Angren” erkin iqtisodiy zonasiga investorlar qanday jalb qilinyapti?



Download 21,85 Kb.
bet1/3
Sana10.07.2022
Hajmi21,85 Kb.
#768440
  1   2   3
Bog'liq
ANGREN


ANGREN” ERKIN IQTISODIY ZONASIGA INVESTORLAR QANDAY JALB QILINYAPTI?
Tadbirkor ishga tushiradigan korxonaga elektr tarmoqlari, ichimlik suv va kanalizasiya, yuqori bosimli gaz quvuri hamda avtomobil yo‘llarini olib borishni iqtisodiy zona o‘z zimmasiga oladi.

Bugun mamlakatimizda iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarining asosiy qismi ishlab chiqarish va tadbirkorlik rivoji ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. So‘nggi yillarda ana shu ikki yo‘nalishni birlashtirish asosida barcha hududlarda tashkil etilayotgan erkin iqtisodiy zonalar tarkibida zamonaviy korxonalarni ishga tushirish tajribasi kutilgan natijalarni bermoqda.


Toshkent viloyatida 2012 yilning aprel oyida tamal toshi qo‘yilgan “Angren” erkin iqtisodiy zonasi ham ana shunday yirik sanoat tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Jami 4 125 gektar maydondan iborat iqtisodiy zona Ohangaron va Angren shaharlari, Ohangaron tumanidagi A-373 magistral yo‘li shimoliy qismida joylashgan hamda Bekobod shahrining 15 gektar hududlarini o‘z ichiga oladi. Bir vaqtlar tashlandiq, foydalanilmay yotgan bu joylarda bugun eng zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari qad rostlagan. Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan press-tur davomida jurnalistlar “Angren” EIZdagi bir qancha yirik korxonalar faoliyati bilan tanishdi.


Hozirgi kunda zonada umumiy qiymati 1 milliard 452 million dollarga teng jami 117 ta loyiha joylashtirilgan bo‘lib, 60 ta korxona negizida 70 ta loyiha ishga tushirildi. Bu orqali 8160 dan ortiq kishi doimiy ish va daromad manbaiga ega bo‘ldi. Joriy yilning yanvar-oktyabr oyi davomida mazkur korxonalarda 3 trillion 279 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, shundan 62,1 million dollarlik mahsulotni eksport qilishga erishildi.


— Sanoat zonasida loyihalarni 2013 yildan joylashtirish boshlangan bo‘lsa, o‘shanda 4 ta korxona ishga tushirilgan edi, — dedi “Angren” EIZ direktori Mutallibjon Xojimurodov. — Ilk davr, ya’ni 2013—2016 yillar mobaynida 16 ta loyiha amalga oshirildi. Keyinroq 2016 yil 26 oktyabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bilan investorlar uchun keng ko‘lamli soliq va bojxona imtiyozlarining berilishi xorijlik tadbirkorlarning qiziqishini yanada oshirdi. Natijada 2017—2020 yilda iqtisodiy zonaga 101 ta loyihani joylashtirishga erishildi. Loyihalarni amalga oshirish uchun 783,9 million dollarlik investisiyalar, jumladan, 294,4 million dollar miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investisiyalar o‘zlashtirildi.


Tadbirkor tegishli hujjatlarni taqdim etib, loyihasi mavjud talablarga javob bergach, “Angren” EIZdan unga yer ajratiladi. Shu kundan boshlab, u sanoat zonasining bir qismiga aylanadi va boshqalar qatori imtiyozlarga ega bo‘ladi. Xususan, u ishga tushiradigan korxonaga elektr tarmoqlari, ichimlik suv va kanalizasiya, yuqori bosimli gaz quvuri hamda avtomobil yo‘llarini olib borishni iqtisodiy zona o‘z zimmasiga oladi. Ishlab chiqaruvchiga bir qator soliq imtiyozlari ham beriladi. Korxona texnologik uskuna va ehtiyot qismlari olib kirganda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi. Soliq imtiyozlari investisiya qiymatiga qarab 3 yildan 10 yilgacha, bojxona imtiyozlari erkin iqtisodiy zona faoliyati yakunigacha amal qiladi. “Angren” EIZ ana shunday imkoniyatlari bilan ko‘plab investorlarni jalb qilmoqda. Bunga ayniqsa, xitoylik investorlarning qiziqishi yuqori. Xususan, ushbu mamlakatdan kirib kelgan 342 million dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri investisiya asosida zonada 28 ta loyiha joylashtirilgan.


Angren” EIZda mashxur xitoy brendi


Press-tur ishtirokchilarining ilk manzili Xitoynning Sinszyan Xalqaro savdo jamiyati investisiya mablag‘lari hisobidan ishga tushirilgan “Limax Gold Textile” MChJ korxonasi bo‘ldi. Bu yerda jahonga mashhur “Limax” brendi ostida yiliga 10,8 million juft paypoq, 337 ming tonna spandeks ip, 500 tonna poliestir ip, 60 tonna neylon ip hamda 80 tonna rezina ip mahsulotlari ishlab chiqariladi. 2017 yilda ish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan korxona joriy yilda 30,9 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarib, Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston davlatlariga 1,7 million dollarlik mahsulot eksport qilishga erishdi.

Yuqori quvvatda ishlayotgan zamonaviy uskunalarni boshqarib turgan ishchilarning aytishicha, har bir stanok 1 soatda 100 juft paypoq ishlab chiqaradi. Korxonaga 230 ta stanok o‘rnatilgan bo‘lib, 269 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan. “Limax Gold Textile” MChJ direktor o‘rinbosari Wei Ai Guo kelgusi rejalar bilan o‘rtoqlashar ekan, yaqin yillarda mahsulot ishlab chiqarish hajmi hamda mahalliylashtirish ko‘rsatkichlarini yanada oshirish niyatida ekanini bildirdi.



Download 21,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish