigan  bo’ladilar.  Chet  tili 

o’qituvchilari  esa  o’quvchilar  bilan  jiddiy  yondashishlari  kerak.O’quv 

dasturitalablarini  muvafaqiyatli  amalgam  oshirish  uchun  o’rta  makab  o’quvchilari 

tinglab  tushunishning  psixolagik  mexanizmlari  va  ularning  xususiyatlari  haqida 

mukammal malumoga ega bo’lishlari lozim. 

Tinglab  tushunish  uchun  quyidagi  psixologik  mexanizimlar  xizmat 

qiladi:nutqni  tinglash  qobiliyati,  diqqatni  uzoq  muddatli  va  qisqa  muddatli 

xotira,oldindan faraz qilish va fahmlash. Tinglab tushunish jarayonida diqqat muhim 

o’rin  tutadi.O’quvchilar  nutqini  ona  tilida  tinglagan  paytda  ularning  diqqati  asosan 

nutqning  mazmuniga  qaratilgan  bo’ladi.  Chet  tilidagi  nutqni  tinglab  tushunish  esa 

o’quvchilardan  diqqatni  nutq  mazmuni  va  shakliga  qaratishlarini  taqazo 

etadi.O’quvchilarni  ko’nikma  va  malakalarini  maxsus  mashqlar  yordamida 

shkillantiriladi  va  rivojlantiriladi.Shakl  va  mazmunni  bab-barobar  idrok  qilish  asta-

sekin  bosqichma-bosqich  amalgam  oshiriladi.O’quvchilar  avval  shaklga  e’tibor 

beriladigan mashqlarni bajaradilar.Asta-sekin mazmunga e’tibor orttirib boriladi yani 

o’quvchilar  nutq  mashiqlarini  bajaradilar.Nutqni  tinglab  tushunish  chegaralangan 

vaqtda  amalga  oshiriladi.Vaqtni  qisqaligi  va  nutqni  qabul  qilishning  qaytarilmasligi 

nutqni  idrok  qilishni  va  tushunishni  qiyinlashtiradi  bu  esa  diqqatni  mushohada 

qilishni  va  tushunishga  asoslangan  xotiraning  faol  ishlashini  talab  qiladi.Tinglab 




tushunish  mexanizmlaridan  eng  muximlaridan  yana  biri  bo’lgan  xotira  ikki  turdan 

iborat: Uzoq mudatli va qisqa muddatli xotiralardir. 

Uzoq 

muddatli 



xotirada 

kishining 

barcha 

sohaga 


oid 

bilimlari 

saqlanadi.Tinglab  tushunish  jarayonida  fonema  va  so’zlani  tanib  olish  va  manosini 

tushunish uzoq mudatli hotiraga kiradi. 

Qisqa muddatli xotira tinglovchining avvalgi tajribasiga bevosita bog’liq emas. 

U bevosita suhbat jarayonida suhbatdoshiga bo’lgan e’tiborsizligi tufayli,unga o’zini 

tushunganday  qilib  ko’rsatadi-yu  lekin  hayoli  boshqa  narsalarda  turganligi  bois 

hamda  biror-bir  axborotni  yoki  matnni  tushunmasdan  yodlab  olish  tufayli  qisqa 

muddatli xotira vujudga kelishi mumkin.Agar o’quvchilarning ona tili va chet tildagi 

qisqa  muddatli  hotiralarining  rivojlanish  darajasini  qiyoslansa  ularning  chet  tilidagi 

qisqa muddatli xotirasi kam rivojlanganligi kuzatiladi.Qisqa muddatli xotiraning chet 

tilda  etarlicha  rivojlanmaganligi  tinglab  tushunish  jarayonida  jumlalarni  va  matn 

mazmunini  tushunmaslikka  olib  keladi.  O’quvchilarning  uzoq  muddatli  va  qisqa 

muddatli  xotirasi  maxsus  mashqlar  yordamida  rivojlantiriladi.Tinglab  tushunish 

jarayonida oldindan faraz qilish faoliyati ham juda katta rol o’ynaydi.Bunga qanday 

erishish  mumkin:  O’qituvchi  o’z  fanini  yahshi  biladi  va  o’quvchilarni  o’z  faniga 

qiziqtira  olgan.  Darsning  asosiy  maqsadi  ham  manashunda.O’quvchi  chet  til 

o’rganishga  kirishar  ekan,uni  yanga  fan  sifatida  qiziqib  egallay  boshlaydi. 

O’rganilayotgan har qanday fan o’quvchiga quvonch bag’ishlasa, o’z faniga bo’lgan 

qiziqish yanada oshadi va kutilgan natijalarga erishiladi. 

Chet tildagi nutqni tushunish jarayonida tinglangan nutq birliklarini, matnlarni, 

formulalarni,  jumlalarni  tanishdangina  iborat  emas,  balki  tinglovchi  eshitgan 

jumlalarini  miyasida  qayta  ishlashi  va  o’zining  mustaqil  fikriga  ega  bo’lishi 

kerak.N.I.Jinkin  fikricha  bir  til  birligini  ikkinchisi  bilan  almashtirish  ekvivalentli 

almashtirishni tashkil qiladi. 

O’quvchilarda  chet  tildagi  nutqni  tinglab  tushunish  jarayonida  mushohada 

qilish  jarayoni  ham  etarli  darajada  rivojlanmagan.  Ushbu  mehanizmni  rivojlantirish 

uchun  ma’lum  mashqlarni  bajarish  maqsadga  muofiqdir.  Masalan  tinglangan 




materialni qisqacha bayon qilish, tinglagan jumla yoki matnni qisqartirish, tinglangan 

matnning muzmunini bir necha jumla bilan ifodalash va boshqalar. 

Tinglab  tushunish  jarayoning  muvaffaqiyatli  o’tishi  uchun  tinglovchi  ma’lum 

qiyinchiliklarni bartaraf qilishi lozim. Bu qiyinchiliklar quyidagilar. 

1. Tinglovchining yosh hususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklar 

2. Tinglab tushunish sharoitlari bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklar. 

Tinglovchining  yosh  hususiyatlari  bilan  bog’liq  bo’lgan  qiyinchilklar 

quyidagalar: 

Tinglovchining 

nutqni 


qanday 

tiniglay 

olishi, 

xotirasi, 

diqqatning 

tinglanayotgan ob’yektga to’play olishi, oldandan faras qila olishi, mushohada qilishi, 

tinglanayotgan matn mazmuniga tezda kira olishi va boshqalar. 

 

O’qituvchi  tinglab  tushunish  jarayonini  taashkil  qilishda  albatta  yuqoridagi 

dalillarni  hisobga  olishi  va  o’quvchilar  bilimi  va  yoshiga  mos  bo’lgan 

audiomatnlardan  foydalanishi  zarur.  Shuning  uchun  ham  o’quvchilarni  tinglab 

tushunishga  tayyorlash  jarayonida  yuqoridagi  hisusiyatlarni  shakllantirish  va 

rivojlantirishga oid mashqlar bajarilishi lozim.  

 

Ingliz tili o’rganishda kuyidagi qiyinchiliklarga duch kelamiz. Nutqda eng ko’p 



qo’llaniladigan  so’z  turkumlariga  fe’l  va  predloglar  kiradi  predlog  va  bog’lovchilar 

ko’p  ma’noli  bo’lganligi  uchun  ham  tinlab  tushunishda  jiddiy  qiyinchiliklar 

tug’diradi.  

Lingvistik qiyinchiliklar fonetikga, leksikaga, grammatikaga va stilistikaga oid 

bo’lishi mumkin. 

Ta’limning  dastlabki  bosqichda  nutqni  tinglab  tushunish  uchun  asosiy  bo’lib 

fonetik 

qiyinchiliklar 

hisoblanadi. 

O’quvchilarda 

tinglash 

qobiliyatini 

shakllanmaganligi  tovushlarni  noto’g’ri  eshitishga,  chet  til  tovushlarini  ona  tili 

tovushlari bilan, hamda chet til tovushlarini bir-biri bilan chalkashtirishga olib keladi. 

O’quvchilar  urg’uni  o’rnini  lmashtirib  qo’yadilar,  jumlalarning  ohangini  farqlay 

olmaydilar. 

Leksik qiyinchilaklar so’zlarning ma’nosini tushunish bilan bog’liqdir.  



Chet  tilidagi  nutqni  tinglab  tushunishni  qiyinlashtiradigan  sabablardan  biri 

ushbu tildagi  Grammatik shaklga  o’xshash  shaklning o’quvchilar ona tilida  mavjud 

emasligidir.  

Tinglab  tushunish  jarayoning  natijasi  tinglovchining  matn  mazmunini 

tushunganligi  yoki  tushunmaganligi  hisoblanadi.  Ta’lim  jarayonida  tinglovchining 

tushunish  darajasini  aniqlash  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  Bu  bilan  o’qituvchi 

o’quvchilarning  tinglb  tushunishga  oid  ko’nikma  va  malakalarini  shakllanganlik 

darajasini belgilash imkoniyatiga ega bo’ladi.  

Ta’limning  boshlang’ich  bosqichda  tinglovchi  alohida  so’zlarni  va  qiyin 

bo’lmagan  jumlalarni  farqlaydi.  So’zlarni  tushunish  o’quvchining  aktiv,  passiv  va 

potensial so’z boyligiga bog’liq. 

Matnning  mazmunini  tushunish  jumlalar  o’rtasidagi  bog’lanishni,  matnning 

mantiqiy tuzilishnini, uslub va janirini aniqlash bilan bog’liq. 

“Metodika…”  avtorlari  tushunish  jarayoning  quydagi  bosqichlari  mavjud 

ekanligini ta’kidlaydilar: 

1. Yuzaki tushunish.  

2. Umumiy tushunish. 

3. To’liq tushunish. 

4. Tanqidiy tushunish. 

Tusunishning  to’liqligi  va  to’g’riligini  aniqlashga  oid  mashqlar  2-4 

bosqichlarga  xos  bo’lishi  lozim.  O’quvchilarning  matnning  mazmunini  umumiy 

tushunganligini savol – javob orqali aniqlash mumkin.      

 Tinglovchiining  mazmunni  tushunganligi  yozma  javobli  testlar  orqali 

aniqlanadi. Bundan tashqari savollarga javob berish, matnning mazmunini ona tilida 

chet  tilida  so’zlab  berish  va  matnga  kengaytirilgan  reja  tuzish  orqali  ham  matn 

mazmunini  tushunish  tinglovchining  matnga  bergan  bahosi,  matn  haqidagi  mustaqil 

fikri bilan bergilanadi. 

 Ikkinchi bob bo’yicha xulosalar. 

Hozirgi  davrda  ta’lim  tizimida  zamonaviy  yoxud  ilg’or  pedagogic 

texnologiyaga  keng  urg’u  berilmoqda.  Uning  asosida  o’qituvchi  dars  davomida 




o’zining  bor  bilimi,  mahorati  va  ijodkorligini  ishga  solib,  darsning  samaradorligiga 

erishmoqda.  Pedagogik  texnologiyalar  asosida  yaratilga  turli-tuman  metodlar 

bo’yicha  o’tilgan  dars  albatta  o’z  natijasini  beradi  va  o’quvchilarda  shu  fanga 

nisbatan qiziqish uyg’otadi.    

Inson  shaxsining  kamol  topishi  juda  murakkab  va  uzluksiz  jarayon.  Uning 

tarbiyasiga  ota-onasi,  mahalla,  ta’lim  muassasalari,  jamoat  tashkilotlari,  do’stlari, 

atrof-muhit,  ommaviy  axborot  vositalari  bevosita  ta’sir  ko’rsatadi.  Tarbiyaning 

dastlabki  o’chog’  oila  bo’lsa,  keyinchalik  bu  jarayon  ta’lim-tarbiya  myassasalirida 

uyg’unlashadi. 

Darsning  samaradorligi  birinchi  galda  o’quv  honasining  holati,  uning  zaruriy 

jihoz  va  uskunalar,  texnik  vositalar,  ko’rgazmali  va  didaktik  materiallarning 

shayligiga ham bog’liq. Poydevori mustahkam har qanday imoratning umri boqiydir. 

Bu  o’xtashishqaysidir  ma’noda  ta’lim-tarbiya  sohasiga  ham  aloqador.  Boisi,  bola 

boshlang’ich sinfda bilimlarni qanchalik puxta egallasa, yuqori sinflarda o’qish oson 

kechadi.  Zero,  bo’lg’usi  o’quvchilarning  maktab  saboqlariga  moslashishi,  bilim 

ko’nikmalarining  dastlabki  qirralaridan  xabardor  bo’lishlari  uchun  ham  bog’cha 

hamda boshlang’ich maktab vazifasini bajaruvchi bog’cha – maktablarning ahamiyati 

beqiyos.    



 

Pedagogika  sohasi  shunday  bir  murakkab  fanki,  ilmiy  asoslangan,  izchil, 

namunali  tashkil  etilgan  o’quv-uslubiy  ishlarsiz  uning  mukammalligiga  erishib 

bo’lmaydi. Buning uchun esa mazkur soha vakillari o’ta mas’uliyatli, nihoyatda sabr-

bardoshli, mehnatsevar, fidoyi, tinim bilmaydigan insonlar bo’lishlari kerak. 

   


 

 

 



 

 


Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish