veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
35
навбатчи
Tadqiqotlar
Boshlang‘ich darajaga ega bo‘lish
bosqichi
O‘rtacha darajaga ega bo‘lish bosqichi
O‘rtachadan yuqori darajaga ega bo‘lish bosqichi
Yuqori darajaga ega bo‘lish bosqichi
Eng yuqori darajaga ega bo‘lish bosqichi
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Internet
va o‘qi tishning axborot-metodik tizimini ta’lim tizimida
qo‘llash pedagoglarning mustaqil bilim va malakasini
uzluksiz ravish da oshirishga imkon beradi. Pedagoglar-
ni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda
mavjud ehtiyojlarni inobatga olsak, zamonaviy ax-
borot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish
bugunning dolzarb vazifalaridan ekanligi o‘z tasdig‘ini
topadi.
Bundan kelib chiqqan holda,
pedagog kadrlarni qay-
ta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida
axborot-metodik ta’minot orqali mustaqil ta’lim berish
jarayonlari 5 bosqichdan iborat bo‘lishi taklif etiladi.
Pedagoglar kasbiy kompetentligini rivojlantirishda
mustaqil ta’limni tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
Ushbu jarayonni axborot-metodik ta’minot resursla-
ridan foydalangan holda amalga oshirish o‘qitishning
yangi shakllaridan hisoblanadi.
Pedagoglar kasbiy kompetentligini rivojlantirish
mustaqil ta’limning yangi shakl va metodlari, vositalari,
pedagog hamda tinglovchi o‘rtasidagi o‘zaro muloqot-
ni shakllantiradi. Mustaqil ta’limning bunday o‘ziga xos
shakli oliy ta’lim muassasasining mutaxassisligi chet
tillar bo‘lmagan pedagoglarini xorijiy tillar bo‘yicha kom-
petentligini oshirishga xizmat qiladi.
Axborot-metodik ta’minot asosini tashkil etgan
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
ta’lim resurslari, bilimlarni uzatish va tinglovchilarni turli
xil o‘quv materiallari bilan ta’minlash bo‘yicha o‘qitishning
an’anaviy usullaridan ustunlik qilishi bilan farqlanadi.
Ta’lim resurslaridagi
mavjud materiallar, multimedi-
ali gipermatn, Internet yordamida global tarmoq orqali
cheklanmagan axborot va ma’lumotlardan foydalanish
tinglovchilarni o‘zaro faol muloqot jarayoniga jalb qilib-
gina qolmay, pedagogik jarayonlarni samarali tashkil
etish imkoniyati bilan ahamiyatga ega. Taklif etilayotgan
axborot-metodik ta’minot tizimi pedagog kadrlarni qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda ta’lim
muassasalarini xorijiy tillar bo‘yicha kasbiy tayyorgarlik-
ka ega bo‘lgan kadrlar bilan ta’minlashda ijobiy natijalar
berishi mumkin.
Shu nuqtayi nazardan, ta’lim resurslari va ax-
borot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’limda
qo‘llanilishi pedagoglar kasbiy malakasini oshirish-
da qulay vositalardan hisoblanib, mutaxassisligi chet
til bo‘lmagan pedagog kadrlarning zamonaviy ax-
borot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida
xorijiy
til bo‘yicha kasbiy kompetentligini oshirishga xizmat
qiladi. Bu xildagi ta’lim resurslarining pedagoglar to-
monidan qo‘llanilayotgani ta’limning samaradorligini
oshirish hamda uning jadal rivojlanishida muhim bo‘lib,
pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning mala-
kasini oshirish tizimini tashkiliy-metodik jihatdan lozim
darajada ta’minlaydi.
Axborot-metodik ta’minotning mavjud imkoniyat-
lari malaka oshirish tizimini metodik va texnik jihatdan
ta’minlash imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Talab
darajasida tayyorlangan materiallar asosida tashkil eti-
ladigan sifatli videomuloqot, videoseminar va videoan-
jumanlar eng ishonchli vositalar sifatida ta’lim jarayonini
boshqarishda ijobiy natija beradi.
Axborot-metodik ta’minot orqali pedagoglar mus-
taqil ta’limini tashkil etish quyidagi metodlarga asosla-
nadi: tinglovchilarni axborot-metodik ta’minot resurslari
va vositalari asosida o‘qitish; mustaqil ta’lim olish; ta’lim
jarayonida pedagog va tinglovchilarning o‘zaro
faol mu-
loqotini tashkil etish.
Birinchi usulda multimedia vositalari yordamida
nashr, audio-videomateriallarga asoslangan ta’lim re-
surslari; interfaol ma’lumotlar to‘plami; elektron jurnal-
lar; o‘rgatuvchi kompyuter dasturiy mahsulotlari (elek-
tron darslik, qo‘llanma, uslubiy majmualar) yaratiladi va
tinglovchilarga taqdim etiladi.
Ma’lumotlarning interfaol bazasi axborot-kommu-
nikatsiya texnologiyalari orqali o‘zlashtirish mumkin
bo‘lgan tizimlashtirilgan bilimlar majmuasidir. Ular
asosida yaratilgan resurslar yordamida tinglovchi va
pedagoglar zaruriy materiallar bilan ta’minlab turiladi.
Muntazam yangilanib boriladigan elektron jurnal va
gazeta sahifalari davriy nashrlar bo‘lib, tinglovchilarga
axborot-metodik ta’minot bazasi orqali yetkazib berila-
di.
Do'stlaringiz bilan baham: