Angliya huquqi va Germaniyada aktsiyadorlik jamiyati ta'sis hujjatlari mazmuni, ularning huquq o'rnatish doirasi va turlarini qiyosiy tahlil qiling



Download 42,81 Kb.
bet2/3
Sana06.08.2021
Hajmi42,81 Kb.
#139472
1   2   3
Bog'liq
Корпоратив ЯКУНИЙ (2)

Германиянинг жавобгарлиги чекланган жамият (GmbHG) шаклидаги компанияси Ўзбекистонда МЧЖ ташкил этди: немис компанияси улуши 60 %, қолган 40% Ўзбекистон фуқароси жисмоний шахс.

Тадбиркорлик фаолияти давомида МЧЖ директори немис компаниясини қониқтирмади ва умумий йиғилиш унинг ваколатини тугатишга қарор қилди. Директор бундан норози бўлиб, судга мурожаат қилди. Суд директорни ишдан бўшатиш меҳнат низоси бўлиб, Меҳнат кодексига мувофиқ бўшатилиши лозим эди деган қарорга келди. Немис компанияси директор ёлланма ходим эмаслиги, унинг ваколатини тугатолмаса бизнес фаолиятига зарар етиши, директорни ҳимоя қилиш меҳнат ҳуқуқи нормалари билан бўлиши нотўғрилигини айтди. Суд Олий суд Пленумининг 262-сон қарорига асосан бу низони меҳнат низоси сифатида ҳал қилди.

Германия ва Ўзбекистон масъулияти (жавобгарлиги) чекланган жамиятлари (МЧЖ ва GmbHG)ни қиёсий таҳлил қилинг. Диреторнинг МЧЖдаги мақомини илмий асослаб ёритинг ва масалага ечим таклиф этинг.

Ushbu kazusni yoritishda avvalambor Germaniya korporativ huquqida GmbHGning o’rni va tashkiliy-huquqiy holatiga qarashimiz lozim.

Ushbu qisqartmaning to’liq nomi Gesellschaft mit beschränkter Haftung bo’lib, zamonaviy Germaniya tarixi mobaynida tadbirkorlik faoliyatida chegaralangan majburiyatli yuridik shaxslar sifatida mashhurdir. GmbHG tashkiliy-huquqiy jihatdan bizning korporativ huquqidagi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar bilan aynan o’xshashdir.

Ushbu kazusda Germaniya javobgarligi cheklangan kompaniyasi O’zbekistonda MCHJ tashkil etib uning 60% ulushiga egalik qilgan. Ammo ushbu MCHJning direktori faoliyati yoqmaganligi uchun uni ishdan bo’shatgan. Ushbu holatda dastlab Germaniyada GmbHGda direktor majburiyatlari va faoliyat doirasiga to’xtalib o’tish zarur. Germaniya korporativ qonunchiligi GmbHGda direktor faoliyatini tartibga soladigan ba’zi normalarni o’rnatgan. Unga ko’ra (6-qism, 1-paragraf, GmbHG) GmbHGda kamida bitta boshqaruv direktori bo’lishi kerak va direktorni saylash shuningdek ishdan olish hissadorlarning rezalyutsiyasi orqali amalga oshiriladi. Shu bilan birga xissadorlar direktorlar bajarishi shart bo’lgan qoidlar ham chiqarishga haqlidirlar.

Direktorlar quyidagilarni qilishga majburdirlar (43-qism, 1-paragraf, GmbHG):.


Ammo O’zbekiston qonunchiligida direktorlarning burchlari va majburiyatlari to’liq nimalarda aks etishi Germaniya qonunchiligidek yoritib o’tilmagan. Ammo direktorning MCHJdagi umumiy faoliyatidan kelib chiqib aytadigan bo’lsak yuqoridagi majburiyatlar ushbu direktorga ham tegishlidir. Demak direktorlik vazifasidan ozod qilingan shaxs ham ushbu majburiyatlarni bajarish kerak edi. Ammo uning faoliyati germaniya tarafni qoniqtirmadi va umumiy yig’ilish uni vazifasidan ozod qildi. Ushbu holatda aynan nima sababdan vazifasidan ozod qilinganligi muhim. Agar direktor o’z majburiyatlarini yetarli darajada amalga oshira olmagan bo’lsa, umumiy yig’ilishning yuqoridagi qarori to’g’ri va asosli.

Ammo bu holatda nemis ta’sischisi direktorni ishdan olishni mehnat munosabatlari emas degan e’tirozi noo’rindir. Sababi direktor bilan bevosita u ishga kirishishdan oldin shartnoma tuziladi va bu to’liq mehnat munosabati hisoblanadi.



O’zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining 2014-yil 20-iyundagi
Download 42,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish