Angliya davlati va huquqi



Download 66,05 Kb.
bet4/14
Sana18.01.2022
Hajmi66,05 Kb.
#387110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ANGLIYA DAVLATI VA HUQUQI

Knut qonunlari 1017 yil atrofida Angliyaning Daniya qiroli Knut tomonidan bosib olinishi natijasida vujudga kelgan. Knut (1016-1035 yil-lar) o`z qonunlariga Angliya qonunlari bilan teng huquq berdi. U qonun-sizlikka qarshi qattiq kurash olib bordi va mamlakatda jinoyatning oldini olishga harakat qildi.

Vilgelm Fotix (Istilochi)dan boshlab dastlabki normand qirollarining siyosati "ingliz-sakslarning eski va asl odatlari"ga rioya etishga qaratilgan. Bu vaqtda, shu tariqa, endi ingliz huquqi turg`unligining tarixiy meros bo`lib o`tishligi boshlangan, uning me`yorlariga rioya qilishning asosiy kafillik roli kuchli qirol hokimiyatiga, shakllanib borayotgan umumdavlat qirollik sudlariga o`tgandi.

Genrix II davrida (XII asrda) qirollik sayyor sudlarining doimiy ra-vishdagi faoliyati bilan mamlakat "umumiy huquqi" (Common law)ning tashkil topishi bog`liq edi. Ilk feodal monarxiyasi davrida Angliya qirollari juda ko`plab assizalar, konstitutsiyalar chiqargan bo`lsalar ham, lekin yan-gi huquqiy qoidalarni yaratishda eng katta rolni sayyor sudyalar o`ynagan. Sayyor sudyalar normand va ingliz-sakslar odat huquqlaridan butun Ang-liya uchun yagona umumiy huquqni yaratdilar. Umumiy huquq sud pretsedenti huquqi ham deyiladi, chunki u qonunchilikdagi kamchilik natijasida vujudga kelgan sud qarorlari sifatida ham tashkil topdi.

Sudlar qonunchilikda yetarli ravishda tartibga solinmagan nizoli kazuslarni yechishlarida ularni o`zlarining xususiy qaror va qoidalaridan kelib chiqib hal etishlari mumkin edi. Bunday holda sudya barcha hollarda harakatdagi huquq normasini qo`llaydi, degan prezumpsiyadan foydalanil-gan. Shunday qilib, ular tomonidan o`rnatilgan tamoyil sud odatiga ayla-nib, barcha sudyalar uchun bajarilishi majburiy bo`lib, faqat yuqori sud organlari tomonidangina bekor qilinishi mumkin edi. Bu hodisa Angliya feodal huquqining o`ziga xos xususiyati hisoblanadi.

Qirollik sayyor sudlari avvalo "toj-taxt da`volashuvlari" ni, ya`ni xazinaga daromad bo`lishi nuqtai nazaridan manfaatlarni ifodalovchi ish-larni: monarxning feodal huquqlari, xazina topilmalari, shubhali o`limlar va qirollik tinchligining buzilishi, qirol mansabdor shaxslarining suiiste`-molliklari to`g`risidagi ishlarni ko`rib, hal qilardi.

Bundan tashqari, ular tomonidan qirolga kelib tushgan shikoyatlar bo`yicha "umumiy tortishuvlar" yoki "xalq tortishuvlari" ham ko`rib, hal qilingan. Dastlabki qirollik sudlaridan biri ham aynan 1180 yilda tashkil etilgan "umumiy tortishuvli" sud bo`lgan. XIII asr boshida qirolga tushgan shikoyatlar bo`yicha ishlarni hal etish funksiyalari "Qirol kursisi sudi"ga o`tadi.

Sayyor sudlar mahalliy odat huquqi me`yorlarini birxillashtira bosh-laganlar va qirollik devonxonasi yordamida "umumiy huquq" yarata bor-ganlar. Qirollik devonxonasi odatda jabrlanuvchi tomonlarning arizalari bo`yicha maxsus buyruqlar (writ) chiqarardi. Bunday arizalarda biror kimsani ranjitgan odamga yoki sherifga talab qo`yilib, uni bajarish va shikoyatchining buzilgan huquqini tiklash haqidagi da`volar o`z aksini topar edi. Bunday arizalar bo`yicha dastlab qirollik devonxonasi maxsus buyruqlar chiqargan bo`lsa, keyinchalik maxsus sud buyruqlari chiqarila boshlanadi. Sud buyruqlarida bevosita biror kimsani xafa qilgan odamga murojaat qilinib, "Vestminstrda bizning oldimizda yoki sudyalarimiz oldi-da" hozir bo`lib, shikoyatga javob berish, ya`ni boshqa shaxsning huqu-qlari buzilganligini rad etish yoki tan olish haqida talab qo`yilar edi.

Vaqt o`tishi bilan buyruqlarda talab, da`vo turi aniq ifoda qilinadigan bo`lgan, buyruqlar ma`lum turdagi huquqbuzarliklar bo`yicha guruhlash-tirila boshlandi. Da`vogarning, shu tariqa, agar uning buzilgan huquqi tegishli buyruqda ifoda etilgan va sudda isbotlanadigan bo`lsa, ishda yutishiga ishonchi komil edi.

Bunga avvalo yer haqidagi fuqarolik da`volarini yagona usulda ko`-rishni o`rnatuvchi Genrix II ning assizalari yordam berdi. Ushbu assizalar ichida yerga huquqiy unvon o`rnatish haqidagi da`voning maxsus shaklini nazarda tutuvchi "Buyuk assiza", shuningdek, egalik bilan bog`liq bo`lgan qator assizalar: "O`tmishdoshining o`limi haqida"gi (erkin egalikdagi yerlarning merosxo`rlarga o`tkazilishi haqidagi), "Yangi istilo haqida"gi ("yangi istilolar" yo`li bilan qirolning domen yer egaligining cherkov ruho-niysi o`rniga o`z nomzodini qo`yish huquqi haqidagi) assizalar ancha mashhur edi. Ikkita yirik assizalar - 1166 yilgi Klarendon va 1176 yilgi Nortgempton assizalari sayyor sudyalarga yo`riqnomalar shaklida chiqarilgan edi.

«Umumiy huquq» shakllanishining ilk bosqichida qirollik buyruqlari har bir alohida holat bo`yicha chiqarilib turganligi sababli XIII asrning boshiga kelganda ularning soni shunchalik ko`payib ketgan ediki, ularni tartibga solish juda qiyin bo`lib qolgandi. Shu munosabat bilan XII asrda "umumiy huquq" bo`yicha o`ziga xos ma`lumotnomalar - buyruqlar ro`yxatlari (reestrlari) chiqarila boshlanadi. Bunday reestrlarda buyruqlar da`volar namunalari ko`rinishida, qat`iy yuridik shaklda yozib qo`yila-digan bo`ldi.

Tomonlar shu vaqtdan boshlab o`z huquqlarini erkin asoslay olmay-digan bo`ldi. Endi ular ushbu da`volar namunalariga tayanishlari lozim edi. Bu esa buyruqlar tizimining rivojlanmay bir joyda qotib qolishiga, da`vo talablarining yangi shakllari ko`payishini qisqarishiga olib kelishi kerak edi. Shunday bo`ldi ham. Agar lord-kansler qirollik devonxonasi-ning boshlig`i sifatida o`z tashabbusi bilan qandaydir buyruq chiqarsa, sudyalar ko`pincha uni qo`llashdan voz kechardi. Yangi buyruqlar chiqarishning cheklanishi yirik feodallar (baronlar)ning qirol bilan kurashi keskinlashgan davrda, 1258 yilgi Oksford proviziyalarida o`z aksini topdi.

Qirolga kelib tushadigan va sud himoyasida bo`lmagan shikoyatlar oqimi shunchalik ko`payib ketgan ediki, bu ingliz qirolini 1285 yilda Vest-minstrlik statuti bilan lord-kanslerga "buyruqlar reestri"ni saqlovchi sifati-da ilgarigi buyruqlarga o`xshash yangi buyruqlar chiqarish yo`li bilan "umumiy huquq"ning harakat doirasini kengaytirish uchun farmoyish berishga majbur etdi. "Buyruqlar reestri" shundan keyin "mazkur holatga muvofiq ravishda"gi universal da`vo bilan to`ldirildi. Biroq, ushbu vaqtin-chalik choralar yordami bilan hamma hayotiy vaziyatlarni nazarda tutish mumkin emas edi. "Umumiy huquq" rivojlanmay qolishda davom etdi. XV asrdan kansler endi buyruq formulasini tuzmay qo`ydi. U da`vogar tomoni-dan mustaqil yozilib, faqat qirolga muhr qo`ydirish uchun taqdim qilinar edi.

"Umumiy huquq" me`yorlari shakllanishining boshqa yo`li qirollik sudlari amaliyotining o`zi bo`lgan. Sud ishlari bo`yicha yozuvlar dastlab qisqa, keyinchalik tomonlarning batafsil arizalari va sud qarorlari asoslari shaklida sayyor sudlar institutining kelib chiqishi paytidan boshlab yuritil-di. XIII asr boshidan sud protokollari "Da`volashuvlar nomalari"da e`lon qilina boshlaydi. Ulardagi materiallar, da`voni qondirish asoslari u yoki bu odatlarning mumkinligini tasdiqlaydi. Biroq, yozuvlarning tartibsiz va chalkashligi sudyalarning o`zlariga kerakli ma`lumotlarni izlab topish imkoniyatlarini juda qiyinlashtiradi. XIII asrning o`rtasidan sudyalar ancha muhim sud ishlari yuzasidan bunday ma`lumotlarni rasmiy hisobotlar - "Yillik to`plamlar"dan "kovlab" ola boshlaydilar. 1535 yilda ularning o`r-niga xususiy tuzuvchilarning tizimlashtirilgan sud hisobotlari kelgan.

Sud ishlari materiallarining e`lon qilinishi bilan birga sud pretsedenti nazariyasi ham shakllandi. Qirollik sudlarining huquqiy masala bo`yicha ilgarigi qarorlarida mustahkamlangan rahbariy tamoyil kelajakda shunga o`xshash masalalarni ko`rishda asta-sekin namuna kuchiga ega bo`la boshladi.

XIV asrda Angliyada bozor, xususiy mulkchilik munosabatlari gurkirab rivojlandi, lekin ular "umumiy huquq" me`yorlarida o`zining aynan bir xil ifodasini topmadi. Bunga qat`iy rasmiyatchiliklar xalaqit qilardi.

Normandlar istilosi Angliyani qit`aning ma`naviy hayotiga yaqinlash-tirdi. Shundan so`ng Bolonyada Irneriy Yustinian Digestalari bo`yicha ma`ruzalar o`qiy boshladi, so`ngra esa Gratsion o`zining kanonik huquq-ning asosi bo`lib qolgan "dekretlar" ini yaratdi. Oksfordda Rim va kanonik huquqi kurslari o`qitila boshlandi, monastirlar qoshida kanonik huquq maktablari tashkil etildi.

Dastlabki ingliz sudyalari, o`sha kliriklar va chinovniklarga rim huquqiy madaniyatining cho`qqilarini egallashi uchun yo`l ochiq edi. Biroq, XIII asrning oxiridan Eduard I davrida ular professionallardan tayinlanadigan bo`ldi. Xuddi o`sha vaqtda sudyalarning tegishlicha qo`rg`onlari bilan (Inn`s of Court) yopiq korporatsiyalari tashkil topdi. Bu yerda bo`lajak sudyalar va huquq himoyachilari (baristerlar va solistorlar) tayyorlandi. Ular inglizlar tinchligini qo`riqlashni o`z qo`llarida monopo-liyaga aylantirib, avvalo o`zlarining professional manfaatlarini himoya qilib, "umumiy huquq"ni ashaddiy madh etib, uning Rim huquqi oldida tengi yo`q imtiyozini isbotlashga harakat qilib maydonga chiqdilar. Bunda shuni tasdiqlaydilarki, ular huquq yaratishmaydi, balki faqat uning abadiy yashaydigan normalarini ochishadi. Shunga qaramay, "umumiy huquq" ning o`ziga xos mustaqil tizimi XIV asrda Angliyada allaqachon mustah-kam mavqeni egallagan edi.

"Umumiy huquq"ning rasmiyatchiligi, qimmatliligi, juda sekinligi, qat`iy bir shakldan boshqa shaklga o`tishga qodir emasligi natijasida o`zgarib borayotgan tarixiy sharoitlar munosabati bilan Angliyada XIV asrda " adolat sudi" paydo bo`la boshladi va shu bilan birga yana bir huquqiy tizim - «adolat huquqi» (eguity) shakllanib boradi.

"Adolat sudi"ning vujudga kelishi lord-kansler - "qirollik diyonatini tarqatuvchi" faoliyati bilan bog`liq edi. Lord-kansler dastlab qirol nomi-dan, 1474 yildan esa o`z nomidan "yomon sudlovlilik" ustidan shikoyat qilgan da`vogarlarni himoya qila boshlaydi. Bunday holda da`vogarlar ko`pincha o`z shikoyatlarida ularni xafa qilganlar ta`qib qilinmaganligini, o`zlarini "umumiy huquq" sudlarida himoya qilinmaganliklarini ko`rsatar edilar.

Jabrlanuvchilarning qirolga "xudo haqi va shafqat" bilan o`z huquq-larining himoya qilinishini so`rab iltimos bilan qilgan murojaatlari asosida lord-kansler ozor yetkazgan kishini jarima bilan qo`rqitib, kansler sudiga chaqirish haqida buyruqlar chiqara boshlaydi. Bunday sudda shikoyatlar hech qanday rasmiy tartiblarsiz hal qilinardi, qaror chiqarilardi, bu qarorlar- ni bajarmaganlar sudga hurmatsizlik qildi deb hisoblanib, maxsus buyruq asosida turmaga qamalardi. XIV asrning boshida Eduard I davrida lord-kansler huzuridagi apparat "umumiy huquq" me`yorlariga bog`liq bo`lma-gan hamda "adolat" me`yorlarini rahbar qilib olgan sud organiga aylanardi.

"Adolat huquqi" ko`p masalalarni hal qilishni sudyalarning ixtiyorida qoldirib, qat`iy determenizm168 xususiyatiga ega bo`lmadi. Bu haqiqatning "vositalarini" tegishlicha cheklashga, qator tamoyillarini yaratishga olib kelishi lozim edi. Bunday tamoyillar "adolat sudlari" qarorlarining to`pla-nish darajasiga qarab tashkil etila bordi. Ko`rilgan ishlar bo`yicha sud hisobotlari keyinroq, 1557 yildan, haqiqat sudlaridagi ishlarning soni birdaniga oshgandan keyin e`lon qilina boshlaydi.

"Adolat huquqi" asosiy tamoyillarining bir qismi "umumiy huquq" dan o`zlashtirib olingan edi. Bu tamoyillar hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini saqlab qolgan. Ulardan asosiysi shundan iboratki, "adolat huquqi" - "qirolning marhamati", jabrlanuvchining azaldan qolgan huquqi emas. "Adolat huquqi"ga huquqlar buzilishining barcha hollarida da`vo qilish mumkin emas, negaki u diskretsion xarakterga ega, ya`ni sudning ixtiyoriga bog`liq.

"Adolat huquqi"ning boshqa tamoyillari orasidan quyidagilarni ajra-tib ko`rsatish mumkin: a) "adolat huquqi" "umumiy huquqqa" asoslangan shaxslarning huquqlariga, agar ular qandaydir g`ayriqonuniy harakatlar sodir etmasalar, zid berilishi mumkin emas; b) qayerda adolat huquqi" bilan "umumiy huquq" me`yorlari o`rtasida qarama-qarshilik kelib chiqsa, "umumiy huquq" me`yorlari harakatda bo`ladi; v) qayerda "adolat huqu-qi" va "umumiy huquq" bo`yicha huquqlarda qarama-qarshiliklar kelib chiqsa, ulardan qaysi biri vaqt nuqtai nazaridan oldin vujudga kelgan bo`l-sa, o`sha huquqlar himoya qilinishi kerak; g) tenglik - bu adolat, adolatni kim izlasa, uning o`zi haqqoniyat yuzasidan ish tutishi lozim; d) "adolat huquqi" qonun ustunligini tan oladi, lekin yomon niyatlarga erishish maqsadlarida qonunga havola qilishga yo`l qo`ymaydi va hokazo.

«Adolat huquqi» «umumiy huquq"ni almashtirish uchun emas, balki eski rasmiy qoidalardan voz kechish yo`li bilan uning samardorligini oshi-rish, "umumiy huquq" me`yorlari bilan tartibga solinmagan ijtimoiy muno-sabatlar doirasida buzilgan huquq va manfaatlarni himoya qilish vositala-rini yaratish uchun tashkil etiladi. Agar dastlabki "adolat huquqi" "umumiy huquq"ni to`ldirgan bo`lsa, biroq vaqt o`tgani sari tarixiy sharoitlar o`zgarishi munosabati bilan unga to`g`ridan-to`g`ri zid kela boshlaydi.

"Adolat sudlari" bilan "umumiy huquq" sudlari o`rtasidagi to`qna-shuv 1616 yilda boshlandi. Shu yili Vestminstrdagi "Umumiy tortishuvli sud"ning bosh sudyasi E. Kok " adolat sudi" "umumiy huquq" sudining tegishlicha qaroridan keyin yoki uning o`rniga qaror chiqarishi mumkinmi, degan savolni o`rtaga tashlaydi. Hammadan avval "umumiy huquq" sudlarining ba`zi qarorlarining bajarilishini taqiqlovchi kansler sudining buyruqlari keskin nizoli vaziyatni keltirib chiqardi.

Yakov I bu nizoni "adolat sudi"ning foydasiga hal qilgan. Chunki uning sudyalari absolut va cheklanmagan monarx hokimiyatini yoqlab chiqqan edi. Qirol tomonidan farmon chiqarilib, unga ko`ra, "umumiy huquq" va "adolat huquqi" me`yorlari bir-biriga zid kelib qolsa, keyingilari imtiyozli ahamiyatga ega edi.

Pretsedent huquqi rivojlanishining maxsus xarakteri ingliz hu-quqshunoslarining asarlariga ham murojaat qilishni talab qilardi. Ingliz hu-quqshunoslarining asarlari juda barvaqt ingliz huquqining ikki murakkab (chalkash-chulkash) tizimida yo`riqnomalar rolini bajara boshlaydi.

Angliyada birinchi huquqiy traktat69 XII asrdayoq paydo bo`lgan. U Genrix II davrida uning yustitsiari Glenvill Ranulf tomonidan yozilgan. Bu "Angliya qonunlari va odatlari haqida"gi traktat qirollik sudlari buyruqlariga sharhlar bergan, o`zida umumiy, kanonik va rim huquqi me`yorlarini saqlagan. Garchand, traktatda rim huquqi me`yorlariga mos tushadigan me`yorlarni topib bo`lmasa ham, ammo rim huquqi ruhiga yaqin ko`pgina qoidalar mavjud.

XIII asrda "Qirol kursisi sudi"ning sudyasi Genri Brakton "umumiy huquq" me`yorlarini yanada batafsilroq bayon qildi. Braktonning 6 tomdan iborat "Angliya qonunlari va odatlari haqida"gi traktati, shuningdek, qirol sudlarining 2000 dan ortiq namunaviy sud protokollaridan iborat "Genri Braktonning yon daftarchasi" "umumiy huquq" me`yorlarini tizimga so-lishga va sharhlarga qaratilgan muhim huquqiy manbadir. Bunda Brakton-ning Yustinian Digestalarining 500 dan kam bo`lmagan parchalaridan ular-ga havola qilmay foydalanganligi diqqatga loyiq. "Hamma joyda va ham-ma mamlakatlarda yozma qonunlar qo`llanilgani holda, - deb yozadi G.Brakton, - faqat Angliyadagina yozilmagan qonunlar va odatlar amalda-dir". G.Braktonning odat huquqiga bergan ta`rifi ayniqsa diqqatga sazo-vordir. Unda: "Odat bu ayrim joylarda, uzoq joylarda, uzoq muddat foyda-lanib kelinganligi natijasida qaror topgan va qonun sifatida ijro etiladigan narsadir"70, deyiladi.

XV asrdan olimlarning muhim va murakkab huquqiy masalalar bo`yicha traktatlari paydo bo`la boshladi. Bulardan Littltonning "Yer egaliklari haqida"gi asari, shuningdek, Forteskoning "Ingliz qonunlarining maqtovlari" traktati alohida o`rin tutadi. Ingliz huquqshunoslarining diqqat-e`tiboriga tez-tez statut huquqi me`yorlari ham tusha boshlaydi.

XVII asrning boshida mashhur huquqshunos E.Kok tomonidan to`rt-ta kitobdan iborat "Angliya qonunlari institutsiyalari" tuzilgan. Birinchi ki-tob Littlton traktatiga sharhlarni o`z ichiga olgan. Ikkinchi kitob ancha mu-him ahamiyatga ega bo`lgan statutlarni bayon qilgan. Uchinchi kitob jino-yat huquqi me`yorlariga, to`rtinchisi - sud tuzilishi va sud ishlarini yuri-tishga bag`ishlangan. Ingliz sudlari amaliyotida asta-sekin ancha taniqli huquqshunoslar asarlariga havola qilish odati o`rnatilgan va shu tariqa ularning asarlari ingliz huquqining o`ziga xos manbai xarakteriga ega edi.

Angliyada pretsedent huquqining rivojlanishida barcha davrlarda qirol qonunlari, statut huquqi muhim ahamiyatga ega edi.

Normand istilosidan keyingi vaqtlarda qirollarning qonun ijodkorligi Vilgelm Fotixdan boshlanadi. Uning birinchi qonunlari qirol hokimiyati-ning xristian cherkovi bilan munosabatlariga taalluqli bo`lgan. 1067 yilda Vilgelm qonun (dekret) chiqarib, unda Normandiya va Angliyada cherkov rim papasini tan olishi lozimligi yoki lozim emasligi masalasini faqat qirol hal qilishga haqli ekanligi, qirolning o`zi u tomonidan tashkil etilgan cher-kov sinodi orqali cherkov qonunlarini chiqarish, shuningdek, cherkov ba-ronlari va xizmatchilariga berilgan cherkov jazolarini bekor qilish huquqi-ga ega ekanligi e`lon qilingan. 1072 yilda esa Vilgelm papa tomonidan uning ingliz taxtiga nisbatan huquqlari tan olinishiga minnatdorchilik ram-zi sifatida cherkov sudlarining dunyoviy sudlardan ajratilganligi haqida qonun qabul qilgan. Bularning ketidan odamlarni mamlakat tashqarisiga sotishni ta`qiqlash haqida, normandni "xufiyona o`ldirilganlik" uchun "uning ingliz ekanligini isbotlovchi ishonarli dalillar taqdim qilinmagun-cha" yuzlikka jarima solinishi haqida qonunlar e`lon qilindi. 1114 yilda qirollik qonunlarining qadimgi to`plamlaridan biri paydo bo`ldi.

Qirollarning qonunlari assizalar, xartiyalar, ammo ko`proq ordonanslar, statutlar deb atalgan. Genrix I ning (XII asr), Eduard I ning (XIII asr) qonunlari ma`lum darajada "umumiy huquq"ning shakli va mazmunini belgilagan, uning asosiy qoidalari va tamoyillarini ishlab chiqqan.

Parlamentning vujudga kelishiga qadar, aniqrog`i, Eduard I podsholigigacha qirollik ordonanslari va statutlari o`rtasida farqlar yo`q edi. 1235 yilgi Merton statuti parlament tashkil etilgunga qadar paydo bo`lgan. Eduard I ning 1275, 1285, 1290 yillardagi Vestminstrlik statutlari "umumiy huquq"dagi kemtiklarni bartaraf etishga, sudlar ustidan qirol hokimiyatining nazoratini kuchaytirishga, feodallarning immunitet huquqlarini va cherkov yer egaligini cheklash va boshqalarga qaratilgan bo`lib, parlament ishtirokida qabul qilingan edi71.

Asta-sekin statutning nomi parlament tomonidan qabul qilingan va qirol tomonidan imzolanadigan hujjatga nisbatan ishlatiladigan bo`lgan. Statutlar - parlament hujjatlari Angliyaning o`rta asrlardagi boshqa huquq manbalaridan ularning qonunchiligi sharhlanishi mumkinligi, ammo sud tartibida muhokama qilinishi mumkin emasligiga qarab ajralib turardi.

Hozirgi kundagi parlament hujjatiga ancha yaqinroq bo`lgan statut tushunchasi faqat 1327 yilda, jamoalar "umumiy petitsiyalar"ni ma`lum qilinishini va "qiroldan javob olishni va uning yozma maslahatlarini qirollikning katta muhri bilan berilishi"ni so`rab qirolga iltimos bilan murojaat qilgan vaqtda paydo bo`lgan. Shu vaqtdan boshlab ba`zi qonun hujjatlari "Kengash roziligi bilan", boshqalari "parlament roziligi bilan" qirol tomonidan qabul qilinardi. Parlament qirolning "Kengashda farmon-lar" chiqarish huquqini tasdiqlab, bundan buyon faqat statut ilgari qabul qilingan statutning mazmunini o`zgartirishi mumkinligini o`rnatdi.

Absolutizm davrida qirol farmonlarining eng muhim davlat masa-lalariga kirib kela boshlashi, parlamentning tez-tez qirolga farmonlar chiqarish vakolatini berib turishi munosabati bilan parlament statutlarining mazmuni ancha o`zgardi. Bunday tajriba 1539 yilgi statut bilan mustah-kamlangan. Unda parlament yig`ilmagan vaqtda, "agar sharoit taqazosi bilan tezkor harakat qilish zaruriyati kelib chiqsa, qirolga proklamatsiyalar, farmonlar chiqarishda keng huquqlar taqdim etilgan edi.

Angliyaning o`rta asrlardagi huquq manbalari ichida savdo va kano-nik huquqi me`yorlari alohida o`rin tutadi. "Umumiy huquq"ning bozor munosabatlari rivojlanishiga yordam bermaydigan konservativ rasmiyat-chiligi ingliz huquqi tomonidan savdo va kanonik huquqning qator me`yorlari to`g`ridan-to`g`ri o`zlashtirib olinishiga sabab bo`lgan. Ko`p sonli savdo rasm-rusumlarining paydo bo`lishi ingliz savdo sudlarining faoliyati bilan ham bog`liq edi. Ularning huquqiy kuchi ko`pincha qirollik statutlari bilan mustahkamlangan.

Gap shundaki, Angliyaning XIII asr oxirida muhim xalqaro savdo markazlari bo`lib qolgan port shaharlarida jun, movut, metallar savdosi bo`yicha ulgurji yarmarkalar bilan bir qatorda, maxsus sudlarning (court of the staple) butun bir tarmog`i ham rivojlangan. XIV asrda ulgurji savdo bo`yicha sudlar endilikda 614 ingliz shaharlarida harakat qilmoqda edi. Ingliz qirollari xazinaga katta daromadlar keltiruvchi xalqaro savdoning himoyachisi sifatida maydonga chiqib, savdogarlarning faoliyatini (1215 yilgi Erkinliklarning buyuk xartiyasi 41-moddasi) ham, savdo sudlarining faoliyatini ham rag`batlantirgan. Masalan, 1353 yilda ulgurji savdo va shaharlarning savdo sudlari haqida maxsus statut qabul qilingan.

Bunga ko`ra, shahardagi savdo sudlari mahalliy va dengiz savdo-garlari tomonidan ingliz shaharlari merlari raisligida tashkil etilishi lozim edi. Bunday sudlarning qarorlari ustidan qirol sudiga yoki kansler sudiga apellyatsion shikoyat qilish mumkin edi.

Statut savdo sudlarini "umumiy huquq" me`yorlariga emas, to`g`ri-dan-to`g`ri savdo huquqi me`yorlariga murojaat qildirgan72. 1471 yilda ingliz parlamenti shuningdek yarmarkalar bilan bog`liq bo`lgan barcha shaxslarning "chang bosgan oyoqlar"73 sudini talab qilish huquqiga egaligi to`g`risida qaror qabul qilgan.

O`rta asrlar Angliyasida cherkov sudlari faoliyati va shunga mos ravishda kanonik huquq me`yorlarining ahamiyati dunyoviy va cherkov hokimiyatlarining o`z yurisdiksiyalarini kengaytirish uchun tinimsiz olib borgan kurashlariga qarab ba`zan o`sib, ba`zan pasayib turgan. «Cherkov tinchligining biron bir tarzda buzilishida ayblangan har kimsa,- deb e`lon qiladi Vilgelm Fotix qonuni, - yepiskop tayinlagan joyga yetib kelishi va o`sha erda yuzlik talabi bo`yicha emas, balki kanonlarning va cherkov huquqining talablari asosida keltirilgan zararni to`lashi lozim».

Cherkov yurisdiksiyasi faqat cherkov mulkchiligi, nikoh-oila muno-sabatlari, vasiyatlar bilan bog`liq ishlargagina emas, bid`at, xudoni, dinni tahqirlash va boshqa jinoyatlarga ham tarqatilgan. U sof dunyoviy ishlarga ham kirib kela boshlagan. Masalan, shartnomalar bo`yicha, "va`dani buzish" haqidagi da`volar bo`yicha nizolar "ishonchni oqlamagan" gunoh sifatida cherkov yurisdiksiyasiga taalluqli edi. Genrix II cherkov sudlari yurisdiksiyasining kengayishiga qarshi qattiq kurash olib borgan. Uning hukmronligi boshlarida qirollik sudlarining da`volari shakllari ro`yxatida endi "cherkov sudlari tomonidan mulk va qarzlar haqidagi tortishuvlarning hal qilinishini taqiqlash to`g`risida"gi da`volar uchraydi. Eduard I ning 1283 yilgi statutida cherkov sudlari tomonidan "va`dani buzish haqida"gi ishlarni ko`rish taqiqlangan, bunday ishlar "axloq tuzatish" talab qilmay-digan, juda muhim "diniy ishlar"ga taalluqli emas, deb hisoblangan.

Yuqoridagilarga qaramay, XVI asrga qadar, aniqrog`i, Genrix VIII davrida ingliz cherkovining o`rnatilishiga qadar, hech kim e`tiqod va ibodatning sobitqadamligi, axloqning sofligi, nikohning qonuniyligi, bolalarning qonuniy tug`ilganligi va vasiyatlarining tuzilishi masalalarida papa yurisdiksiyasining qonuniyligini inkor qilmagan. XVI asrda parla-ment hujjati bilan kanonik huquq Angliyada o`z kuchini saqlab qolganligi o`rnatilgan edi. Faqat Genrix VIII tomonidan "Letters of business" nomi bilan harakatga kiritilgan Kenterberiya va York soborlarining kanonik huquqni qaytadan ko`rib chiqishga taalluqli qarorlari yagona qonun bo`lgan edi. Unga ko`ra, kanonik huquq me`yorlari, agar ular qirollik qonunlari va taxt imtiyozlariga mos kelsa hamda "ularga zid bo`lmasa va ularni buzmasa", harakat qilishi mumkin bo`lgan. Shu bilan birga kanonik huquq me`yorlarini, masalan, qonun va vasiyat bo`yicha meros haqidagi me`yorlarni sharhlash "umumiy huquq" sudlariga tegishli edi.



Download 66,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish