30
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Tahlil
Bulardan tashqari har bir ijodkorning o‘z uslubi, til bir-
liklaridan foydalanish, ya’ni so‘z qo‘llashdagi mahorati
yuqoridagi farqlarni asoslab, to‘ldirib keladi. Tabiiyki, turli
mezon, shakl, davr va shaxs omillariga ko‘ra farqlanuv-
chi poetik sintaksisning ifoda vositalari – sintaktik-stilistik
figuralari (atamani ushbu holatda qo‘llashimizning saba
-
bi, birinchidan, bular tildagi lingvistik-ekstralingvistik hodi-
salar (A.Hojiyev) dixotomiyasiga mos keladi, ikkinchidan,
keyingi davrlar jahon filologiyasida poetik figuralarni xud
-
di shu tarzda farqlab guruhlash nazariyasi yuzaga keldi
(L.Krupchanov) (ta’kid bizniki – A.T.) ham xilma-xil daraja
va ko‘lamni tashkil etadi.
Ayni mulohazani buyuk so‘z san’atkori Navoiy asar-
lari tili va uslubiga nisbatan ham qo‘llash mumkin, albat-
ta. Uning boy ijodiy merosida til birliklari turli miqdor va
ko‘lamni tashkil etgani holda, o‘z zamondoshlari va tabi-
iyki, zamonaviy tilimiz asosida asar yaratgan adiblar ijod
namunalaridan keskin farq qiladi. Bunda ayrim poetik figu-
ralarning qo‘llanish darajasi katta farq qilmasligini ham
ta’kidlab o‘tish zarur. Masalan, inversiya usuli mumtoz
yoki zamonaviy she’riyat uchun bir xilda qo‘llaniladiki, buni
davr nuqtayi nazaridan farqlanuvchi badiiy asarlar yagona
asosga egaligi, ya’ni har ikkalasi ham bitta tilda yaratilgani
bilan izohlash mumkin. Xuddi shunday fikrlarni yana bir
muhim va keng qo‘llanuvchi stilistik figura – enjambeman
(anjambemen – fikriy ko‘chuv) hodisasiga nisbatan ham
bildirish mumkin.
Stilistik figuralardan biri, aksariyat hollarda yonma-yon
baholanuvchi asindeton (bo‘g‘lovchi qo‘llamaslik) va
polisindeton (ko‘pbog‘lovchilik) hodisalarining Navoiy asar
-
larida qo‘llanishiga e’tibor qilganimizda, ikki xil holatga
duch keldik va bu, yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib
aytadigan bo‘lsak, normal holat, albatta. Birinchidan, eks-
tralingvistik tabiatga ega ushbu stilistik figuralar zamonaviy
badiiy asarlarda alohida ifoda vositasi sifatida keng ko‘lamli
qo‘llanish xususiyatiga ega bo‘lgani holda mumtoz asarlar
tilida boshqa badiiy san’at turlarichalik qo‘llanish darajasi-
ga ega emas. Ikkinchidan, Alisher Navoiy asarlarida ush
-
bu stilistik usul zamonaviy she’riy asarlardagi kabi miqyos
va ko‘lamni tashkil etmaydi. Biroq, muhimi, qo‘llanilgan
har qanday usul, ya’ni sintaktik-stilistik figura adibning ifo-
da imkoniyatlarini oshirish, o‘z poetik maqsadini aniqroq,
yorqinroq tasvirlashini ta’minlaydi. Bog‘lovchisizlik yoki
ko‘pbog‘lovchilikni ham nasriy (ayniqsa, saj’larda), ham
she’riy nutqda uchratishimiz mumkin.
…qurt-uqushandin
bahramand, dasht vuhushi aning
birla xursand, mo‘rlar uyi andin obod, go‘rlar xotiri aning
birla shod. Kabutarlarg‘a andin mastlik, to‘rg‘aylarg‘a an
-
din noshod hamdastlik...
…alarg‘aming
mabohat
,mingtategarniyuzgaolmog‘-
din yo‘q bir zarra uyot.
(“Mahbub ul-qulub”)
Soching rangi anbarmudur, mushki chinmu?!
Labing ta’mi shakarmudur, angabinmu?!
Agar asindeton qo‘llash bilan ijodkor she’riy nutqqa
o‘zgacha bir shiddat, jadallik, shu asosda ko‘tarinki-
lik bag‘ishlasa, polisindeton qo‘llanishida o‘zgacha bir
obraz lilik va joziba ifodalanadi, bunda bog‘lovchilarni u
yoki bu turdagi til hodisalari bilan bog‘liq holda qo‘llash
kuchli ta’kid, diqqatni bir obyektga tortish, turli til birlikla-
rini aynan bog‘lovchi vositasida qayta-qayta qo‘llashdan
inson xotirasiga muayyan mantiqiy mazmunni singdirish
nazarda tutiladi.
Agarchi
Ganjadaoromioning
Vale ganj uzra doim gomi oning.
(“Farhod va Shirin”)
Gar
jafo qil, gar vafokim, dilsitonim sen mening,
Gar
meni o‘ltur, agar tirguzki, jonim sen mening.
Keltirilgan misralar aynan yuqorida ko‘rib o‘tganimiz
asindeton va polisindeton poetik (stilistik) figuralarining
ta’rifiga mos kelgani holda til birliklarini mahorat bilan
qo‘llash qanchalik betakror misralar, baytlar yoinki asarlar
yaratish mumkinligidan dalolat berib turibdi.
Maqolamizni yuqorida aytganimiz film qahramo
-
ni Kyorns haqidagi mulohazalardan boshlagan edik.
Fikrlarimiz xulosasi sifatida ushbularni qo‘shimcha qilsak,
maqsadga muvofiq bo‘lar. Birinchidan, o‘sha kinoasar
-
ni ko‘pchilik ko‘rgan: bu, shubhasiz, ammo har qanday
san’at asaridan hamma o‘ziga keragini ajratib oladi, biz
aynan ushbu film va uning qahramoni muvaffaqiyatini
aynan uning adabiyotga murojaat qilganligida, deb bil-
dik. Ikkinchidan, aynan ushbu filmga murojaat qilgani
-
mizning sababi, asar ijodkorlari badiiy asarni o‘qish bilan
inson oddiy hayot tarzida odatiy turmush ikir-chikirlari-
dan qanchalik yuqori turishini, o‘rni bilan o‘z fikrini qan
-
chalar aniq va dadil ifodalay olishi mumkinligini ta’kidlab
ko‘rsatganlar. Uchinchidan, eng muhimi, adabiyotning,
so‘z qudratining, tilning ta’sirchanligi bu qadar oddiy va
shu bilan birga yuksak darajada ifodalanmagan, nazari-
mizda. To‘rtinchidan, bizning tilimiz va adabiyotimiz tarixini
o‘rganishda Navoiydek buyuk so‘z san’atkorlaridan tilning
ifoda imkoniyatlaridan foydalanish mahoratini yanada
izchil o‘rganish va o‘z navbatida, buni o‘quvchi yoshlarga
yetkaza bilishimiz o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: