Angliya huquqi va Germaniyada aktsiyadorlik jamiyati ta'sis hujjatlari mazmuni, ularning huquq o'rnatish doirasi va turlarini qiyosiy tahlil qiling



Download 42,81 Kb.
bet1/3
Sana06.08.2021
Hajmi42,81 Kb.
#139472
  1   2   3
Bog'liq
Корпоратив ЯКУНИЙ (2)


  1. Angliya huquqi va Germaniyada aktsiyadorlik jamiyati ta'sis hujjatlari mazmuni, ularning huquq o'rnatish doirasi va turlarini qiyosiy tahlil qiling.

  2. Ingliz va Germaniya huquqidagi korporatsiyalar rivojlanishi tendentsiyalarini tushuntiring. Ushbu huquq-tartibotlardagi turli korporatsiya shakllarini o'zbek korporativ huquqiga joriy etish bo'yicha asoslangan fikrlaringizni bildiring.

  1. Agar AQSH, Angliya va Germaniyada kompaniyalar tashkil etish asoslariga qaraydigan bo’lsak, deyarli bir-biridan katta farq qilmaydi. Ammo ba’zi e’tirof etish zarur bo’lgan farqlar ham mavjud. Bu farqlarni biz aksiyadorlik kompaniyalarini tashkil etishda kerak bo’ladigan hujjatlar tarkibi va ularning turlarida ko`rishimiz mumkin. Angliyada direktorlarni lavozimga tayinlash usuli va boshqaruv kengashining shakllanishi konstitutsiyaviy hujjatlar orqali belgilanadi va bu kabi hujjatlarning loyihasini qilish Germaniyadan ko`ra muhim ahamiyat kasb etadi. Xolbuki bu kabi muhim masalalar Germaniya aksiyadorlik jamiyatlarida istisnosiz belgilanadi.

Germaniyada aksiyadorlik jamiyatlarini (Aktiengesellschaft) shakllantirish prosedurasi AktGning 23-25 qismlari bilan tartibga solinadi. Aksiyadorlik jamiyatini tashkil qilishga qo’yilgan birinchi qadam bu tashkil etilayotgan aksiyadorlik jamiyatining faoliyatini belgilab beradigan qoidalarning loyihasini tayyorlashdir (satzung). AktGning 23(3) – (5) qismiga ko’ra ta’sis shartnomasida quyidagilar nazarda tutilishi lozim:

- aksiyadorlik jamiyatining yuridik manzili va nomi;

- faoliyatining maqsadi;

- kapitalning miqdori ( kamida 50 ming yevro);

- ustav kapitalining qimmatli aksiyalar yoki nominal qiymati bo’lmagan aksiyalarga bo’lish. Satzun nominal qiymatni va nominal qiymat ulushining miqdorini aniq ko’rsatishi shart;

- kuzatuv kengashi (vorstand) a’zolarining miqdori va belgilash qoidalari;

- kompaniyaning rasmiy e'lonlarini qanday amalga oshirishi to'g'risidagi qoidalar;

- inkorperatorlar uchun har qanday maxsus imtiyozlar, kompensatsiya, ish haqi, aksiyadorlarning har qanday moddiy hissasi to’g’risidagi tafsilotlar;

- § 23(5) AktGga ko’ra aniq qonunda ruhsat berilgan bo’lsa, ustav kapitalidagi qoidalar AktGda nazarda tutilganidan ham o’zgacha bo’lishi.

Satzung tugaganidan va notarial tadiqanganidan so’ng, a’zolar kompaniyani tashkil qilish uchun barcha ulushlarga a’zolik badalini to’lashlari shart. Ulushlar odatda satzung notarial tasdiqlanayotganda birgalikda to’lanadi.

Angliya huquqiga qaraydigan bo’lsak aksiyadrlik jamiyatini shakllanish jarayoni Germaniyanikidan ko’ra egiluvchan. Ammo umumiy olganda aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish, uning qoidlarini ishlab chiqish va notarial tasdiqlash jarayonlari bir-biriga juda o’xshash. 2006-yildagi Qonunga ko’ra ikkita alohida an’anaviy hujjatni ya’ni “assatsatsiya memorandum” va “assatsatsiya qonunlari”ni talab qilish o’zgardi. Bunga ko’ra memorandum kompaniya ulushining har bir egasi tomonidan imzolanishi kerak bo’ladigan bo’ldi.

2006 yildagi qonunning 9,10,12 va 13 qismlarida ta’sis shartnomasiga qo’yilgan talablar mavjud bo’lib ular quyidagilar:

- kompaniyaning nomi;

- Angliyaning qaysi hududida ro’yhatdan o’tganligi;

- kompaniyaning ro’yhatdan o’tgan manzili;

- a’zolarning javobgarligi cheklanganmi yoki yo’qmi, agar shunday bo’lsa, ulush orqalimi yoki kafolat orqalimi;

- kompaniya shaxsiymi yoki jamoviymi;

- aksiyadorlik kapitali va dastlabki aksiyalar to'g'risidagi bayonot;

- taklif qilingan ofitserlari nomini o'z ichiga olgan bayonot;

- rozilik bayonoti.

Agar e’tibor qaratsak ta’sis shartnomasiga qo’yilgan talablar bir-biridan juda farq qilmaydi. Asosiy farqlar Germaniyada kapitalning miqdori nazarda tutilgan bo’lsa, Angliyada a’zolarning javobgarligi chekangan yoki cheklanmaganligida ko’rishimiz mumkin. Biz asosiy farqlarni ikkala mamlakatdagi aksiyadorlik jamiyatlarining ta`sis shartnomalarida emas, balki aksiyadorlik jamiyatlarining ichki boshqaruvida ko’ramiz.



2. Germaniya korporatsiyalar 4 na turga bo’linadi:

- mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (Gesellschaft mit beschränkter Haftung – GmbH);

- kichik GmbH (AnUnternehmergesellschaft -UG);

- aksiyadorlik jamiyati (Aktiengesellschaft – AG);

- partnership Limited by Shares (KGaA)

Gesellschaft mit beschränkter HaftungGmbH ingliz va AQSH huquqida huquqida Limited Liability company (LLC) ga ekvivalent hisoblanib, bu hozirda germaniya korporativ huquqi subyektlari ichida eng ommalashganlaridan biri hisoblanadi. Dastlab bu tashkiliy huquqiy shakl nemiszabon davlatlardan oldin Angliya huquqida mavjud bo’lgan bo’lib, 1892 yilda Angliyaning ushbu jamiyat faoliyatini tartibga soladigan qonunlari Germaniya huquqiga moslashtirildi. Bundan ko’zlangan maqsad kichik va o’rta tadbirkorlikni rivojlantirish edi. Ammo dastlab bu kabi yuridik shaxslar xavf sifatida qaralgan. Sababi biz bilamiski, bu kabi jamiyatlarda javobgarlik cheklangan bo’lib, to’liq javobgarlik mavjud emas edi. Ba’zi holatlarda GmbHni tashkil qilish dastlabki tadbirkorlikni boshlayotganlarga qiyinchilik tug’dirganligi uchun 2008-yilda GmbHning kichik shakli ya’ni UG (haftungsbeschränkt) ingliz huquqida “Entrepreneurial company” yaratildi. Endi kichik tadbirkorlikni amalga oshirmoqchi bo’lgan shaxsdan dastlabki kapitalning belgilangan miqdori talab qilinmaydigan bo’ldi. Ammo agar kapital aylanmasi GmbHga nisbatan belgilab qo’yilgan miqdorga yetsa tashkiliy huquqiy shaklini o’zgartirishi kerak edi.

Aksiyadorlik jamiyatlariga (Aktiengesellschaft–AG) to’xtaladigan bo’lsak, (AG) Germaniyaning yirik davlat kompaniyalari uchun standart korporativ shakldir. AG uchun eng kam ustav kapitali 50,000 yevroni tashkil qiladi va kompaniya kamida bitta aktsiyadorga ega bo'lishi mumkin. Ushbu turdagi kompaniyalar faoliyatini tartibga solish bir muncha qiyin tizimga ega bo’lib,. AGlarda kuzatuv kengashi va boshqaruv kengashidan iborat bo'lgan tuzilishga ega. Kuzatuv kengashi odatda aktsiyadorlar tomonidan nazorat qilinadi.

Aktiengesellschaft faoliyatini tartibga solishda 1965-yil 6-sentabrda qabul qilingan Nemis kapital korporatsiya qonuni (Aktiengesetz) muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qonun kompaniya tashkil qilish tartibi, kompaniya va ta’sischilar o’rtasidagi munosabatlarni, kapital aylanmalarni va undagi o’zgarishlarni tartibga soladi.

Angliyaga to’xtaladigan bo’lsak kompaniyalarning to’rtta standart turlari mavjud va bular quyidagilar:


  • Public Limited Company (PLC)

  • Private Company Limited By Guarantee.

  • Private Company Limited By Shares.

  • Private Unlimited Company.

Umumiy olganda bu turdagi kompaniyalar faoliyati germaniyadagi turdoshlaridan farq qilmaydi.

Ammo ularning rivojlanish tendensiyalariga qaraydigan bo’lsak, angliyada kompaniyalar rivojlanish davrlari 17 asrga borib taqaladi. O’sha davrda Angliyadagi iqtisodiy o’zgarishlar bugungi zamonaviy kompaniyalarning yaralashiga sabab bo’ldi. Angliya kompaniya huquqi AQSH va Germaniya o’rtasidagi oraliq ko’prik bo’lib, ikkala davlatning kompaniya huquqi elementlarini o’zida mujassamlashtiradi. Angliyada kompaniyalar faoliyatini tartibga soladigan asosiy qonunlar 2006 yilda o’zgargan bo’lib, 2006-yildagi kompaniyalar qonuni Angliyadagi bugungi kompaniyalar faoliyatini tartibga soladigan asosiy qonundir. U kompaniyadagi direktorlar faoliyatini, ta’sis hujjatlarini va parcha kompaniya turlari (public, private limited by shares, by guarantee, unlimited) tashkil etilishining normalarini o’zida mujassamlashtirgan. Bundan tashqari quyidagi qonunlar ham Angliyada kompaniyalar faoliyatini shakllantirish va rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etgan:

- Aksiyadorlik jamiyatlari qonuni ( Joint Stock Companies Act 1856;

- Moliyaviy xizmatlar va

- Kompaniyalar to’g’risidagi qonun (Companies Act 1867, 1948, 2006);

- Korporativ boshqaruv kodeksi (Corporate Governance Code 2010);

- Moliyaviy Xizmatlar Boshqarmasi (The Financial Services Authority).
4-kazus


Download 42,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish