Angren texnologiya texnikumi


ANGREN KIMYO TEXNOLOGIYA TEXNIKUMI



Download 4,2 Mb.
bet40/52
Sana20.02.2022
Hajmi4,2 Mb.
#460662
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52
Bog'liq
Тепловоз

ANGREN KIMYO TEXNOLOGIYA TEXNIKUMI


TEPLOVOZ USKUNALARINING MEXANIK QISMLARI VA STANDART BO‘G‘INLARINI YIG‘ISH VA TA’MIRLASH FANIDAN


MA’RUZALAR MATNI
Tayyorlov yo’nalishi: ______________________________________________
Kasb: 1. _________________________________________________________
2. __________________________________________________________
3. ___________________________________________________________
4. ________________________________________________________
Pedagogik kengashining 20___- yildagi “____” _____- sonli yig’ilishida o’quv
jarayoniga qo’llashga tavsiya etildi.

Ushbu ma’ruzalar matni to’plamini ______ kafedrasining 20___- yildagi ________-sonli yig’ilishida muhokama etildi va ma’qullandi.


1-mavzu: Teplovozlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha asosiy qoidalar
Reja:

  1. Teplovozlarga texnik xizmat ko‘rsatish

  2. Teplovozlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha asosiy qoidalar

Harakat xavfsizligiga xavf tug’diruvchi nosozliklari bo’lgan harakat tarkibini foydalanishga chiqarish va poezdlarda harakatlanishga yo’l qo’yish, shunigdek, tashilayotgan yuklarning butligini ta’minlay olmaydigan yuk vagonlarini poezdlarga qo’shish man etiladi.

Elektr pnevmatik tormoz, isitish, elektr uskunalar, ventilyasiyada nosozliklari bo’lgan va yo’lovchilar tashishning me’yordagi sharoitini buzuvchi boshqa nosozliklari bo’lgan yo’lovchi vagonlarni, shuningdek, yo’lovchi poezd boshlig’i (mexanik-brigadir) ning mashinist bilan UQT-diapozonli radioaloqasi nosoz bo’lgan radiokupeli (shtab) yo’lovchi vagonlarni poezdga qo’shish taqiqlanadi.

Harakat tarkibining texnik ahvoliga bo’lgan talablar, shuningdek, unga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash tartibi DATK tomonidan belgilanadi.

Harakat tarkibining texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash tizimi, ikki ta’mir orasidagi bosib o’tiladigan masofasi me’yori va ta’mirlashga qo’yish tartibi DATK tomonidan «O’zdavtemiryo’lnazorat» bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Harakat tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha texnik ko’rsatmalar va namunaviy texnolgik jarayonlar DATK raisi tomonidan «O’zdavtemiryo’lnazorat» bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Harakat tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash sifatiga hamda harakat tarkibi va maxsus harakat tarkibi harakat xavfsizligiga, bevosita texnik xizmat va ta’mirlashni bajargan ishchilar, tegishli zavod, depo, ustaxona va texnik xizmat ko’rsatish punktlarining ustalari va rahbarlari javobgardirlar.
agonlarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlari texnik xizmat ko’rsatish punktlarida, vagon depolarida va zavodlarda amalga oshiriladi.

Texnik xizmat ko’rsatishda quyidagilar tekshiriladi:

uzel va detallarning ahvoli va emirilishi hamda ularning belgilangan o’lchamlarga mosligi;

tormoz uskunalari va avtotirkama qurilmalarining ish faoliyati;

yurgizish qismlari (aravachalar) ning ahvoli va sozligi. SNII-DVZ turidagi xopper-dozatorlarni hisobga olgan holda to’rt o’qli vagonlarning barcha turlari va aravachalarning ikki tarafdagi skolzunlar orasidagi jami minimal tirqish ko’pi bilan 20 mm va kamida 4 mm bo’lishi kerak. Bundan istisno tariqasida ko’mir, issiq aglomerat, apatit tashish uchun mo’ljallangan xopperlar, SNII-2, SNII-3 xopper-dozatorlari, VS-50 dumpkarlarida tirqish ko’pi bilan 12 mm va kamida 6 mm, VS-80, VS-82, VS-85 dumpkarlarida esa ko’pi bilan 20 mm va kamida 12 mm bo’lishi kerak;

sakkiz o’qli sisternaning bir uchida ikki tarafdagi biriktiruvchi va shkvorenli to’sinlarning skolzunlari orasidagi tirqish hammasi bo’lib 4 dan 15 mm gacha bo’lishi kerak;

tashilayotgan yuklarning butligiga kafolat beruvchi sisterna kuzovi va qozonlarining sozligi;

o’tish maydonchalari, maxsus zinacha va tutqichlarning sozligi;

harakat tarkibi detal va uskunalarining yo’lga tushib qolishidan saqlovchi qurilmalarning mavjudligi va sozligi.

Nosoz vagonlar va texnik xizmatga taqdim etilmagan vagonlarga yuk ortish va odamlarni joylashtirish man etiladi. Ularning yaroqli ekanligi xaqida yozuv maxsus jurnalda qayd etilishi kerak.

Texnikaviy xizmat ko’rsatish punktlari bo’lmagan stansiyalarda yuklash uchun uzatilayotgan bo’sh vagonlar, shuningdek, bunday stansiyalarda ikkilangan operasiyalar uchun ishlatish ko’zda tutilgan yuk ortilgan vagonlar ko’rikdan o’tishi, kerak holllarda yuk ortish stansiyasi oldida joylashgan eng yaqin texnik xizmat ko’rsatish punktida ta’mirdan o’tkazilishi kerak.
Vagonlarni texnik xizmat ko’rsatishga yuborish va ularning yaroqliligi xaqida bildirish tartibi DATK raisi tomonidan belgilanadi.
Poezdlarni tuzish va tarqatish stansiyalarida, ketib borish yo’lida esa – poezdlar harakati grafigida ko’zda tutilgan stansiyalarda poezdning har bir vagoniga texnik xizmat ko’rsatilishi, nosozliklari aniqlanganda – ta’mirlanishi kerak. Bu stansiyalarda vagonlarning poezdlardan uzmasdan ta’miri tashkil etiladi.

Texnik xizmat ko’rsatish punktlari bo’lmagan stansiyalarda, har bir vagon poezdga qo’yilishidan oldin, texnik xizmat ko’rsatish punkti mavjud bo’lgan eng yaqin stansiyaga etib olishi uchun ko’rikdan o’tkazilishi va tayyorlanishi kerak.

Poezdlarga texnik xizmat ko’rsatish tartibi va ularning tayyorligi to’g’risida xabarlash tartibi, shuningdek, vagonlarni poezdga qo’yishdan oldin, texnik xizmat ko’rsatish punktlari bo’lmagan stansiyalarda ko’rikdan o’tkazish va ta’mirlash tartibi DATK raisi tomonidan belgilanadi.
2-mavzu: Teplovozlarning ishlashdagi ishonchliligini baholash usullari.Teplovozlarni kapital ta’mirlash davrlarini farqlash. Ta’mirlash ob’ektini demontaj qilish
Reja:
1. Tashish tannarxi tushunchasi
2. Temir yo‘lda tashish tannarxini hisoblash xususiyatlari
3. Yuk va yo‘lovchilar tashish tannarxining kalkulyatsiyasi
4. Tortuv turlari bo‘yicha tashish tannarxining kalkulyatsiyasi

Download 4,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish