Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalariga lisenziya berish tartibi
Respublikamizda 1992-2012-yillar mobaynida tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, kichik va xususiy korxonalarni barpo etishning umumiy shartlari va prmstplari korxona to ‘g ‘risidagi, aksiyadorlik jam iyatlari, tadbirkorlik to'g'risidagi, kichik va xususiy korxonalarni rag‘batlantirish, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to ‘g ‘risidagi (28-may 2000-yil.) hamda «Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o'tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to ‘g ‘risida» 2001-y. 22-avgust 347 raqamii 0 ‘zbekisron Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonuniy hujjatlari asosida tartibga solindi. Ayni paytda rasmiy va amaliy axborotlarni tahiil qilinganda tadbirkorlik sohasi bo‘yicha m uam molar mavjudligini ko'rsatdi. Tadbirkorlik subyektlarini shakilianishda hujjatlarni tayyorlash ularni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida turli to ‘siqlar natijasida sarf-xarajatlaming ortishi. vaqt va imkoniyatlam ing bekor ketishi. pirovard natijada tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishdan bezor bo'lib, mehnat qilish ishtiyoqi yo‘qolishiga sabab boTadi. Natijada tadbirkorlik subyektlarini ro'yxatdan o ‘tkazish yoki tugatishni ayrim iqtisodchi olimlarimiz har doim to ‘g lri baho berib. rnuammolarni o ‘rtaga qo'yib, ochiq-oydin hal qilishga yordam berish kerakligini aytishdi.
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-maydagi «Kichik va o'rtacha tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish mehanizmini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Fannoni vazirliklar, boshqamralar, mahalliy hokimiyat organiari tomonidan tadbirkoriar manfaatiga, davlat qonunlariga zid boTgan, undan yuqori q o ‘yilgan, tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish ida qiyinchiliklam i 136 tug'diradigan, ko'pincha keraksiz hujjatlar talab qiladigan qo'llanm alar, m e’yoriy dalolatnomalami qabul qilinishini bekor qiladi. Kichik biznes subyektlarini ro'yxatdan o'tkazish va tugatish to'g'risidagi o'm atilgan tartibni rnurakkabligi sababli korxonani ro'yxatdan o'tkazish 8-12 kun, uni tugatish esa 6-7 oyga cho'zilib ketardi.
Respublikamizda xususiy korxonalam i tashkil etishga nisbatan ulami tugatishga ko'proq vaqt ketardi. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi 327 raqamli. «Moliyaviy xo'jalik faoliyatini oshirayotgan va o 'z ustav fondlarining qonunchilikda ko'rsatilgan muddatlarda shakllantirmagan korxonalami tugatish to 'g ‘risida»gi Qarori va boshqa hujjatlarga ko'ra korxonalami tugatishning hozirgi tartibi ancha murakkab va noqulay bo'ldi. Shuning uchun ko'pgina tadbirkorlar orasida bunday ishlar bilan shug'ullanishdan voz kechgan yoki ish boshlab qo'yib uni oxirigacha yetkazmay javobgarlik yuklarini davlatga tashlab kctuvchilar ham bo'ldi. Shu sababli bu sohadagi ishlami tartibga solish mexanizmini yaratish zaruriyati tug'uldi.
O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartib-qoidalarini soddalashtirish, davlat ro'yxatidan o'tkazish jarayonida m a’muriy to'siqlam i kamaytirishga alohida e ’tibor qaratildi. Tadbirkorlik subyektlarini bir уolа ” prinsipi bo'yicha davlat ro'yxatidan o'tkazish va hisobga qo'yish joriy etildi. 2003-yildan tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish bilan bir paytda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish uchun ruxsat beruvchi hujjatiami rasmiylashtirish tizimi yo'lga qo'yildi. 2006-yilda ro ‘yxatdan о 'tkazishning xabardor qilish tartibi joriy etildi.
Mamlakatimizda Prezident tashabbusi bilan 2011-yil “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb e ’lon qilindi. Prezidentining 2011-yil 7-fevraldagi PQ-1474-sonli qarori bilan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi tasdiqlandi. Tadbirkorlik subyektlarini ijroiya hokimiyat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari ro'yxatdan o'tkazadilar. Korxonalami ro'yxatdan o'tqazishning maqsadi - xo'jalik munosabatida alohida shaxs faoliyat ko'rsatayotganligining qonuniyligini tasdiqlash; tadbirkorlik subyektlarini hisobga olish; tadbirkorlik subyektlari reestrini yuritish; tadbirkorlik subyektlarining huquqiy, mulkiy va tashkiliy holati to ‘g ‘risidagi ma'umotlarni jamlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |