Tarbiyaviy maqsad: Bolalarni hayvonlarga nisbatan qiziqishini uyg‘otish.
Jixozlar: Predmetli, syujetli rasmlar, magnitli doska, “Arktika va Antarktida” syujetli rasm, globus, “fotoapparatlar”, grafik sxemali rasmlar…
Vaqt: 20-25 daqiqa
Mashg‘ulotning borishi
I. Tashkiliy qism:
Bolalarga yovvoyi hayvonlarni ko‘plikda aytishni taklif etish.
II. Asosiy qism:
1.YAngi mavzu.Mashq: “Uzoq o‘lkalarga sayohat qilamiz”
Bolalarga Arktikaga borishni taklif etish. Globusdan Arktikani joylashgan o‘rnini aniqlash va nimada borishni o‘ylash. Arktika mavzusidagi syujetli rasmni va shimol hayvonlari (shimol bug‘usi, morj, tyulen, dengiz mushugi, oq ayiq va ularni bolalari) tasvirlangan predmetli rasmlarni tomosha qilish. SHimol hayvonlarini nomlarini aniqlash (Ko‘plik shaklida aytish).
Do'stlaringiz bilan baham: |