Tadbirkorlik faoliyatining shakllari
Mamlakatimizda islohotlarni chuqurlashtirish, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish, ishiab chiqarishni rivojlantirish va eksport qilish, m avjud zaxiralardan tejamkorlik bilan foydalanish asosida sifatli va arzon xalq iste’moli tovarlari ishiab chiqarish xalq turmush farovonligini oshirish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu ustuvor masalalami hal etishda tadbirkorlik faoliyatining hajmigi, faoliyat turiga, tadbirkom ing qobilyatiga, tarm oqlam ing ixtisoslashuviga qarab turli shakllarda faoliyat yuritishi uchun imkoniyatlar yaratigan b o iib , tadbirkorlik faoliyatini quyidagi 5 ta guruhga ajratib qo'yilgan.
1.Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha: ishlab chiqarish, tijorat, m oliyaviy va innovatsion tadbirkorlik faoliyati;
2. Tadbirkorkning qanday vazifani bajarishiga qarab: ishiab chiqarish, boshqarish, moliyalashtirish, vositachilik va konsaiting xizmatiga qaratilgan tadbirkorlik;
3. Faoliyat turlarining soni bo'yicha: bitta va k o ‘p tarmoqli tadbirkorlik;
4. Faoliyat murakkabiigi b o ‘yicha: maxsus bilim talab qilmaydigan, maxsus bilim talab qiladigan, yuqori texnologiyaga va maxsus bilimga asoslangan tadbirkorlik;
5. Faoliyatning tarmoq yo'nalishlari bo'yicha: sanoat, agrosanoat, qishloq xo'jaligi, qurilish va boshqa ijtimoiy tarmoqdagi tadbirkorlik. O‘zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to'g'risida»gi qonuninng 5-modaasiga binoan tadbirkorlikning quyidagi turlari m avjud boiib , yakka tartibdagi tadbirkorlik; xususiy tadbirkorlik; jam oa tadbirkorligi; aralash tadbirkorliklarga b o ‘linadi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning eng oddiy shakli bo'lib, yakka tartibdagi tadbirkoriar odatda mayda ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadilar.
O‘zbekistan Respublikasi «Xususiy tadbirkorlik to ‘g ‘risidagi Nizom»da: xususiy tadbirkorlik fuqarolar (alohida fuqaro) tomonidan o ‘z tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo'jalik faoliyatidir. Xususiy tadbirkorlik - xo'jalik yuritishning shunday huquqiy shakliki, unda mulk egasi bitta shaxs yoki oila bo'ladi va faoliyatdan kelgan daromadni (turli to'lov va soliqlar toTanganidan keyin) hammasiga egalik qiladi, qolaversa biznesdagi xavf-xatar va tavakkalchilik uchun yakka o'zi javob beradi.
Tadbirkorlikning ushbu shakli chakana savdoda, um umiy ovqatlanish va maslahat sohasidagi biznesda, maishiy xizmatda, fcrmerlikda. tibbiyoi amaliyotida va hunarmandchilikda ko'proq uchraydi. Xusua tadbirkorlik shakllari, yuridik shaxs tashkil qilmasdan; mustaqil ravishda, ishchilam i yollash huquqisiz; tadbirkorga tegishli mulk asosida yuritiladi.
Xususiy tadbirkorlikning hozirgi kundagi ommaviy shaklidan bin xalq istc’moi tovarlarini importi va savdosi bilan shug'ullanuvchi jism oniy shaxsiar yuridik shaxs tashkil qilmay eksport-import operatsiyalarini, ulgurji va chakana savdoni amalga oshiruvchilar sifatida ro'yxatdan o'tadilar.
Xususiy tadbirkorlikning afzalliklari: birinchidan, xususiy tadbirkorlik bilan shug'ullanish uchun raxsat olish xo'jalik shirkatlariga nisbatan soddalashtirilgan, ya’ni xususiy tadbirkor davlat ro'yxatidan o'tganidan keyin, yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritishi mumkin. Bunda xususiy tadbirkor bankda hisob raqami ochishi va o 'z hamkorlari bilan naqd pulsiz hisob-kitobni amalga oshirishi mumkin. Ikkinchidan, soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimi qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |