Elektromagnit to’lqinlar. 1887 yilda germaniyalik olim Genrix Gers (1857-1894) Maksvell nazariyasini tajribada isbot eti. U birinchi marta ochiq tebranish konturi ixtiro qilib, elektromagnit to’lqinlarni hosil qildi, uni qayd qilish usulini yaratdi va uning xossalarini o’rgandi. Ammo o’z ishlarini yakunlab, Gers shunday degan edi."Men bu izlanishlarning nimaga qo’llanishini topa olmadim". 7 may 1895 yilda A.S.Popov radioni kashf etganligini e’lon qiladi va efirda tarqalgan birinchi so’z haqli ravishda "Genrix Gers" bo’ldi
S.Popov o’z kashfiyoti to’g’risida ro’znomada maqola e’lon qilish bilan cheklanib qoladi. 1896 yilning iyun oyida Gulyelmo Markoni (1874-1937) elektr signallarini uzoq masofaga uzatish va qabul qilish uchun apparat (radio)ni kashf etganligi to’g’risida patent byurosiga ariza beradi. 1897 yil 2 iyul sana bilan G.Markoniga radioni kashf etganligi haqida patent beriladi. Shunday qilib, A.S.Popov kashfiyotidan ikki yil o’tgach, dunyoda radioning kashfiyotchisi deb G.Markoni tan olinadi.
Nazorat savollar. 1. Birinchi marta elektr va magnit hodisalar orasidagi bog’lanish qachon va kim tomonidan tajribada ochildi?
2. Mikrotok tushunchasi va moddalarning magnit xususiyati qachon va qaysi olim tomonidan e’tirof etilgan?
3. Magnit maydoni yordamida elektr tokini yuzaga keltirish muammosi qachon va kim tomonidan ochildi?
4. Elektromagnit induksiya hodisasining nazariy asosi kim tomonidan yaratilgan?
5. Yorug’likning elektromagnit to’lqin nazariyasining yaratilishi va uning ahamiyati nimadan iborat bo’ladi?
6. Elektromagnit to’lqinlar nazariyasi qachon va kim tomonidan tajribada isbotlandi?
7. Radioni birinchi bo’lib kim ixtiro qilgan?
7- Ma’ruza. Atom va yadro fizikasining paydo bo’lishi. Ma’ruza rejasi. Kvant mexanikasining yuzaga kelishi.
Yadro fizikasining rivojlanishi. Nur tolalar optikasi.
Lazer fizikasi. Yarimo’tkazgichlar fizikasi..
Uilyam Kruks (1832-1919) siyraklashtirilgan gaz orqali elektr tokining tabiatini o’rganayotib, katod nurlarini ixtiro etadi. U katod nurlarining tabiatini o’rganish natijasida bu nur kichik zarrachalardan tashkil topganligini va uni zaryadi manfiy ekanligini aniqlaydi. Katod nurlari elektr va magnit maydoni ta’sirida o’z yo’nalishini o’zgartirar ekan. D. Tomson tajriba yordamida katod nurlari zarralarining zaryadini massasiga nisbatini: ye/m = 1,7 10-7 ga teng ekanligini aniqlaydi. 1906 yilda D.Tomsonga Nobel mukofoti beriladi. 1891 yilda irlandiyalik olim Jonson Stoni Faradey tomonidan elektroliz hodisasidan aniqlangan elementar zaryadni "elektron" deb ataydi.
1897 yilda D.Tomsonning shogirdi Charlz Vilson (1869-1959) ionni to’yingan havoda kondensasiya markazlari bo’lib xizmat qilishini ochadi va o’zining Vilson kamerasini ixtiro etadi. 1899 yilda Vilson "muallaq" tomchi usuli bilan tajribadan elektron zaryadining ye = 1 1.6 10-19 Kl va massasining m = 9,08 10-28 g ekanligini aniqladi. 1918 yilda amerikalik olim R.Milleken foto effekt jarayonida hosil bo’ladigan elektronlarning zaryadini «kodensator» usuli bilan aniqlaydi. 1923 yilda unga Nobel mukofoti beriladi.
R.Milleken tomonidan elektronning zaryadi aniqlangandan so’ng elektrondan ham kichik zaryadli zarrachalar «kvarklar» borligi to’g’risida fikrlar paydo bo’ldi. Elektronni, shu jumladan, barcha elementar zarrachalarni yana ham kichikroq kvarklardan tuzilganligini bilvosita tajribalar tasdiqlaydi. Ammo hozirga qadar kvarklar erkin holda qayd etilgan emas. Bu muammoni hal etish uchun o’ta quvvatli tezlatgichlar va takomillashgan EHM yaratish lozim. Nazariy hisob-kitoblarga qaraganda kvarklarni erkin holda olish mumkin emas, chunki kvarklar orasidagi masofaning ortishi bilan ular o’rtasidagi tortishish kuchi keskin ortar ekan. Bu muammoning qanday hal etilishini kelajak ko’rsatadi.