Angren texnologiya texnikumi


Ta`mir oralig`idagi xizmat ko`rsatish



Download 4,2 Mb.
bet43/52
Sana20.02.2022
Hajmi4,2 Mb.
#460662
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52
Bog'liq
Тепловоз

Ta`mir oralig`idagi xizmat ko`rsatish. Bu ish har kun bajarilib, jihozni texnik to`g`ri ishlatilishini ko`rib borish va mexanizmlarni rostlash, kichik nosozliklarni yo`qotish ishlaridan iborat. Bu xizmat turi sex ishida tanaffus bo`lganda, texnologik rejimni buzmagan holda navbatchi chilangarlar tomonidan amalga oshiriladi.

Texnik ko`rik. Jihozni ishlatish davomida ish qobiliyatini quvvatlab turish va jihozni aniq ishlashini ta`minlash maqsadida jihoz texnik ko`rikdan o`tkaziladi. Bunda quyidagi ishlar bajariladi: jihozni tozalash va ishqalanish yuzalarini moylash, podshipniklar holatini tekshirish, o`lchash asboblari, uzatmalar holatini, rezba va shponkali birikmalarni tekshirish va boshqalar. Ko`rik paytida aniqlangan kichik nuqsonlan rostlash va foydalanish yordamida bartaraf etiladi va navbatdagi ta`mirlash vaqtida bajariladigan ishlash ko`lamini aniqlanadi. Texnik ko`rik korxona ta`mir ishlarining reja-grafigida ko`rsatilgan muddatda, smena orasidagi tanaffuslarda yoki ish bo`lmaganda korxonaning ta`mir personali tomonidan amalga oshiriladi.

Joriy ta`mirlash. Jihozni ishlatish paytida navbatdagi rejali ta`mirgacha ish qobiliyatini kafolatli ta`minlash maqsadida joriy ta`mir o`tkaziladi. Bunda yig`ma birikma ochib yig`iladi, undagi nosozliklar aniqlanadi, yeyilgan detallar almashtiriladi yoki qayta tiklanadi, qistirmalar, zanjirlar va tasmalar holati tekshiriladi va kerak bo`lganda ta`mirlanadi yoki almashtiriladi, podshipniklar va yog`lash sistemalari tekshiriladi va tozalanadi hamda oraliqlar rostlanadi. Joriy ta`mir jihoz o`rnatilgan joyida ishlab chiqarish sexi kuchi yordamida ta`mirlash reja-grafigi asosida amalga oshiriladi. Joriy ta`mirlashni sifatli va vaqtida o`tkazish uchun javobgar shaxs sex mexanigi hisoblanadi.

Joriy ta`mirlash ishlariga ketgan sarf-xarajatlar korxona ishlab chiqarayotgan mahsulot tannarxiga qo`shiladi.



O`rta ta`mirlash. Bu ta`mirlashni bajarishdan maqsad jihozning texnik xarakteristikalarini ishlab chiqarish jarayonida yeyilgan va nuqsonga uchragan detallarni almashtirish yoki ta`mirlash yo`li bilan qayta tiklashdir. Ish hajmi jihatidan bu ta`mir turi joriy va kapital ta`mirlash o`rtasida turadi. O`rta ta`mirda jihoz o`rnatish joyida demontaj qilmasdan ochiladi va quyidagi ishlar bajariladi:

- mashina barcha mexanizmlari qisman yechilib, tekshiruvdan o`tkaziladi;

- ruxsat etilgan chegaraviy o`lchamdan ortiq yeyilgan detallar almashtiriladi yoki ta`mirlanadi;

- yeyilgan tros, zanjir, tasma va friktsion lentalar tekshiriladi va yangisiga almashtiriladi;

- barcha podshipniklar tozalanadi, tebranish va sirpanish podshipniklari reja asosida almashtiriladi;

- reduktorlar tekshiriladi va yuviladi;

- xasta bo`lgan yuzalar tozalanadi;

- tiqinlar, zichlagichlar, mahkamlovchi detallar tekshiriladi va kerak bo`lganda


5-mavzu: Lokomotivlarga texnik xizmat ko‘rsatish nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish
Reja:

  1. Lokomotivlarga texnik xizmat ko‘rsatish

  2. Lokomotivlarga texnik xizmat ko‘rsatish nosozliklarni aniqlash

  3. Lokomotivlarga texnik xizmat ko‘rsatish nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish



Lokomotivlarni soz holatda saqlash, uzluksiz ishlashini va ularni ekspluatatsiya davrida ishonchliligini ta‘minlash uchun, «O’zbekiston temir yo’llari» raisining 2011yil 21 fevraldagi 58-N sonli buyrug’i asosida elektrovoz va teplovozlarga quyidagi ko’rinishlarga ega rejali-oldini olish texnik xizmat ko’rsatish tizimi belgilangan. [2] TXK-1, TXK-2, TXK-3 texnik xizmat ko‘rsatish – lokomotiv va teplovozlarni beto’xtov ishlashini va harakat xavfsizligini hamda yo’lovchilarni tashishda yuqori madaniyatli tashish ishlarini ta‘minlovchi ishga qobiliyatli va sanitar-gigienik holatda saqlash hamda ulardagi nosozliklarni oldini olish uchun bajariladi. TXK-4 texnik xizmat ko‘rsatish – harakat xavfsizligi talablariga mos bo’lgan prokatning eng maqbul miqdori saqlanishi uchun lokomotivlar ostidan chiqarmasdan turib g’ildirak juftlarini yo’nish. JT-1, JT-3 joriy ta’mirlovlar – reviziya, alohida detal, uzellar va agregatlarini ta‘mirlash va almashtirish, to’g’rilash va sinash hamda qisman modernizatsiyalash orqali tegishli ta‘mirlov oraliqlarida lokomotivlarning ish qobiliyatini va asosiy ekspluatatsiyaviy tavsiflarini tiklash uchun bajariladi. TP-1p joriy ta’mirlovi – reviziya, alohida detal, uzellar va agregatlarini ta‘mirlash va almashtirish orqali ekspluatatsiyaviy tavsiflarini tiklash hamda elektrovoz aravachasi va kuzovi ramasida yoriqlar mavjudligini aniqlash va ularni bartaraf etish uchun kuzovini ko’tarish, ayrim yedirilgan uzel va detallarni almashtirish, ularni modernizatsiyalash uchun bajariladi. TR-4 joriy ta’mirlovi – elektrovozlar uchun – yedirilgan uzel va detallarni almashtirish, ularni modernizatsiyalash orqali ekspluatatsiyaviy tavsiflarini tiklash uchun bajariladi. JT-1r, TR-4 joriy ta‘mirlovlarning qo’shimcha JT-1r, TR-4 turlarini kiritilishi, ta‘mirlovlararo davrlari me‘yorlarini o’zgarishi elektr harakatlanuvchi sostavning joriy ta‘mirlovi JT-2 bekor qilindi. Kapital ta’mirlov KT-1 – alohida detal, uzellar va agregatlarini ta‘mirlash va almashtirish orqali ekspluatatsiyaviy tavsiflarini, sozligini va ta‘mirlararo resurslarini (xizmat muddatini) tiklash uchun bajariladi. Kapital ta’mirlov KT-2 – ekspluatatsiyaviy tavsiflarini, sozligini va ta‘mirlararo resurslarini (xizmat muddatini) tiklash hamda barcha agregat, uzellar va detallarni, shu jumladan asosiylarni ham modernizatsiyalash, ishlash motor resurslari tugagan sim, kabel va jihozlarni to’liq almashtirilishi uchun bajariladi. TXK-1 bo’yicha texnik xizmat ko’rsatish namunaviy nizom va yo’riqnomalar asosida ishlab chiqilgan va LFB boshlig’i tasdiqlagan ishlar ro’yxatiga binoan lokomotiv brigadalari tomonidan bajariladi. [4,8] Poyezd lokomotivlariga TXK-2 bo’yicha texnik xizmat ko’rsatish yuqori malakali chilangarlar bilan ta‘minlangan, zarur jihoz, asbob-uskunalar va detallar hamda materiallarning texnologik zahirasi bilan ta‘minlangan texnik xizmat ko’rsatish punktlarida amalga oshiriladi. Lokomotivlarga TXK-3 va TXK-4 texnik xizmat ko’rsatishlar hamda JT-1, JT-1r, JT-3 va TR-4 joriy ta‘mirlovlar ular ro’yxatda turgan depoda kompleks va maxsuslashtirilgan brigadalar tomonidan bajariladi. Agar shunday depoda zarur ta‘mirlov bazasi bo’lmasa, teplovoz va elektrovozlarni joriy JT-3 ta‘mirlovi yo’lning boshqa (maxsuslashtirilgan) depolarida amalga oshiriladi, O’zbekiston Respublikasi teplovozlari uchun Qo’qon, Andijon va O’zbeksiton, ―O’ztemiryo’lta‘mirmash‖ UK da bajariladi. O’zbekiston Respublikasi lokomotivlarini KT-1 va KT-2 kapital ta‘mirlovlari ―O’ztemiryo’lta‘mirmash‖UK da bajariladi. «O’zbekiston temir yo’llari» AJ ning 2011yil 21 fevraldagi 58-N sonli buyrug’bilan belgilangan teplovoz va elektrovozlarni «O’zbekiston temir yo’llari» AJ ning lokomotiv depolari bo’yicha TXK-2, TXK-3 texnik xizmat ko’rsatishlari, joriy va kapital ta‘mirlovlar orasida yurish yo’li hamda bajaradigan ishini davomiyligi bo’yicha me‘yorlar 6.2-jadvalda keltirilgan.

6-mavzu: Lokomotiv uskunalarining mexanik qismlari holatini kuzatish


Reja :

  1. Lokomotiv

  2. Lokomotiv uskunalarining mexanik qismlari

  3. Lokomotiv uskunalarining mexanik qismlari holatini kuzatish

Poyezdlarga xizmat ko’rsatish, ya‘ni ularni temir yo’llar bo’ylab


harakatlanishi lokomotivlarni ekspluatatsiyasini tashkillashtirishning nazariyasi va
amaliyotiga asosan ishlab chiqilgan aniq bir tizim bo’yicha amalga oshiriladi.
Liniyada asosiy va aylanish depolarini joylanishiga, tranzit yuk oqimi, harakat
grafigi turiga ko’ra lokomotivlarni poyezdlar bilan ishlashining turli xil usullari
qo’llanadi hamda lokomotivlarni tegishli aylanish uchastkalari tanlab olinadi.
Agar asosiy depoga faqat bitta aylanish uchastkasi (yoki bitta tortuv yelkasi)
tutash bo’lsa, lokomotivlar poyezdlarga yelkali yurish usulida xizmat ko’rsatadi
(2.2,a-rasm). Aylanish uchastkalar uzaygan sari yelkali yurish ko’proq qo’llana
boshladi. Asosiy depo saralash stansiyasida joylashgan hollarda lokomotivlarni
ekipirovkalash maqsadida depoga kirishi uchun poyezddan ajratish, texnik xizmat
ko’rsatish va joriy ta‘mirlovlar poyezd vagonlarini tarqatish bilan birga bajariladi,
bu esa lokomotivlardan foydalanish ishlarini jadallashtiradi. Agar asosiy depoga
kamida ikkita aylanish uchastkasi tutashgan hamda asosiy depo stansiyasida tranzit
poyezdlar oqimi koeffitsiyenti yuqori bo’lsa, lokomotivlarni halqa bo’ylab
yurishining samarasi yuqori bo’ladi. Ish halqa usulida olib borilganda lokomotiv poyezd bilan birga apunktidan asosiy depo stansiyasi A gacha va undan so’ng poyezddan ajratilmasdan boshqa uchastkadagi aylanish punkti b gacha boradi. Bu yerda lokomotiv qarshi yo’nalish poyezdiga ulanadi va sikl qaytariladi. Shunday tartibda lokomotiv asosiy depoda bajariladigan navbatdagi texnik xizmat ko’rsatish TXK-3 gacha ishlaydi. [8] Asosiy depoga kirishlar oralig’ida lokomotiv bajaradigan reyslar soni TXK3 lar orasidagi vaqtga, aylanish uchastkasi uzunligiga va lokomotivning texnik holatiga bog’liq. Zaruratga ko’ra lokomotivni ekipirovkalash ishlari aylanish punktlarining bittasi yoki ikkalasida, asosiy depo stansiyasida hamda oraliq stansiyalarda ham (kerak bo’lgan hollarda) bajarilishi mumkin. Halqa bo’ylab yurishda lokomotivni asosiy depo stansiyasida ekipirovkalash ishlari odatda poyezddan ajratmagan holda amalga oshiriladi, buning uchun stansiya yo’llarida qum bilan ta‘minlash, teplovoz tortuvida esa dizel yoqilg’i, moy, suv bilan ta‘minlash maqsadida ekipirovkalash qurilmalari o’rnatiladi. Ayrim hollarda ekipirovkalash qurilmalari majmuasi stansiyaning maxsus yo’llarida, poyezdlarni qabul qilish va jo’natish parklari yaqinida joylashtiriladi va ekipirovkalash uchun lokomotiv poyezddan ajratiladi, so’ng esa aynan shu yoki boshqa poyezdga qayta ulanadi. Lokomotivlar halqa usulida ishlaganda asosiy depolar stansiyalarini qabul qilish-jo’natish parklari bo’g’izining yuklanish darajasi kamayadi, stansiyalarni o’tkazish qobiliyati ortadi va poyezdlarni turib qolish vaqti qisqaradi. Lokomotivlarni poyezdlarga xizmat ko’rsatishini halqa usulining boshqa bir ko’rinishi sirtmoq usuli deb nomlanadi (2.2,v-rasm). Bu usulda lokomotiv asosiy depo A dan chiqib, poyezdga A—a uchastkasida xizmat ko’rsatadi va qarshi poyezd bilan aylanish punkti b ga boradi (asosiy depoga kirmasdan). Orqaga qaytishda (punkt b dan) lokomotiv punkt A da poyezddan ajratiladi va ekipirovkalanishi yoki texnik xizmatdan o’tishi uchun asosiy depoga kiradi.

7-mavzu: Plastmassa deformatsiyasi bilan qismlarni tiklash


Reja:

  1. Plastmassa

  2. Plastmassa deformatsiyasi bilan qismlarni tiklash

Metallning qandaydir hajmiga qo’yilgan tashqi kuchlar tizimi uni deformatsiyasini keltirib chiqaradi. Elastik va plastik deformatsiyalar bo’ladi. Agar tashqi kuchlar olingandan so’ng deformatsiyalangan jism o’zining dastlabki shakl va o’lchamlarini to’liq tiklasa, bunday deformatsiya elastik deb ataladi. Agar tashqi kuchlar keltirib chiqargan jismning shakli va o’lchamlarining o’zgarishi, bu kuchlar olingandan so’ng o’z holida qolsa, bunday deformatsiyani plastik yoki qoldiq (qaytmas) deb ataladi.


Metallarga bosim bilan ishlov berish usulida detallarni olish homaki mahsulotni plastik deformatsiyalashga asoslangan. Plastik deformatsiya homaki mahsulotni buzmasdan turib, uning alohida hajmlarini nisbiy siljitish yo’li bilan detalning berilgan shaklini olishga imkon beribgina qolmay, balki homaki mahsulot materialining mexanik va fizik-kimyoviy xossalariga ham ta’sir ko’rsatadi.


Elastik deformatsiya metallda atomlarning turg’un muvozanat holatidan chetlatish hisobiga ro’y beradi va potentsial energiyaning minimum bo’lishi bilan ajralib turadi. Bu chetlanishning kattaligi qo’shni atomlar orasidagi masofadan oshmaydi. Elastik deformatsiya atomlararo masofani o’zgarishi natijasida qaytadigan hajm o’zgarishlarini keltirib chiqaradi. Hajmning qaytadigan o’zgarishi, masalan, 10 MPa bosim bilan har tomonlama siqilishda po’lat uchun  0,6 %, mis uchun 1,3 % ni tashkil etadi.


Atomlarni turg’un muvozanat holatidan chetlanishi jismda to’plangan potentsial energiyani oshiradi va belgilangan chegaralargacha chetlanish kattaligi deformatsiyalovchi kuchlar oshishiga proportsional ortib boradi. Har qanday sharoitlarda ham tashqi kuchlarning jismga ta’siri, atomlarni eng kam potentsial energiyali holatga qaytarishga intiluvchi, atomlararo kuchlarning qarshi ta’siri bilan muvozanatlashadi.


Plastik deformatsiya atomlarni yangi turg’un muvozanat holatlarga, kristall panjaradagi atomlar orasidagi masofadan ancha katta bo’lgan nisbiy siljishi hisobiga amalga oshadi. Plastik deformatsiyalashda jismga qo’yilgan kuchlar keltirib chiqargan umumiy deformatsiya plastik tashkil etuvchini ham, shu qatorda deformatsiyalovchi kuchlar olingandan so’ng yo’qoladigan elastik tashkil etuvchini ham o’z ichiga oladi. Monokristallarda sirpanish aniq kristallografik tekisliklar bo’yicha ro’y beradi. Bularni sirpanish tekisliklari deyiladi. Odatda atomlar joylashuvining eng katta zichligiga ega tekisliklar sirpanish tekisliklari bo’lib hisoblanadi, atomlararo masofalar minimal kattalikka ega bo’lgan yo’nalishlar esa sirpanish yo’nalishi bo’lib hisoblanadi. Masalan, yon tomoni markazlashgan kubsimon kristall panjarali metallarda odatda (111) turidagi oktaedr tekisliklari sirpanish tekisliklari hisoblanadi, (101) turidagi yo’nalish esa sirpanish yo’nalishi bo’lib hisoblanadi.


Geksagonal kristall panjarali metallarda odatda sirpanish tekisligi bo’lib (0001) turdagi bazis tekisligi, sirpanish yo’nalishi bo’lib esa, oltiburchakning diagonaliga mos tushadigan (100) turdagi (bu katakchaning asosi) yo’nalish hisoblanadi.


Atomlarning qandaydir kristallik tekisliklari bo’yicha siljishi mumkinligiga temperatura ancha sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Temperaturaning oshishi qator hollarda shunga olib keladiki, bunda sirpanish jarayoni, hona temperaturasida sirpanish bo’ladigan tekisliklardan farqli, boshqa tekisliklar bo’yicha amalga oshishi mumkin. Masalan, geksagonal zich joylashgan panjarali metallarda hona temperaturasida bitta sirpanish tekisligi - (0001) bazis tekisligi bo’ladi, 2000 dan oshiq temperaturada esa qo’shimcha (1011) yoki (1012) turidagi tekisliklar bo’yicha sirpanish imkoniyati paydo bo’ladi.


8-Mavzu: Lokomotivning mexanik qismlari holatini nazorat qilish


Reja:

  1. Lokomotivning mexanik qismlari

  2. Lokomotivning mexanik qismlari holatini nazorat qilish

Qo'llanma Sverdlovskdagi 2ES6 elektrovozlarini ishlatish uchun UZZhM ishlab chiqaruvchisi tomonidan taklif qilingan foydalanish qo'llanmasi va boshqa materiallar asosida tuzilgan. temir yo'l Rossiya temir yo'llari filiali. Qo'llanma texnik ma'lumotlar va mexanik qismlar, elektr apparatlari va elektr motorlarining dizaynini taqdim etadi.Taklif etilayotgan material lokomotiv brigadalari, texnik xizmat ko'rsatuvchi xodimlar va elektrovoz haydovchilari va mashinist yordamchilarini tayyorlash bo'yicha o'quv markazlari talabalarini tayyorlash uchun o'quv qo'llanma hisoblanadi

Mexanik qism tortishni amalga oshirish uchun mo'ljallangan va tormoz kuchi elektr lokomotiv tomonidan ishlab chiqilgan, elektr va pnevmatik uskunalarni joylashtirish, ma'lum darajadagi qulaylik, qulaylik va qulaylikni ta'minlash. xavfsiz sharoitlar lokomotiv boshqaruvi.


Elektrovozning mexanik (ekipaj) qismi avtomatik bog'lovchi bilan o'zaro bog'langan ikkita qismdan iborat. Har bir bo'lim ikkita ikki o'qli bog'larni va bir-biriga eğimli novdalar, prujina bobini suspenziyasi, gidravlik amortizatorlar va tana harakatini cheklovchilar bilan bog'langan korpusni o'z ichiga oladi.


Elektr lokomotivining mexanik qismi mexanik, elektr va pnevmatik uskunaning og'irligi bilan yaratilgan yukga duchor bo'ladi. Bundan tashqari, mexanik qism tortish kuchlarini elektrovozdan poezdga uzatadi va elektrovoz yo'lning egri va to'g'ri uchastkalari bo'ylab harakat qilganda paydo bo'ladigan dinamik yuklarni sezadi.


Mexanik qism etarlicha kuchli bo'lishi kerak, shuningdek, harakat xavfsizligi va qoidalari talablariga javob berishi kerak texnik operatsiya temir yo'llar. Oddiy va muammosiz ishlashini ta'minlash uchun barcha mexanik uskunalar mukammal ish holatida bo'lishi va xavfsizlik, kuch va ta'mirlash standartlariga javob berishi kerak.


Timken kompaniyasining yopiq turidagi ikki qatorli konusli rulmanlar jag'siz bir qo'zg'aluvchan o'q qutisining korpusida joylashgan g'ildiraklar o'qining o'qlari tirgaklariga o'rnatiladi. Iplar sharsimon rezina-metall ilgaklarga ega bo'lib, ular qutiga va arava romining yon devorlaridagi qavsga xanjar oluklar orqali biriktirilib, g'ildirak juftlarining arava ramasi bilan bo'ylama bog'lanishini tashkil qiladi.


G'ildirak juftlarining arava ramkasi bilan ko'ndalang ulanishi o'q qutisi kamonlarining ko'ndalang muvofiqligi tufayli amalga oshiriladi. Xuddi shunday, korpusning aravaning ramkasi bilan ko'ndalang bog'lanishi kuzov prujinalarining ko'ndalang muvofiqligi va to'xtash-cheklovchilarning kamonlarining qattiqligi tufayli amalga oshiriladi, bu esa aravani kavisli uchastkalarda aylantirish imkoniyatini ham ta'minlaydi. yo'lni o'chiring va o'chiring turli shakllar bogalarda tana tebranishlari. Shuningdek uchun..


9-mavzu: Uskunaning mexanik qismlarining shikastlangan qismlarini tiklash usullari


Reja:

  1. Uskunaning mexanik qismlari

  2. Uskunaning mexanik qismlarining shikastlangan qismlarini tiklash usullari


Mexanik shikastlanishdan himoya qilish uchun quyidagi usullar qo'llaniladi:
- odamlar uchun xavfli ob'ektlarning yo'qligi;
- odamni xavfli ob'ektdan himoya qiluvchi qurilmalardan foydalanish;
- shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish.
Mashinalarni, mexanizmlarni, asboblarni himoya qilishni ta'minlashning ko'plab usullari mavjud. Ish turi, ishlov beriladigan materialning o'lchami yoki shakli, ishlov berish usuli, ish joyining joylashuvi, ishlab chiqarish talablari va cheklovlari ma'lum bir uskuna va asbob uchun tegishli himoya usulini aniqlashga yordam beradi.
Himoya qurilmalari quyidagi minimal umumiy talablarga javob berishi kerak:

Download 4,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish