Angliya davlati va huquqi



Download 66,05 Kb.
bet7/14
Sana18.01.2022
Hajmi66,05 Kb.
#387110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
ANGLIYA DAVLATI VA HUQUQI

Nikoh va oila huquqi
Bundan tashqari, mulkka egalik qilishga ozgina bo`lsada xalaqit qilish, bunda mulk egasi real zarar ko`radimi yoki yo`qmi qat`i nazar, "egalikni buzish haqida"gi trespass da`vosining qo`llanishiga asos bo`lgan.

Angliyada feodal nikoh-oila huquqi ma`lum dara-jada feodal yer egaligini qo`riqlash va himoya qilish manfaatlari bilan belgilangan. U kanonik huquqning kuchli ta`siri ostida bo`lgan. Kanonik huquqning qator juda muhim me`yorlari, masalan, nikohning cherkov shakli, ikki xotinlikning taqiq-lanishi singarilar bevosita qonun bilan mustahkamlab qo`yilgandi. Jum-ladan, 1606 yilgi statut ikki xotinlikni feloniya (og`ir jinoyat) safiga qo`shgan edi.

O`rta asrlarda ingliz oilasi patriarxal xarakterga ega edi. Erga tekkan ayolning - xotinning huquqiy holati juda cheklangandi. Uning harakatdagi mulklari erining to`liq ixtiyoriga o`tgan, ko`chmas mulklariga nisbatan esa erning boshqaruvi o`rnatilgan edi. Erga tekkan ayol mustaqil ravishda shartnoma tuza olmas, sudda o`z huquqlarini himoya qilib chiqa olmas edi.

Shuni aytish joizki, tegishlicha odat huquqi me`yorlari harakatda bo`lgan dehqonlar, hunarmandlar va savdogarlarning oilalarida erga tek-kan ayollar nisbatan kattaroq huquqiy layoqatga, xususan, o`z mulklarini boshqarish, shartnomalar tuzish, savdo bilan shug`ullanish huquqlariga ega bo`lganlar.

Ingliz-sakslarning odat huquqi ajralishni tan olgan. Ajralish yoki erining o`limi natijasida oiladan ketayotgan ayol oila mulkidan (hara-katdagi mulkdan, chorvadan, puldan) o`z hissasini olardi. Kanonik huquq, ma`lumki, ajralishga yo`l qo`ymasdi. U faqat ma`lum hollarda er-xotin-ning alohida yashashiga, "stoli va to`shagining ajratilishiga" ruxsat berardi.

Kamdan-kam hollarda ajralishga rim papasi tomonidan, oqibatda parlament tomonidan ruxsat etilishi mumkin edi. Ma`lumki, Genrix VIII ga ajralishni papa tomonidan rad qilinishi oqibatda ingliz taxtining rim kuriyasi bilan aloqasi to`liq uzilishiga va ingliz cherkovi ustidan uning ustunligi o`rnatilishiga bevosita sabab bo`lgandi.

Nikohsiz tug`ilgan bolalar faqat katolik cherkov tomonidan emas, balki baronlar tomonidan ham tan olinmagan. Cherkovning nikohsiz tug`ilgan bolalarni kelajakda ularning ota-onalarini nikohdan o`tkazishni nazarda tutib qonuniylashtirishga qilgan urinishlari baronlarning qattiq qarshiligiga duch kelgan. Bu, albatta, feodal yer egaliklarining qattiq qo`-riqlanishi bilan bog`liq edi. Negaki, nikohsiz tug`ilgan bolalar qonun-lashtiriladigan bo`lsa, bu merosxo`rlar doirasining kengayishiga olib kelar-di. 1235 yilgi Merton statuti nikohsiz tug`ilgan bolalarning qonuniylash-tirilishini to`g`ridan-to`g`ri taqiqlagan.



Download 66,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish