3. O‘yin:“Uyini top”.
Logoped bolalarga hayvonlar tasvirlangan predmetli rasmlarni tarqatadi.Doskaga hayvonlar uyi tasvirlangan rasmlarni terib qo‘yadi.Bolalarga har bir hayvonni uyini topishni taklif etadi.
Yaxshi ishtirok etgan bolalarga yulduzcha berib boriladi.
4. Jismoniy daqiqa. O‘yin: “Harakatini korsat”.
5. O‘yin: “Hammasini sana – Bir, ikki, uch, to‘rt, besh”
Bolalarga birdan beshgacha bo‘lgan sonlarni va yovvoyi hayvonlar tasvirlangan predmetli rasmlarni tarqatish. Rasmning chap tomonidan 1 dan boshlab tartib bilan sonlarni qo‘yib chiqishni va yovvoyi hayvonlarni shu sonlar bilan atashni taklif etish (bitta quyon, ikkita bo‘ri, uchta yo’lbars, to‘rtta tulki, beshta maymun).
Do'stlaringiz bilan baham: |