32
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
1
Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. – Toshkent: Sharq
. 2002. 7-bet. (Keyingi o‘rinlarda keltiriladigan misollar shu
nashrdan olinganda sahifasi qavs ichida ko‘rsatiladi.
)
2
N.G‘.Nizomiddinov. Buyuk boburiylar tarixi (XVI–XIX asr). Monografiya. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2012. 107-bet.
harakatidagi bu o‘zgarishlar, tashvish va iztirobli holatlar mu-
allif tomonidan yuksak badiiyat bilan ifodalangan.
«Boburnoma»da muallifning Ibrohim Lo‘diy ustidan g‘ala
-
ba qozongandan keyingi faxriya tarzida bayon qilingan «ichki
nutqi» mavjud bo‘lib, unda Boburning erishgan jamiki shon-
sharaf va g‘olibligi Yaratganning inoyati bilan ekani aytiladi:
«... Behradin Bahorg‘acha afg‘on tasarrufida edi, podshohi
Sulton Ibrohim edi. Viloyat hisobi bila besh lak cheriki bo‘lmoq
kerak edi. Ul fursatta yurub, umarosi muxolafat maqomida
edilar. ...Sulton Ibrohimdek qalin cheriklik va vase mulkluk
podshohbilaro‘baro‘bo‘lduk.TavakkulimizgayarashaTengri
taoloranjvamashaqqatimiznizoyeqilmay,mundoqzo‘rg‘a-
nimni mag‘lub qilib, Hindustondek keng mamlakatni maftuh
ayladi. Bu davlatni o‘zumizning zo‘r va quvvatidin ko‘rmasbiz,
balki Tengrining mahzi lutf va shafqatidindur va bu saodatni
o‘zumuzning sa’y va himmatidin bilmasbiz, balki Tengrining
ayni karam va inoyatidindur».
(195-bet)
Bu o‘rinda, garchi Bobur kamtarlik bilan, komil musulmon
sifatida barcha g‘alabalarining bosh sababchisi Alloh ekani-
ni qayta-qayta takrorlasa ham, uning o‘zida g‘oliblikka azm,
shijoat va g‘ayrat bo‘lmaganda edi, murodiga yetishi mushkul
bo‘lardi. Boburning bu qaydlaridan qalbida Allohga yuksak
e’tiqod borligi, shu e’tiqod tufayli maqsadga erishish baxti na-
sib etganini ko‘rish mumkin.
«Boburnoma»da hind askarlarining orasida Bobur tomoni-
dan tasvirlangan haqiqiy fidoiylar ham borki, ular o‘z yurtini
yovdan mardonavor himoya qilgan. Shu bilan birga, Bobur
lashkarlari orasida vahimaga tushadigan, dushman harbiy
kuchini aslidan ko‘p, deb gap tarqatadiganlari ham bo‘lgan.
Bobur bu kabi jangchilariga nisbatan shafqatsiz munosabat-
da bo‘lgan, jang maydonida ruhiy tetiklikni saqlash, dushman
hiylasiga berilmaslik borasida jiddiy ish olib borgan:
«Qorovul
-
liqqa borg‘onlar xabar yetkura olmaslar, balki qo‘rg‘ong‘a ham
kiraolmaslar.Qo‘rg‘oneliqo‘rg‘ondinyiroqroqvabesurparoq
chiqarlar. Yog‘iy zo‘rroq kelib, bularni durbatur. Sangarxon jan
-
juha anda shahid bo‘ldi.
Bug‘avg‘odaKattabekjibasiz-o‘qchopibchiqar.Birkofirni
yayoqlatib olur mahalda Kattabekning bir navkarining qilichini
olib,Kattabekningkitfig‘a-o‘qchopar.G‘alabatashvishlartort-
ti. Rono Sangoning g‘azosida kela olmadi. Necha mahaldin
so‘ng yaxshiroq bo‘ldi. Vale ma’yubroq bo‘lubtur. Qisimtoy va
Shoh Mansur barlos va har kimki, Bayanadin keldi, bilmon
qo‘rqqonlarimu edi, yo elni qo‘rqutqonlarimu edi? Kofirning
cherikini jald va jarrorliq bila asru ko‘p sitoyish va ta’rif qil-
dilar».
(219-bet)
Bobur bu yerda lashkarlarining ruhiy holatiga alohida e’ti-
bor berib, bu tushkunlikni bartaraf etish uchun kurashganini
bayon etish bilan birga, askarning ichki dun yosi, ruhiy kechin-
malari haqida ham ma’lumot bermoqda. Albatta, uning o‘zi
ta’kidlaganidek, lashkarga ham oson emasdi. Begona yurt,
noqulay ob-havo, o‘zga tilli kishilar askarlarning ruhiy holati-
ga ta’sir etmasdan qolmasdi. Shunga qaramasdan, Bobur-
ning rostba yonligi ustun kelib muxolifat askarining payt poylab,
Do'stlaringiz bilan baham: