Faradey tajribasi
Faradey barcha yo’llar bilan olingan elektr hodisalari bir xil tabiatga ega ekanligini isbot qiladi (ishqalanish, ximiyaviy, e/m induksiya).
Doimiy tok manbalari 1836 yilda Daniel, Volta elementini mis plastinkasi yuzasida vodorod yopishib qolishini aniqlaydi va bu hodisa elementning qutblanishiga olib kelishini qayd etib, buning uchun vodorodni eritish yo’lini, ya’ni aralashmaga qutblantiruvchi komponenta qo’shadi va batareya aktivligini oshiradi. Danieldan so’ng Leklanshe (1867), Bunzen (1841), Veston (1893) batareyalari vujudga keladi.
Potensial nazariyasi. Potensial tushunchasini 1777 yilda mexanikaga Grin kiritadi. 1811 yilda Puasson potensial nazariyasini elektro statikaga kiritdi. U maydon kuchlanganligi zaryad zichligining kvadratiga to’g’ri proporsional ekanligini topadi. 1824 yilda u potensial tushunchasini magnetizmga ham tatbiq etadi.
Dielektrikning qutblanishi nazariyasini birinchi marta Ottaviano Fabrisio Mosotti (1719-1863) yaratdi. 1867 yilda Mosotti nazariyasini Klauzius issiqlik hodisasiga qo’llaydi.
Magnitooptikaning asoschisini haqli ravishda Faradey deb aytish mumkin. U elektr va magnit hodisalari bilan yorug’lik o’rtasida aloqa bo’lishi mumkinmi?, degan savol qo’yib, bu yo’nalishda ilmiy izlanishlar olib boradi. 1845 yilda Faradey shishani elektromagnit orasida joylashtirib, u orqali chiziqli qutblangan nur o’tkazganda, yorug’likning qutblanish tekisligini burilishini kuzatadi. Faradey: «Yorug’likda qandaydir magnitizm bor va u tashqi magnit maydoni bilan o’zaro ta’sirlashadi»,- degan xulosaga keladi. Magnitooptika hodisasi hozirgi paytda magnetik moddalarda kechadigan jarayonlarni o’rganish vositasi bo’lib xizmat qilmoqda.
Faradeyning magnitooptikaga doir tajribasi
Faradey Boshkovichning modda tuzilishi to’g’risidagi fikriga qo’shilib, elektr maydonining hozirgi paytdagi tushunchasiga yaqinlashadi, lekin u o’z g’oyalarini matbuotda e’lon qilmaydi. Keyinchalik, Faradeyning bu ilmiy xulosalarini Maksvell uning arxiv hujjatlari orasidan topib, elektr maydoni tushunchasini fizikaga kiritadi. Maksvell Faradey tajribalari natijalariga matematik ko’rinish berib, o’zining elektro magnit maydon nazariyasini yaratadi.
Diamagnetizm. 1845 yilda Faradey yana bir hodisani kashf etadi. U og’ir shisha bo’lakchasini magnit maydoniga joylashtirganda, u magnit maydoni tomonidan tashqariga itariladi yoki uni ipga osib, elektro magnit qutblari orasida joylashtirganda, u magnit kuch chiziqlariga nisbatan ko’ndalang holda joylashar ekan. Faradey tajribada aniqlashicha tabiatdagi barcha jismlar diamagnetik yoki paramagnitik xususiyatga ega ekan.
Diamagnit effektiga
doir Faradey
tajribasi
Do'stlaringiz bilan baham: |