UMUMIY XULOSALAR………………………………………………37
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………….……..39
ILOVALAR………………………………………………………………41
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Maktabgacha ta‘lim muassasalarida bolalarni ma‘naviy yetuk, axloqli, pok insonlar qilib voyaga yetkazishda tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani muhim ahamiyat kasb etadi. Uning maqsadi, maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlash, tabiat bilan tanishtirish jarayonida tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, Vatanga mehrli bo‘lish, ekologik ta‘lim-tarbiyani amalga oshirish, tabiat haqida mukammal bilimga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashdir.
O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizastiya va isloh etish jarayoni ketmoqda. Ushbu jarayon samarasi ko‘p jihatdan madaniy saviyasi baland barkamol inson shaxsini shakllantirishga bog‘liq. Zotan, ana shunday shaxsgina ijtimoiy taraqqiyot mo‘ljallarini va millat manfaatlarini chuqur anglab etadi, Vatan ravnaqi yo‘lida xizmat qiladi. Shuning uchun ham. Barkamol inson shaxsi ma‘naviy qiyofasida ekologik madaniyat alohida ahamiyat kasb etadi.
Respublikamizning "Ta‘lim to‘g‘risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablarining asosiy maqsadi - yosh avlodni istiqlol mafkurasi asosida sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalashdan iboratdir. Binobarin, yosh avlodni boy madaniy merosimiz, tarixiy an‘analarimiz, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash respublikamizda amalga oshirilayotgan uzluksiz ta‘lim-tarbiya tizimini isloh qilishning hal qiluvchi omili hisoblanadi. Zero, ta‘lim tizimi oldida turgan muhim vazifalaridan biri jahon tarixi va madaniyati ilg‘or yutuqlarini to‘liq egallagan yangi avlodni tarbiyalashdan iborat.
Atrof muhitni muhofaza qilish muammolari umuminsoniy ahamiyat kasb etayotgan, insoniyatning tabiiy muhitga yetkazgan salbiy oqibatlari qayta ko‘rib chiqilayotgan bir paytda shu narsa ma‘lum bo‘ldiki, aholining barcha qatlamlarida bolalarni tabiat bilan tanishtirishning shakllantirish muammolari inson ongidagi o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘liq.
Bugungi kunda texnika jadal sur‘atlarda rivojlanib, inson va tabiat o‘rtasidagi tabiiy muvozanat buzilayotganligi, tabiatga nisbatan jamiyat a‘zolarida g‘amxo‘rlik sust ahvolga kelib qolganligi oqibatida atrof muhitga katta ziyon etmoqda. Ona tabiatga istiqbolni ko‘zlab munosabatda bo‘lish, kelajak avlodga uni go‘zal va tabiiyligicha qoldirish bugungi kunning muhim vazifasi bo‘lib turibdi. Chunki tabiatga nisbatan inson qanchalik berahmlik bilan munosabatda bo‘lsa, tabiat ham insonga nisbatan aynan ana shunday javob qaytaradi. Har bir inson ongida ekologik madaniyat qay darajada shakllansa, jamiyat ham shu darajada taraqqiy etadi.
Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalashda yoshlarni intelektual salohiyatini ruyobga chiqarish va ularning har tomonlama rivojlangan shaxs etib voyaga yetkazish – davlatimiz siyosatini ustivor yo’nalishga aylangan.
Chunki jismoniy sog’lom ma’naviy yetuk shaxslargina buyuk kelajakni yaratadi.
Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo’lsak, aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta’sirida ma’naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo’la boshlaydi", - deb ta’kidlanadi. Ushbu fikrlar maktabgacha ta’lim muassasalar (MTM)ga ham taalluqlidir. O’zbekiston Respublikasi "Ta’lim to’g’risida"gi Qonunining 10-moddasida ta’lim turlari sanab o’tilib, uning birinchi turi - "Maktabgacha ta’lim" ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, 11-moddasida: "Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. Bu ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog’chasida va mulk shaklidan qatiy nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi", - deyilgan.
O’zbekistan Respublikasi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da maktabgacha ta’lim - uzluksiz ta’lim tizimining birinchi turi ekanligi va maktabgacha ta’limning samarali psixologik uslublarini izlash va joriy etish" zarurligi ta’kidlangan. Shuningdek, 9-moddasida "Barcha bosqichdagi ta’lim jarayonlarini kompyuterlashtirish va axborotlashtirish amalga oshiriladi", - deb aytilgan.
Shuningdek, "Barkamol avlod yili" Davlat dasturida "Ta’lim jarayoniga yangi axborot-kommunikasiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, liseylari va oliy o’quv yurtlarida o’qitish sifatini tubdan yaxshilash" va "har bir maktabgacha muassasani o’yinli va bilish bilan bog’liq multimedia dasturi" bilan ta’minlash ko’zda tutilgan. YuNISEF tashkilotining «Bolaga yo’naltirilgan ta’lim dasturi"da MTMlarining ta’lim-tarbiya jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish dolzarb masala ekanligi ta’kidlangan.
Yuqorida bayon qilingan dalillar MTM bolalarida kompyuter savodxonligini shakllantirish, ularni kompyuter bilan elementar tarzda muomala qilishga o’rgatish va maktab ta’limiga tayyorlash dolzarb masalalardan biri ekanligini ko’rsatadi.
Yosh bolalar tevarak-atrofga, voqyea va xodisalarga, narsa va buyumlarga qiziquvchan bo’ladi. Hamma narsani ushlab, paypaslab, yurgizib, harakatga keltirib ko’rishni yoqtiradilar.
Kompyuter uyinlari tarbiyalanuvchilarning ushbu qiziquvchanlik xususiyatini oshiradi. Natijada, ularning aqliy rivojlanishi shakllana boradi.
Multimediali kompyuter o’yinlari tarbiyalanuvchilarning qiziquvchanlik xususiyatini oshirishi quyidagilar asosida nomoyon bo’ladi:
1) ekranda ko’rsatiladigan o’yin obyektiga animasiya samarasi berilgan bo’lishi va ular doimiy ravishda harakatlanib, jilolanib turishida; 2) tovushda; 3) musiqada; 4) animasiyada; 5) multifikasiyada.
O’yin davomidagi ushbu "kompyuterli" psixologik-pedagogik ta’sirlar yosh bolalarning faqat qiziquvchanlik xususiyatini oshiribgina qolmasdan, balki bilim olishga bo’lgan ishtiyoqini ham oshiradi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ma’lum bo’ldiki maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyasini shakllanishida axborot texnologiyalari ya’ni, multmedialardan foydalanish uni MTMlarda samarali qo’llash hozirgi kunning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |