Annotation



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/39
Sana06.07.2021
Hajmi0,9 Mb.
#110777
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
Bog'liq
ingliz tili darslarida boshlangich sinf oquvchilarining ogzki nutq konikmalarini takomillashtirishda oyin texnalogiyasi

 

 

 

 

 

 

II. 2. Ingliz tili darslarida dialog va monologik nutqni o’rgatish. 

O’rta  umumta’lim  maktablari  boshlang’ich  sinflarida  ingliz  tili  o’qitishning 

amaliy  maqsadlaridan  biri  og’zaki  nutqni  o’rgatishdir.  Mazkur  o’quv  yurtining 



dasturiy  talablariga  binoan,  o’quvchilar  ingliz  tilida  og’zaki  aхborot  berish, 

suhbatlasha  olish  va  o’rganilgan  mavzuga  bog’liq  ingliz  tilidagi  nutqni  tinglab 

tushuna olish malakalarini egallashlari talab etiladi.  

CHet  til  o’qitish  metodikasida  og’zaki  nutqni  o’rgatishga  doir  bir  talay  ilmiy-

tadqiqot ishlari olib borilgan (I.A. Zimnyaya, A.P. Lebedova, L.M. Sizova, E.I. Passov, 

V.I.  Andriyanova,  N.I.  Jinkin,  A.A.  Leontev,  T.V.  Ryabova,  A.A.  Alхazishvili,  S.A. 

Butyugina, B.YA. Lebedinskaya, O.I. Moskalskaya, G.M. Uayzer, A.D. Klimentenko, 

Z.M.  TSvetkova  va  b.).  Turli  o’quv  yurtlarida  ingliz  tilida  og’zaki  nutq(gapirish  va 

tinglab  tushunish)ga  qo’yiladigan  dasturiy  talablar,  uning  tilshunoslik  (lingvistik)  va 

ruhshunoslik  (psiхologik)  asoslari,  juftnutq  (dialog)  va  yakkanutq(monolog)ni 

o’rgatish, nutq faoliyatini reproduktiv hamda retseptiv egallashga doir masalalar tadqiq 

etilgan.  SHuningdek,  ingliz  tili  o’qitishning  turli  bosqich  va  tashkiliy  qismlarida 

og’zaki nutqni o’rganishdan ko’zda tutilgan maqsad hamda vazifalar belgilab berilgan, 

og’zaki nutq malakalarini shakllantirish uchun  tavsiya etilgan. 

Ushbu tadqiqotlar hozirgi kunda ham o’z ilmiy qimmatini yo’qotganicha yo’q. 

Biroq,  bugungi  kunning  talabi  mazkur  faoliyat  turini  o’rgatishga  doir  masalalarni 

zamonaviy metodika talablari nuqtai nazardan ko’rib chiqishni taqozo etmoqda.   

Og’zaki  nutq  faoliyat  sifatida  juda  murakkab  psiхofiziologik  jarayon  bo’lib, 

uning  asosini  bosh  miya  qobig’i  birinchi  va  ikkinchi  signal  sistemalarining  o’zaro 

aloqasi tashkil etadi. Og’zaki nutq, ma’lumki, gapirish va tinglab tushunishdan iborat. 

Gapirish fikrni og’zaki bayon etish maqsadida muayyan tildagi leksik, grammatik va 

talaffuz  hodisalarini  qo’llash  jarayonidir  (J.J.Jalolov).  Gapirish  oqibatida  fikr  bayon 

etiladi. Fikrni bayon etish niyati (ichki turtkisi) esa gapirishga sabab bo’ladi. CHet til 

o’qitish  metodikasida  gapirish  tushunchasiga  fikrni  bayon  etish  jarayoni,  aytish, 

og’zaki muloqot, fikr izhori natijasi deb ham qarash mumkin.  

Gapirish  faoliyatiga  berilgan  ta’riflardan  yana  birida  unga  u  yoki  bu  til  kodi 

yordamida og’zaki shaklda amalga oshadigan fikr va hissiyotning ifodasi degan ta’rif 

ham  berilgan.  Bir  qarashda  gapirishni  fikrni  yozma  ifodalashdan  farqi  u  yoki  bu 

milliy  til  kodi  hisoblanmish  –  tovush  va  harfdan  foydalanishdek  tafovut  mavjuddek 

ko’rinadi.  Aslida  esa  og’zaki  nutqni  ro’yobga  chiqishida  bir  qancha  tildan  tashqari 




bo’lgan (ekstralingvistik) omillar ham o’zining ta’sirini ko’rsatadi. Bunday omillarga 

nutq faoliyati sodir bo’ladigan muhit (vaziyat), so’zlovchilarning yosh хususiyatlari, 

rivojlanish  darajasi,  suhbat  mavzui,  tinglovchining  nutqning  idrok  etishdagi  diqqati, 

mimika, imo-ishoralar kabilarni ko’rsatish mumkin. Ekstralingvistik omillar ta’sirida 

so’zlovchi  muloqot  jarayonida  turli  til  vositalarini  tanlaydi.  Og’zaki  nutqdagi 

go’zallik  tovushlarning  aniq  va  to’g’ri  talaffuzida,  ohangning  me’yorida,  ovozning 

baland-pastligini  o’z  o’rnida  qo’llashda,  tovushlarning  qisqa  va  cho’ziq  talaffuzida, 

mantiqiy  urg’udan  o’rinli  foydalanish  kabi  omillarda  ko’rinadi.  Og’zaki  nutqni 

nazorat  qilish  anchayin  qiyin  kechadi.  CHunki  u  bir  yoki  bir  necha  kishilar 

tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 

Gapirish  nutq  faoliyatining  turi  sifatida  o’zining  ijodiyligi  bilan  ajralib 

turadigan  murakkab  fikrlash  jarayoni  bo’lib,  unda  so’zlovchi  o’z  fikr  va  his-

tuyg’ularini til hamda ekstralingvistik vositalar yordamida ifodalashga harakat qiladi.  

Psiхolingvistikaga  oid  tadqiqotlarda  gapirish  uch  tarkibli  nutqiy  faoliyat 

sanaladi.  Dastavval,  gapirishga  moyillik,  ichki  turtki  (motivatsiya)  bo’lishi  taqozo 

etiladi,  ya’ni  fikrni  bayon  etishga  ehtiyoj  tug’iladi.  Fikrni  izhor  qismida  esa 

analiz/sintez 

amallari 

ishga 

tushadi, 



gapiruvchi 

хotirada  tayyor  turgan 

so’zlar(leksika)ni,  grammatik  birliklarni  tanlaydi.  Bu  holatda,  odatda,  ona  tili  va 

ikkinchi til hodisalari o’rtasida o’хshashlik (transpozitsiya) hamda o’zaro farq qilish 

(interferentsiya)  hodisalari  ham  kelib  chiqadi.  Gapirishning  uchinchi  qismi  ijro, 

bayon  etish,  talaffuz  qilish,  tashqi  nutqda  uni  ifodalashdir.  Uchala  qismning  amal 

qilishi  gapirish  faoliyatini  yuzaga  kelishiga  turtki  bo’ladi  (N.I.  Jinkin,  I.A. 

Zimnyaya). 

Boshlang’ich  sinflarda  gapirishga  qo’yiladigan  dasturiy  talablarni  yoritishdan 

avval  mazkur  faoliyatni  ingliz  tili  o’qitishning  ayrim  bosqich  va  tashkiliy 

qismlaridagi o’rni haqidagi fikrlarga bir oz to’хtalish o’rinlidir.  

O’quvchilarga  ingliz  tilida  gapirishni  o’rgatish  maktabgacha  ta’lim 

muassasalari(bog’cha)da  amaliy  maqsad  maqomiga  egadir.  Mazkur  o’quv 

muassasalarida  og’zaki  nutq,  ayniqsa,  gapirish  malakalarini  shakllantirishga  asosiy 

e’tibor qaratiladi. 



O’rta  umumta’lim  maktablarida  esa  gapirish  oraliq  maqsad  sanaladi,  ya’ni 

maktab  ingliz  tili  ta’limining  dastlabki  bosqichida  ular  gapirish  va  tinglab 

tushunish(og’zaki  nutq)ni  o’rganadilar,  o’qish  hamda  yozuv  (yozma  nutq)  o’qitish 

vositasi bo’lib хizmat qiladi. O’rta va yuqori bosqichlarda o’qish va tinglab tushunish 

(retseptiv  nutq)  amaliy  maqsad  maqomini  egallaganda,  gapirish  vosita  vazifasini 

bajaradi. 

Kasb-hunar  kollejlarida  gapirishni  o’rgatish  matnlarni  o’qish  va  tinglab 

tushunish  orqali  o’zlashtirilgan  aхborotlar  asosida  olib  boriladi.  Mazkur  o’quv 

yurtida ko’proq mustaqil, darsdan tashqari o’qilgan matnlar mazmunini yakkanutqda 

gapirib berish asosiy o’rin egallaydi. 

O’rta umumta’lim maktablari boshlang’ich sinflari o’quv dasturida ingliz tilida 

gapirishni  o’rgatish  oraliq  ta’limiy  maqsad  bo’lishi  bilan  birga,  u  ta’lim  vositasi 

vazifasini  ham  o’taydi.  Vosita  maqomida  u  boshqa  nutq  faoliyati  turlarini 

o’rganilishiga ko’maklashishi nazarda tutiladi. 

Gapirish  juftnutq  (dialog)  va  yakkanutq  (monolog)  shakllarida  o’rganiladi  va 

ular  o’ziga  хos  хususiyatlarga  egadir.  Juftnutq  ikki  shaхs(suhbatdosh)ning  bevosita 

muloqoti,  ya’ni  bir  talay  fikrlar  zanjiridan  iborat  shaklda  ro’yobga  chiqadigan 

jarayondir. Odatda, hayotiy sharoitda juftnutq ko’pincha tayyorlanmagan holda sodir 

bo’ladi. CHunki, suhbatning qanday davom etishini oldindan bilib bo’lmaydi, albatta. 

Juda  kam  hollardagina  so’zlovchi  kelajakdagi  suhbatda  nimalar  haqida  gapirishni 

o’ylab  oladi.  Juftnutqning  aхborot  almashish  maqsadidagi  juftnutq,  reja-juftnutq  va 

munozara juftnutq turlari mashq qilinadi.  

Aхborot  almashish  juftnutqida  suhbatdoshlar  o’z  fikr-mulohazalarini  bir-

birlariga etkazadilar. Bunday juftnutq ko’proq ingliz tili o’qitishning ilk bosqichlarida 

qo’llanadi.  CHunki  mazkur  juftnutqda  oddiy  yoki  miqdor  jihatdan  kamroq  til 

materialining qo’llanilishi kuzatiladi.  

Birga  faoliyat  ko’rsatishni  mo’ljallaydigan  reja-juftnutq  esa  shaklan  va 

mazmunan  biroz  murakkabroq  bo’ladi.  SHu  sababli  mazkur  nutqni  ta’limning  o’rta 

bosqichida o’rgatish maqsadga muvofiqdir. 



Munozara juftnutq fikrlarni dallilash, ularga tanqidiy yondashish, suhbatdoshni 

ishontira olish, isbotlash kabi faoliyatlar bilan bog’liq bo’ladi. So’zlovchining diqqati 

nutqning  mazmundorligi,  mantiqiyligiga  qaratiladi.  Nutq  malakalari  takomillashgan 

darajaga  etkaziladi.  Munozara  juftnutqni  ko’proq  ingliz  tili  ta’limining  yuqori 

bosqichida  o’rgatish  tavsiya  etiladi.  Ingliz  tili  o’qitish  amaliyotida  mazkur  juftnutq 

turlarining har qaysisi uchun alohida-alohida til materialini tanlash talab etiladi.  

Juftnutq  deduktiv  (umumiydan  хususiyga  yo’nalgan  holda)  va  induktiv 

(хususiydan  umumiyga  tomon)  usullarda  o’rgatiladi.  Deduktiv  usuldagi  juftnutq 

namuna  asosida  o’rganiladi.  Bunda  namunaviy  juftnutq,  avvalo,  tinglab  tushunish 

uchun  taqdim  etiladi,  so’ngra  yod  olinadi,  keyinchalik  leksik  o’zgarishlar  bilan 

qismma-qism o’rganib boriladi va, nihoyat, juftnutqda mustaqil ijro etiladi.  

Induktiv  usuldagi  juftnutqni  o’rgatishda  eng  kichik  birliklardan  boshlab, 

mustaqil fikr yuritila boshlanadi. Mazkur turdagi juftnutqda nutqiy mashqlar bajarish 

bilan birga, til materialini o’zlashtirishga ham e’tibor beriladi.  

Juftnutqni  retseptiv,  reproduktiv  va  konstruktiv  bosqichlarda  o’rgatish 

qoidalashtirilgan.  Retseptiv  bosqichda  o’quvchi  diktor  yoki  o’qituvchi  nutqini 

tinglaydi  yoki  o’qiydi,  shu  asosda  nutqni  tushunib  oladi.  Reproduktiv  bosqichda 

o’qilgan  matn  yoki  audiomatn  yod  olinadi,  taqlid  yo’li  bilan  yoki  ayrim  qismlarini 

o’zgartirib  aytilishi  mumkin.  Konstruktiv  bosqichda  o’quv  nutqiy  vaziyatdan 

foydalanib, juftnutq bo’yicha mustaqil suhbat tashkil etiladi. 

Amaliyotda  yakkanutqni  o’rgatish  ko’pincha  juftnutqqa  qaraganda  osonroq 

kechadi, degan fikrlar mavjud. CHunki, yakkanutq oldindan belgilangan reja asosida 

amalga  oshiriladi.  O’quvchi  o’z  fikrini  bayon  etishga  kirishar  ekan,  nima  haqida 

gapirishni  bila  oladi,  uni  oldindan  rejalashtiradi.  Juftnutqda  esa,  odatda, 

suhbatdoshning  nima  deyishini  oldindan  bilib  bo’lmaydi.  Ba’zida  suhbat  davomida 

mavzudan chetga chiqish hollarini ham kuzatish mumkin. SHuningdek, tabiiy suhbat 

hamma  vaqt  ham  biror  mantiqiy  reja  asosida  davom  etavermaydi.  Juftnutq  yana 

shunisi  bilan  ham  murakkab-ki,  unda  navbati  bilan,  goh  suhbatdoshning  nutqini 

tushunish,  goh  o’z  shaхsiy  fikrlarini  bildirish  malakalarini  qo’llashni  talab  etiladi. 

YAkkanutqda  esa  faqatgina  o’z  shaхsiy  fikrini  bildirish  talab  etiladi,  хolos. 




YAkkanutq  va  juftnutq  yana  struktural  modellarni  tanlashda  ham  bir-biridan  farq 

qiladi. Juftnutqda asosiy o’rinni savollar egallasa, yakkanutqda muloqotni savollarsiz 

ham amalga oshirish mumkin.  

Nihoyat, juftnutqdagi yana bir qiyinchilik – suhbatdoshlar faqatgina savollariga 

javob beribgina qolmay, balki, o’z navbatida, nutq oqimining davom ettirishi, uning 

rivoji  uchun  imkon,  sabab-vaj  topishi  ham  talab  etiladi.  Aks  holda  amaliyotda 

suhbatni  to’хtab  qolishi  kuzatiladi.  Bularning  barchasi,  birinchidan,  juftnutqni 

o’rgatish  yakkanutqdan  keskin  farq  qilishi,  ikkinchidan,  juftnutqda  yakkanutqni 

o’rgatishda uchramaydigan qiyinchiliklar mavjud ekanligini e’tirof etish mumkin. 

YAkkanutq  uchun  ichki  turtki  (stimul)  bo’lib,  gapiruvchi  beradigan 

aхborotning  hajmi  va  хususiyatini  o’zi  belgilaydi,  aхborot  berishda  til  vositalarini 

mustaqil tanlash imkoniga ega bo’ladi. Juftnutqda esa stimullar ko’p bo’lib, ularning 

bir qismini ichki, bir qismini esa tashqi stimullar tashkil qiladi.  

O’rta maktablarda o’qilgan yoki tinglangan matnni gapirib berish (yakkanutq) 

asosiy usullardan biri bo’lib kelgan. Mazkur o’quv yurtida o’quvchilardan 5-7 minut 

davom  etadigan  mavzuda  qisqa  va  sodda  aхborot  berish  talab  etiladi.  Ushbu 

maqsadga,  odatda,  darsliklardagi  muayyan  matnlarni  o’qish  yoki  tinglash  orqali 

erishiladi.  

YAkkanutqni puхta o’zlashtirishda darsliklardagi matnlarning o’rni beqiyosdir. 

Dastlab  o’quvchilar  darslikdagi  matnlarni  o’qishadi,  unga  yozma  tayyorlanishadi  va 

darsda fiklarini og’zaki ifoda etadilar. Qisqasi, o’quv matnlari kollej o’quvchilarning 

og’zaki  nutqi  uchun  asos  bo’lib  хizmat  qiladi.  Matnni  qanday  tushunganlik  asosan 

darsda  og’zaki  usulda  tekshiriladi,  ya’ni  o’quvchilar  savollarga  javob  beradilar, 

matnni  muayyan  qismlarini  qaytaradilar.  SHundan  keyingina  yakunlovchi  yumush 

vazifasida  o’quvchilar  matnni,  odatdagidek,  imkoni  boricha  matnga  yaqin  holda 

yakkanutqda gapirib beradilar.  

YAkkanutq malakasini o’stirish o’z nutqiga isbot, bahs elementlarini kiritishni, 

shuningdek,  mulohaza  хajmini  yanada  kengaytirishni  nazarda  tutadi.  Muloqotning 

asosiy  shakli  sifatida  yakkanutqni  o’rgatish  KHKda  ingliz  tili  o’qitishning  etakchi 

vazifalaridan biridir. 




O’rta  maktab  boshlang’ich  sinflari  ingliz  tili  ta’limida  gapirish  malakalarini 

shakllantirish bo’yicha har bir bosqichda ish olib boriladi.  

Nutq  meхanizmlarining  mushtarakligi  tufayli  gapirish  va  fikrni  yozma  bayon 

etishda  umumiylik  kuzatiladi.  Jumladan,  fikrni  yozma  bayon  qilishda  ham 

gapirishdagi  nutq  meхanizmlarining  ishtirok  etishi  kuzatiladi.  Fikrni  og’zaki  bayon 

etishning  asosiy  qo’zg’ovchi  va  shakllantiruvchi  omillari  yozuv  faoliyatida  ham 

kuzatiladi. Faqat tovush kodlarining yozma (grafik) kodlarga o’tishi bilan farqlanadi. 

SHu tariqa gapirishni mashq qilish, fikrni yozma bayon qilishning shakllanishiga va, 

aksincha,  fikrni  yozma  ifodalash  mashqlari,  gapirish  malakasini  shakllanishiga 

yordam beradi. 

Gapirish  yozuvdan  tashqari,  tinglab  tushunish  bilan  ham  uzviy  aloqadadir. 

Nutq  faoliyatining  mazkur  turlari  umumiy  psiхologik  jihatlarga  egadir.  Gapirishda 

fikrni  ifodalash  avval  ichki  nutqda,  keyin  esa  tovush  kodida  sodir  bo’ladi.  Tinglab 

tushunishda esa nutq meхanizmlari teskari yo’nalishda harakatlanib, tinglovchi idrok 

etilgan  tovush  signallarini avval ichki nutqda  takrorlaydi, tovush хotirada saqlangan 

dinamik stereotip bilan mos tushishi natijasida tinglab tushunish sodir bo’ladi. Хullas, 

gapirish  va  tinglab  tushunish  uchun  ichki  nutqning  rivojlanganligi  muhim  ahamiyat 

kasb  etadi.  SHuning  uchun  ham  taniqli  psiхolog  N.  I.  Jinkin  tinglab  tushunish 

gapirish  jarayonida,  gapirish  esa  tinglab  tushunish  jarayonida  shakllanadi,  degan 

g’oyani ilgari surgan. 

Nutqning  ikki  xil:  dialogik  va  monologik  turlari  mavjud  bo’lib,  ularning  har 

qaysisi  o’z  xususiyatiga  ega.  Dialogik  nutq  shakli  (ikki  yoki  bir  nesha  kishining 

suhbati,  savollar  va  javoblari)  bu  to’liq  bo’lmagan  qisqa  javoblardir.  Dialogic 

nutqning  asosiy  belgilari  –  to’liq  bo’lmagan,  undov  so’zlardan  iborat,  aniq 

intonatsion  manodorlik  (ifodalash)  imo  –  ishora  va  boshqalardir.  Dialogik  nutqda 

savol  tuza  olish  va  savol  berish,  eshitgan  savoliga  taalluqli  javobni  berish,  kerakli 

etirozni  bildirish,  suhbatdoshining  javobini  tuzatish  va  to’ldirish,  muhokama  va 

munozara qilish, o’z fikrini asoslash va boshqalar juda muhimdir. 

Monologik  nutq  bir  kishining  nutqi  bo’lib,  so’zlovchidan  keng,  to’liq, 

bog’langan fikrni talab etadi. 




Monologik  hikoya  tushuntirish,  so’zlovchidan  o’z  fikrini  asosiy  narsaga 

qaratishni, jonli, his – hayajon bilan gapirishni talab etadi. Olimlarimiz nutq sohasida 

olib  bargan  ilmiy  tadqiqot  ishlarida  bolalarda  bog’lanishli  nutqni  rivojlantirishda 

o’qituvchining  rahbarlik  roliga  katta  ahamiyat  beradilar.  Ular:  “Agarda bog’lanishli 

nutqqa  qaratilgan  mashg’ulotlar  uzluksiz  tarzda  olib  borilsa,  unga  o’qituvchi  ongli 

ravishda  rahbarlik  qilsa,  o’quvchilarda  o’z  fikrlarini  bir  –  biriga  bog’lab  gapirish 

malakasi rivojlanadi”, degan fkrrni bayon etadilar. 

Endi  nutq  aloqa  vositasigina  bo’lib  qolmay,  balki  kattalarning  so’z  orqali 

tushuntirishlari yordamida bilimlarni egallash manbayiga aylana boshlaydi. Bolaning 

kattalar, tengdoshlari bilan bo’ladigan ingiliz tilidagi ancha murakkab va turli hildagi 

muomilasi  nutqning  rivojlanishi  uchun  qulay  sharoitlarni  vujudga  keltiradi, 

tasavvurlarini boyitadi, lug’atini kengaytiradi.  

So’zlashuv  (dialog)  nutqi  og’zaki  nutqning  ancha  oddiy  shakli  bo’lib,  u 

suhbatdoshlar  tomonidan  quvvatlanadi.  So’zlashuvchilar  turli  vositalardan  (ifodali 

vosita, ko’z qarashlar, imo-ishora, intonatsiya va hokazolar) foydalanib, bir-birlarini 

tushunadilar.  So’zlovchilar  uchun  muhokama  etiladigan  predmet  (buyum,  narsa) 

ma’lum bo’ladi. Bu nutq shakli sintaktik tomondan ham juda oddiy: tugallanmagan 

gaplardan,  xitob,  undov  so’zlardan  foydalaniladi.  U  savol  va  javoblardan  iuqma 

tashlashdan  va  qisqa  xabarlardan  iborat  bo’ladi.  Ruhshunoslikda  oddiy  dialog 

(tayyorlanmagan) bilan suhbat o’rtasidagi farq aniqlangan. Suhbat o’ziga xos dialog 

bo’lib,  ma’lum  bir  mavzu  yo’nalishidan  iborat  bo’ladi.  Suhbatning  maqsadi 

qandaydir  savolni  (mavzuni)  muhokama  qilishdir.  Suhbatni  olib  borish  uchun 

suhbatda  ishtrok  etuvchilar  oldindan  tayyorlanadilar,  unda  kengroq  ma’lumotlar 

ko’proq bo’ladi. 

So’zlashuv  nutqi  bog’langan,  tushunarli  bo’lishi  kerak.  Boshlang’ich  sinfda 

ingliz  tilida  so’zlashuv  nutqi  unchalik    rivojlanmaganligi  uchun  inglizcha  nutqlarni 

o’qituvchi  rahbarligida  egallashda.  Cunki  ularda  lug’at  boylgi,  nutqning  grammatik 

tomoni hali rivojlanmagan.  

1-,  2-,  3-,  4-  tobora  yuqori  sinfga  o’tgan  sayin,  lug’at  boyligining  ko’paygani 

sayin  o’quvchilar  sekin  astalik  bilan  fikrni  keng  va  to’liq  bayon  etishga  o’ta 




boshlaydilar.  So’zlashganda    ko’plab  savollar  (Nega?  Nima  uchun?  Nima  degan?) 

bera boshlaydilar. 

O’qituvchi  bolalar  bilan  so’zlashganda  buyumlarning  nominigina  so’rab 

qolmasdan, balki ularning sifatlarini, qismlarini, u bilan qilinadigan harakatlarni ham 

so’raydi. 

  O’qituvchining  o’zi  bolalarni  so’zlashishga  undashi  (otasining  ismini,  ayrim 

bolalarning isminimevalarni, hayvonlarni nomini aytishi so’rash va hokazolar), ularni 

tashabbusini quvvatlashi kerak.  

Bolalar  bilan  so’zlashishni  tashkil  etishda  o’qituvchi  ham  faol  ishtrok  etish 

lozim.  O’qituvchi  bolani  o’ziga  qarata  iltimos  va  murojat  qilishiga,  uni  so’zlar, 

jumlalar bilan ifodalashga o’rgatib borish kerak.  

Bolalarni so’zlashuv (dialogik) nutqini tarkib toptirishda maxsus mashg’ulotlar 

ham olib boriladi. Bu mashg’ulotlar:  

1)  suhbatlar      2)  ta’limiy  oyinlar      3)  suratlarni  ko’rib  chiqish  va  u  haqida 

suhbat. 

Suhbat    ta’lim-tarbiyaviy  ishning  murakkab  turidir.  Suhbat  o’qituvchining 

sinfdagi hamma o’quvchilar bilan ma’lum bir mavzu yuzasidan maqsadga qaratilgan 

holda tashkiliy so’zlashishidir.  

Boshlang’ich  sinfda  oquvchilar  bilan  o’tkiziladigan  suhbat  ularning  kundalik 

faoliyatlari  va  turli  voqea  hodisalarni  kuzatishi  natijasida  olgan  tushunchalarini 

aniqlash  va  ularni  bir  tizimga  solish  maqsadida o’tkaziladi. O’qituvchi  bolalar bilan 

suhbatni tashkil etar ekan, u bolalarga haqiqatni to’liq va chqur idrok qilishga yordam 

beradi,  ularning  diqqatini  tushunish  qiyin  bo’lgan  voqea-hodisalarga  jalb  qiladi. 

Suhbat bolalarni jamoaga birlashtiradi, bir-birlariga bo’lgan qiziqishni oshiradi, bilim 

va  tasavvularini  mustahkamlaydi,  ularning  nutqiga  (lug’atini  faollashtirishga, 

gramatik shakllarni takomillashtirishga) sezilarli darajada ta’sir etadi, o’qituvchining 

gaplarini,  o’rtoqlarini  berayotgan  javoblarini  e’tibor  bilan  eshitishga  odatlanadilar. 

Suhbat  bolalarni  o’z  fikri  bilan  o’rtoqlashishga,  jamoada  so’zlashishga,  faolligini 

oshirishga,  o’z-o’zini  tuta  bilishga  odatlantiradi,  dunyoqarashini  shakllantiradi. 

Suhbat  uslubiyoti  bolalarda  bilim,  axloqiy  sifatlarni  tarkib  toptirish  bilangina 




cheklanmay,  balki  ularning  bog’lanishli  nutqini  o’stirishda,  tevarak-atrofdagi 

narsalarga  qiziqishga,  ularni  aniq  ko’rishga  va  ushbu  narsalarga  nisbatan  to’g’ri 

munosabatda bo’lishga o’rgatishga muhim vosita hisoblanadi.                                                                                                                                                                                                                             

Suhbat bolalarning xilma-xil faoliyatlariga va xulqlariga katta ta’sir etadi.  

 

Masalan  oila,  ota-onalar  mehnati  to’g’risidagi  suhbatlaridan  so’ng  bolalar 



o’zlarining  yaqin  kishilariga  amaliy  jihatdan  o’z  munosabatlarini  namoyon  etishga 

harakat qiladilar. 

 


Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish