Angren” erkin iqtisodiy zonasiga investorlar qanday jalb qilinyapti?


Keramika sohasiga ixtisoslashayotgan Angren



Download 21,85 Kb.
bet3/3
Sana10.07.2022
Hajmi21,85 Kb.
#768440
1   2   3
Bog'liq
ANGREN

Keramika sohasiga ixtisoslashayotgan Angren

Qizg‘in ruhda o‘tgan press-tur davomida jurnalistlar keramik plitkalar ishlab chiqaradigan “Lyux Granit” hamda glazurlangan keramik plitkalar tayyorlanadigan “National Ceramix” korxonalarida ham bo‘lib, O‘zbekiston bozoriga chiqarilayotgan shu turdagi mahsulotlarning eng sifatli va rang-barang xillari bilan tanishdi.


Mahalliy investor Olimjon Nabiqulov tomonidan tashkil etilgan “Lyux Granit” MChJ keromagranit ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekistonda ikkinchi, ishlab chiqarish quvvatiga ko‘ra eng kattasi hisoblanadi. Korxonada o‘rnatilgan uskunalar Italiyaning mashhur “Siti B&T Group” kompaniyasi tomonidan tayyorlangan bo‘lib, jarayonda asosan mahalliy xomashyodan foydalaniladi.


“National Ceramix” MChJ qo‘shma korxonasi ham keramik plitalar ishlab chiqarayotgan Markaziy Osiyodagi yetakchi kompaniyalardan biriga aylangan. Bugungi kunda mazkur korxonada bozor talabiga mos tarzda turli hajm, xilma-xil rangda pol va devorga mo‘ljallangan keramik plitalar hamda keromagranit ishlab chiqarilmoqda. Joriy yilda 63,1 milliard so‘mlik mahsulot tayyorlanib, shundan 2,1 million dollarlik mahsulot xorijga eksport qilindi.


Ana shunday yirik investision loyihalarni amalga oshirayotgan “Angren” EIZda kelgusi rejalar ham bisyor. Hozirgi kunda bu yerda umumiy qiymati 97,1 million dollarlik yana 7 ta loyihani joylashtirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bular qatorida O‘zbekiston bozorida talab yuqori bo‘lgan oyna, skotch, noto‘qima mahsulotlar, sanoat sovutgichlarni ishlab chiqarish rejalari bor. Ularni amalga oshirish uchun 97 million dollarlik investiya mablag‘larini jalb etish ko‘zda tutilgan. Loyihalar tasdiqlangan taqdirda qo‘shimcha 50 gektar yer maydonlari band qilinib, 820 ta yangi ish joylari yaratiladi.



Erkin iqtisodiy zonalarni izchil rivojlantirish borasida yanada qulay shart-sharoitlar yaratiladi


Jamiyat 28.10.2016, 12:30
Теглар: Dollar, O`zbekiston

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida farmon imzoladi.
Hujjat mamlakatimizda yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, hududlarni raqobatdosh va eksportga yo`naltirilgan zamonaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o`zlashtirishga yanada faol jalb qilish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikasiya, yo`l-transport, ijtimoiy infratuzilma va logistika xizmatlarini jadal rivojlantirishni ta`minlash uchun to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiyalarni jalb etishni kengaytirishning eng muhim omili sifatida erkin iqtisodiy zonalarni izchil rivojlantirish borasida yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilindi. 
Yangi hujjatga ko`ra, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi, “Angren” va “Jizzax” maxsus industrial zonalari nomini birxillashtirish maqsadida ularni “Navoiy”, “Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalar deb ataladi. 
Quyilagilar erkin iqtisodiy zonalarning faoliyatini yanada rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari etib belgilandi: 
xorijiy investorlarga mamlakatimiz iqtisodiyotining real sektorlariga investisiya kiritishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida erkin iqtisodiy zonalar uchun yagona huquqiy rejimni belgilash, soliq va bojxona imtiyozlari, preferensiyalarni birxillashtirish; 
mahalliy mineral-xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlaydigan va yuqori qo`shimcha qiymatga ega raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqaradigan yuqori texnologiyali va mahalliylashtiriladigan zamonaviy korxonalarni tashkil qilish uchun to`g`ridan-to`g`ri investisiyalarni, avvalambor, xorijiy investisiyalarni faol jalb etish, erkin iqtisodiy zonalarning muayyan sohaga ixtisoslashuvini qo`llab-quvvatlash va ularda sanoat kooperasiyasini rivojlantirish; 
erkin iqtisodiy zonalarda «yagona darcha» tamoyili asosida barcha turdagi davlat xizmatlarini ko`rsatishga, jumladan, ruxsat berish tartib-taomillariga bosqichma-bosqich o`tish; 
ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikasiya, yo`l-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, shuningdek, sifatli logistika xizmatlari ko`rsatish bo`yicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish; 
oliy, o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalarida erkin iqtisodiy zonalarning soha kadrlariga bo`lgan hozirgi va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularning erkin iqtisodiy zonalarda joylashgan korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini o`tashini nazarda tutgan holda, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etish. 
Erkin iqtisodiy zonalar quyidagilardan ozod etiladi: 
er solig`i, daromad solig`i, yuridik shaxslar mulk solig`i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig`i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to`lovi, shuningdek, Respublika yo`l jamg`armasi va O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumta`lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik liseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta`mirlash va jihozlash jamg`armasiga majburiy ajratmalaridan; 
o`zining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinadigan uskunalar, xomashyo, material va butlovchi buyumlar, shuningdek, mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan va loyihalarni amalga oshirish doirasida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro`yxatlar bo`yicha olib kelinadigan qurilish materiallari uchun bojxona to`lovlaridan ozod etiladi (bojxona rasmiylashtiruvi yig`imlaridan tashqari). 
Bojxona imtiyozlari qo`llangan holda olib kelingan uskunalar, xomashyo, material va butlovchi buyumlar sotilgan yoki beg`araz berilgan hollarda, ular olib kelingan paytdan boshlab uch yil davomida bojxona to`lovlari qonunchilikda belgilangan tartibda to`liq hajmda undiriladi. 
Farmonning ko`zda tutilgan imtiyozlar kiritilgan investisiyalar hajmiga qarab 3 yildan 10 yil muddatgacha beriladi: 
300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha hajmdagi investisiyalar – 3 yil muddatga
3 million AQSh dollaridan 5 million AQSh dollarigacha hajmdagi investisiyalar – 5 yil muddatga;
5 million AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha hajmdagi investisiyalar – 7 yil muddatga; 
10 million va undan ko`p AQSh dollari hajmidagi investisiyalar so`nggi 5 yilda amaldagi stavkalardan 50 foiz kam hajmdagi daromad solig`i va yagona soliq to`lovi stavkalari qo`llangan holda – 10 yil muddatga beriladi. 
Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari R.Azimov zimmasiga yuklatildi.
Download 21,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish