Angliya davlati va huquqi



Download 66,05 Kb.
bet10/14
Sana18.01.2022
Hajmi66,05 Kb.
#387110
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
ANGLIYA DAVLATI VA HUQUQI

Misdiminor ilgari fuqarolik tartibida yetkazilgan zararning undirilishiga olib keluvchi huquqbuzarliklardan asta-sekin rivojlanadi. Vaqt o`tishi bilan bu guruhga firibgarlik, qalbaki hujjatlar tayyorlash, soxta narsalar yasash kabi jiddiy jinoyatlarning kiritilishi bilan feloniya va misdiminor o`rtasidagi qat`iy chegaralar yo`qolib bordi. Bunga jinoyat sodir etilganda u yoki bu shakldagi da`voni tanlash imkoniyati ham ko`maklashgan. Feloniya haqidagi da`vo qanoatlantirilgan holda, masalan, badanga shikast yetkazganda jinoyatchi hayoti bilan javob bergan, agar jabrlanuvchi huquqlari buzilgani haqida da`vo qilsa, unda bu jinoyat misdiminorga taalluqli bo`lgan va jinoyatchiga turma yoki jarima jazosi nazarda tutilgan.

Mulkiy jinoyatlar orasida, avvalo, birovning uyiga o`t qo`yish va zo`rlik bilan bostirib kirish ancha og`ir jinoyatlar sifatida tan olingan. Bu feloniyalarning ajratilishi inglizlarning uyga zarar yetkazilishidan qo`riqlanadigan qal`a (mening uyim - mening qal`am) sifatida muqaddas deb qarashlari bilan bog`liq edi. Shu munosabat bilan, hatto, juda eskirgan, omonat uyga o`t qo`ygan jinoyatchining o`zi ham yoqib yuborilardi.

O`g`rilik (larensy) jinoyatini Brakton o`ziga xos tarzda tushuntirib beradi. U bu tushunchani oddiy o`g`rilik sifatida emas, balki ancha kengroq ma`noda ta`riflaydi. Brakton o`g`rilikni "mulkdorning irodasiga qarshi birovning mulkiga yovuz niyat bilan, bu mulkni o`ziniki qilib olish niyati bilan murojaat qilishi» deb tushuntiradi. Eduard I davrida har qanday o`g`rilik feloniya sifatida o`lim jazosi bilan ta`qib etilgan. Biroq Eduard III davrida (XIV asrda), hatto mayda o`g`rilikni feloniyaga kiri-tilishi qat`iy noroziliklar keltirib chiqara boshlaydi. Shuning uchun "kichik o`g`rilik" (o`g`rilangan mulkning qiymati 12 pensdan kam bo`lgan o`g`rilik) feloniyaga emas, misdiminorga taalluqli qilingan.

Mutlaq monarxiya davrida Angliyada och-yalang`ochlar, daydilar va tilanchilarga qarshi bir qancha qonunlar qabul qilinadi. Ulardan birinchisi 1495 yildagi "Daydi va tilanchilarga qarshi" qonun edi. Shu qonunning birinchi moddasi sherif va merlarga mana shunday kishilarni izlab topib, birinchi marta oyog`iga kunda urib uch sutkaga, ikkinchi marta olti sutkaga qamash ko`rsatilgan.

Genrix VIII va Yelizaveta I davrida ko`plab mana shunday qonunlar chiqarildiki, ular tilanchilar va daydilarga nisbatan og`ir jazolar belgila-ganliklari bilan tavsiflanadi. 1530 yildagi qonunga ko`ra, shunday kishilar birinchi marta qonga botirib urilgan, ikkinchi marta qulog`i qirqilgan, uchinchi marotada esa qatl etilgan. Bunday qonunchilik Angliya tarixida "Qonli qonunchilik" nomini oldi.


Download 66,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish