6. Mustahkamlash. Mashq: “Erkalatib ayt”
Bolalarga yovvoyi hayvonlarni kichraytirish – erkalatish shaklida nomlashni taklif etish. Qiynalgan bolalarga yordam berish.
Fil-filcha, ayiq-ayiqcha, tulki-tulkicha...
III. Yakunlash.
1. Mashg‘ulotga yakun yasash.
Savol – javob asosida o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Logoped:
- Bolajonlar, biz bugun qanday hayvonlar haqida suhbatlashdik?-...
- Yovvoyi hayvonlar qaerda yashaydi?-...
- Bo‘ri, ayiq, fil, maymun, tulkini bir so‘z nimalar deymiz?-...
- Qani bolajonlar, men ko‘rsatgan hayvonlarni ko‘plikda aytib bering(bo‘ri-bo‘rilar, ayiq-ayiqlar).
- “Tulki” so‘zi nechta bo‘g‘indan iborat?(bolalar qarsak chalib bo‘g‘inga ajratishadi)
Do'stlaringiz bilan baham: |