Anguage and literature


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 7,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/65
Sana05.05.2023
Hajmi7,94 Mb.
#935118
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   65
Bog'liq
uzb-2019 3-son

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Гегель. Энциклопедия философских наук, Т. 1. Наука логики. – Москва: Мысль, 1974. C. 452. 
2. Shavkat Rahmon. Abadiyat oralab: she’rlar. – Toshkent: Movarounnahr, 2012. 384-bet.
Laylo SHARIPOVA, 
Buxoro davlat universiteti 
dotsenti, filologiya fanlari nomzodi
FOLKLOR VA USLUB 
(Usmon Azim ijodi misolida)
Annotatsiya.
Maqolada Usmon 
Azim she’riyatiga folklorning ta’siri 
masalasi yoritilgan. 
Kalit so‘zlar:
folklor, she’r, mo
-
tiv, ballada, turkum, an’ana, uslub, 
ruhiyat.
Аннотация.
В­данней­статье­
освещена­ проблема­ влияния­
фольклора­ на­ поэзию­ Усмона­
Азима.
Ключивые слова:
стихот-
ворение,­мотив,­баллада,­серия,­
традиция,­метод,­духовность.­
Annotation.
The article reveals 
the problems of the impact of folk
-
lore on the poetry by Usmon Azim. 
Key words:
folklore, poetry, 
motive,­ballad,­series,­tradition,­me-
thod, spirituality. 


32
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Tadqiqotlar
“... Butun o‘zbek yozg‘uchilarining ifodalari o‘zbek
-
cha bo‘lg‘ani holda har birining o‘ziga xos maxsus bir 
uslubi bordir. Biroq uslubdagi bu hol tuban, kuchsiz 
adib-yozg‘uchining­asarlarida­o‘zini­ochiq­ko‘rsata­olmay-
dir.­Kuchsiz­yozg‘uchilarning­uslublari­bir-biriga­o‘xshab­
qoladir. Ular oddiy uslubda, umumiy til uslubida yozadir. 
Shoir-yozg‘uchi­ san’atkorlikda­ ko‘tarila­ borg‘an­ sayi(n)­
o‘ziga maxsus bir uslub yarata boshlaydir. Shoirning 
xayol, o‘y, tushunish shakllari tugal, komil bo‘lg‘ach, o‘zi
-
ga yarasha bir uslub borliqqa chiqqan bo‘ladir.
Uslubning adabiyotdagi o‘rni juda katta, juda muhim-
dir. Bir asardagi fikrlar, ma’lumotlarning eski, boshqa 
shoirlar tomonidan aytilgan bo‘lishi mumkundir. Ularning 
eskiligini bizga sezdirmasdan, bildirmasdan ifoda qilib, 
uni bizga o‘quta olg‘an kuch uslubdadir”
1
. Abdurauf 
Fitratning bu fikrlariga tayangan holda shoirlar uslubi-
ning shakllanishida folklor alohida o‘rin tutishini ta’kidlash 
lozim. Folklordan ta’sirlanmaydigan, undan foydalanmay-
digan shoir bo‘lishi mumkin emas. Ammo folklordan ko‘p 
bor, atroflicha foydalanadigan shoirlar uslubida bu holat 
bo‘rtib turadi. Usmon Azim shunday shoirlardan biridir.
Ijodkor ruhiyatidagi kuchli toshqinni zilollantirib
she’riyatiga ko‘chirib turgan kuch, avvalo, folklor. Shoir 
uslubida folklordan ta’sirlanish yaqqol sezilib turadi. 
Usmon Azim – folklorga xos motiv, obraz, ifoda usu-
lidan foydalana bilgan shoir. U xalq og‘zaki ijodi ta’siri-
da baxshiyonalar yaratgan edi. Ayni damda, uning 
“Balladalar” nomi ostidagi voqeaband she’rlari xalq 
og‘zaki ijodidan oziqlanib, yuzaga kelgan. She’rlar bal-
lada janrida yozilmagan. Ammo balladachilik jangoh 
va u bilan bog‘liq voqealarni aks ettirishga asoslan-
gani sabab Usmon Azimning bu asarlarini dramatik 
she’rlar deyish maqsadga muvofiq, bizningcha. Ularda 
sujet kichik bir voqea asosida yuzaga kelgan. Har bir 
“ballada” (shoir “ballada” degan, ammo ballada janri-
da yozilmagani uchun qo‘shtirnoqqa olishni ma’qul bil-
dik) alohida sujetga egaligi bois “O‘n besh ballada” o‘n 
besh dramatik she’rdir. Bu she’rlar bir obraz, bir maq-
sad atrofida birlasha olgani sabab ularni turkum deyish 
mumkin. Folklorga xos motiv va obrazlar ishtirokida il-
gari surilgan g‘oya – erkinlikni qo‘msash tuyg‘usi dra-
matik she’rlarni birlashtirib turibdi. 
Dastlabki uch dramatik she’rda, shuningdek, 
“sakkizinchi ballada”, “o‘ninchi ballada” deb nomlan-
gan she’rlarda ham Kenja botir obrazi yetakchi qahra-
mon sifatida shoir g‘oyalarini tashishga xizmat qilgan. 
“Birinchi ballada” ikki qismdan iborat bo‘lib, To‘ng‘ich 
va O‘rtancha botir bilan Kenja botir dialogi asosida 
yaratilgan. Xalq ertaklaridagi To‘ng‘ich va O‘rtancha 
botirlar Kenja botirdan omadsizroq, aqlsizroq, kuch-
sizroq bo‘lsalar-da, o‘zlari buni u qadar tan olmaydilar. 
Ammo olg‘a intilgan Kenja botirni oshkora yo‘ldan ur-
maydilar. Ba’zi xalq ertaklarida akalar ham botir, ammo 
Kenja botir favqulodda xususiyatlarga egaligi bilan ular-
dan ustun. Dramatik she’rda esa shoir ikki aka orqali 
to‘xtab qolgan jamiyat illatlarini fosh qilib, Kenja orqali 
yosh avlodga yuksaklikka intilish, olg‘a yurish lozimli-
gini uqtiradi. Dramatik she’rdagi To‘ng‘ich va O‘rtancha 
botirlarda salbiylik ertaklardagidan kuchli. Yuksaklikka 
intilgan Kenja botirni To‘ng‘ich botir: 

Download 7,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish